Bilim kimyo misol, u turadi jam, Zakovat saroyi kabi o‘zi ham.
O‘qish uchun material
O‘zbekiston Milliy universiteti
O‘zbek ziyolilari azaldan ilm-fanni rivojlantirish masalasiga jiddiy e’tibor qaratganlar. Yosh avlodning bilim olishi, yuksak intellektual salohiyat egalari bo‘lishlari uchun barcha sharoitlarni yaratishga intilganlar. Xususan, 1918-yilda Toshkentning eski shahar qismida Munavvarqori Abdurashidxonov, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy singari ma’rifatparvarlar tashabbusi bilan milliy dorulfunun tashkil qilingan. Universitetimiz dastlab Xalq universiteti degan nom bilan faoliyat ko‘rsatgan. 1920-yildan Turkiston davlat universiteti, 1923-yildan esa O‘rta Osiyo davlat universiteti, 1960- yildan 2000-yilgacha Toshkent Davlat Universiteti deb yuritilgan. 1995-yil 14-sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarori bilan Toshkent Davlat Universititiga Mirzo Ulug‘bek nomi berildi.
Ma’lumki, universitetimiz nafaqat Respublikamizda, balki mintaqamizda ilk tashkil etilgan oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Universitet olimlari va o‘qituvchilari jamoasining ilm-fan, ta’lim, ma’naviyat va ma’rifat sohasidagi, ilmiy tadqiqot, ta’lim tizimini shakllantirishdagi alohida o‘rni va xalqaro nufuzini e’tiborga olib, 2000- yil 28-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining Farmoniga muvofiq mazkur ilm maskaniga milliylik maqomi berildi va hozirgi kunda u Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti deb yuritiladi.
Bugungi kunda mazkur oliy dargohda 11 ta fakultet mavjud bo‘lib, 45 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 100 dan ortiq magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan.
Universitetda xalqaro talablarga mos fundamental tadqiqotlar olib borish, xorijiy mamlakatlardagi nufuzli fan va ta’lim markazlari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida ko‘pgina ishlar amalga oshirilmoqda.
Unversitetda tahsil olgan ziyolilardan Ozod Sharafiddinov, Avdulla Oripov va Erkin Vohidovlar “O‘zbekiston Qahramoni” yuksak unvoni sohiblaridir. Shuningdek, ko‘plab professor-o‘qituvchilarimiz “O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi” faxriy unvoni, “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni, “Shuhrat” medali bilan mukofotlangan. Iqtidorli talaba
qizlarimizdan 36 nafari Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindorlaridir. O‘tgan davr mobaynida iste’dodli talabalardan 19 nafari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, 22 nafari Alisher Navoiy,
19 nafari Mirzo Ulug‘bek, 2 nafari Beruniy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindorlari bo‘lishdi.
Universitetda zamonaviy jihozlangan “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, 11 ta fakultet va 8 ta talabalar turar joylarida ma’naviyat va ma’rifat xonalari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Umuman, mustaqillik davrida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida talabalarning intellektual salohiyatini oshirish, yetuk mutaxassislar tayyorlash borasida ulkan natijalarga erishildi va erishilmoqda.
Suhbat matni
Yurtimizdagi otaxon universitet – Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti mamalakatimizdagi barcha sohalar uchun kadrlar tayyorlab beradi. Universitet tashabbusi bilan muntazam amalga oshirilib kelinayotgan loyihalarning ham barchasi amaliy ahamiyatga ega. Bevosita O‘zMU rektori loyihasi asosida tashkil etilgan navbatdagi tashabbus ham barchani, ayniqsa, maktab va akademik litsey bitiruvchilarni mamnun qildi. Universitetning barcha fakultetlarida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi. Unga umumiy o‘rta ta’lim maktablari va akademik litsey bitiruvchilari o‘qituvchilar va ota-onalar hamrohligida tashrif buyurishdi. Mehmonlarga universitetdagi ta’lim jarayoni, ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar, dars jarayonlari va o‘qitish tizimi haqida atroflicha ma’lumot berildi. Kasb tanlash arafasida turgan yoshlar, ular tahsil olayotgan ta’lim muassasasi ma’muriyati va ota-onalar kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Kreativ formatda tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni”da o‘quvchilar o‘zlarini universitet talabalaridek his qilishdi, ma’ruzalarda ishtirok etishdi, amaliy mashg‘ulotlarda qatnashishdi, O‘zMU professor-o‘qituvchilaridan saboq olishdi.
Lug‘at
salohiyat – интеллект ma’rifatparvarlar – просвятители
sohiblari – обладатели amaliy mashg‘ulot – практическое занятиe
ochiq eshiklar kuni – день открытых дверей mutaxassis – специалист, эксперт
ta’lim muassasasi – учебное заведение
Tarjima mashqi
Наука не может развиваться без споров и диспутов. Поэтому занятия в медресе будут построены и именно так – в дискуссиях, обсуждениях изучении всех мнений. (Мирзо Улугбек)
***
Мы ставим перед собой цель – создать необходимые возможности и условия для того, чтобы наши дети росли не только физически и духовно здоровыми, но и всесоронне и гормонично развитыми людьми в полной мере отвечающими требованиям ХХI века, в котором им предстоит жить и трудиться. (И.А.Каримов)
***
Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека является старейшим высшим учебным заведением Узбекистана. Прежние названия был Ташкентский Государственный университет (ТашГУ), до 1960 года носил название Средне-азиатский государственный университет (САГУ), до 1923 года носил название Туркестанский государственный университет (ТуркГУ). 28 января 2000 года специальным Указом Президента Республики Узбекистан Ташкентскому государственному университету придан статус "Национального университета Узбекистана".
Официальной датой создания университета считается 12 мая 1918 года.
Grammatik ma’lumot. So‘zlashuv uslubi va uning xususiyatlari. Shevaga xos so‘zlar.
Kundalik hayotda oilada, ko‘cha – ko‘yda, ish joylarida va boshqa joylarda kishilarning bir-biri bilan erkin muloqotga kirishuvi va fikr almashish jarayonida qo‘llanadigan nutq uslubi so‘zlashuv uslubi deyiladi. So‘zlashuv uslubi adabiy va oddiy so‘zlashuv uslublarini o‘z ichiga oladi.
Ma’lum adabiy til me’yorlariga bo‘ysungan, tartibga solingan so‘zlashuv uslubi adabiy so‘zlashuv uslubidir. Adabiy tilning og‘zaki shakli adabiy so‘zlashuv uslubi orqali amal qiladi. Radioeshittirishlar, televideniye ko‘rsatuvlari shunday uslubda olib boriladi.
Adabiy til me’yorlariga doimo amal qilavermaydigan erkin muloqot shakli oddiy so‘zlashuv uslubi sanaladi. Oddiy so‘zlashuv
uslubida nutqiy vositalarni tejashga intilish bilan birga, bunga teskari bo‘lgan nutqiy ortiqchalikka ham yo‘l qo‘yiladi.
So‘zlashuv uslubining har ikki turi ko‘pincha dialog shaklida ro‘yobga chiqadi. Bu uslubda so‘zlar odatda kinoya, piching, qochirmalarga boy bo‘ladi. So‘zlashuv uslubining yana bir o‘ziga xos xususiyati erkinligidir. Jumlalar qisqa va ta’sirli bo‘lib, ko‘pincha so‘z – gaplar, to‘liqsiz gaplar, maqol va matallar hamda iboralardan keng foydalaniladi.
Umumxalq tili ma’lum bir xalqning so‘zlashuv tilidir. Bu til kengroq hajmda bo‘lib, u sheva va lahjalar, kasb-hunarga oid so‘zlar, atamalar, jargonlar, ma’lum toifa (biror ijtimoiy guruh) ga oid so‘zlarni ham o‘z ichiga oladi. Bunda nutq erkin bo‘lib, til qoidalariga asoslanilmaydi.
Faqat muayyan bir hududga xos ayrim belgilarni o‘zida namoyon qilgan til shakli sheva hisoblanadi. Bir qancha shevalar yig‘indisi lahja deyiladi. Sheva va lahjalar ma’lum bir hududda yashovchi aholining mahalliy so‘zlashuv tilidir (masalan, Toshkent shevasi, Farg‘ona shevasi kabi).
Do'stlaringiz bilan baham: |