17.2.O’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi
Ish bosqichlari va vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
O’qituvchi
|
Ta’lim oluvchi
|
I bosqich
O’quv mashg’ulotiga kirish (10 daq)
|
Tashkiliy qism:
1.O’quvchilar mashg’ulotga tayyorgarligi va davomatini tekshiradi
|
Mashg’ulotga tayyorgarlik ko’radilar.
|
II bosqich
Asosiy qism
(55daq)
|
Tayanch bilimlarni faollashtirish:
1.Uyga berilgan vazifani nazorat qiladi hamda o’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilarga savollar beradi, ularni baholaydi.
Maqsad va vazifani belgilanishi:
2.Mashg’ulotning nomi, rejasi, maqsad va o’qitish natijalari bilan tanishtiradi. 3.Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar bilan tanishtiradi.
4.O’quv mashg’ulotida o’quv ishlarini baholash mezoni va ko’rsatkichlari bilan tanishtiradi.
Ta’lim oluvchilar bilimini faollashtirish:
5.Tezkor-so’rov, savol-javob, aqliy hujum, “o’ylang va juftlikda fikr almashing” va boshqa texnikalar orqali o’quvchilar bilimini faollashtiradi.
Yangi o’quv materialining bayoni:
6.Nazariy mashg’ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq o’qitish jarayonini tashkil etish bo’yicha harakatlar tartibini bayon etadi. Asosiy holatlarni yozdiradi.
7.Mustahkamlash uchun savollar beradi. Jarayon kichik guruhlarda davom etishini ma’lum qiladi.
8.Guruhlar ishini o’zaro baholashni o’tkazadi, mavzuning har bir qismi bo’yicha xulosalar qiladi, eng asosiylariga e’tibor qaratadi, berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi. Mavzuning kasbiy faoliyatlaridagi ahamiyati bilan bog’lab mavzuni yakunlaydi
|
Uy vazifasini taqdim etadilar.
Savollarga javob beradilar. Mavzu nomi va rejasini yozib oladilar.
Diqqat qiladilar. Savollarga javob beradilar. Yozib oladilar.
Diqqat qiladilar. Savollarga javob beradilar.
Topshiriqni bajaradilar.
tanishadilar.
Har bir guruh o’z topshiriq varaqlari bo’yicha faoliyatini boshlaydilar.
Berilgan qo’shimcha savollarga javob beradilar
Ma’lumotlarni daftarga qayd qiladilar.
|
III bosqich
Yakuniy (15 daq)
|
Mashg’ulot yakuni:
1.Faol ishtirok etgan o’quvchilarni javoblarini izohlab baholaydi va rag’batlantiradi.
|
Baholar bilan tanishadi
|
17-Mavzu:Dirijyorlik harakatlari.
Reja:
1.Dirijyor kim va u qanday vazifani bajarishi.
2.Dirijyorlik harakatlari va imo ichorasi.
3.Dirijyor kiyimi, qo’lidagi tayoqchasi.
Dirijyorlik (frans. diriger - yoʻnaltirish, boshqarish, rahbarlik qilish) musiqa ijrochiligi sanʼatining murakkab turi; musiqa asarini ijroga tayyorlash jarayonida hamda bevosita tinglovchi tomoshabinlar oldida ijrochilar (orkestr, xor, ansambl, opera, balet jamoalari va b.)ga rahbarlik qilish. Odatda bir (baʼzan, ikki) dirijyor tomonidan amalga oshiriladi. D. jamoaviy musiqa ijrosining uygʻunligi, badiiy va texnik mukammalligini taʼminlaydi. Koʻp ovozli musiqa murakkablashuvi va orkestr ijrochiligining rivoji natijasida 15-asr 1-yarmida yuzaga kelib, uni amaliyotga I. Mozel (Avstriya), K. M. Veber va L. Shpor (Germaniya)lar kiritgan. L. Betxoven, G. Berlioz, R. Vagnerlar D. sanʼati asoschilaridan. Xalqaro eʼtibor qozongan birinchi dirijyor X. fon Byulov (Germaniya) boʻlgan. 19-asr oxiri 20-asr boshlarida chet el D. sanʼati ustalari sifatida X. Rixter, A. Nikish (Vengriya), F. Veyngartner va R. Shtraus (Germaniya), G. Maler (Avstriya), M. Balakirev, A. va N. Rubinshteynlar, S. Raxmaninov, S. Kusevits-kiy (Rossiya) va b. tanilgan. Keyingi davrda G. fon Karayan (Avstriya), L. Stokovskiy, Yu. Ormandi, L. Bernstayn (AQSH), B. Valter, V. Furtvengler, O. Klemperer (Germaniya), A. Toskanini (Italiya), Ye. Mravinskiy, A. Melik-Pashayev, Ye. Svetlanov, G. Rojdestvenskiy (Rossiya), Sh. Myunsh (Fransiya), K. Ancherl (Chexiya) va b. D. sohasida katta ijodiy yutuklarga erishgan.
Oʻzbekistonda ilk dirijyorlar orasida F. V. Leysek, N. Mironov, V. Uspenskiy va b. boʻlgan. Oʻzbek davlat filarmoniyasi, Navoiy nomidagi opera va balet teatri, Muqimiy nomidagi oʻzbek musiqali drama teatrida simfonik orkestrlar tashkil etilgach, N. Olimov, A. Kozlovskiy, M. Ashrafiy, B. Inoyatov, M. Nasimov, T. Sodiqov, F. Shamsutdinov, A. Abduqayumov, D. Abdurahmonova, 3. Haqnazarov, Gʻ. Toʻlaganov, N. Xalilov, H. Shamsutdinov, B. Rasulov va b. dirijyorlar yetishib chikdi. Respublikamizda xor (S. Valenkov, A. Sultonov, B. Umidjonov, A. Hamidov va b.), oʻzbek xalq cholgʻulari orkestri (T. Jalilov, A. Petrosyans, S. Aliyev, D. Zokirov, M. Bafoyev), 1970-y.lardan kamer orkestr (E. Azimov va b.) dirijyorligi ham rivoj topdi. Oʻzbekistan milliy konservatoriyasida operasimfonik va oʻzbek xalq cholgʻu orkestri dirijyorligi sinflari mavjud.
Tasodifan. Mohiyatan tayoqcha kamoncha va notalar yozilgan qog’ozning muqobili edi. Dirijorlar tayoqchani XIX asr boshidan qo’llay boshladi va, tavsiflarga ko’ra, bu tayoqlar boshida ancha zalvorli bo’lgan. Aynan XIX asr dirijorlikning alohida kasbga aylanish davri bo’ldi ular orkestrlardan ajralib chiqib, maxsus ko’tarmaga chiqib, o’sha payt uchun eng g’alatisi, muxlislarga teskari turib ishlaydigan bo’ldi. Bu ishni qilgan birinchi odam yo Gektor Berlioz, yo Rixard Vagner bo’lgan qaysi biri avvalroq ekani ma’lum emas. XIX asrning o’ta murakkablashib ketgan va ishtirokchilari soni yuzlab ijrochidan iborat bo’lgan simfonik orkestrlariga maxsus boshqaruvchi shaxs zarur edi u ham musiqa chalish, ham boshqarish ishini birvarakayiga bajara olmas edi. Dirijor shaxsi, shubhasiz, romantik an’ana mahsuli edi qo’lining bir harakati bilan musiqa massasi va tinglovchilar hissiyotlarini boshqara oladigan yakka daho obrazi unga jo bo’ldi.
Hayotda turli mukammal kasblar mavjud. Bularga adabiyot, rassomchilik, siyosat, sport, tibbiyot qatorida musiqachi kasbi ham kiradi. Musiqachi kasbi esa o’z navbatida bir necha yo’nalishlarga bo’linadi. Masalan, sozanda, xonanda, dirijor va boshqalar. Shuni alohida aytish lozimki, dirijorlik kasbi barcha musiqaga bog’liq kasblarni mujassamlantiradi va o’z ichiga oladi. Boshqacha qilib aytganda dirijor ham xonanda, ham sozandalik kasbini mukammal bilishi zarur. Chetdan qaraganda bu kasbni juda oson kasb deb o’ylaganlar xato qilishadi. Hattoki musiqachilar orasida ham ayrim hollarda dirijyorlik qilish uchun jiddiy bilimga ega bo’lish shart emas degan fiklar ham mavjud. Shunday hollar bo’ladilki, yaxshi ijrochilar, yakkaxonlar dirijyorlikdan 4-5 soat dars olib yoki birorta qo’llanmalarni o’qib pult oldida turib dirijyorlik qilishga o’tishgan va buning oxiri ularni boshi berk ko’chaga kiritib qo’ygan. Professional musiqachilar bu fikrdan yiroq bo’lib dirijyorlikni alohida kasb va bu kasbni egallash uchun dirijyorlik maktabini to’liq o’tish lozimligini aytishadi.
Endi dirijorlikdagi ayrim elementlarga to’xtalib o’tsak. Dirijorlikda qo’llar asosiy vosita hisoblanadi. Keling endi dirijorlikdagi chap qo’l haqida batafsil to’xtalib o’tamiz.Agar o’ng qo’l asarning o’lchovini, sur’atini aniq takt harakatlari bilan olib borsa, chap qo’l boshqa vazifani olib boradi. Dirijyorlikda gavda, yuz, ko’z, bosh, qo’l, panja kabi inson tanasining har bir qismlari o’zicha katta ahamiyatga ega. Shular orasida eng ahamiyatlirog’i qo’llar hisoblanadi. Dirijyorlikda har bir qo’lning o’z vazifasi bor.Takt usulini olib borishdan holiroq bo’lgan chap qo’l asarning badiiy qismini ko’rsatish bilan shug’ullanadi. Chap qo’l asardagi ketma-ket yoki to’satdan uchraydigan dinamik o’zgarishlarni, kuyning xarakterini, uning frazirovkasini, kuyning boshlanishini, tugallanishini va boshqalarni ko’rsatadi.
Chap qo’l xordagi ovozlarning o’zgarishini, ya’ni partiyalarni bir-biriga o’tishini ham ko’rsatadi. Chap qo’l bilan mukammal harakat qilish bu faqat bilimlar yig’indisi emas, balki dirijyorlikning individual xarakterini, uning o’ziga xosligini ochib beruvchi badiiy- ijodiy jarayondir. Albatta chap qo’l harakatida ham usulni olib borish elementlari bor. Ammo u o’ng qo’ldagidek emas. Ikki qo’lnig ham harakatlari bir-biriga bog’liq bo’lmagan holda davom etadi. O’ng qo’l asar dinamikasiga monand katta yoki kichik masofadagi harakatda asarning sur’atini olib borsa, chap qo’l o’ng qo’lga yordamchi bo’lib, musiqada o’ng qo’l ko’rsatmaydigan badiiy va emotsional tomonlarini ochib beradi. Chap qo’l va o’ng qo’lning barcha harakatlari bitta maqsad yo’lida ya’ni ijro etilayotgan musiqaning juda yuksak to’liq ifodalilikka erishish yo’lida harakat qilishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |