Oltinsoy pedagogika kolleji



Download 18,22 Mb.
bet34/67
Sana13.07.2022
Hajmi18,22 Mb.
#784622
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   67
Bog'liq
MUSIQA (восстановлен)

15.2.O’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi

Ish bosqichlari va vaqti

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

Ta’lim oluvchi

I bosqich
O’quv mashg’ulotiga kirish (10 daq)

Tashkiliy qism:
1.O’quvchilar mashg’ulotga tayyorgarligi va davomatini tekshiradi

Mashg’ulotga tayyorgarlik ko’radilar.

II bosqich
Asosiy qism
(60daq)

Tayanch bilimlarni faollashtirish:
1.Uyga berilgan vazifani nazorat qiladi hamda o’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilarga savollar beradi, ularni baholaydi.
Maqsad va vazifani belgilanishi:
2.Mashg’ulotning nomi, rejasi, maqsad va o’qitish natijalari bilan tanishtiradi. 3.Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar bilan tanishtiradi.
4.O’quv mashg’ulotida o’quv ishlarini baholash mezoni va ko’rsatkichlari bilan tanishtiradi.
Ta’lim oluvchilar bilimini faollashtirish:
5.Tezkor-so’rov, savol-javob, aqliy hujum, “o’ylang va juftlikda fikr almashing” va boshqa texnikalar orqali o’quvchilar bilimini faollashtiradi.
Yangi o’quv materialining bayoni:
6.Nazariy mashg’ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq o’qitish jarayonini tashkil etish bo’yicha harakatlar tartibini bayon etadi. Asosiy holatlarni yozdiradi.
7.Mustahkamlash uchun savollar beradi. Jarayon kichik guruhlarda davom etishini ma’lum qiladi.
8.Guruhlar ishini o’zaro baholashni o’tkazadi, mavzuning har bir qismi bo’yicha xulosalar qiladi, eng asosiylariga e’tibor qaratadi, berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi. Mavzuning kasbiy faoliyatlaridagi ahamiyati bilan bog’lab mavzuni yakunlaydi

Uy vazifasini taqdim etadilar.
Savollarga javob beradilar. Mavzu nomi va rejasini yozib oladilar.
Diqqat qiladilar. Savollarga javob beradilar. Yozib oladilar.
Diqqat qiladilar. Savollarga javob beradilar.
Topshiriqni bajaradilar.
tanishadilar.
Har bir guruh o’z topshiriq varaqlari bo’yicha faoliyatini boshlaydilar.
Berilgan qo’shimcha savollarga javob beradilar
Ma’lumotlarni daftarga qayd qiladilar.

III bosqich
Yakuniy qism (10 daq)

Mashg’ulot yakuni:
1.Faol ishtirok etgan o’quvchilarni javoblarini izohlab baholaydi va rag’batlantiradi.
2.Uyga vazifa beriladi.

Baholar bilan tanishadilar.
Topshiriqni yozib oladilar.

15-Mavzu: O’zbek xalq cholg’u asboblari tarixi.
Reja:
1.O’zbek xalq cholg’ulari tarixi.
2.O’zbek xalq cholg’ularining turlari.
3.O’zbek xalq cholg’ularining tasnifi.

O’zbek xalq cholg’ulari uzoq o’tmishda paydo bo’lgan. Ma’lumotlarga qaraganda dastlabki musiqa cholg’ulari eramizdan avvalgi 13 ming yillikda yaratilgan deb taxmin qilinadi. Dastlab urma zarbli cholg’ular paydo bo’lgan. Chunki eng qadimgi mehnat qo’shiqlari ishning ritmik tuzilishi bilan bevosita bog’liq.


Musiqa cholgʻu asboblari -musiqiy ton yoki oʻziga xos jarangdor tovushlar hamda maʼlum ritmik tuzilmalarni hosil etishga moʻljallangan cholgʻu asboblar; musiqani yakkanavoz yoki jamoa (turli ansambl, orkestr va boshqalar) tarzda ijro etishda ishlatiladi. Har bir Musiqa cholgʻu asboblarining sadosi oʻziga xos tembr, maʼlum diapazon tovushqator va ifodaviy imkoniyatlarga ega. Musiqa cholgʻu asboblariga sadosining sifati, koʻpincha, muayyan cholgʻu asbobining shakli, umumiy tuzilishi, qurilmasi va uni tayyorlashda ishlatilgan materialga bogʻliq.
Musiqa cholgʻu asboblariga tovush manbalariga qarab guruxdarga, ijrochilik uslubi (yoki ishlatilgan mexanizmi)ga qarab guruhchalarga, oʻziga xos qoʻshimcha belgilariga qarab xillarga boʻlinadi. Musiqa cholgʻu asboblariga, asosan, torli (xordofonlar), puflab chalinadigan (aerofonlar), teri qoplamali (membranofonlar), tilchali (gemidiofonlar), plastinkali, elektr va elektron musiqa cholgʻulari, idiofonlar guruhlariga boʻlinadi. Torli cholgʻu asboblarning guruxchalari: kamonli sozlar (skripka, alt, violonchel, kontrabas, viola, oʻzbek so’zlaridan gʻijjak, koʻbiz, sato va boshqalar), chertib chalinadigan sozlar (arfa, gusli, sitra, gitara, domra, balalayka, dutor, tanbur, rubob, setor, doʻmbira va boshqalar), urib chalinadigan torli sozlar (chang , simbali va boshqalar), klavishli urib chalinadigan sozlar (klavikord, fortepiano, royal), klavishli chertib chalinadigan sozlar (klavesin va uning turlari). Puflab chalinadigan cholgʻu asboblarning guruhchalari: tilchali sozlar (surnay, qoʻshnay, boʻlamon, shoxnay, klarnet, goboy va boshqalar), tilchasiz sozlar (naylar, fleytalar), mundshtukli sozlar (truba, valtorna, tuba, karnay va boshqalar), pnevmatik klavishli sozlar (organ va uning turlari). Tilchali cholgʻu asboblarning boʻlinmalari: pnevmatik klavishli sozlar (fisgarmoniya, bayan, akkordeon va boshqalar), chertib chalinadigan sozlar (changkoʻbiz va uning turlari), urib chalinadigan sozlar (fleksatonlar). Teri qoplamali urib chalinadigan cholgʻu asboblarning guruhchalari: sozlanadigan (litavralar), sozlanmaydigan (nogʻora, doyra, baraban, tamburin va boshqalar) cholgʻu asboblar. Plastinkali cholgʻu asboblarning guruhchalari: urib chalinadigan rezonatorsiz sozlar (ksilofonlar va boshqalar), urib chalinadigan rezonatorli sozlar (ovoz beradigan plastinkalari ostida maʼlum hajmdagi rezonatorlar — trubkalar, boʻsh idishlar va h. k. oʻrnatilgan metallofon, marimba, vibrafon va boshqalar), klavishli urib chalinadigan sozlar (chelesta va boshqalar).Idiofonlarning guruhchalari: sozlanadigan (orkestr kolokoli, koʻngʻiroqchalar, gong va boshqalar), sozlanmaydigan (tarelkalar, tamtam, marakas, qayroq, qoshiq, safoil, likop, patnis, mis lagan, zang va boshqalar) cholgʻu asboblar.
O’zbek madaniy merosi musiqiy cholg’ularga boy va ularning har biri uzoq o’tmish, tarkibiy rivojlanish va texnikaviy takomillashish jarayonidan o’tganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Ijro mezonlariga ko’ra o’zbek xalq cholg’ulari ikki guruhga bo’linadi.Birinchi guruhga barcha an’anaviy xalq cholg’ulari kiradi. Ikkinchi guruhga XX asr madaniy rivoji bilan bog’liq bo’lib takomillashgan, ya’ni qayta ishlangan (rekonstruksiya qilingan) cholg’ular kiradi. An’anaviy xalq cholg’ulari tarkibidan joy olgan cholg’u sozlar: tanbur, dutor, sato, rubob, ud, nay, surnay, qo’shnay, kamay, g’ijjak, chang, qonun, doyra, nog’ora. Xalq ijodiyotida qo’llaniladigan sozlarga changqo’biz, sibizg’i, safoil kiradi.
Qayta ishlangan cholg’u asboblariga 13 -rubob, g’ijjak, dutor va chang sozlari ning musiqaning saprano, alt, tenor, bas ovozlar mezonlariga ko’ra qayta ishlangan na’munalari kiradi. An’anaviy cholg’u ijrochiligi azaldan xalq ijro amaliyotida shakllanib, ulardan turli ko’rinish va tarkiblar asosida foydalanish an’ana bo’lib kelgan. Avvalo an’anaviy cholg’ularning har biri yuqori professional darajadagi individuallik xususiyatiga ega. Xalq ijrochilik amaliyotida shunga mos ijro imkoniyatlari, sharoitlar va ijro uslublari yuzaga kelgan. Ko’p asrlik ijrochilik amaliyoti esa (xalq va an’anaviy) cholg’ularni guruh bo’lib ijro etilishini ham taqozo etgan. Shunga binoan cholg’ular sozandalar tomonidan bir-birlariga mos o’z turlari va ovoz imkoniyatlari doirasida guruhiy tarkiblar tuzilib amaliyotda qo’llanilib kelingan.
Karnay, surnay, nog’ora va doyra tarkibidagi damli va urma cholg’ular guruhi qadimdan ijro amaliyotida shakllanib, xalqimizning barcha ommaviy tadbirlarining faol ishtirokchisiga aylangan. An’anaviy cholg’u sozlar ansambllari esa o’z xususiyatlaridan kelib chiqib qo’llanilgan. Ijroda keng ko’lamli va katta ovoz imkoniyatiga ega bo’lish maqsadida barcha cholg’ular yig’indisidan katta cholg’ular ansambli tashkil etilgan. Cholg’u musiqasi ijrochiligi va maqom ijrochilik amaliyotida esa kichik-kichik guruhlar bo’lib ijro etish ham an’anaga aylangan. Jumladan: har bir cholg’u doyra jo’rligi bilan ijro etish; tanbur dutor bilan;tanbur, dutor doyra jo’rligi bilan; tanbur, dutor, g’ijjak doyra jo’rligida ud, qonun doyra bilan birga va h.k.
Hozirgi davrga kelib o’zbek musiqa ijrochiligini uchta yirik yo’nalishga ajratish mumkin. Xalq folklor musiqa yo’nalishi, xalq mumtoz musiqa yo’nalishi va kompozitorlik musiqa ijodiyoti yo’nalishi. Xalq folklor yo’nalishida ommaviylik xususiyatiga ega bo’lgan, ovoz va texnik jihatlari mos bo’lgan cholg’ulardan ko’proq foydalaniladi. Masalan: rubob, nay, g’ijjak, chang va doyra cholg’u asboblari. Qayd etish joizki, xalq folklor musiqa ijrochiligida ijro sharoiti, joyi ham o’ziga xos bo’ladi. Shuning uchun cholg’ular ham tez moslasha oladigan va har qanday sharoitda ijro eta olish xususiyati taqozo etiladi.
Xalq mumtoz musiqa yo’nalishiga xos bo’lgan cholg’ular guruhlari ko’proq kamer xususiyat kasb etishlarini nazarda tutib, joy, sharoit va muhitga asoslanadi. To’liq ansambl tarkibi esa barcha cholg’ularni qamrab oladi, hattoki, g’ijjak, dutor, tanbur cholg’ularidan qo’sh holatda foydalanish katta imkoniyatlarni hosil qiladi. Bunda ansambl zabardast ovoz imkoniyatiga ega bo’ladi. Kompozitorlik ijodiyoti ijrochiligi yo’nalishi ham zamonaviy uslublar asosida bir qator cholg’ular guruhini o’z ichiga oladi. Musiqa ijodiyotidan o’rin olgan janrlar negizida cholg’ularning tarkibiy guruhlari tashkil etilib, ijro etiladi. Unga ko’ra cholg’u duetidan toki xalq cholg’u asboblari orkestrigacha bo’lgan cholg’u asboblar tarkibi tuzilgan va ijrochilik amaliyotida keng qo’llanilib kelinadi. Qayd etish lozimki, orkestrning to’laqonli ovoz imkoniyatlariga ega bo’lish yo’lida Yevropa cholg’ularidan ham keng foydalaniladi. Ijrochilik amaliyotida shakllangan barcha cholg’u asboblari o’z xususiyatlari doirasida uch tuiga bo’linadi. Torli, puflama va zarbli cholg’ular.Xalq cholg’u asboblarini tasniflash jarayoni ilm dunyosida ikkinchi muallim nomini olgan alloma Al-Forobiy tomonidan boshlab berilganligi bir qator tarixiy manbalarda zikr etilgan. Shundan so’ng bir qator musiqashunos olimlar risolalarida turli cholg’ularning tavsifi berilib, o’z zamonalarining mashhur cholg’ulari bayon etildi.
XX asrga kelib o’zbek xalq cholg’ulari xususida V.Belyayev, I.Akbarov va Yu. Kon, F.Karomatov kabi musiqashunos olimlar alohida ilmiy tadqiqotlar olib borganlar. Ular cholg’ularni atroflicha o’rganib, alohida cholg’ular misolida tasniflab ham berdilar. O ‘tmish allomalarining tadqiqotlari, hozirgi zamon ilm-fan yutuqlari hamda cholg’ularning tabiiy shakllanib rivojlanish jarayoni deyarli bir-biriga mos ekanligini namoyon etadi. Shunga ko’ra o’zbek musiqiy cholg’ularini uch asosiy guruhga bo’lish mumkin.
Tasniflash jarayonida olimlar uch mezonga asoslanganliklarini e’tirof etib o’tish lozim. Birinchi asos har bir cholg’uning sado chiqarish vositasi. Ya’ni, cholg’ularning tovush manbai. Ayrim cholg’ularda oddiy ip yoki sim bo’lsa, ba’zilarida teri yoki muayyan bir jism. Ba’zilarida esa havo vositasida ovoz tarannum etiladi. Ikkinchi asos ijrochilik uslubi. Ya’ni, cholg’u asboblarini tarannumiga erishish mezonlari: dam, chertish, urish (zarb) va silash orqali.Uchinchi asos cholg’ularning funksiyasi. Ushbu holatda ko’proq cholg’ularning ijrochilikdagi muhiti va sharoiti nazarda tutilgan. O’zbek an’anaviy xalq cholg’ulari tasnifotini ikki yirik olimlar V.Belyayev14 va F.Karomatovlar,s o’z ilmiy-tadqiqotlarida yoritib berganlar. Ushbu tadqiqotlar nashr etilib, o’quv jarayonida keng qo’llaniladi.Tabiiy tuzilish va ijroviy imkoniyatlariga ko’ra o’zbek xalq cholg’ulari uch guruhga tasniflanadi.
Birinchi guruh — torli cholg’ular;
Ikkinchi guruh — puflama damli cholg’ular;
Uchinchi guruh - urma-zarbli cholg’ular. Har bir guruh cholg’ulari ichki xususiyatlaridan kelib chiqib turlarga bo’linadi.
1. Torli cholg’ular, ijroviy imkoniyatlarini inobatga olib to’rt turga ajratiladi:
a) torli chertma cholg’ular (barmoqlar yordamida chertib ijro etiladigan cholg’ular); b) torli plektorli (maxsus moslama yordamida ijro etiladigan) cholg’ular;
v) torli-kamonli (kamon yordamida chalinadigan) cholg’ular;
g) torli urma (maxsus cho’plar bilan ijro etiladigan) cholg’ular.
2. Puflama-damli chog’ular tarkibiy va ijroviy xususiyatlari doirasida uch turga ajratiladi:
a) naysimon (bevosita havoni puflash orqali ijro etiladigan) cholg’ular;
b) tilsimon (ovoz manbai cholg’udan ajratilgan tildan hosil bo’ladigan) cholg’ular;
d) munshtukli (maxsus naycha yoki naypachoqlar bilan ijro etiladigan)
cholg’ular.
O’zbek cholg’ularining ijroviy va texnik imkoniyatlari ulkanligini e’tirof etish lozimdir. Ijrochilik amaliyoti o’zbek xalq cholg’ularining turli xalqlar musiqa na’munalari bilan birga jahon klassik musiqiy na’munalarini me’yorida ijro etish imkoniyatlari mavjudligini namoyon etgan. Bu esa cholg’ularning rang-barangligi, turlari xalq va professional ijrochilik amaliyotida o’zini namoyon etganligidan
dalolat beradi.

Download 18,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish