A. Navoiy zamonasidagi badiiy adabiyotning turli janrlarida ijod etgan va Shu sohalarda original asarlar yaratgan buyuk so`z san`atkoridir. Navoiy o`z asarlari orqali sermazmun maktab yaratgan buyuk iste`dod eg



Download 9,41 Kb.
Sana16.07.2021
Hajmi9,41 Kb.
#120662
Bog'liq
3-modul 2-amaliy


A.Navoiy zamonasidagi badiiy adabiyotning turli janrlarida ijod etgan va Shu sohalarda original asarlar yaratgan buyuk so`z san`atkoridir. Navoiy o`z asarlari orqali sermazmun maktab yaratgan buyuk iste`dod egasidir. Navoiy Husayn Bayqaro saroyida ish ko`rgan adabiyot jamiyatining tashkilotchisi va ustozi edi. Shu jamiyatdan o`z atrofiga zamondosh Shoir va yozuvchilarni to`plab ular bilan fors-tojik va turk-o`zbek Shoirlarining ijodlari haqida, adabiyotning turli masalalari to`grisida, til va uslub haqida sermazmun va jozibali suhbatlar olib borar edi. Bu suhbatlar Navoiyning aytishicha, jonli munozaralarga aylanib ketar edi. Bundan esa Navoiy har choq xursand va mamnun bo`lgan. Navoiy zamondosh Shoir, yozuvchilarning buyuk homiysi va ustozi edi. Shoir va yozuvchilarning shaxsiy munozaraviy suhbatlarida biror chigil masala tug`ilib qolgudek bo`lsa hamda o`rtada hal qilinmasa, Shu masalani uzil-kesil hal qilish uchun suhbatdoshlar Alisher Navoiyga murojaat kilardilar. Ular Navoiyning tiyran fikridan har doim o`zlariga kerakli fikrlarni topa olar edilar. Deyarli 40 yil davomida olib borilgan shu suhbatlar turk-o`zbek badiiy adabiyotida to`plangan boy tajriba, adabiyotning turli janrlarida to`plangan o`zining shaxsiy tajribalari keyinchalik «Xamsa», «Xazoyinul maoniy», «Mezon-ul avzon», «Majolis-un-nafois», «Muhokamat-ul-lug`atayin», kabi asarlarni yozish uchun Navoiyga asos bo`lgandir. Shu yuqorida ko`rsatilgan asarlarning yozilishi uchun bo`lgan boshqa sabablar Navoiy yashagan va ijod etgan davrdagi tarixiy sharoitlar bilan bog`likdir. Bir vaqtlar shuhrat qozongan va qo`shni davlatlarga ko`rqinch tug`dirib kelgan temuriylar davlati Navoiy ko`z oldida inqirozga yuz tuga boshladi. Temuriylar o`rtasidagi uzluksiz kurashlar davlatning harbiy- iqtisodiy qudratini zaiflashtirib yuborgan edi. Adabiyotda va adabiy tilda etakchilik xamon traditsion forsigo`y shoirlar ko`lida edi. Maktab va madrasalarda arab va fors tili o`rganilib, ular bilan birga fors poeziyasi haqida ma`lumot olinar edi. O`zbeklar orasidan chiqqan shoirlar o`zlarining dastlabki asarlarini ona tilida emas, balki fors tilida yozar edilar. Fors tili esa asrlar mobaynida fors tilida yozgan so`z ustalari tarafidan ishlanib, sayqal berib kelingan til edi. Shuning uchun ham fors poeziyasida tarbiyalangan turk-o`zbek shoirlari uchun o`z ona tilida yozishdan ko`ra badiiy jihatdan ishlangan fors tilida yozish oson edi. Bunga odatlanib qolgan ko`pgina turk-o`zbek shoirlari o`z asarlarini forsiy til bilan yozib kelgan. Alisher Navoiy «Majolis-un-nafois» asarida 459 ta shoir haqida ma`lumot berib, Shundan 2-majlisda 91 shoirdan 16 ta shoirning turk-o`zbek tilida, 3-majlisda 175 ta shoirdan faqat 3 tasigina turkigo`y ekanligini aytadi. Shu keltirilgan ma`lumotdan ham ko`rinib turibdiki, o`zbeklar ichidan etishib chiqqan so`z ustalari o`z ona tilida asar yozishga kam e`tibor berganlar. Bu hol siyosiy jihatdan ham temuriylar davlatiga ma`lum darajada putur egkazar edi. Shunday sharoitda o`zbek tilini mensimas, uning burdini tushirishga, bu til avom tili, dag`al til, ilmiy va badiiy tushunchalarni ifoda qilish kudratiga ega bo`lmagan til, degan fikrlar ilgari surilar edi.
Download 9,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish