Andijon Davlat Universiteti
Filologiya va tillarni o’qitish fakulteti o’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi III 301-guruh talabasi Komilova Gulhayoning amaliyot ishlari
Bajardi: Komilova Gulhayo
Tekshirdi:Ma’murjon Saidxonov
Farg’ona viloyati Oltiariq tumaniga oid sheva so’zlari:
Chorsi- belga bog’lanadigan, to’rtburchak ro’mol shaklidagi, chetlari tikilgan mato parchasi.
Mozor- ziyoratgoh joy, o’lgan kishilar dafn etiladigan joy.
Bolish- adabiy tilda yostiq ma’nosiga to’g’ri keladi.
Obdasta- ro’zg’or buyumi, yuz-qo’l yuvish uchun ishlatiladigan ingichka jo’mrak qorni keng idish.
O’rama- xamirdan tayyorlanadigan tansiq taom. Ba’zi hududlarda “ xonim” deb ham ataladi.
Paqir- asosan suyuqlikni tashish uchun ishlatiladigan idish, adabiy tilde “chelak” so’ziga to’g’ri keladi.
Unaqa bas- biror fikrni inkor etish uchun ishlatiladigan so’z, adabiy tilda “unday emas” variantlari mavjud.
Agat- yerga ekin ekish uchun ochilgan ariq, adabiy tilda “egat” deb ham ataladi.
Aya- adabiy tilda ona deb ataluvchi zot.
Chini- piyoladan kattaroq, asosan suyuqlik va turli ovqat quyib ichiladigan idish turi.
Adabiy tilda- kosa
Kavartak- uzumning bargidan tayyorlanadigan maxsus taom, do’lma.
Opoqdada- dadaning yoki onaning otasi.
Ena- dadaning yoki onaning onasi.
Shoti- adabiy tildagi narvon so’ziga to’g’ri keladi
Nonpalla- ovqat turi; non qo’shib tayyorlanadigan ovqat turi.
Ba’zi joylarda “nonqovurdoq” deb ham ataladi.
Jippang- to’la, labigacha to’ldirilgan;
To’kilay-to’kilay deb turgan ma’noda ishlatiladi.
Otashkurak- chang-tuproq , axlat yeg’ishtiradigan hamda olov, kul, ko’mirni olib tashlash uchun ishlatiladigan asbob turi.
Esar- esi past, tentaknamo inson ma’nosida
Tirriq- o’yinda va umuman oldi-berdi, savdo-sotiq, boshqa munosabatlarda boshqalarni aldashga, tortishishga urinadigan insonga xos fe’l-atvor.
Darcha- mahalliy uylarda idish-tovoq va boshqa anjomlarni qo’yish uchun devorda kvadrat yoki boshqa shaklda ishlangan maxsus joy;
Shipirgi- adabiy tildagi “ supurgi” so’ziga to’g’ri keladi;
Peshayvon- adabiy tildagi “ayvon” so’ziga to’g’ri keladi. Ayvon- atrofi o’ralgan, hordiq uchun tayyorlangan maxsus joy nomi.
Xontaxta- to’rtburchak shakldagi , taxtadan ishlangan, asosan ovqatlanish uchun kerak bo’ladigan asbob;
Adabiy tilda “xon” deb ham ataladi
Lagancha- tog’oradan kichik bo’lgan, ichi chuqur uy-ro’zg’or buyumi.
Jichcha- adabiy tilda “ozgina” ma’nosida.
Etana- adabiy tilda keng tikilgan ko’ylak ma’nosiga to’g’ri keladi;
Masalan: Onamning etana qilib tikilgan ko’ylaklarini ko’rib mening jahlim chiqdi
Mijib olmoq- biror narsaning suvini siqib chiqarmoq;
Masalan: Biz kechasi bilan pomidorni mijib sok tayyorlab chiqdik.
Farg’ona viloyati Oltiariq tumani “Usmonobod” mahalla fuqarolar yig’ini haqida umumiy ma’lumotlar:
“Usmonobod” mahalla fuqarolar yig’ini Farg’ona viloyatining Oltiariq tumanida joylashgan bo’lib, bu MFY 6 ta ko’chani birlashtiradi.
Bu MFY asosan Shimoldan Katta Farg’ona kanali, Janubdan “Yuksalish” mahalla fuqarolar yig’ini bilan, Sharqdan “Oltiariq” shaharchasi bilan ,
G’arbdan esa “Jiydalik” mahalla fuqarolar yig’ini bilan chegaradoshdir
Aholisi – 3128 kishini tashkil qiladi.
Bu mahalla fuqarolar yig’inidagi xonadonlari soni esa 546 tani tashkil etadi.
Oilalar soni -676 ta.
Bu mahalla fuqarolar yig’ini alohida bir idoraga ega bo’lib u yerda asosan mahallaga oid barcha masalalar , jumladan siyosiy, iqtisodiy, maishiy masalalar hal qilinadi. Bu idoraning manzili:
Oltiariq tumani
Usmonobod MFY
Ohakchi ko’chasi, 1- uy
Bu idorada mahalla uchun jonkuyar bo’lgan xodimlar faoliyat ko’rsatishadi:
: MFY xodimlari to’g’risida
Komilov Ro’zimatjon Alimjonovich MFY raisi hisoblanadi, bu hodim idoradan uzoq bo’lmagan Maorif mahallasida istiqomat qiladi.
Isroilov Avazbek Rustamovich MFY raisining obodonlashtirish tomorqa, tadbirkorlik masalalari bo’yich o’rinbosari lavozimida faoliyat olib boradilar. Shu MFY ning Ohakchi ko’chasida yashaydilar.
Nazarova Irodaxon Mo’minjonovna Usmonobod MFY raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalari bo’yicha o’rinbosari.
Maorif ko’chasida yashaydilar.
Yo’ldashev Mahmudjon Muhammadjon o’g’li
Usmonobod mahalla raisining huquq-tartibot masalalari bo’yicha o’rinbosari.
Usmonobod mahallasida istiqomat qiladi.
Bu hodimlarning barchasi o’z fidoiy ishlari bilan MFY tarkibiga kirgan 6 ta mahallaning farovonligi uchun jon kuydurib ishlamoqdalar. Shuncha aholining tinchligi, totuvligi uchun tunni tun kunni kun demay harakatdlar.
MFY tarkibidagi punktlar nomi:
Tarkibdagi ko’chalar soni-8 ta;
Ko’p qavatli uylar soni- 0;
Tarkibdagi yakka tartibdagi hovlilar soni- 574;
Tarkibdagi doimiy aholi yashamaydigan xonadonlar soni-0;
MFY dagi xo’jaliklar soni -546
Xonadonlar soni- 546
MFY ning demografik ko’rsatkichlari:
Aholi soni 3128 bosh kishini tashkil etdi, ulardan
0-2 yosh 78 37 nafar ayollar
3-6 yosh 258 124 nafar ayollar
7-13 yosh 242 118 nafar ayollar
14-17 yosh 521 258 nafar ayollar
18-30 yosh 603 298 nafar ayollar
31-45 yosh 660 338 nafar ayollar
46-60 yosh 512 241 nafar ayollar
61-70 yosh 116 53 nafar ayollar
71-80 yosh 112 54 nafar ayollar
81-90 yosh 75 37 nafar ayollar
91-100 yosh 3 2 nafar ayollar
100 yoshdan kattalar -0
Aholining milliy tarkibi asosida ham har xillikka erishish mumkin. Ammo bizning hududda aksariyat aholi O’zbeklardir . MFY aholisining 3128 nafari o’zbek vas hu bilan birga rus millatiga mansub 1 nafar inson istiqomat qiladi.
Hamma hududda bo’lgani singari bizning mahallada ham aholining ijtimoiy rivojlanish holati bir xil emas:
Boquvchisini yo’qotgan oilalar soni- 6ta
Yolg’iz otalar va onalar soni-6 ta
Kam ta’minlangan oilalar soni-7ta
2 yoshgacha nafaqa oluvchilar soni- 7ta
14 yoshgacha nafaqa oluvchilar soni- 2ta
Ko’p bolali oilalar soni- 6ta
Shulardan:
4 bolali - 4 ta oila
5 bolali - 1 ta oila
5 dan ortiq bolali oilalar -1 ta oilani tashkil etadi.
Nogironligi bo’lgan shaxslar soni- 41 ta
1-guruh 8 nafar
2-guruh 25 ta
3- guruh 8ta
Nogironlik nafaqasini oluvchilar soni- 41 tani tashkil etadi.
Aholi bandligi ham turlicha hisoblanadi:
Korxona va tashkilotlarda ishlovchilar soni- 328
Tadbirkorlik bilan band bo’lganlar soni- 10
Kasanachilik 2ta
Milliy hunarmandchilik 2 ta
Savdo-sotiq bilan shug’ullanuvchilar 28 ta
Chorvachilik va parrandachilik bilan shug’ullanuvchilar 5 ta
Tadbirkorlikning boshqa sohalari bilan band bo’lganlar soni 34 ta
Mavsumiy ishlar bilan band bo’lganlar ham kam emas, ular 273 nafarni tashkil etadi.
Ishlovchi pensionerlar soni- 2ta
Ishsizlar soni- 24 ta
MFY hududidagi tashkilotlar va obyektlar soni va nomlari:
Mahalla guzari 3ta
Savdo-sotiq do’koni 3ta
Fermer xo’jaliklar soni 2tani tashkil etadi
Fuqarolar yig’ini hududidagi ko’cha va uy boshchilari to’g’risida ma’lumot:
Maorif ko’chasi : Mo’sinov Ma’mirjon Marupovich
Yashash manzili: Usmonobod MFY Maorif ko’chasi Tel:90-274-75-65
Usmonobod ko’chasi: Otajonov Xudoyberdi
Yashash manzili:Usmonobod MFY Usmonobod ko’chasi
Tel: 91-677-45-77
Ohakchi ko’chasi: Xaydarov Imyamin Omonovich
Usmonobod MFY Ohakchi ko’chasi
Tel: 91-669-06-11
Buxoro ko’chasi: Yo’ldashev Yoqubjon
Usmonobod MFY Buxoro ko’chasi
Tel: 90-561-55-69
5.Lolazor ko’chasi: Rahmonaliyev Nozimjon Sultonaliyevich
Usmonobod MFY Lolazor ko’chasi
Tel: 97-814-14-62
Bahor ko’chasi: Omonov G’ayratjon Tolipovich
Usmonobod MFY Bahor ko’chasi
Tel: 90—784-03-76
“Usmonobod” mahalla fuqarolar yig’ini Oltiariq tumanidagi boshqa mahallalardan o’z dehqonchilik va uzumchilik mahsulotlari bilan ajralib turadi.
Masalan, “Rizamat ota” deb ataluvchi uzum navini yetishtiradigan xonadonlarning yillik daromadi katta summani tashkil etadi. Ayrim xonadonlar bu navni yetishtirish ishiga bel bog’laganlar va judayam yaxshi daromad olib kelishmoqda.
Bu MFY dagi aholining aksariyati o’z dehqonchilik mahsulotlariga ega , masalan, har bir xonadon har yili o’z yer maydonida yoki boshqa bir tomorqasida bodring, pomidor, turp, rediska kabi sabzavotlarni yetishtiradi. Bu ekinlar albatta o’z ro’zg’ori uchun ishlaydi,ya’ni sotish uchun emas. Bundan tashqari Oltiariq tumani o’zining “Uzumchilik” sohasida ham ancha dong’I ketgandir, bizning mahalla ham bundan mustasno emas. Bizning mahallada asosan uzumning Rizamat ota, charo, hasayni, husayni, kishmish kabi turlari yetishtiriladi.
Bu mahalla fuqarolar yig’ini Oltiariq shaharchasiga juda yaqin bo’lganligi sababli ko’plab ehtiyojlar uchun shaharcha markaziga boriladi.
Bolalar bog’chasi, maktab. Poliklinikalar, turli ko’ngil ochar joylar hammasi markazda joylashgan. Mahalla hududida bunday obyektlarning yo’qligiga sabab ham mana shunda.
Aholi uchun eng kerakli obyektlardan “Shoxi Tolib” Jome masjidi ko’chamiz boshida joylashgan. Bu masjid har kuni mahallamiz aholisi uchun beminnat xizmat qilib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |