O‘qish uchun material
Kamyob emas kishi, kishilik kamyob, Odam noyob emas, rostgo‘ylik noyob.
Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat tayanchi
Mustaqillik sharofati bilan mamlakatimizda fuqarolarning huquq va erkinliklari, sog‘lom avlod masalasi, nikoh va oila munosabatlari borasidagi qarashlar tubdan o‘zgardi. Chunki yangi avlod yaratuvchisi bo‘lgan oila – yurt tayanchi, jamiyat rivojiga hissa qo‘shuvchi muqaddas dargoh. Oila har bir xalqning, millatning davomiyligini saqlaydigan, milliy qadriyatlarning rivojini ta’minlaydigan, yangi avlodni dunyoga kеltirib, ma’naviy va jismoniy barkamol qilib tarbiyalaydigan, jamiyatning nеgizi hisoblanuvchi muqaddas maskandir.
Oilada mеhr-muhabbatning ustuvorligi barcha millatlarga xos fazilatdir. Biroq oila, o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra har bir xalq, har bir millat uchun o‘ziga xos xaraktеrli hissiyotlarga ham ega. Sharqda oila qurish va uning mustahkamligi, farovonligi va barqarorligini ta’minlash insonning o‘z millati, avlod-ajdodlari, jamiyati oldidagi muqaddas burchi hisoblanadi. Ayniqsa, o‘zbеk xalqi uchun oila eng muqaddas dargohdir.
Oila kichik bir jamiyat bo‘lib, u katta bir jamiyatning barpo bo‘lishi uchun asosdir. Shuning uchun oilalari mustahkam, barqaror, ma’naviy va iqtisodiy jihatdan yuksak davlatlar, mamlakatlarning ham kеlajagi buyuk bo‘ladi
Berilgan so‘z va iboralarning ma’nosini bilib oling
sog‘lom avlod, muqaddas burch, mustahkam oila, barqarorlik, farovonlik, yuksak davlat, kеlajagi buyuk, muqaddas dargoh, avlod- ajdodlar, oila – yurt tayanchi
Suhbat matni
Hayot mohiyati haqida
Inson uchun eng qadrli narsa nima? Hayot! Chunki bizning barcha quvonchlarimiz, bizning butun baxtimiz, bizning jamiki umidlarimiz faqat hayot bilan bog‘liqdir.
N. G. CHERNISHEVSKIY
Shunday yashamoq kerakki, toki hayotga cheksiz talablar qo‘yish mumkin bo‘lsin.
A. BLOK
Inson jamiyat va davlatning ko‘lamli manfaatlari uchun qanchalik foyda keltirsa, u shu qadar barkamoldir.
Yaxshi xulqli bo‘lgil hamda sof ko‘ngil, Odamlarga doim insofli bo‘lgil.
Bu mehnatxonada yaxshi-yu yomon Uchraydi, yaxshilik qilaver hamon.
D. I. MENDELEYEV
A. JOMIY Inson hayotining ma’nosi tinib-tinchimaslik va doimiy tashvishdan
iboratligini tushungan odam kaltafahmlikdan qutulgan bo‘ladi.
A. BLOK Bir odam uchun emas, balki hamma odamlarning farog‘atini ko‘zlash hamisha muhim masala bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi.
L.N. TOLSTOY
Lug‘at
mehr-muhabbat – любовь
mazmun-mohiyat – содержание,смысл,сущность hissiyot – чувства,эмоция,ощущения farovonlik – изобилие,достаток,благо barqarorlik – стабильность
yuksak davlat – великое государство
Tarjima mashqi
Жизнь прожить – не поле перейти
Жизнь очень сложная штука, много в ней испытаний, и тот, кто способен преодолеть их может считаться сильным человеком. Любые препятствия нужно принимать как испытания судьбы, видимо, так формируется характер человека, полноценная личность.Человек должен быть по жизни оптимистом.
Оптимист – это человек, который, сломав ногу, радуется как ребенок, что не свернул шею. Вообще, много ли нужно человеку для счастья.
Все по-разному отвечают на этот вопрос. Одни под словом счастье понимают богатство, материальные блага, другие - человеческие положительные качества, третьи – любовь.
Перечислять можно бесконечно. Сколько людей, столько и мнений насчет человеческого счастья.
Grammatik ma’lumot. Dialogik matnning ma’no munosabatiga ko‘ra turlari.
Dialog ( yun. dialogos – gaplashish, suhbat) –
ikki yoki undan ortiq kishining nutqiy muloqoti, suhbat;
adabiy – badiiy matn komponenti, asardagi personajlarning nutqiy muloqoti berilgan o‘rinlar. Hozirgi zamon prozasi rivoya, tavsif va dialogdan tarkib topadi; zamonaviy epik asarlarda dialog salmog‘ining ortishi kuzatiladiki, bunga turlararo sintezlashuv, badiiy adabiyotning boshqa san’atlar bilan o‘zaro aloqasi natijasi sifatida qarash mumkin;
falsafiy – publisistik mazmun yo‘nalishidagi janr, unda qo‘yilgan masala bir necha kishining suhbati shaklida muhokama etiladi.
Dialog janriga antik davrning Suqrot, Aflotun singari mutafakkirlari asos solganlar. Keyinchalik o‘rta asrlar, Uyg‘onish davri va Yevropa ma’rifatchilik adabiyotida ham dialog janri ancha faol bo‘lgan .
O‘zbek adabiyotida dialogning ildizlari munozara janriga borib taqaladi. XX asr boshlari o‘zbek adabiyotida dialog janri, unga xos unsurlardan ma’rifatchilik g‘oyalarini ommalashtirishda samarali foydalanildi. Jumladan, Fitratning “Munozara”, “Bedil” asarlarini dialog janri namunasi sanash mumkin.
Ikki kishi o‘rtasidagi dialogik nutq, savol-javob, buyruq-javob, xabar-e’tiroz kabi mazmunlarni ifodalab, fikr xususidagi tasdiq, yoki inkorni, ziddiyat yoki munozarani bildiradi. Ko‘p kishilik dialoglarda suhbat mavzusi savol-javobdan iborat bo‘lmay, o‘rtaga tashlangan savol taklif, da’vat, biror xabar, dalillar bilan xulosalanadi.
Dialogik matn tarkibida so‘roq, olmoshlari, muomala odobiga oid so‘z va iboralar, yuklamalar, undovlar, kirish so‘zlar keng qo‘llanadi. Bunday matndagi gaplar asosan sodda gaplardan tashkil topadi, sodda gaplarning bir tarkibli turlari, to‘liqsiz gaplar, so‘z-gaplar faol ishlatiladi. Dialogik matn so‘zlashuv uslubi va badiiy uslubga xosdir.
Garchi dialogik nutq til nuqtai nazaridan gap shakllarining to‘liq bo‘lmasligi, so‘zlarning tushib qolishi yoki qisqarishi, inversiyaga uchrashi bilan boshqa nutq shakllaridan ajralib tursa-da, bu o‘rinda ham muloqotning umumiy qoidasi va etikasini saqlab qolishga harakat qilinadi.
Dialogik matn so‘zlashuv uslubi va badiiy uslubga xosdir. M:
Do'stlaringiz bilan baham: |