19.2.O’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi
Ish bosqichlari va vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
O’qituvchi
|
Ta’lim oluvchi
|
I bosqich
O’quv mashg’ulotiga kirish (5 daq)
|
Tashkiliy qism:
1.O’quvchilar mashg’ulotga tayyorgarligi va davomatini tekshiradi
|
Mashg’ulotga tayyorgarlik ko’radilar.
|
II bosqich
Asosiy qism
(60daq)
|
Tayanch bilimlarni faollashtirish:
1.Uyga berilgan vazifani nazorat qiladi hamda o’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilarga savollar beradi, ularni baholaydi.
Maqsad va vazifani belgilanishi:
2.Mashg’ulotning nomi, rejasi, maqsad va o’qitish natijalari bilan tanishtiradi. 3.Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar bilan tanishtiradi.
4.O’quv mashg’ulotida o’quv ishlarini baholash mezoni va ko’rsatkichlari bilan tanishtiradi.
Ta’lim oluvchilar bilimini faollashtirish:
5.Tezkor-so’rov, savol-javob, aqliy hujum, “o’ylang va juftlikda fikr almashing” va boshqa texnikalar orqali o’quvchilar bilimini faollashtiradi.
Yangi o’quv materialining bayoni:
6.Nazariy mashg’ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq o’qitish jarayonini tashkil etish bo’yicha harakatlar tartibini bayon etadi. Asosiy holatlarni yozdiradi.
7.Mustahkamlash uchun savollar beradi. Jarayon kichik guruhlarda davom etishini ma’lum qiladi.
8.Guruhlar ishini o’zaro baholashni o’tkazadi, mavzuning har bir qismi bo’yicha xulosalar qiladi, eng asosiylariga e’tibor qaratadi, berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi. Mavzuning kasbiy faoliyatlaridagi ahamiyati bilan bog’lab mavzuni yakunlaydi
|
Uy vazifasini taqdim etadilar.
Savollarga javob beradilar. Mavzu nomi va rejasini yozib oladilar.
Diqqat qiladilar. Savollarga javob beradilar. Yozib oladilar.
Diqqat qiladilar. Savollarga javob beradilar.
Topshiriqni bajaradilar.
tanishadilar.
Har bir guruh o’z topshiriq varaqlari bo’yicha faoliyatini boshlaydilar.
Berilgan qo’shimcha savollarga javob beradilar
Ma’lumotlarni daftarga qayd qiladilar.
|
III bosqich
Yakuniy qism (10 daq)
|
Mashg’ulot yakuni:
1.Faol ishtirok etgan o’quvchilarni javoblarini izohlab baholaydi va rag’batlantiradi.
2.Uyga vazifa beriladi.
|
Baholar bilan tanishadilar.
Topshiriqni yozib oladilar.
|
19-Mavzu: Balet san’ati.
Reja:
1.Balet san’atining tarixi.
2.O’zbek baleti san’ati.
3. Balet san’atidan na’munalar .
Balet (lotincha: ballo raqsga tushaman) asar mazmuni musiqiy xoreografik obrazlar vositasi bilan ifodalanadigan sahna sanʼati turi. Oʻzida sanʼatning dramaturgiya, musiqa, xoreografiya, tasviriy sanʼat kabi turlarini uygʻunlashtiradi, bu sanʼat turlarining hammasi alohida-alohida mavjud boʻlmay, Baletning sintez markazi boʻlgan xoreografiyaga boʻysunadi. Balet librettochi, kompozitor, baletmeyster va rassom hamkorligida yaratiladi.
Baletning dramaturgik asosi libretto (ssenariy)dan boshlanib, unda asarning asosiy mazmuni, gʻoya, ziddiyat va harakterlari aniq belgilanadi. Libretto koʻpincha adabiy asarga asoslanib, uni musiqa va xoreografiyada gavdalantirish imkoniyati hisobga olinadi. Senariy asosida esa kompozitor Balet musiqasini yaratadi. Uning izchilligi, sahna koʻrinishi, parda va nomerlarga boʻlinishi senariyda koʻrsatiladi. Musiqa faqat senariyni ifodalabgina qolmay, balki musiqali obrazlarning mazmuni bilan uni boyitadi. Balet musiqasi xoreografiyani yaratish uchun asos boʻlib xizmat qiladi. Balet-musiqada yozilgan, xoreografiyada gavdalantirilgan drama. Xoreografik harakatning asosi raqs va inson tanasining plastikasidir. Baletda raqsning mumtoz, harakterli, sahna, xalq, erkin plastika, "modern" kabi turlaridan foydalaniladi. Mumtoz raqs Yevropa Balet sanʼatida yetakchi oʻrinni egallab, pantomima, raqsning boshqa turlari, sport va akrobatika elementlari bilan boyib bormoqda. B. spektaklida dekoratsiya, libos, yorugʻlik va boshqa hamma tasviriy vositalarni musiqiy-xoreografik harakatga uygʻunlashtirish rassomning vazifasidir.
Balet spektaklining ijrosi, musiqiy talqini va musiqa bilan raqs harakatining uygʻunligiga dirijyor rahbarlik qiladi. B.ning fojia, komediya, pyesa, Balet simfoniya kabi janrlari mavjud. Balet spektakllari bir pardali, koʻp pardali boʻladi. Balet atamasi asosan 16- 19-asrlar davomida shakllangan Yevropa Balet sanʼatini ifodalaydi, lekin 20-asrdan kengroq talqin qilinib, Osiyo va Afrika mamlakatlarining raqs tomoshalariga nisbatan ham ishlatiladi. Xoz Yevropa B.ining paydo boʻlishi qad xalq musiqali raqs tomoshalariga borib taqaladi. 15 16-asrlar teatrlashgan raqslarning shakllanish jarayoni avval Italiyada, soʻng boshqa mamlakatlarda Balet sanʼatini vujudga kelishiga sabab boʻldi. 1581-yil Fransiyada yaxlit va rivojlangan mazmunli musiqa, raqs, pantomima, soʻz va ashula bilan ifodalangan birinchi Balet spektakli ("Qirolichaning hajviy baleti") yaratildi. 1661-yil Parijda tashkil qilingan "Qirollik raqs akademiyasi" B.ning professional sanʼatga aylanishida katta rol oʻynadi. 18-asrda Angliya, Avstriya va Fransiyada Balet batamom mustaqil sanʼat turi sifatida shakllandi. Rossiyada birinchi Balet spektakli 17-asrning 70-yilarida ("Orfey va Evredika haqida balet") yaratilgan.
Oʻzbek xalqi qadimdan oʻzining mumtoz raqsiga, rang-barang , rivojlangan raqs madaniyatiga ega boʻlib, bu Oʻzbekistonda professional balet sanʼatining rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatgan. 1918-yil Toshkentda Turkiston xalq konservatoriyasi zaminida Davlat rus opera teatri tashkil qilindi. Teatr qoshida kichik balet truppasi ham boʻlgan. 1929-yil teatr opera va balet teatri nomini oldi. "Lolaqizgʻaldoq" (R. Glier), "Raymonda" (A. Glazunov), "Ferenji" (B. Yanovskiy), "Boqchasaroy favvorasi", "Kavkaz asiri" (B. Asafyev) kabi B.lar qoʻyildi. 1933 i. Toshkentda 1-Respublika balet maktabi (1935-yildan Tamaraxonim nomida) ochildi. 1933-yil birinchi oʻzbek milliy B. pantomimasi "Paxta" (baletmeyster Us t a Olim Komilov) sahnalashtirildi. Keyinchalik "Shohida" (F. Tal), "Gulandom" (Ye. Brusilovskiy), "Togʻlar qalbi" (A. Balanchivadze), "Laylakcha" (D. Klebanov) kabi B.lar oʻzbek mumtoz va xalq raqslari asosida yaratildi. 1941-yilda balet maktabining birinchi bitiruvchilari G. Izmaylova, R. Urmanseva, N. Tarshilova qabilar balet truppasiga kelib qoʻshildi. Ammo truppada tayyorlangan kordebaletning yuqligi mumtoz B.lar qoʻyish imkonini bermasdi. 1943-yildagina "Oqbilak" (S. Vasilenko) baleti qoʻyildi. 1948-yil oʻzbek opera va balet teatri Sverdlov nomidagi rus opera va balet teatri bilan birlashtirilib, A. Navoiy nomidagi opera va balet teatriga aylantirildi va tajribali kordebalet artistlari bilan kuchaytirildi. "Bukri toychoq" (Ch. Puni), "Don Kixot" (L. Minkus), "Oqqush koʻli" (P. Chaykovskiy) kabi mumtoz, "Raqqosa" (G. Mushel) kabi milliy B.lar qoʻyildi. 1948 — 51-yillar Moskva xoreografiya bilim yurti qoshida ochilgan oʻzbek balet studiyasida H. Komilova, G. Mavayeva, K. Yusupova, F. Nosirova, Yo. Hojisaidova, L. Bashirova, A. Nazrullayev, R. Tanguriyev va boshqa taʼlim oldilar.
1947-yil Toshkentda xoreografiya bilim yurti tashkil qilindi. "Yoshlik" (M. Chulaki), "Esmeralda" (Ch. Puni), "Uyqudagi goʻzal" (P. Chaykovskiy) kabi spektakllar qoʻyildi. 50-yillarning oʻrtalarida balet truppasi B. Krriyeva, L. Komilova, S. Tanguriyeva, V. Proskurina, R. Kurmasva, V. Vasilyev, K. Soatov va boshqa balet artistlari bilan toʻldirildi. Truppa tarkibining yangilanishi repertuarga ijro uslubi murakkab mumtoz Baletlarni ("Jizel", "Shopeniana") kiritish imkonini berdi. 60-y.larda "Bolero" (M. Ravel), "Don Juan" (K. Glyuk), "Spartak" (A. Xachaturyan), "Korsar" (A. Adan), "Kashmir afsonasi" (G. Mushel), "Layli va Majnun" (I. Akbarov), "Sevgi tumori", "Temur Malik" (M. Ashrafiy), "Qirqqiz" (L. Feygin), "Semurgʻ" (B. Brovsin), "Suhayl va Mehri" (M. Leviyev) va boshqa B.lar sahnalashtirildi. 70-y.larga kelib, mumtoz, zamonaviy va milliy baletlar bilan oʻzbek B.i boyidi. "Tanavor" (A. Kozlovskiy), "Oyimqiz va bezori" (D. Shostakovich), "Antoniy va Kleopatra" (E. Lazarev), "Afsonalar vodiysida" (U. Musayev), "Dunyoning yaratilishi" (A. Petrov), "Sevgi haqida qissa" (O. Medikov), "Sevgi va qilich" (M. Ashrafiy), "Uzilgan qoʻshiq" (A. Kalninsh) va boshqa spektakllar shular jumlasidan.
80 -90-yillar kompozitor va baletmeystrlarning milliy balet yaratish borasidagi harakatlari kuchaydi. "Navroʻz" (Ik. Akbarov), "Quyoshga taʼzim" (R. Abdullayev), "Toʻmaris" (U. Musayev) kabi B.lar milliy baletimiz mavqeyini yanada koʻtardi. G. Izmaylova, B. Qoriyeva, V. Vasilyev, G. Hamroyeva, N. Yoqubova, R. Tanguriyev, S. Tanguriyeva, 3. Davletmurodova, R. Karimova, F. Saʼdullayeva qabilar oʻzbek Baletini rivojlanishiga munosib hissa qoʻshdilar. 1997-yil Toshkent xoreografiya bilim yurti negizida Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi hamda xoreografiya maktab-internati tashkil etildi.
Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri janubiy- sharqiy Osiyodagi eng katta teatr hisoblanadi. Uning tarixi «Konser-etnografik ansambli asoschisi Muhiddin Qori Yoqibov hamda nafaqat o’zbek , qolaversa jahon xalq terma folklor qo’shiqlari mohir ijrochisi 2- darajali Stalin mukofoti sovrindori Tamaraxonimlar bilan bog’liqdir. Mazkur ansambl 1929- yil M. Qoriyoqubov va Tamaraxonim sa’y – harakati bilan « O’zbek davlat musiqali teatri» ga aylantirilgan . Teatrda «Halima» , « Farhod va Shirin » spektakllari xalq cholg’ulari jo’rligida ijro etilgan. Keyinchalik 1930- yillarga kelib esa « Ichkarida» , «Layli va Majnun» , «Po’rtana» spektakllarida xalq cholg’ulariga simfonik orkest sozlari qo’shilib , professional o’zbek operasining vujudga kelishiga zamin yaratdi . 1937 – 1938- yillarda Qozoqistonlik kompozitor Ye. Bruslovskiyning « Er Tag’in» hamda Ozarbayjonlik kompozitor M. Magomayevning « Nargiz » operalarining sahnalashtirilishi esa teatr truppasining opera san’atini o’zlashtirilishida muhim ro’l o’ynadi.1939- yil 11- iyun sanasida kompozitorlar S. Vasilenko va M. Ashrafiy musiqasi hamda K. Yashin librettosi asosida birinchi o’zbek operasi«Bo’ron »spektaklli sahna yuzini ko’rdi.Teatr jamoasi «Bo’ron» o’pera spektaklida erishgan yutuqlarini kompozitorlar R. Glier va T Sodiqovlarning hamkorlikdagi ijod mahsuli «Layli va Majnun» o’perasi bilan yanada mustahkamladi. 1941- yil ulug’ «Farg’ona-kanali»kanali xalq tomonidan hashar yo’li orqali qurilishi munosabati bilan Farg’ona kanali quruvchilariga bag’ishlangan kompozitorlar S. Vasilenko va M. Ashrafiy hamkorligida « Ulug’ kanal » operasi sahnalashtirildi .Bundan tashqari A. Kozlovskiyning «Ulug’bek»,O. Chishkoning «Mahmud Tarobiy » operalari urush yillarida yaratiladi. Teatr truppasi ijodkorlari o’pera bilan bir qatorda o’zbek baletini ham shakllantirishga urunadilar . 1933- yilda kompozitor N. Roslavets musiqasi asosida «Paxta» baleti sahnalashtiriladi , ammo ushbu balet spektaklli muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Ko’pgin izlanishlardan so’ng 1939- yilda kompozitor F. Tal musiqasi sahnalashtiruvchi baletmeysterlar A. Tomskiy , M. Turg’unboyeva va Usta Olim Komilovlarning hamkorligida «Shoxida» bale spektakll teatr truppasi ijodkorlariga dastlabki , ilk muvaffaqiyatni olib keldi . Keyinchalik Ye. Bruslovskiyning,Gulandom»,S.Vasilenkoning«Oq-bilak» milliy balet spektakllari sahna yuzini ko’rdi . Jahon mumtoz repertuarlaridan J. Bize ning «Karmen»,Chaykovskiyning Qarg’a motkasi » kabi operalari bilan bir qatorda B. Asafevning «Bog’cha saroy favvorasi » , L. Delib ning «Koppeliya baletlari sahnalashtiriladi. Teatr yruppasining o’z binosi mavjud emas edi. Avvallari barcha tomoshalar «Kolizey» sirk binosida o’tkazilar, biroq «Kolizey» ning sahnasi akustikasi opera va balet tomoshasi talablari uchun to’g’ri kelmas edi. Teatr jamoasi, tomoshabinlar soni, repertuarnin boyi borishi truppaga bo’lgan e’tiborni yanada kuchaytirdi.Teatr truppasi uchun maxsu tegishli inshootni barpo etish maqsadida davlat miqyosida tanlov e’lon qilindi.Moskvadagi Qizil maydonda joylashgan V. I. Leninning maqbarasi me’mori akademik Aleksey Shusev tanlov g’olibi deb topildi. Qurulish ishlari 1939- yilda boshlandi , ammo 1942- yilga kelib urush davri qiyinchiliklari tufayli to’xtatib qo’yiladi. 1944- yildan qurilis ishlari qayta tiklanadi. 1945- yilning noyabr oyid Kvantun armiyasining yapon asirlari Toshkentga jo’natilishi munosabati bilan qurilish ishlari jadal sur’atlarda rivojlanib , 1947- yilda tamomila qurib bitkaziladi.
Bundan tashqari devorlarda Ch. Ahmarovning Alisher Navoiy asarlariga ishlangan miniaturyalari aks ettirilgan . Bino tarzilari peshayvon shaklida ravoqlar oldi qismida 3 , ikki yon tomonlaridagi ravoqlar 9 ta qatordan iborat .Foye,tomosh zali , sahna va boshqa tomosha uchun mo’ljallangan yana 3 ta qavatdan joylashgan . Binoning ta’mirlash ishlari bitgandan so’ng rassom hunarmand , ustalar 1948- yilda teatr binosi qurilishida mehnat qilgan barcha xalq hunarmand ustalari rassomla davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar.
1948-yilning mart oyida «O’zbek Davlat Opera va Balet teatri , Severdlov nomidagi Rus teatri» bilan birlashtirilib « Alisher Navoiy Nomidagi Davlat Opera va Balet teatri» nomini oladi. Opera va balet san’atining muvaffaqiyatli rivoji ,hamda repertuar negizi akademik teatr san’ati yo’nalishida ijod etganligi bois 1959- yil teatr «Akademik» , 1966-yilda esa «Katta» maqomi beriladi.
Teatr binosida sahnalashtirilgan har bir spektakllar barcha zamonlarda ham o’z tomoshabinlarini topa olgan . Milliy va zamonaviy ruhda sahnalashtirilgan spektakllar , jahonning mumtoz asari durdonalari tomoshabinlarga estetik zavq bag’ishlay olgan . Milliy ruhda sahnalashtirilgan spektakllardan «Gulsara» «Tohir Zuhra » , Dilorom» , «Shoir qalbi » , Zaynab va Omon » , Maysaraning ishi » , «Hamza» , «Sog’d elining qoploni» , «Olovli farishta» kabi operalari ; « Suxayli va Mehri » , « Raqqosa » , « Orzu» , « Oltin kalitcha» , «Sevgi tumori» , «Qirq qiz» , «Ikki dil dostoni» singari milliy baletlar shular jumlasidan. Mumtoz asarlardan «Yevgeniy Oneygin» , Petr I» , « Olovli farishta»operalari , «Spartak» , «Karmen Syuita» , «Maskarad», «Qarsldoq», Ming bir kecha » , «Shexrizada», «Oqqush ko’li» «Jizel» kabi balet spektakllari ham shular jumlasidandir .
Do'stlaringiz bilan baham: |