Ertaklar yaxshilikka yetaklar



Download 18,71 Kb.
Sana03.02.2022
Hajmi18,71 Kb.
#426731
Bog'liq
2 5359811549785493866


Ertaklar yaxshilikka yetaklar
Bolaning ma’naviy rivojlanishida og’zaki va yozma nutq muhim vosita bo’lib xizmat qiladi.Tayyorlov guruxlarining tajribali tarbiyachilari bolalarning fikrlash og’zaki nutqini o’stirish mashqlarida kichik ertak hikoyalaridan ham o’rinli foydalanishmoqdalar.Shu yil bilan ularning fikrlash qobilyatini rivojlantirishga erishilmoqda.Bolaligidan ularni go’zal his etadigan qilib tarbiyalash, har bir bolaning bilmga qiziqishi va qobilyati, mustaqil fikrlashi, uyushqoqligi va intizomga alohida e’tibor berish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Maktabgacha taʼlim turi - bolani maktabga tayyorlash bilan birga uning xar tomonlama sog'lom bo'lib o'sishini taʼminlaydi, unda o'kishga intilish xissini uyg'otadi.
Xikoya va ertak aytib berish-bolalarni tevarak-atrofidagi dunyo bilan bizning mustakil Vatanimiz bilan tanishtirish bilan birgalikda, ertaklarda atrofimizdagi xayot manzaralaridan ko'ra kishilarning o'y- xayollari, orzu-armonlari ko'prok yorqinroq ifoda etiladi. Ertaklar va xikoyalar bolalarni badiiy jixatdan tarbiyalashda katta rol o'ynaydi. Аgar xikoya yoki ertak badiiy ifodali qilib aytib berilsa, bolalar uni zavq-shavq bilan tinglaydilar. Natijada bolalarning xis - tuygulari rivojlanadi. Yaxshi xikoya va ertaklar ularni xayotiy voqealarga jalb etadi, o'kish va mutolaaga qizikish uyg'otadi, adabiyotga muxabbatlarini yanada oshiradi. Tarbiyaning bu metodi xaqiqatan bola maʼnaviy kamolotida aloxida rol o'ynaydi. Kichkintoylar muayyan badiiy asarlar tinglash jarayonida fikrlash, xayol surishga odatlanadilar, tasavvur dunyosi shakllana boradi. Bora-bora bolalar asar qaxramonlari,undagi obrazlari tugrisida mustaqil fikr yurita boshlaydilar.Bu esa ularning kelgusida fan -texnika soxasiga uz xayol va fikrlarini amalga oshirish, yangilik kashf etish kabilarga dastlabki turtki bulsa ajab emas. Zero, tevarak-atrof, olamdagi voqea-xodisalar murgak kalb extiroslariga kuchli taʼsir eta olishi mumkin. Bu xil asarlar bilan bolalarni tanishtirish qaktida qo'shimcha imo - ishora va mimikalardan foydalaniladi. Bu esa fikrni aniq va ta’sirli ifodalashga yordam beradi.Shuning uchun tarbiyachi o’qituvchi bundan ifodalarning turli vositalaridan o’rinli foydalana bilishi lozim.Binobarin, tevarak atrofdagi hayotni kuzatish suhbat o’tkazish,hikoya va ertaklar o’qib berish vositasi bilan bolalar bilim saviyasini oshirish ulardagi nuqt va fikr hotira hayol diqqat va hokazolarni o’stirish lozim.Bu faktlar bolaning so’z boyligini oshiradi, eshitganlarini qayta aytib berishga boshqalar bilan o’rtoqlashishga qiziqish uyh’otadi.Ikkinchi tomondan hikoya va ertak aytib berish bolalarni boshqalarning nutqini tinglashga va tushunib olishga odatlantiradi.Ularning diqqat otirasini o’stiradi.Shuni aytib o’tish kerakki bolalar tushunib olgan narsalarnigina xotiralarida yaxshi saqlaydilar.Shuning uchun ertaklar hikoyalar bor ular uchun tushunarli tili yorqin va mazmundor xotirada yaxshi saqlanib qoladigan bo’lishi kerak.
Ba’zi ota-onalar bolalarga bir o’tirishda 2-3 ertak aytib beradilar.Bundan bolalar zerikib charchab qoladilar.Shunga ko’ra kichkintoylarga faqat bir ertakni chiroyli qilib so’zlab berish kifoya.Agarda bola yana ertak tinglashni istab qolsa, bunaqa sharoitda avval aytilgan ertakni qo’shimchalar bilan to’ldirib qayta hikoya qilib berishingiz mumkin.
Ertakdagi majoziy obrazlarda ishtirok etgan bo’rining yovuzligi tulkining ayyorligi quyonning qo’rqoqligi sherning botirligi itning ziylarkigi mushukning chaqqonligi qoplonning abjirligi filning kuchliligi bularning barchasi kichkintoylarning ma’naviy olamiga kuchli ta’sir etadiki ular bu obrazlar talqinida yaxshilik va ezgulikni,yomonlik va yovuzlikni ham kio’radilar,ularni bir-biridan ajratib, hayotdagi salbiy narsalarga nafrat ijobiy narsalarga esa muhabbat ko’zi bilan qarashga odatlanadilar.Xuddi ana shu kichik davrdan ular hayotdagi voqea va hodisalarning mohiyatini kattalar yordamida tushunib ularga nisbatan o’z munosabatlarini bildirishga harakat qiladilar.Zotan, badiiy asarning, hususan,xalq og’zaki ijodining joziba qudrati ham mana shundadir. Xulosa qilin aytganda, o’qituvchilar, tarbiyachilar, ota-onalar va umuman katta yoshdagi kishilarning kichkintoylarga muntazam ravishda maroqli qiziqarli va mazmunli ertak hamda hikoyalarni aytib berishlari bolalarga hulq-odobni, orzularni tarkib toptirishda yordam beradi.

Iroda SHARIPOVA,
35-IDUM boshlang’ich sinf o’qituvchisi

Download 18,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish