Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 0,55 Mb.
bet51/103
Sana26.07.2021
Hajmi0,55 Mb.
#129400
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   103
Bog'liq
O'zbek tili nashrga-конвертирован

mavzu. Yetuk mutaxassis


Dono maqtov olar, nodon-chi- so‘kish, O‘zing o‘yla , senga ma’qul qaysi ish?

O‘qish uchun material

Yetuk mutaxassis

O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga juda katta e’tibor qaratilib, ularga har sohada katta imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Yoshlarning barkamol bo‘lib ulg‘ayishlari, shaxs sifatida shakllanishlari uchun kasbni to‘g‘ri tanlay bilishlari, shu sohaning yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishishlari lozim.

O‘z kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lish uchun, eng avvalo, yaxshi o‘qish, bilim olish kerak. Berilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, o‘z maqsadi sari intilish kerak.

Bu o‘rinda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni beqiyosdir. Hozirda yoshlarimiz internet tarmog‘idan keng foydalanib, kerakli ma’lumotlar olmoqdalar, elektron pochta xizmatlaridan foydalanmoqdalar, kerakli adabiyotlarni qidirib topmoqdalar va hokazo. Ushbu resurslar yoshlarni bilimli bo‘lishlarida, ularni vatanga sadoqatli, o‘z tarixi, millatidan faxrlanadigan qilib tarbiyalashda, har sohadagi yangiliklardan, ixtirolardan xabardor bo‘lishlari uchun, yangi bilimlar bilan yanada o‘z tafakkurlarini oshirishlari uchun xizmat

qilmog‘i lozim.
O‘z sohalarining yetuk mutaxassisi bo‘lmish ustozlarni hurmatlash bayonida….

Har bir inson uchun o‘z muallimini va ustozini e’zozlash, hurmat va ehtiromini ado qilishi shartdir. Negaki, bu zotlar har qanday inson ruhini tarbiyalaydi, ma’naviy boylik bilan to‘ydiradi, har qanday ruhiy va maishiy kamchilik hamda illatlarni poklaydi, jaholat degan buyuk aybdan xoli va ozod qiladi.

Muallim va ustoz shunday zotki, u insoniyatni ilm bezagi bilan ziynatlaydi, ularga chiroyli va yoqimli fazilatlar bilan chiroy va oro beradi, tushuntirish bilan foydasiz narsalardan odamni xalos etadi, insonni haqiqiy komil inson darajasiga yetkazish bilan bilim xazinasini ularning qalblariga joylaydi.

Muallim va ustoz shunday zotki, u sening insonlik haq- huquqlaring nimadan iborat ekanini tushuntirib beradi, yaramas, yomon ishlardan qaytaradi va eng yaxshi ishlar va fazilatlar sari yo‘l ko‘rsatadi. Ular sening yuksakliging va kamolga yetishingni o‘ylashib, hamisha jon

kuydirishadi, el ichida o‘ylab, butun kuch va imkoniyatlaringni ishga solishadi.

Muallim va ustozning vaqtlari qimmatli ekanligini bilib, aytganlariga diqqat bilan quloq sol. Bordi-yu, biror narsani tushunmay qolsang, odob va muloyimlik bilan qayta so‘rashing zarur. Muallim va ustozing nima so‘rasalar kulib turib, odob va ikrom bilan chiroyli so‘zlarni saralab javob ber. Ilm maskanidan tashqarida yoki ko‘cha- ko‘yda ularni ko‘rib qolsang, ta’zim bajo qil, qo‘lingni ko‘ksingga qo‘yib, salom ber.



(Abduqodir Nuriy al-Barzanjiy)

Berilgan so‘z va iboralarning ma’nosini bilib oling.



yetuk va malakali mutaxassislar, tajribali tarbiyachilar, chin yurakdan sevmoq, hissa qo‘shmoq, ilm bezagi, yuksaklik, kamolga yetmoq
Suhbat matni

Sohamiz ravnaqi Iristoy Qo‘chqortoyev (1936-2000)

Filologiya fanlari doktori (1978), professor (1981), O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi (2000) Iristoy Qo‘chqortoyev o‘zbek tili leksikologiyasi, uslubiyati, tilning umumiy-nazariy masalalari bilan bog‘liq bir qator asarlarning muallifi. Uning «Ferdinand de-Sossyurning lingvistik konsepsiyasi» (1976), «So‘z ma’nosi va uning valentligi» (1977) kabi kitoblari tilshunoslikning nazariy muammolarini yoritishga bag‘ishlangan. Shuningdek, u oliy maktablarda til bilimini o‘qitishni takomillashtirish bo‘yicha ham ulkan ishlarni amalga oshirdi. Xususan, oliy o‘quv yurtlarining o‘zbek filologiyasi fakultetlari talabalari uchun yozilgan «Badiiy nutq stilistikasi» (1975), «Turkiy filo logiyaga kirish» (1976), «Tilshunoslikka kirish» (1976), «Umumiy tilshunoslik»,

«Lingvistik ta’limot tarixi» (1980) kabi o‘quv qo‘llanmalari tilshunoslik nazariyasi va turkiyshunoslikni yuqori pog‘onaga ko‘tarishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi.

Lug‘at

chin yurakdan – от всей души, всем сердцем faol – активный

tanlov – выбор, конкурс

hakamlar – судьи, жюри mashg‘ulotlar – занятия

baho bermoq – аттестовать, оценивать

izlanishlar – искание, поиски

hissa qo‘shmoq – доля впрягать, вкладывать
Tarjima mashqi

“Bola boshidan”, – deydi dono xalqimiz. Jajji murg‘ak qalblarga ezgulik urug‘ini sochish, ularni sog‘lom, barkamol, yetuk inson etib tarbiyalashda maktabgacha ta’lim muassasalari pedagog xodimlarining o‘rni beqiyosdir. Bolalarni chin yurakdan sevgan, ularning tilini bilgan odamgina haqiqiy murabbiy bo‘la oladi.


Grammatik ma’lumot. Matn tahlili va tahriri.

Badiiy tahlil – matn tahlilining murakkab turlaridan bo‘lib, unda xilma-xil vazifalar bajariladi. Chunki bu tahlildan kuzatiladigan maqsad asarning xususiyatlarini o‘rganishdir.

Badiiy matnda kishilarning munosabatlar doirasida bir-biri bilan bog‘langan kishilar hayotining ma’lum davridagi voqealari tasvirlanadi. Bu voqealarda davrning siyosiy ijtimoiy, madaniy va ahloqiy hayoti o‘z aksini topadi.

Matnning adabiy tahlilida quyidagi masalalarga alohida e’tibor berilishi lozim:



  1. Badiiy matn tahlilida tasvirlangan voqelik va shu voqelikka yozuvchining munosabati aniqlanadi. Masalan: Alisher Navoiyning "Farhod va Shirin" dostonida olijanob fazilatlarini ulug‘lash, adolat va xalqparvarlik, do‘stlik va qahramonlik, muhabbat erkinligi va unga sadoqati asarning g‘oyaviy mazmunini tashkil qiladi. Asarda Xisrav, Yosumon kabi yovuz kuchlar bilan Farhod, Shirin, Mehnbonular o‘rtasidagi kurash ko‘rsatiladi. Shoir Farhod, Mehnbonu, Shirinlarning barcha harakatlariga xayrixohlik bildiradi. Shohni adolatli bo‘lishiga undash g‘oyasini ilgari suradi.

  2. Tahlilda asarning mazmuniga ham shakliga ham e’tibor berish va mazmunning yetakchi rolini ta’kidlab o‘tish zarur.

  3. Asar tahlilida barchaobrazlar asarning umumiy mazmuni bilan bog‘liq holda o‘rganiladi.

  4. Asar syujeti va kompozisiyasini o‘rganish ham adabiy tahlilning asosiy vazifasidir. Badiiy asardagi mavzu, obraz, til, kompozisiya, muayyan g‘oyani ifodalaydi. Mavzu va g‘oyaning dolzarbligi va xalqchiligi, mazmun va shaklning o‘zaro mosligi, obrazning tipikligi va haqqoniyligi syujet va kompozisiyaning pishiqligi, badiiy tilning tasviriyligi va ta’sirchanligi adabiy tahlil jarayonida aniqlanadi.

Matn tahlilida tahlilning yuqoridagi u yoki bu turidan foydalaniladi. Matnni sharhlash so‘z va so‘z shakllari badiiy tasvir vositlarining asar g‘oyaviy va estetik mazmunini oshirishdagi roli izohlanadi. Matnni sharxlashda lingvistik aspekt asosiy o‘rinni egallaydi. U an’anaviy adabiy tahlilda ham yetakchi sanaladi, chunki u matnning estetik tuzilishi va badiiy tasvir vositlarini o‘rganishga ko‘maklashadi.

Badiiy matn murakkab va ko‘p qatlamdir. Uni tahlil qilishdan maqsad-ijodkor o‘ylagan ma’no va ichki kechinmalarni maksimum holda payqab olishdir.



Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish