Zakovat qoshida ko‘k tushdi cho‘kka, Bilim-la ko‘zlagin uchishni ko‘kka.
O‘qish uchun material
Global muammolar
Global muammolar – umumbashariy hayot va taraqqiyot bilan bogʻliq hozirgi zamon muammolari. Ular jumlasiga jahon termoyadro urushining oldini olish, xalqaro terrorchilikka qarshi kurash va barcha xalqlar uchun tinchlikni taʼminlash; rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar oʻrtasida ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyot darajasidagi tafovutni bartaraf etish; ochlik, qashshoqlik va savodsizlikni tugatish; rivojlanayotgan mamlakatlarda aholining tez surʼatlar bilan koʻpayayotganligini tartibga solish; atrof muhit halokatli tarzda ifloslanib borayotganligining oldini olish; insoniyatni kerakli resurslar – oziq-ovqat, sanoat xom ashyosi, energiya manbalari bilan taʼminlash; fan va texnika taraqqiyotining salbiy oqibatlarga olib kelishiga yoʻl qoʻymaslik kabi muammolar kiradi. Global muammolar, avvalo, jahonda kechayotgan iqtisodiy, ijtimoiy - siyosiy, harbiy, ilmiy- texnologik, ijtimoiy-madaniy jarayonlarning umumbashariy ahamiyat kasb etishi natijasida yuzaga keldi.
Global muammolarni 4 guruhga ajratish mumkin:
xalqaro siyosiy munosabatlarda vujudga kelgan global muammolar
jahonda rivojlangan, rivojlanib kelayotgan va qoloq mamlakatlarning mavjudligi;
xalqaro iqtisodiy munosabatlarda paydo bo‘lgan global muammolar
jahon xoʻjalik tizimi vujudga kelib, unda asosan iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar ustunligi qaror topishi;
ijtimoiy sohada vujudga kelgan global muammolar – jahon aholisining muttasil koʻpayib borishi natijasida Osiyo va Afrika mamlakatlarida oziq-ovqat, ichimlik suvi tanqisligi kuchayib, bu hol boshqa mamlakatlarda ham kuzatilayotgani, jahon aholisining muayyan qismi ocharchilikni boshdan kechirayotgani, savodsiz ekanligi, axborot- texnologiya va, umuman, fan-texnika inqilobi samaralaridan bahramand emasligi, butun insoniyatga xavf tugʻdiruvchi kasalliklar (mas, OITS) tez tarqalayotganligi shunday muammolar sirasiga kiradi;
inson va tabiat oʻrtasidagi munosabatlarning buzilishi natijasida vujudga kelgan global muammolar – ular qatoriga dengiz va suv havzalarining bulgʻanishi, oʻrmon maydonlarining tobora qisqarishi, atmosfera ozon qatlamining yoʻqolib borishi kabilar kiradi. Global
muammolarga qarshi kurashda jahon hamjamiyatini birlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti
Karimov oʻz asarlarida, turli xalqaro anjumanlarda soʻzlagan nutqlarida Markaziy Osiyoda global muammolarning kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etish yoʻllarini koʻrsatib berdi, bu muammolarni hal qilish xalqaro xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlashning muhim sharti ekanligiga ishora qiladi.
Lug‘at
ahamiyat – значение bashar – человечество umumbashariy – общечеловечный taraqqiyot – развитие
Tarjima mashqi
bartaraf etmoq – предотврaтить global muammolar –
глобальные прoблемы
Глобальное потепление
На сегодняшний день одной из основных экологических проблем считается - Глобальное потепление. О глобальном потеплении сейчас говорится и пишется очень много. Чуть ли ни каждый день появляются новые мнения. Каждая новость пугает все больше и больше.
Глобальное потепление- это повышение средней температуры Земли. Очень часто в качестве синонима глобального потепления употребляют словосочетание «Парниковый эффект». Парниковый эффект - это увеличение средней годовой температуры поверхности Земли.
Причиной этому всему является рост в атмосфере Земли концентрации парниковых газов. Эти газы выполняют роль пленки или стекла теплицы, они свободно пропускают солнечные лучи и задерживают тепло покидающее атмосферу планеты.
Какими же способами надо придерживаться, чтобы предотвратить глобальное потепление?
Для предотвращения глобального потепления человечеству нужно, во-первых, меньше загрязнять атмосферный воздух парниковыми газами, во-вторых, сажать больше растительности.
Аральское море
Экологические проблемы - это не только проблемы данной местности, но и проблемы всего мира. Потому что в природе все взаимосвязано. Одной из таких проблем является проблема Аральского моря.
Аральское море расположено в Центральной Азии. Главной причиной этой проблемы является то, что изменения русла рек Сырдарья и Амударья для ирригации очень сильно уменьшило площадь Аральского моря.
Аральское море высыхало на протяжении 50 лет, вызвав для моря и всего региона множество экологических и экономических проблем.
Проблемой Арала занимается даже всемирная организация ЮНЕСКО, так как эта проблема глобальная.
Berilgan so‘z va iboralarning ma’nosini bilib oling.
global muammolar, umumbashariy hayot, siyosiy munosabat, muttasil ko‘payish, xavfsizlik va barqarorlik, jahon jamoatchiligi
Grammatik ma’lumot. Maqola va uning turlari.
Maqola — publitsistik janr. Maqolada ijtimoiy hayot hodisalari chuqur tahlil qilinib, nazariy va ommaviy jihatdan umumlashtiriladi, davlat siyosati, iqtisodiyot, texnika, fan va madaniyatda erishilgan yutuqlar, ilgʻor ish tajribalari ommalashtiriladi, xalq xoʻjaligidagi nuqsonlar tanqid qilinadi. Matbuotda bosh maqola, nazariy va targʻibot maqola, muammoli maqola keng qoʻllanadi. Bosh maqola (yoki tahririyat tomonidan yoziladigan maqola) tahririyatning eng masʼuliyatli maqolasi boʻlib, unda ichki va xalqaro hayotga doir muhim masalalarni oʻquvchilar ommasiga yetkazish vazifasi qoʻyiladi. Bunday maqola muayyan masala yuzasidan yoʻl-yoʻriq koʻrsatishi, mavjud kamchiliklarni ochib tashlashi, har bir ishning asosiy haqiqiy yoʻlini belgilab berishi lozim. Prezident farmonlari, Oliy Majlis qonunlari, Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadigan davlat va hukumat hujjatlari, qarorlari, qonunlari davrning dolzarb masalalari bosh maqolada ochib beriladi. Nazariy maqola va targʻibot maqolaning asosiy vazifasi mustaqillik, milliy gʻoya, istiqlol mafkurasining asoslari va prinsiplarini, ilmiy maqolaning vazifasi fan, madaniyat, texnika yutuqlarini tushuntirish, ommalashtirish, oʻquvchining gʻoyaviy, ilmiy saviyasini oshirishdan iborat. Muammoli maqola munozara va
bahslashuv mazmunida boʻlib, unda biror masala yuzasidan muallif oʻz qarashlarini oʻrtaga tashlaydi.
Maqolalar uch tarkibiy qismdan iborat bo‘ladi:
Kirish – bunda tanlangan mavzuning dolzarbligi belgilanadi.
Asosiy qism – muallif tomonidan rejalangan fikr bayon qilindi.
Xulosa – mavzu yuzasidan muallifning xulosalari, tavsiyalari beriladi. Maqolalar ilmiy yoki publitsistik uslubda, adabiy til me’yorlariga to‘liq amal qilingan holatda yoziladi. Maqola yozishda maqolaning mavzusini belgilash va unga sarlavha tanlash ham muhim ahamiyat kasb
etadi.
Maqolaning sarlavhasi qisqa, lekin e’tiborni jalb qiladigan va, albatta, maqolaning bosh mavzusini yoritib beradigan bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, maqolalarda muallif haqida qisqacha ma’lumot va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ko‘rsatiladi.
Topshiriq. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasidan olingan moddalarni o‘qib, ular asosida suhbat quring.
modda. Fuqarolar O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy, va madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar.
modda. Fuqarolar atrof tabiiy muhitiga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar.
55-modda. Yer, yerosti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.
Topshiriq. Maqollarni o‘qing. Ularda ilgari surilgan g‘oya to‘g‘risida so‘zlab bering.
Ovqatni tuz mazali qiladi, odamni — so‘z. Til — aql o‘lchovi.
Yaxshi so‘z — yurakka malham, yomon so‘z — yurakka g‘am. Tilingda bo‘lsa boling, kulib turar iqboling.
Maqolaning qaysi turida dolzarb xabarlar, biron bir yangilik haqidagi axborotlar yoritiladi?
a) ilmiy maqolada b) uslubiy maqolada s) publitsistik maqolada
d) a, s
T...r Nuqtalar o‘rniga qaysi unlini qo‘yib bo‘lmaydi?
a) o b) u s) e d) a
..o‘rt. Qaysi undoshni nuqtalar o‘rniga qo‘yib bo‘lmaydi?
a) g b) m s) b d) t
A...a Nuqtalar o‘rniga qaysi qo‘sh undoshni qo‘yib bo‘lmaydi?
a) ll b) mm s) rr d) kk
...alla Nuqtalar o‘rniga qaysi undoshni qo‘yib bo‘lmaydi?
a) d b) m s) p d) s
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov o‘zining “Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch” asarida qanday muammolarni global muammolar qatoriga kirgizdi?
Sizningcha qanday muammo global muammo hisoblanadi?
Nеga Orol dengizi halokat yoqasiga kеlib qoldi? Sizning fikringiz.
Global muammolarni bartaraf etishda nimalarga e’tibor berish lozim?
Maqolaning qaysi turida dolzarb xabarlar, biron bir yangilik haqidagi axborotlar yoritiladi?
Uyga vazifa. “XXI asrning global muammolari” mavzusida publitsistik maqola yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |