Mavzu: Ifodali o‘qishga o‘rgatish



Download 18,53 Kb.
bet1/2
Sana31.12.2021
Hajmi18,53 Kb.
#226043
  1   2
Bog'liq
Jumaboyeva Madina nazariya


Mavzu:Ifodali o‘qishga o‘rgatish

Ifodali o‘qish. Ifodali o‘qish intonatsiya – ohang yordamida asarninng g‘oyasi va jozibasi to‘g‘ri, aniq, yozuvchi niyatiga mos ravishda ifodalay bilishdir. “Ifodali o‘qish adabiyotni aniq va ko‘razmali o‘qitishning dastlabki va asosiy shaklidir.”, deb takidlaydi metodist olima M.A.Rabnikova. Demak “Ifodali o‘qishning asosiy vazifasi asarning mazmunini va emotsionalligini intinatiya orqali o‘quvchilarga ko‘zgazmali qilib ko‘rsatishdir. Ifodali o‘qishning asosiy tamoyili o‘qiladigan asar g‘oyasi va badiiy qimmatini chuqur tushuntirishdir.

Intonatsiya (ohang). Intonatsiya og‘zaki nutqning birgalikda harakat qiluvchi elementlari: urg‘u nutq tempi va ritmi, pauza, ovozning past-balandligining yig‘indisidir. Bu elementlar bir-biriga ta’sir etadi va hammmasi birgalikda asarning mszmunini, g‘oyasini, qahramonlarning turli kayfiyatini, ichki kechinmalarini ifodalaydi.

O‘quvchilar ifodali nutq asoslarini egallashlari uchun muhim shartlar quyidagilardan iborat:



  1. Nutq jarayonida nafasni to‘g‘ri olish va to‘g‘ri taqsimlay bilish.

  2. Har bir tovushning to‘g‘ri artikulatsiyasiva diksiya (burro gapirish) malakasini egallash.

  3. Adabiy talaffuz me’yorlarini egallash.

Bu shartlar faqat ifodali o‘qishgagina emas, balki ifodali nutqqa, ya’ni hikoya qilishga ham taluqlidir. O‘quvchining har qanday og‘zaki hikoyasi ifodali bo‘lishi zarur.

Ifodali o‘qishning asosiy vositalaridan biri ovozdir. Ovoz nafas bilan uzviy bog‘lanadi. Shuning uchun o‘qituvchi bolalarning ifodali nutqi ustida ishlashni talaffuz qilayotganda o‘z nafasini boshqara olish va ovozdan to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatishdan boshlaydi. Ovoz kuchi baland-pastlik, uzun-qisqa, tezlik (temp), yoqimli-yoqimsizlik xususiyatlari bilan xarakterlanadi. O‘quvchilar matn mazmuniga qarab, baland yoki past ovozda o‘qish (gapirish)ga, nutqda tez, o‘rtacha yoki sekin tempda tanlashga, biror tuyg‘uni ifodalashga o‘rganadilar. Ifodali o‘qishga o‘rgatishda+

o‘quvchilar pauza va logik urg‘u bilan hamtanishtiriladi.

Ifodali o‘qishga tayyorlanish shartli ravishda uch bosqichga bo‘linadi:

1. Asarning aniq mazmunini tushunish unda qatnashgan shaxslarning xatti-harakatini tahlil qilish, asarning g‘oyasini belgilash, ya’ni asarning g‘oyaviy-mavzuviy asosini , uning obrazlarini badiiy vositalari bilan yaxlit holda tushunish.

2. Matnning qaysi joyida to‘xtam (pauza) qilishni, mantiqiy urg‘uning o‘rnini, o‘qish tempini belgilab olish.

3. O‘qishni mashq qilish, muallif fikrini, uning tasvirlangan voqea-hodisalarga va qatnashuvchi shaxslarga munosabatini ovoz bilan ifodalay olish uchun matnni qayta o‘qish.

Asarning mazmuni va g‘oyaviy yo‘nalishini tahlil qilish ifodali o‘qishga o‘rgatish bilan bog‘lab olib boriladi. Ifodali o‘qishga o‘rgatishda matn mazmunini tushunish, muallif hikoya qilgan voqealarga o‘z munosabatini bildirish asosiy vazifa hisoblanadi. O‘quvchilarda ifodali o‘qish malakasini shakllantirish uchun asarni o‘qituvchining ifodali o‘qishi muhim ahamiyatga ega.

Ifodali o‘qish san’ati va vositalari.

Ifodali o ‘qish alohida san’atdir. U kishidagi nutqiy ko‘nikma va malakalar bilan bog‘liq holda rivojlanib boradi. Hech kim tug‘ma notiq bo‘lib tug‘ilmaydi. Ifodali o‘qishni hamma ham o‘rganishi mumkin. Har bir matnda qanday mazmun aks etgan bo‘lsa, uning o‘ziga xos ohangini ham ifodalash zarur bo‘ladi. Bunda nafas olish, nafas chiqarish, tovushning rang-barangligi, baland-pastligi, talaffuzdagi o‘ziga xosliklar, hatto to‘xtam pauzalar o‘z ta’sirini ko‘rsatib turadi. Ifodali o‘qilgan matnni tushunish ham oson bo‘ladi. Undagi har bir bitta sonning ma’nosi, uning nima uchun qo‘llanilayotgani o‘qishda ochiq seziladi. Ifodali o‘qish orqali muallif ko‘zda tutgan maqsad, ruhiyat va kayfiyatni to‘la darajada anglash imkoni paydo bo‘ladi. Uning vositasida asar qahramonlarning ruhiyati kechinmalari ham to‘laroq namoyon bo‘ladi. Xursand yoki hxafa bo‘lgan shod yoki qayg‘urayotgan odamning o‘ziga xos tuyg‘ularini ifodali o‘qish vositasida nozik darajada ilg‘ash mumkin.

Mazmundor va ifodali nutq hamma davrlarda hamma kishilarni o‘ziga jalb etib ijtimoiy hayotda alohida o‘rin egallab kelgan. Ifodali o‘qish, avvalo, xalq san’atidir. Chunki badiiy adabiyot dastavval xalq o‘gzaki ijodi shaklida paydo bo‘lgan. Xalq yaratgan asarlarning keng tarqalishiga esa og‘zaki ijrochilik san’ati muhim ahamiyat kasb etgan. Qoshiq, ertak, doston, qissa kabi o‘gzaki adabiyot namunalarini yaratgan xalq namoyondasi bir paytning o‘zida ham ijodkor ham ijrochi edi. Ifodali o‘qish san’ati o‘tmish zamonlarda og‘zaki ijoddda qanday ahamiyat kasb etgan bo‘lsa yozma adabiyotda ham muhim o‘rin tutadi. Zero, badiiy adabiyotning estetik ta’sir kuchi ifodali o‘qish jarayonida yanada yorqinroq namoyon bo‘ladi.

She’rni o‘qish metodikasi She’r ohang jihatidan ma’lum bir tartibga solingan, his-tuyg‘u ifodasi sifatida vujudga kelgan hayajonli ritmik nutqdir. She’riy nutqni ohang jihatidan ma’lum bir tartibga solish vositalari ritm (bir-biriga monand kichik bo‘laklarning izchil va bir me’yorda takrorlanib kelishi) va qofiya (misralarning oxirida keladigan ohangdosh so‘zlar) hisoblanadi. She’rni o‘qiganda kichik yoshdagi o‘quvchilar tabiat va jamiyat voqea-hodisalarining poetik tasviridan hayajonlanishlari muhim ahamiyatga ega. Boshlang‘ich sinflarda she’r tarzida yozilgan hikoyalar, ertaklar, ya’ni she’riy asarlar va lirik she’rlar o‘qitiladi. She’riy hikoya, she’riy ertaklarda sujet, ya’ni voqealar tizimi va uning rivoji xarakterlidir. Lirik she’r „biror hayotiy voqea-hodisa ta’sirida insonda tug‘ilgan ruhiy kechinma, fikr va tuyg‘ular orqali turmushni aks ettiradi”. Lirik she’rning xususiyati „kishining his-tuyg‘uga to‘la hayajonli nutqini ta’sirliroq ifodalashda qo‘1 keladi”. She’rni o‘qish darslarida asosiy ish turi ifodali o‘qish hisoblanadi. O‘quvchi she’rning asosiy mazmunini tushunsagina, uni ifodali o‘qiy oladi. She’riy hikoyani tahlil qilishda, asosan, hikoya, ertak, masalni tahlil qilishda qo‘llangan ish turlaridan foydalanish mumkin. Lirik she’rni o‘qish va tahlil qilish o‘qituvchidan katta mahorat talab qiladi. Holbuki, ko‘p hollarda she’rga oddiy matn nuqtai nazaridan yondashiladi. Bunday holda she’riy san’at hissiyot bilan bog‘liq ekanligi unutiladi, she’r ma’nosining satrlar, so‘zlar zaminida yashirin berilishi anglab yetilmaydi. Buning oqibatida o‘quvchilar she’rdagi obrazlilikning mag‘zini chaqa olmaydilar. Vaholanki, har qanday asar zaminidagi yashirin ma’noni uqish mehnattalab ishdir. Busiz hatto adabiy ta’limning maqsadi ham amalga oshmaydi.

Boshlang'ich sinflarda ko'rgazmali ta’lim ning asosiy shakli she’rni ifodali o'qish hisoblanadi. Lirik she’rni ham o‘quvchilar hayajon bilan yaxlit idrok etishlariga erishish muhim. Shuning uchun she’r birinchi marta o‘qilganda, hech qanday tushuntirish berilmaydi. She’r o‘quvchilarga qanday ta’sir qilganini hisobga olish, bilish zarur. O‘qituvchi she’rni shunday ifodali o‘qishi kerakki, bolalar uning asosiy mazmunini anglasinlar, ularga jonli so‘z kuchliroq ta’sir etsin. So‘ngra she’rni mustaqil o‘qish topshiriladi. O‘qish oddiy bo‘lishi kerak. O‘qiyotganda tabiiy zavq-shavq, shodlik, xursandlik, qahr-g‘azab hissini qichqiriq ovoz bilan soxta ifodalashga yo‘l qo'ymaslik zarur. Bolalar she’rni o‘qiganda, she’riy satrga rioya qilishlari, bu jarayonda ularning she’r ritmini buzmasliklariga erishish kerak.

Savollar.

1. Oʻquvchilarni ifodali nutq asoslarini egallashlari uchun nechta muhim shartlar bor?

2. Ifodali oʻqishning asosiy vositasi nima?

3. Ovoz nima bilan uzviy bogʻlanadi?

4. Oʻqituvchilar oʻquvchilarning ifodali nutqi ustida ishlashni qayerdan boshlaydi?

5. Ovoz kuchi qanday xususiyatlari bilan xarakterlanadi?

6. Ifodali oʻqishga oʻrgatishda oʻquvchilarga nimalar bilan tanishadi?

7. Ifodali oʻqishga tayyorlanish shartli ravishda nechta bosqishga boʻlinadi?

8. Ifodali oʻqish qanday san'at?

9. Ifodali oʻqish kishilarda nimalar bilan bogʻliq holda rivojlanadi?

10. Hech kim nima boʻlib tugʻilmaydi?

11. Ifodali oʻqishni kim oʻrganishi mumkin?

12. Mantda nima aks etgan?

13. Ifodali oʻqishning oʻziga xos nimasini ifodalash zarur.?

14. Qanday matnni tushunish oson boʻladi?

15. Ifodali oʻqish vositasida asar qahramonlarining qanday holati aks etadi?

16. Qanday nutq hamma davrda ham kishilarni oʻziga jalb etgan?

17. Badiiy adabiyotning qanday kuchi ifodali oʻqish jarayonida yanada yorqinroq namoyon boldi?

18. Qanday asar inson ongi va hissiyotiga taʼsir etadi?

19. Badiiy qanday tuygʻularni shakllantiradi?

20. Qanday asar insonning maʼnaviy olamini boyishiga hizmat qiladi?

Javoblar

1. Uchta muhim shartdan iborat.

2. Ovoz.

3. Nafas.

4. Talaffuz qilinayotganda oʻz nafasini boshqara olish va ovozdan foydalanish.

5. Baland-past, uzun-qisqalik, tezlik yoqimli yoqimsiz.

6. Pauza va logik urgʻu.

7. Uchta bosqishga boʻlinadi.

8. Alohida san'atdir.

9. Nutqiy koʻnikma va malakalar bilan bogʻliq.

10. Tugʻma notiq boʻlib tugʻilmaydi.

11. Hamma ham oʻrganadi.

12. Qanday mazmun aks etganini aniq bilish.

13. Ohangni ifodalash zarur.

14. Ifodaliy oʻqilgan matnni.

15. Ruhiy kechinmalar.

16. Mazmundor va ifodali nutq.

17. Estetik taʼsir kuchi.

18. Badiiy asar ifodali oʻqilganda.

19. Axloqiy-estetik tuygʻular.

20. Badiiy asar.

Test


1. Intonatsiyaning nimasi asrning gʻoyasi va jozibasi toʻgʻri aniq ifodalaydi?

A). Nafas

B). Ohang

C). Harf


D). Nutq

2. Nima adabiyotning aniq va koʻrgazmali oʻqitishning dastlabki va asosiy shakli?

A). Ifodali oʻqish

B). Ongli oʻqish

C). Tez oʻqish

D). Toʻgʻri oʻqish

3. Ifodali oʻqish adabiyotni aniq va koʻrgazmali oʻqishning dastlabki va asosiy shalidir deb kim ta'rif bergan?

A). A. Avloniy

B). S.Y. Pushkin

C). H. Olimjon

D). M.A.Rabnikova

4. Intonatsiya ogʻzaki nutqning birgalikda harakat qiluvchi elementlari qaysilar?

A). Urgʻu, toʻgʻri oʻqish, toʻxtam

B). Ongli oʻqish va ovozning baland-pastligi

C). Urgʻu, nutq tempi, ritmi, pauza, ovozning baland- pastligi

D). Ovozning baland-pastligi, nutq tempi, pauza

5. Nimaning jarayonida nafasni toʻgʻri olish va toʻgʻri taqsimlay bilish kerak?

A). Gapirganda

B). Oʻqiyotganda

C). Nutqda

D). Talaffuzda

6. Nimaning talaffuz meʼyorlarini egallash zarur?

A). Badiiy

B). Nutq


C). Soʻz

D). Adabiy

7. Ifidali oʻqishga tayyorlanish shartli ravishda necha bosqichga boʻlinadi?

A). 3 ta


B). 2 ta

C). 4 ta


D). Faqat 1 ta

8. Ifodali oʻqish nima?

A). Vosita

B). San'at

C). Idodali oʻqish

D). A va C javoblar

9. Hech kim nima boʻlib tugʻilmaydi?

A). Aqilli

B). Jinni

C). Yomon

D). Notiq

10. Ifodali oʻqishni kim oʻrganishi mumhin

A). Hech kim

B). Hamma

C). Aqlli odam

D). A va C

11. Matnni oʻziga xos nima bilan ifoladash zarur?

A). Ritm


B). Ohang

C). Mazmun

D). Pauza

12. Qanday matnni tushunish oson boʻladi?

A). Ifodali oʻqilgan matnni

B). Ongli oʻqilgan matnni

C). Koʻp oʻqilgan matnni

D). She'rni

13. Lirik she'rni oʻqish va tahlil qilish oʻqituvchidan nimani talab qiladi?

A). Yodlashni

B). Oʻqishni

C). Katta mahoratni

D). A va B javoblar toʻgʻri

14. Xalq yaratgan asarlarning keng tarqalishiga ... Mihim kasb etgan?

A). Yozma asarlar

B). Ogʻzaki ijrochilik sanʼati

C). Koʻp qoʻllangan asarlar

D). Hammasi toʻgʻri

15. Xalq yaratgan asarlar nomini toping?

A). Qoʻshiq, ertak, doston, qissa

B). Qoʻshiq ertak, doston, she'r

C). Qoʻshiq, ertak, qissa, maqol

D). Qoʻshiq, qissa, ertak,

16. Qanday adabiyotning estetik taʼsir kuchi ifodali oʻqish jarayonida yanada yorqinroq namoyon boladi?

A). Adabiy

B). Ifodali oʻqish

C). Yozma

D). Badiiy

17. Ohang jihatidan tartibga solingan asarni toping?

A). Masal

B). Sheʼriy ertak

C). She'r

D). Doston

18. Boshlangʻich sinfda she'r tarzida yozilagan asarlarni toping?

A). Hikoyalar ertaklar

B). Sheʼriy ertaklar

C). Lirik sheʼrlar

D). Hammasi

19. Sheʼrni oʻqish darslarida asosiy ish turi ... hisoblanadi. Nutalar oʻrniga soʻz qoʻyin?

A). Ifodali oʻqish

B). Ongli oʻqish

C). Tushunib oʻqish

D). Koʻp oʻqish

20. Lirik sheʼrni kim hayajon bilan yaxlit idrok etishlariga erishish muhim.

A). Oʻquvchilar

B). Oʻqituvchilar

C). Shoirlar

D). B va C javoblar toʻgʻri

21.She’r musiqiyligi va ohangdorligini ta’minlovchi, lirik qahramonning his-tuyg‘ularini badiiy ifodalashga xizmat qiluvchi asosiy vositalardan biri...

A) Temp.


B) Intonatsiya

V) Ovoz


G) Pauza

22. Og'zaki nutqning ritmik-melodik tomoni, undagi ovoz tovlanishlari ... deyiladi. Nuqtalar o‘midagi so‘zni aniqlang.

A) Intonatsiya

B) Urg‘u

C ) Pauza

D) Ovoz

23. “... so'zlami to‘g‘ri talaffuz qilishga, ma’noni to‘g‘ri va to‘la anglashga yordam beradi”. Nuqtalar o‘midagi so‘zni aniqlang

A) Pauza


B) Urg‘u

C) Intonatsiya

D) Temp

24. Intonatsiyani yuzaga keltiruvchi vositalami aniqlang.

A) Inversiya, takror, ritorik murojaat

B) Vazn, bo‘g‘in, turoq

C) Pauza, muallif nutqi

D) В va C javoblar

25. Badiiy asarni ifodali o‘qish insonni nimasiga ta’sir etadi?

A) Ruhiyatiga

B) Estetik tuyg‘ulariga

C) Ma’naviy olamiga D) ongi va hussiyotiga




Download 18,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish