Topshiriq. Hikmatlarni o‘qing va ularda ilgari surilgan g‘oyalar haqida fikr bildiring.
Bilim mehnat bilan, tilak g‘ayrat bilan go‘zal. Odamni katta gavda emas, aql yuksaltiradi.
Inson ilmu hunari va aql-idroki bilan har qanday qushdan balandroq parvoz qila oladi.
Bilimdonlikning siru asrori g‘ayrat hamda matonat bilan o‘qish va o‘rganish, o‘zlashtirishdadir.
Bobolarning ulug‘vor ishlarini ijodiy rivojlantira olsang, sen baxtiyorsan.
Topshiriq. Matnni o‘qing va uni tahlil qiling.
Bu rasmda sharshara tasvirlangan. Tog‘, sharshara, bahor fasli, daraxtlar ko‘kargan, gullar ochilgan. Tog‘ tepasidan oqib tushayotgan suv baland xarsanglar ustidan pastga qarab shovillab oqmoqda. Suv zarrachalari havoda tarqalib, oftob nurlariga yo‘g‘rilib, ajoyib manzara kashf etmoqda. Sharshara atrofini ko‘m-ko‘k o‘t-o‘lanlar qoplagan. Osmon ko‘m-ko‘k. Havo musaffo. Rasmga qarab tursam, nazarimda qushlar sayrayotgandek. Rasm menga juda yoqdi. O‘zimni rasmdagi o‘sha sharshara yonida dam olgandek his qildim. Uyga qaytgach, o‘sha sharsharani tez-tez eslaydigan bo‘ldim . Charchagan paytlarimda o‘sha zilol suvlarni, oftob nuri aks etgan suv zarrachalarini, tepadan pastga tushayotib toshga urilgan suvning allalovchi yoqimli ovozini ko‘z oldimga keltiraman. Taajjubki, shu eslash jarayonida hordiq chiqarganday bo‘laman. Keyingi yil yozda, albatta, o‘sha sharsharani qidirib topish niyatidaman.
Matnning eng kichik birligi -
a) gap b) mikromatn s) makromatn d) so‘z birikmasi
Matn tuzilishiga ko‘ra necha xil bo‘ladi?
sodda va murakkab matnlar s) adabiy va erkin matnlar
murakkab va ijodiy tarkibli matnlar d) sodda va ijodiy matnlar
Qaysi gapda etak so‘zi ko‘chma ma’noda qo‘llangan?
Qizning egnida burma etakli ko‘ylak edi
Oyni etak bilan yopib bo‘lmas
s) Etak-etak gul terdim
d) Hasharchilar dalaning etagida yig‘ilishdi
Matn turlari —
a) dialogli matn,tavsifiy(monologli) matn b) mikromatn, makromatn
s) insho matni va ijodiy matn d) dialogli matn, badiiy matn
Профессиональные качества so‘z birikmasining to‘g‘ri tarjimasini toping.
a) kasbiy fazilatlar b) kasbiy xususiyatlar
s) sohaviy sifatlar d) sohaviy fazilatlar
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
O‘zbek tilshunosligiga ulkan hissa qo‘shgan tilshunos olimlardan kimlarni bilasiz?
Qaysi soha vakillari pok fazilatlar sari yo‘l ko‘rsatadi?
Asar tahlilida obrazlar nimaga bog‘liq holda o‘rganiladi?
Istalgan matn tahlilida nimalarga e’tibor berish lozim?
Badiiy matn tahlilida yozuvchining munosabati qanday aniqlanadi?
Uyga vazifa. Tanlagan kasbingizning yetuk mutaxassislari haqida ma’lumot to‘plang va referat yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |