16.2.O’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi
Ish bosqichlari va vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
O’qituvchi
|
Ta’lim oluvchi
|
I bosqich
O’quv mashg’ulotiga kirish (10 daq)
|
Tashkiliy qism:
1.O’quvchilar mashg’ulotga tayyorgarligi va davomatini tekshiradi
|
Mashg’ulotga tayyorgarlik ko’radilar.
|
II bosqich
Asosiy qism
(60daq)
|
Tayanch bilimlarni faollashtirish:
1.Uyga berilgan vazifani nazorat qiladi hamda o’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilarga savollar beradi, ularni baholaydi.
Maqsad va vazifani belgilanishi:
2.Mashg’ulotning nomi, rejasi, maqsad va o’qitish natijalari bilan tanishtiradi. 3.Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar bilan tanishtiradi.
4.O’quv mashg’ulotida o’quv ishlarini baholash mezoni va ko’rsatkichlari bilan tanishtiradi.
Ta’lim oluvchilar bilimini faollashtirish:
5.Tezkor-so’rov, savol-javob, aqliy hujum, “o’ylang va juftlikda fikr almashing” va boshqa texnikalar orqali o’quvchilar bilimini faollashtiradi.
Yangi o’quv materialining bayoni:
6.Nazariy mashg’ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq o’qitish jarayonini tashkil etish bo’yicha harakatlar tartibini bayon etadi. Asosiy holatlarni yozdiradi.
7.Mustahkamlash uchun savollar beradi. Jarayon kichik guruhlarda davom etishini ma’lum qiladi.
8.Guruhlar ishini o’zaro baholashni o’tkazadi, mavzuning har bir qismi bo’yicha xulosalar qiladi, eng asosiylariga e’tibor qaratadi, berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi. Mavzuning kasbiy faoliyatlaridagi ahamiyati bilan bog’lab mavzuni yakunlaydi
|
Uy vazifasini taqdim etadilar.
Savollarga javob beradilar. Mavzu nomi va rejasini yozib oladilar.
Diqqat qiladilar. Savollarga javob beradilar. Yozib oladilar.
Diqqat qiladilar. Savollarga javob beradilar.
Topshiriqni bajaradilar.
tanishadilar.
Har bir guruh o’z topshiriq varaqlari bo’yicha faoliyatini boshlaydilar.
Berilgan qo’shimcha savollarga javob beradilar
Ma’lumotlarni daftarga qayd qiladilar.
|
III bosqich
Yakuniy qism (10 daq)
|
Mashg’ulot yakuni:
1.Faol ishtirok etgan o’quvchilarni javoblarini izohlab baholaydi va rag’batlantiradi.
2.Uyga vazifa beriladi.
|
Baholar bilan tanishadilar.
Topshiriqni yozib oladilar.
|
16-Mavzu: O’zbek xalq cholg’ulari orkestri.
Reja:
1.Orkestr.
2.O’zbek xalq cholg’ulari orkestri turlari va tuzilishi
3.Orkestr ijrosida kuylar tinglash.
Orkestr (qadimgi yunoncha: ὀρχήστρα - orchestra — yunon teatrida sahnaning old maydonchasi) musiqa asarini birglalikda ijro etuvchi cholgʻu asboblari yigʻindisi va shu asboblarni chaluvchi musiqaschilar kollektivi. Orkestr kamer ansambldan dirijor tomonidan boshqarilishi va baʼzi partiyalar yakka sozlarda emas, balki sozandalar guruhi tomonidan ijro etilishi bilan farqlanadi. Sozlarning turlari va tuzilishiga koʻra, orkestlar simfonik orkestr, xalq cholgʻu asboblari orkestri, kamer orkestr, puflamalar orkestri, torli cholgʻular orkestri, estrada orkestri, jaz orkestri va boshqa turlarga boʻlinadi. Oʻzbekistonda orkestrlarning barcha turlari mavjud.
Xalq cholgʻulari orkestri - orkestr turi; koʻp ovozli musiqa asarlarini ijro etish uchun moslashtirib qayta ishlangan milliy sozlardan iborat. Bir turdagi (mas, faqat torlichertma) cholgʻulardan va turli (mas, torli, puflama va urma) cholgʻular guruhlaridan tashkil topishi mumkin. Turli xalqlarda keng tarqalgan milliy cholgʻu ansambllar tarkibida oiladosh cholgʻular (mas, dutorning prima, alt, bas, kontrabas turlaridan iborat) guruxlarining mavjudligi, garmoniya va polifoniya uslubidagi asarlarning muayyan kuy yoʻllarini ijro etish imkoniyatlari bilan ajralib turadi.
Oʻzbekistonda birinchi Xalq cholgʻulari orkestri 1937 yilda N. Mironov tashkil etgan "Nota orkestri"dir. Mazkur jamoa Oʻzbek davlat filarmoniyasining ashula va raqs Katta ansambli (rahbar T. Jalilov) sozandalaridan qaror topdi. Tarkibi anʼanaviy xalq cholgʻulari, fortepiano, truba, trombondan iborat boʻlib, repertuaridan qayta ishlangan "Qarinavo", "Segoh" kabi oʻzbek mumtoz kuylari hamda chet el kompozitorlarining ommabop musiqa na’munalari oʻrin olgan. 1938 yilda Oʻzbek davlat filarmoniyasi qoshida Oʻzbek xalq cholgʻulari orkestri tashkil topdi. Asoschisi A. Petrosyans (1966 yilda orkestrga Toʻxtasin Jalilov nomi, 1980 y. "Davlat", 1991 y. "akademik" unvonlari berildi. 1976 yildan badiiy rahbari va bosh dirijyori — Foruq Sodiqov). Mazkur jamoa tarkibiga dastlab anʼanaviy (nay, qoʻshnay, surnay, gʻijjak, doira, nogʻora kabi), soʻngra qayta ishlangan (12 pogʻonali teng temperatsiya qilingan tenor va bas changlari, afgon va qashqar ruboblari, dutor) hamda yangitdan yaratilgan (rubobprima, dutor-bas, gʻijjak-kontrabas va boshqalar) sozlar kiritilgan. Repertuaridan M. Burhonov, S. Aliyev, S. Gabrielyan, B. Giyenko va boshqa tomonidan qayta ishlangan oʻzbek xalq kuylari, Oʻzbekiston kompozitorlari (S. Boboyev, Sayfi Jalil, Gʻ. Qodirov, F. Nazarov, T. Qurbonov, F. Alimov va boshqalar) yozgan uvertyura, rapsodiya, poema, konsert va simfoniya kabi yirik shakldagi asarlar hamda chet el mualliflari (P. Sarasate, P. Chaykovskiy, G.Sviridov kabi)ning ommabop musiqa asarlari oʻrin olgan. 1957 y. Oʻzbekiston radiosi qoshida Xalq cholgʻulari orkestri tashkil etildi (1989 yildan Doni Zokirov nomida). Asoschisi, birinchi badiiy rahbari va bosh dirijyori D. Zokirov (1986-2000 yillarda M. Bafoyev, 2002 yildan H. Rajabov). Ijro uslubida koʻp ovozli musiqa tamoyillari bilan milliy musiqa anʼanalari uygʻunlashgan. Orkestr tarkibida sozanda sifatida faoliyat koʻrsatgan bastakorlar (M. Mirzayev, F. Toshmatov, K. Jabborov, Faxr. Sodshov, S. Kolonov, X. Joʻrayev va boshqalar) orkestr uchun koʻpgina asarlar yaratishgan. Repertuaridan, shuningdek, D. Zokirov, T. Jalilov, S. Yudakov, S. Hayitboyev, M. Bafoyev va boshqa oʻzbek kompozitorlari asarlari asosiy o’rin olgan. 1991 y. "Soʻgʻdiyona" oʻzbek xalq cholgʻulari kamer orkestri tashkil topdi (asoschisi Oʻzbekistonda xizmat koʻrsattan artist, prof. F. Abduraximova). Repertuaridan qayta ishlangan oʻzbek kuylari hamda zamonaviy oʻzbek kompozitorlari asarlari oʻrin olgan. Mazkur jamoa chet el mamlakatlarida (AQSH, Ispaniya va boshqalar) gastrolda boʻlgan.
Orkestr turli cholg’u ijrochilari guruhlaridan tuzilgan jamoa bo’lib, ko’rsatilgan tarkib uchun yaratilgan musiqa asarini ijro etadi. Hammamiz biladigan kichik ansambllardan farqi shundaki, ularda sozandalar soni ko’p bo’lib, bir necha guruhdan tashkil topadi. Orkestrlar cholg’ular tarkibiy tuzilishiga ko’ra turlicha bo’ladi:
Simfonik orkestr, Duxovoy orkestr, Torli orkestr, Estrada orkestri, o’zbek xalq cholg’ulari orkestri shular jumlasidandir. Ta’kidlash lozimki, hamma xalqlarning ham o’z cholg’ularidan tuzilgan orkestri bo’lishi mumkin. Sanab o’tilgan orkestrlardan tashqari tarkibi kamaytirilgan kamer (kichik) orkestrlar ham uchrab turadi.Uzoq davrlardan beri xalqimiz o’rtasida keng tarqalgan sozlarimizdan 1936-yilda birinchi xalq cholg’ulari orkestri tuzilgan. Cholg’ularimizdan ba’zi birlari temperatsiya qilinib (ya’ni, bir xil sozlanishga yaqinlashtirilib), katta-kichik turlari ishlab chiqildi. Bularga katta-kichik nay, katta-kichik g’ijjaklar, changlar, ruboblar, dutorlarni kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |