20.2.O’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi
Ish bosqichlari va vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
O’qituvchi
|
Ta’lim oluvchi
|
I bosqich
O’quv mashg’ulotiga kirish (5 daq)
|
Tashkiliy qism:
1.O’quvchilar mashg’ulotga tayyorgarligi va davomatini tekshiradi
|
Mashg’ulotga tayyorgarlik ko’radilar.
|
II bosqich
Asosiy qism
(60daq)
|
Tayanch bilimlarni faollashtirish:
1.Uyga berilgan vazifani nazorat qiladi hamda o’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilarga savollar beradi, ularni baholaydi.
Maqsad va vazifani belgilanishi:
2.Mashg’ulotning nomi, rejasi, maqsad va o’qitish natijalari bilan tanishtiradi. 3.Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar bilan tanishtiradi.
4.O’quv mashg’ulotida o’quv ishlarini baholash mezoni va ko’rsatkichlari bilan tanishtiradi.
Ta’lim oluvchilar bilimini faollashtirish:
5.Tezkor-so’rov, savol-javob, aqliy hujum, “o’ylang va juftlikda fikr almashing” va boshqa texnikalar orqali o’quvchilar bilimini faollashtiradi.
Yangi o’quv materialining bayoni:
6.Nazariy mashg’ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq o’qitish jarayonini tashkil etish bo’yicha harakatlar tartibini bayon etadi. Asosiy holatlarni yozdiradi.
7.Mustahkamlash uchun savollar beradi. Jarayon kichik guruhlarda davom etishini ma’lum qiladi.
8.Guruhlar ishini o’zaro baholashni o’tkazadi, mavzuning har bir qismi bo’yicha xulosalar qiladi, eng asosiylariga e’tibor qaratadi, berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi. Mavzuning kasbiy faoliyatlaridagi ahamiyati bilan bog’lab mavzuni yakunlaydi
|
Uy vazifasini taqdim etadilar.
Savollarga javob beradilar. Mavzu nomi va rejasini yozib oladilar.
Diqqat qiladilar. Savollarga javob beradilar. Yozib oladilar.
Diqqat qiladilar. Savollarga javob beradilar.
Topshiriqni bajaradilar.
tanishadilar.
Har bir guruh o’z topshiriq varaqlari bo’yicha faoliyatini boshlaydilar.
Berilgan qo’shimcha savollarga javob beradilar
Ma’lumotlarni daftarga qayd qiladilar.
|
III bosqich
Yakuniy qism (10 daq)
|
Mashg’ulot yakuni:
1.Faol ishtirok etgan o’quvchilarni javoblarini izohlab baholaydi va rag’batlantiradi.
2.Uyga vazifa beriladi.
|
Baholar bilan tanishadilar.
Topshiriqni yozib oladilar.
|
20-Mavzu: Jahon kompozitorlari V.A. Motsart ,I.S.Bax hayoti va ijodi Kompozitorlarning ijodidan na’munalar tinglash va tahlil qilish.
Reja:
1. Jahon kompozitorlari V.A. Motsart hayoti va ijodi .
2. Kompozitorlarning ijodidan na’munalar tinglash va tahlil qilish.
3.I.S.Bax hayoti va ijodi.
4.Kompozitorlarning ijodidan na’munalar tinglash va tahlil qilish.
Volfgang Amadeus Mozart (Wolfgang Amadeus Mozart; 27-yanvar, 1756, Zalsburg — 5-dekabr, 1791, Vena) klassik eraning mashhur va koʻp taʼsir koʻrsatgan bastakori boʻlgan. Uning 600 dan ortiq kompozitsiyalari orasida simfoniyakonserto, kamer, pianino, opera va xor uchun yozilgan asarlar bor. Mozartning ishlaridan boshqa koʻpgina bastakorlar ilhomlanishgan va uning asarlari hamon orkestrlarning standart repertuarlaridan joy olgan.
Mozart avstriyalik kompozitor. Vena klassik maktabining yirik namoyandasi. Sozanda, oʻqituvchi va kompozitor. Leopold Mozartning oʻgʻli va shogirdi. Yoshligidanoq noyob musiqiy isteʼdod va xotira egasi, virtuoz sozanda (pianinochi, skripkachi), mohir dirijyor va kompozitor sifatida tanilgan: 5 yoshidan ilk musiqa asarlarini ijod etgan, 6 yoshdan butun Yevropa boʻylab gastrolda boʻlgan. 1770 yildan Bolonya Filarmoniya akademiyasi aʼzosi. Zalsburg knyazarxiyepiskop saroyida konsertmeyster (1769—77) va organchi (1779—81), Avstriya imperatori Iosif II saroyida musiqachi va kompozitor (1787 yildan).
Maʼrifatchilik davri gʻoyalari taʼsiri ostida kamol topgan Mozartning ijodi 18-asrning badiiy choʻqqilaridan biri. Mozart uslubida klassik tizimga xos ratsionalizm mezonlari bilan birga sentimentalizm xususiyatlari oʻzaro tutashgan. Keng qamrovli musiqiy-badiiy obrazlar dunyosida joʻshqinlik va chuqur ehtiros, iroda va matonat, ayni paytda nafislik va mayinlik xususiyatlari keng oʻrin olgan. Uning shodlik, xushchaqchaq tuygʻularga boy, hayotbaxsh ijodida fojia mavzulari, dard-alam kayfiyatlari ham chuqur ifoda topgan.
Yevropa mumtoz musiqasining opera, oratoriya, balet, simfoniya, uvertyura,sonata kabi ko’p ovozli janrlarga hos ilk namunalari o’rta asrlarda asarlar yaratishning qoidalari ham o’sha davrlardan shakllanib, bugungi kunda yuksak rivojlanish cho’qqisiga ko’tarilgan.Opera XVI asrning oxirida Italiyada paydo bo’lib, uning tarixiy – qahramonlik, tarixiy romantik, yopiq, afsonaviy, lirik, dramatic, hajviy mavzularda yozilgan turlari mavjud bo’lib, mumtoz na’munaviy turlari J. Verdi, X. Glyuk, V. Motsart kabi Yevropa kompozitorlari tomonidan yaratilgan.
Chet el kompozitorlari ichida dunyoga yoshligidan mashxur bo’lgan kompozitor Avstraliyalik Volfgang Amadey Motsartdir. U 1756 yil 27 yanvarda Avstriyaning kichik bir shaxarchasida Zalsburgda saroy kompozitori va organchisi Leopold Motsart oilasida dunyoga kelgan. Motsartning musiqaga bo’lgan qobilyati 3 yoshidan boshlab yaqqol sezila boshlagan. U klavesinda soatlab shug’ullanar, opasi 8-yoshli Annaningcholgan kuylarini bir eshitishda hatosiz aynan qaytarib chalib bera olar edi. Otasi Leopold o’g’lining musiqiy qobilyatiga tan beradi va Anna bilan bir qatorda Volfgang bilan ham astoydil shug’ullana boshladi. Volfgang Motsart 6 yoshida klavesinda yaxshi chala oladigan darajaga erishadi va birinchi asarini, kichik hajmdagi pyesalarin yoza boshlaydi.
Yetti yoshga kirganda Motsart opasi, 12 yoshli Anna bilan birgalikda Fransiya qirolining rezidensiyasi Varsal saroyida konsert berishadi. Bolalar dastlab to’rt kun uchun mo’ljallangan bir nechta murakkab asarlarni chalib, hammani hayratga solishadi. Keyin Volfgang Motsart skripkasini olib bir qancha asarlarni nihoyatda toza va katta mahorat bilan chalib beradi. Opasi Anna unga klovesinda jo’r bo’ladi. Saroyga to’plangan mehmonlar Volfgang bilan qiziqib qolishadi. U birinchi marta ko’rayotgan notanish asarlarni notaga qarab to’xtamasdan, qiyomiga yetkazib chalib etadi. Berilgan musiqa bo’lagini ham xilma xil bezaklar qo’shib turlicha chalib beradi. Mehmonlar chalgan musiqa bo’lagini xech qiynalmasdan ko’zi bog’liq holda chaladi.
Uning nomi boshqa shaxarlarda ham yoyiladi. U bir necha davomida Vena, Parij, London, Gana, Bryussel, Jeneva kabi bir qancha shaxarlarda konsert qo’ydi.Otasi Leopold o’g’li Volfgangga musiqa yozish sirlarini, kompozitsiyani mukammal o’rgatib bordi. Natijada 8 yoshli Motsartning birinchi kitobi Parijda bosilib chiqdi. Motsart 12 yoshida o’zining birinchi operasini yaratdi.Volfgangning otasi Leopold Motsart bolalarining xar tomonlama keng bilim olishiga sharoit yaratib berdi. Yosh Motsart chet tillari, tarix, geografiya, arifmetika va boshqa fanlardan ham yetarlicha bilim oldi. U Parijda, Londonda opera teatrlariga va simfonik orkestr konsertlariga tez tez borib turadi.
Volfgang Motsartning Italiyaga otasi bilan qilgan safari uning hayotida o’chmas iz qoldirdi. Italiya shaxarlarining boy arxitekrurasi, dilbar tabiati, muzey va teatrlari yosh Motsartni yanada ilxomlantirib yubordi.Bir necha oy davomida Motsart Italiyadagi eng yetuk musiqa nazoratchisi Padre Martinidan kompazitorlik sirini o’rgandi. O’qish oxirida 14 yoshli Motsart sinovlardan oily darajada o’tib, Boloniya Musiqa Akademiyasining faxriy a’zosi diplomini olishga muyassar bo’ldi.
Motsart hammasi bo’lib 36 yil umr ko’rdi. Ammo shu qisqa davr ichida boy musiqiy me’ros qoldirdi. Butun dunyo kishilari uni buyuk kompozitor sifatida tan olishadi va uning asarlarini sevib tinglashadi.Motsart buyuk avstriya bastakori Vena klassik maktabining vakilidir. Mtsart hayoti davomida 41 ta simfoniya, 19 ta sonata, 19 ta opera va boshqa asarlar yozgan. Motsart lirik va drammatik janrning asoschisi bo’lgan. Motsart asarlari ichida 40 - simfoniyasi eng taniqli hisoblanadi. 40 – simfoniya 1788 yil Venada yozilgan. Simfoniyaning janri lirik drammatik xarakterda yozilgan.Simfoniyaning g’oyasi lirik tragikdir.
Iogann Sebastyan Bax (Johann Sebastian Bach; 21-mart, 1685 – 28-iyul, 1750) olmon bastakori va organisti boʻlgan. Xor, orkestr va solo asboblar uchun yaratgan asarlari Barokko davrini shakllantirdi.Bax buyuk nemis kompozitori, mash’hur organ ijrochisi, barokko davri hamda polifoniya uslubining yirik namoyandasi. Bax ijodida oldingi davr musiqa janr yoʻnalishlari (shu jumladan, xor polifoniyasi, protestant xorali, organ musiqasi, italyan operasi, klavesin va klavir musiqasi) umumlashtirilib, oʻz badiiy yakunini topgan. Bax musiqasida polifoniya yoʻnalishlari bilan gomofoniya tizimlari oʻzaro qorishib yagona uslub vujudga keltirgan. Bax merosiga mingdan ziyod asarlar kiradi, ular asosan organ musiqasi, klavir, skripka va boshqa cholgʻular uchun asarlar hamda vokal, vokal-dramatik janrlari va boshqa Bax ijodida organ muhim oʻrin tutadi. U organning yangi imkoniyatlarini ochib berdi, organ prelyudiyasi, fantaziya, tokkata kabi janrlarini fuga bilan birlashtirdi.
Organ uchun yozilgan "‘Prelyudiya va fuga c-moll“, ‘Fantaziya C-dur“, ‘Tokkata va fuga“, ‘Passakalya“ va boshqa asarlari jahon musiqasi xazinasidan oʻrin olgan. Bax birinchi boʻlib klavir uchun konsert asarlarini yaratib, yangi uslub kashf etdi (syuitalar, ‘Xromatik fantaziya va fuga“, ‘Italyancha konsert“). Klavir musiqasi sohasida yangi ‘teng tovushqatorli“ tizimning afzalliklarini ‘Yaxshi temperatsiyalashgan klavir“ toʻplami misolida namoyish qildi. Vokal, vokal-dramatik musiqa janrlarida Baxning 300 ga yaqin diniy kantata, xoral va oratoriyalari (‘Ioann boʻyicha ehtiroslar“, ‘Matvey boʻyicha ehtiroslar“, ‘H-moll katta messasi“, ‘Magnifikat“) alohida oʻrin tutadi. Bularning mavzulari injil kitobidan olingan boʻlib, mazmunida insoniylik, hayotdan zavqlanish, yuksak goʻzallikka intilish, shodu xurramlik bilan dard-alam hissiyotlari oʻz aksini topgan.
Jahon musiqa san’atida o’chmas iz qoldirgan daho kompozitor qatorida I. S. Bax nomi alohida o’rin egallaydi. Bugunda kompozitorning jahon musiqa san’atida o’rni va mavqei shu darajada yuqori baholanadiki, unga qiyoslab teng topilgan hech bir ijodkor nomini bir qatorga qo’yib bo’lmaydi deb ta’kidlanadi va bu haqiqatdan ham shunday. I. S Bax ijodi ma’lum ma’noda o’zi yashagan davriga yakuniy xulosa yasab berdi desak bo’ladi.
Uning musiqasi o’z ichiga kompozitordan avval musiqa olamida ochilgan, rivojlanib an‟anaga aylangan barcha musiqiy jabhalar o’rin olib ularga tayanib ijod qiladi. Kompozitor nemis organ musiqasi, Uyg’onish davrining xor polifonik san‟ati, italyan va nemis skripka maktablarining yorqin va mahoratli bilimdoni bo’lgan. O’z vaqtida I. S. Baxning notalarni xattotlik yozish san’ati hammani lol qoldirib kelgani bois u zamondoshlarining asarlarini notaga ko’chirib, bu yo’l orqali fransuz klavesinistlar (avvalo Kuperen), italyan skripka ustalari va sozandalari (Korreli, Vivaldi), bir qator italyan opera vakillarining taniqli asarlari bilan bevosita tanishish va o’rganishga muvaffaq bo’lgan.
Kompozitorning vafotining 1000 yilligi munosabati bilan (1850) Leypsig shahrida Bax jamiyati tashkil qilindi. U o’z zimmasiga kompozitorning bisotiga kirgan barcha qo’lyozmalarni nashr qilish maqsad qilib oldi (46 jild). Kompozitorning bir necha farzandlari taniqli kompozitor va ijrochilar sifatida tanildilar: Filipp Emmanuel, Vilgelm Frideman (Drezden), Iogann Kristof (Byukkenburg), Iogann Kristian (eng kichigi “Londonlik” Bax). Iogan Sebastyan Bax-buyuk kompozitor va organchi, kantor va pedagog tarix sahifalardan go’yo bronzadan quyilgan bahaybat va ulug’vor timsol sifatida ko’z oldimizda gavdalanadi. Kompozitor musiqasi va ijodi asrlar davomida insoniyat tomonidan turlicha qabul qilingan. Uning ijodiga bo’lgan qiziqish bizning asrimizning ikkinchi yarmida chandon kuchaydi. Agar daholik bu turli inson alomatlarining baxtli mujmuasi deb hisoblansa buning yorqin misoli o’rnida I. S. Baxni hayotini keltirish joiz. Uning avlodi ikki yuz yillik davomida qadrdon Tyuringiyani saroy, cherkov va shahar musiqachilari, skripkachi va organchilar, kompozitorlar bilan ta‟minlab kelgan. Baxlarning zurriyodi musiqa tarixida unikal bir fenomen. Nemis olimlari uni yaxshi o’rganib, tadqiq qilishdi. Baxning o’zi ushbu “geniologik daraxtni” tuzib chiqqan edi: Gans Bax (1580-1626) skripkachi Iogann Bax (1604-1673) organchi, dirijor Genix Bax (1615-1692) organchi, kompozitor Iogann Mixael Bax (1648-1694) organchi, kompozitor, cholg’u ustasi Xristof Bax (1613-1661) saroy musiqachisi Iogann Kristof Bax (1645-1693) skripkachi, organchi Iogann Amvrosiy Bax (1645-1695) skripkachi, altchi Iogann Sebastyan Bax ( 1685-1750) Vilgelm Frideman Bax (1710-1782) kompozitor, organchi Filipp Emmanuel Bax ( 1714-1788) kompozitor, klavisinchi, musiqa pedagogi, musiqiy direktor Iogann Kristof Fridrix Bax ( 1732-1795) kompozitor, klavisinchi kapelmeyster Iogann Kristian Bax (1735-1782) kompozitor, pianist, organchi, musiqa pedagogi. L. V. Betxoven: “Uning ismi buloq (nem. til. tarj Bax-buloq degani) emas aslan dengiz!” deb ta’riflagan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |