Toshkent shevasi: Bizankiga xolam bilan jiyanim kelishvotti. Ulani kutip charchavomman. Tezro kelissin, poylap ko‘zim to‘r bo‘ldi. Hamma yoni tozaluvdim. Ula blan mazza qilovuza.
Farg‘ona shevasi: Ari soqov holda ilondi oldiga boripti. Qaldirg‘och aytipti: ,,Dunyodagi barcha yaxshi etlardan qurbaqani eti shirinakan, deyapti". Shunnan buyon ilonni yemishi qurbaqa eti bo‘p qopti.
Namangan shevasi: Iloyo ayillaringizi baxtiga tuzu volung, yetkanday o‘g‘lingizdan xat keluttimi?
Ha, kelutti. Ikuchkun bo‘ddi rasim yuboripti, popugi vor shapkaladan kiyvopti. Ha tuzu vosa bo‘pti.
Buxoro shevasi: Memonla kelli choqi. Akam he qayerga ishlamayla.
Laylak munnan qo‘rqib, uni cho‘qqilap olli.
Topshiriq. Shevaga xos so‘zlarni toping, ularga izoh bering.
«Qaysi sheva adabiy Bu qanaqa til o‘zi?»
tilimizga mos kelar. – Deb o‘shqirardi Sotti. Xalq tilida qaysi biri – Hoy, Eshniyoz, ne uchun juda-juda oz kelar?!» «Pichoq»ni «pakki» deysan?
«Qo‘qonda «aqa-baqa», – Sen o‘zing-chi Mirgulshan,
Toshkentda «votti-votti». «Tomchi»ni «chakki» deysan. Ne ajab Abdurahmon Tosh o‘rtaga qo‘yib der:
«Bolish»ni «So‘ri» desa. – Mana shu oddiy paqir. Qurbonali baqrayib Agar shu chelak bo‘lsa
«Qashqir»ni «bo‘ri» desa. guvohlaringni chaqir.
Topshiriq. So‘zlashuv uslubi asosida “Men sevgan o‘quv maskan” mavzusida matn tuzing.
So‘zlashuv uslubi o‘z ichiga oladi:
oddiy va murakkab so‘zlashuv uslublarini
adabiy va oddiy so‘zlashuv uslublarini
s) adabiy va badiiy so‘zlashuv uslublarini
d) og‘zaki va badiiy so‘zlashuv uslublarini
So‘zlashuv uslubining har ikki turi ko‘pincha qaysi shaklda ro‘yobga chiqadi?
a) monolog b) dialog s) matn d) og‘zaki
Imo-ishora qaysi uslubga xos?
ilmiy uslubga s) badiiy uslubga
so‘zlashuv uslubiga d) rasmiy uslubga
ToshDU ga milliylik maqomi berilgan sanani ko‘rsating.
1995-yil 14-sentabr s) 1918-yil 12-may
2000-yil 28-yanvar d) 2008-yil 2-may
Ilmiy uslubga xos atamalar to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang.
a) tadqiqot, qoida, nazariya b) adabiyot, kashfiyot, hayot
s) tibbiyot, she’riyat, ma’naviyat d) talaba, zamon, ma’lumot
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
O‘zMU qachon tashkil topgan? Uning tarixi haqida nimalarni bilasiz?
Universitetimizdan qanday mashhur kishilar yetishib chiqqan?
Universitetimizning boshqa Oliy o‘quv yurtlari bilan bo‘lgan munosabatlari haqida ma’lumotga egamisiz?
So‘zlashuv uslubining boshqa nutq uslublaridan farqi nimada?
Adabiy va oddiy so‘zlashuv uslubi deb nimaga aytiladi?
Uyga vazifa: “Universitetimiz 100 yoshda” mavzusida reportaj tayyorlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |