Dars ishlanma.
Sana:
Sinf: 3
Mavzu: Tolib Yoʻldoshning "Hunarni sev" she'ri.
Darsning maqsadi:
-ta'limiy: sherning mazmuni bilan tanishtirish.
-tarbiyaviy: oʻquvchilarni hunar oʻrganishga qiziqtirish.
-rivojlantiruvchi: mustaqil, ravon va ifodali oʻqish malakasini oshirish.
Dars jihozi: 3- sinf oʻqish kitobi, tarqatma materiallar,
Dars metodi: savol-javob, suhbat.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
-salomlashish
-davomatni aniqlash
-oʻquvchilarni darsga hozirlash.
Sinf shiori:
Biz sinfda anchamiz,
Lekin zoʻr sinfdamiz.
Boʻsh kelmaymiz darslarda,
Biz "4"chimiz "5"chimiz,
A'lochi oʻquvchimiz.
II.Uy vazifa soʻrash va oʻtilgan mavzuni mustahkamlash.
"Jumboq hikoya" (Muhabbat Hamidova)ning hikoyasini oʻquvchilar mazmunini qayta soʻzlab berishdi.Berilgan hikoya yuzasidan savol- javob oʻtkaziladi.
-Hikoyada Sardor toʻgʻri ish qildimi?
-Siz she'rni qanday yodlaysiz?
-Sinfimizda ham Sardorga oʻxshagan oʻquvchilar bormi?
III. Yangi mavzu bayoni.
Bolajonlar, sinfizmizda kim qanday hunarlarni biladi? -Bugun biz sizlar bilan Tolib Yoʻldoshning "Hunarni sev" she'ri bilan tanishamiz.(Muallif haqida qisqacha maʼlumot beriladi).
Tolib Yoʻldosh bolalar va kattalarning ardoqli shoiri.U 1918-yil Toshkentda tugʻilgan.Uning bolalar va kattalar uchun yozgan asarlari va toʻplamlari mavjud.
She'r oʻqituvchi tomonidan ifodali oʻqib beriladi.Soʻng, sinfdagi ifodali oʻqiydigan yana bir oʻquvchi sheʼrni oʻqib beradi.She'rning mazmuni tushuntirish beriladi va she'rda uchragan notanish soʻzlar yuzasidan lugʻat ishi oʻtkaziladi.
Lugʻat ishi:
Chilangar- temirga ishlov beradigan kasb.
Bastakor-mumtoz musiqa asarlar muallifi.
Dam olish daqiqasi:
Bir oyoqlab turdi laylak,
Nogʻorani chaldi tak-tak.
Bir oyogʻi charchab qoldi,
Bitta baqa tutib oldi.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.
Oʻquvchilar "Hunarni sev" she'rini "Zigzag" usulida oʻqiydilar va she'r yuzasidan savol-javob oʻtkazadi.
1.She'r sizga yoqdimi?
2.Bizning sinfda ham hunar oʻrganayotganlar bormi?
3.She'rda hunarga qanday ta'rif berilgan?
4.Siz qaysi kasb yoki hunarni egallamoqchisiz?
5.She'rdan qanday xulosa chiqardingiz?
Oʻquvchilar javoblari toʻldiriladi va tarbiyaviy xulosa chiqariladi.
V.Darsga yakun yasash va oʻquvchilarni baholash.
Darsda faol qatnashgan oʻquvchilar a'lo baho va ragʻbat kartochkalari bilan taqdirlanadi.
VI. Uyga vazifa berish.
"Hunarni sev" she'rini ifodali oʻqish va yod olib kelish.
Do'stlaringiz bilan baham: |