Kimki bo‘lsa asli otadan toza, Eliga naf berar u beandoza.
O‘qish uchun material
Kasblar tarixi
Har bir kasbning o‘ziga yarasha sir-asrori bo‘ladi. Dunyoda kasblar ko‘p va xilma-xil. Qadim-qadimdan odamlar ovchilik, chorvachilik, dehqonchilik, kosibchilik kabi ishlar bilan shug‘ullanib kelishgan. Jamiyat rivojlangan sari ortib borayotgan ehtiyoj va talabni qondirish uchun kasblar ham ko‘payib bormoqda. Bugungi kunda jamiyatimizni to‘quvchi, matbaachi, dizayner, tikuvchi, g‘isht teruvchi, harf teruvshi, o‘qituvchi, tarbiyachi, uchuvchi, xonanda, rassom, temirchi, yozuvchi, menejer va hokazo kasblarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Arxitektor (so‘z asosi grek tilidan kelib chiqqan; lotin tilidan tectum - uy, pana) - arxitektura bilan shug‘ullanuvchi kasb, ya’ni hashamatli binolarning qurilish konstruksiyasini inobatga olgan holda reja ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan.
Solnomalarda qayd etilishicha, birinchi arxitektorlar italiyalik: Pyetro Antonio Solari, Petrok Kichik, Aleviz Yangi kabilar bo‘lgan. Bundan avvalroq esa «murol» hamda «xona ishlari ustasi» kasb atamasidan foydalanilgan. XX asrga kelib arxitektura kasbi batamom ikkiga bo‘lingan: “hashamatli binolar loyihasi” (yirik bino hamda inshootlarni loyihalashtirish) hamda “shahar binokorligi”, ya’ni yirik shahar tumanlari yoki yer yotqizish va turli funksional qurilmalar. XX asr oxirlariga kelib, shahar binokorligi ijtimoiy hamda umumiy nazariya to‘qnashuvi natijasida “takomillashish” tizimi mustaqil tarbiya o‘rnida ajralib chiqdi va o‘z ichiga “shahar” nomli predmetni va shahar rivoji prinsiplarini oladi.
asr oxirlariga kelib “arxitektor” atamasining ma’nosi, aytarli darajada o‘zgardi, ya’ni interyer dizayneri yoki landshaft dizayneri kabi kasblarni o‘z ichiga olib, ushbu kasblar bilan umumlashdi.
Davolash ishi feldsheri - bu kasb paydo bo‘lishi o‘rta asrlarga borib taqaladi. O‘sha davrda urush vaqtida jarohatlanganlarga tez yordam beruvchilarni shunday deb atashgan. Bugungi kunga kelib feldsher tuman va shahar shifoxonalarida shifokor yordamchisi yoki assistenti, viloyat medpunktlarida shifokor va mudir vazifasini bajaradi. Bu kasb avval Germaniyada paydo bo‘lgan bo‘lib , «feldscher» atamasi nemis tilidan so‘zma so‘z “jangovor sartarosh” deb tarjima qilinadi. Hozirgi
kungacha ushbu kasbning asosiy vazifasi saqlanib qolgan; malakali shifokor ko‘rigigacha kasalga birinchi yordam ko‘rsatib kasallik diagnozini qo‘yish.
Dizayner - «dizayner» so‘zi inglizcha «industrialdesighn» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, loyihalashtirish, sanoat xomashyolarini ishlab chiqarish ma’nolarini anglatadi. Qadim zamonlardanoq inson o‘z kelib chiqishini o‘zgartirishga intilib kelgan. Buni o‘z xonadonini shinamroq, ish joyini esa qulay qilib o‘zgartirganligi misolida ko‘rish mumkin. Bizni o‘rab turgan barcha narsa qulay, foydali, tejamli va chiroyli bo‘lishi barobarida sog‘lig‘imizni saqlab qolishi va ruhiy osoyishtalik sari yetaklashi lozim. Aynan bu kabi vazifalar bilan dizayner shug‘ullanadi. XX asr fan va texnika asri deb tan olingan bo‘lib, bu yillar texnika va fandagi yutuqlar, tejamkorlik va go‘zallikka intilishga erishilgan, shularning natijasida yangi kasb - dizaynerlik shakllangan. Hozirgi kunda hech qaysi sohani bu kasbsiz tasavvur qilishning iloji yo‘q.
Berilgan so‘z va iboralarning ma’nosini bilib oling
kasb, orzu, matbaa xodimi, ulug‘lamoq, kasb tanlash, intilmoq, sharafli, ustoz, faxriy unvon.
Lug‘at
jarohat – ранение, рана
yutuq – выигрыш, успех, достижение tejamkorlik – бережливость, экономность raqobat – конкуренция, соперничество intilmoq – стремиться, устремляться tasavvur – представление, воображение
Tarjima mashqi
Профессия (лат. professio; от profiteor – «объявляю своим делом») –род трудовой деятельности человека, обычно его источник существования. Требует владения теоретическими знаниями и практическими навыками, приобретаемыми в ходе специальной подготовки или образования.
С развитием автоматизации потребность в тяжёлом ручном труде начала падать. Если раньше рабочие работали по 14 – 16 часов в сутки лишь для того, чтобы прокормить семью, то теперь они могут работать по 9 часов, а в самых развитых странах люди могут работать 3 – 4 дня в неделю или вообще жить на пособие. У
людей появилось больше свободного времени, которое они начали тратить на потребление информации, поэтому в ответ на спрос появилось предложение – начали развиваться средства массовой информации: телевидение, радио, а в конце XX века – и интернет.
Grammatik ma’lumot. Soha lug‘atlari. Ularda terminlar va birikmalarning berilishi.
Leksikografiya lot. lexikos – so‘z, grapho – chizmoq, yozmoq so‘zlaridan olingan bo‘lib, lug‘at tuzish amaliyoti va nazariyasi bilan shug‘ullanuvchi tilshunosiikning bo‘limidir.
Leksikografiya nazariyasining predmeti lug‘at tuzish tamoyillari va usullaridir.
Leksikografiya amaliyoti esa lug‘at tuzuvchilarning ishini tashkil etish, so‘zlarni kartochkalarga tushirish, sistemaga solish va saqlash singarilarni o‘z ichiga oladi. Leksikografiya nazariyasida lug‘at turlari, so‘zlik tarkibi va so‘z maqolasining tuzilishi asosiy o‘rinni egallaydi.
Lug‘atlar ikki turli bo‘ladi:
ensiklopedik (qomusiy) lug‘atlar;
filologik (lingvistik) lug‘atlar.
Bu ikki turdagi lug‘atlar lug‘at birliklarining nimaga qaratilgani bilan farqlanadi. Lug‘atga kiritilayotgan birliklar barcha tushunchalarni o‘z ichiga olsa, ensiklopedik (qomusiy) lug‘at; ma’lum bir tildagi so‘zlarni o‘z ichiga olsa, filologik (lingvistik) lug‘at hisoblanadi.
Ensiklopedik (qomusiy) lug‘atda turli xil tarixiy voqealar, tarixiy shaxslar, ilmiy tushunchalar va boshqalar o‘z ifodasini topadi. Umuman, ensiklopedik lug‘atlar ma’lum bir xalqning madaniy-ma’naviy, ilmiy- amaliy, siyosiy-iqtisodiy hayotiga doir barcha tushunchalarni qamrab oladi va bu tushunchalar unda o‘z izohini topadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi”ni yaratish to‘g‘risida maxsus qaror qabul qildi. Ana shu qaror asosida 2000-2006-yillarda 12 jildli “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi” yaratildi.
Toshkent shahrida ensiklopedik lug‘atlar va kitoblarni nashr etish bilan shug‘ullanayotgan alohida muassasa – “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti faoliyat ko‘rsatmoqda.
Tildagi so‘zlarni izohlashga qaratilgan lug‘atlar izohli lug‘at, muayyan tildagi so‘zlarning ikkinchi tilga tarjimasini berishga qaratilgan lug‘atlar esa tarjima lug‘at sanaladi.
1981-yili Moskvadagi «Pyccкий язык» nashriyotida nashr qilingan
2 jildli “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”, 2006-2008-yillarda “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti tomonidan nashr qilingan va 80 ming so‘z hamda so‘z birikmasini o‘z ichiga olgan 5 jildli “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”, 2001-yili Toshkentdagi “Sharq” nashriyot-matbaa konserni bosh tahririyati tomonidan nashr etilgan “O‘zbek tili faol so‘zlarining izohli lug‘ati” yoki o‘zbekcha-ruscha, inglizcha-ruscha-o‘zbekcha lug‘atlar bunga misol bo‘la oladi.
Izohli lug‘atlar so‘zlarning tanlanishiga ko‘ra umumiy va tarmoq lug‘atlarga bo‘linadi. Tilning barcha so‘zlarini izohlashga qaratilgan lug‘atlar umumiy izohli lug‘atlar, ma’lum bir tarmoqqa doir so‘zlarnigina tanlab, ularni bir tartibda joylashtirib izohlashni maqsad qilgan lug‘atlar tarmoq lug‘at hisoblanadi. (Masalan, kasb-hunarga doir lug‘atlar, ma’lum fan sohasi bo‘yicha atamalar lug‘ati va boshqalar.)
Har qanday lug‘at shu lug‘atning egasi bo‘lgan xalqning katta madaniy va ma’naviy boyligi sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |