Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 0,55 Mb.
bet36/103
Sana26.07.2021
Hajmi0,55 Mb.
#129400
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   103
Bog'liq
O'zbek tili nashrga-конвертирован

19-mavzu. Inson va salomatlik


Nazar solsang, yaxshi so‘z degan tabib: “Ovqatni oz yegan, yuradi kulib “

O‘qish uchun material

O‘zbekistonda tabobatning rivojlanishi

O‘zbek tabobati o‘zining boy merosi, tarixiga ega. IX asrning oxiri X asrning boshlarida yashab o‘tgan Abu Ali ibn Sino “Tib qonunlari” asari bilan butun dunyoni zabt etdi. Bu asardan XVII asrgacha Yevropada tibbiyot qo‘llanmasi sifatida foydalanib kelindi. XIV asrda Chaqminiy, XVI asrda Fahriddin Xo‘jandiy, Sultonali Xo‘jandiy, Yusuf Tabib kabilar Ibn Sino ta’limotini rivojlantirdilar. XX asrning boshlarida Turkiston xalq dorilfununining tashkil etilishi mahalliy shifokor mutaxassislarni tayyorlashda katta ahamiyat

kasb etdi.

1918-yilda O‘rta Osiyoda professor A.D.Grekov rahbarligida birinchi mikrobiologiya laboratoriyasi tashkil etildi. 1920-yilga kelib bu mikrolaboratoriya O‘lka bakteriologiya instituti deb ataldi.

Jarrohlik sohasida o‘tkir ko‘richak, o‘t toshi kasalligi, ichakdan qon ketishi, jigar serrozi, yarali kolit kabi kasalliklarni jarrohlik usulida davolash masalalari atroflicha o‘rganildi. 60-yillardan boshlab yurak porogini jarrohlik yo‘li bilan davolash usullari ishlab chiqildi. Fizioterapiya va kurortologiyaga oid olib borilgan izlanishlar natijasida respublikamizda ko‘plab mahalliy mineral suv va sifobaxsh

iqlimli joylar aniqlandi.

Hozir mustaqil O‘zbekiston hududida Toshkent Tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Toshkent farmatseftika instituti, Andijon, Buxoro tibbiyot institutlari va kollejlari, bir qator ilmiy tekshirish muassasalari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Lug‘at

o‘tkir ko‘richak – острый аппендицит qon ketishi – кровоизвлеяние yarali kolit – язвенный колит shofobaxsh – лечебный

o‘t toshi – желчная камень

Dorivor o‘simliklar

O‘zbekistonda juda ko‘p dorivor o‘simliklar o‘sadi. Ularning 500 dan ortiq turi qadimdan turli kasalliklarni davolashda, ularning oldini olishda qo‘llanib kelinadi. Ayni vaqtda ilmiy tibbiyotda ularning faqat 100 dan ortiq turidangina foydalanilmoqda.

O‘simliklardan sof holda ajratib olingan kimyoviy birikmalar ba’zan tirik organizmga kuchli ta’sir qiluvchi zaharli biologik faol moddalar bo‘lishi mumkin. Masalan, kuchala, parli isiriq, sariqgul, omonqora, afsonak, eshakmiya, qizilcha (efedra) va boshqalar zaharli o‘simliklar hisoblanadi. Shu bilan birga bir qancha aslida ovqatga ishlatiladigan o‘simliklardan shifobaxsh vosita sifatida foydalansa bo‘ladi. Quyidagilarni bunga misol qilib keltirish mumkin: anor, anjir, behi, kashnich, shovul, garmdori, zig‘ir, murch, turli xil moylar va boshqalar. Keyingi 4-5 yil ichida 10 ga yaqin yigma fitopreparatlar tibbiyot amaliyotida turli xil kasalliklarni davolashda ishlatilmoqda.


Berilgan so‘z va iboralarning ma’nosini bilib oling dorivor o‘simliklar, kimyoviy birikmalar, biologik faol moddalar, fitopreparatlar
Suhbat matni

Shifokor huzurida

Bir kuni ertalab tursam, boshim va tomog‘im og‘rib, issig‘im chiqayapti. Men shifokor huzuriga bordim. Ozoda xonada oppoq xalat kiygan shifokor opa o‘tirgan ekanlar. Men ularga salom berib, kirdim.


  • Keling, o‘tiring, qanday shikoyatingiz bor? – deb so‘radilar.

  • Boshim va tomog‘im og‘riyapti, – deb javob berdim.

  • Issig‘ingizni o‘lchadingizmi? – deb so‘radilar.

  • O‘lchadim, 37-38 daraja, – dedim men.

  • Og‘zingizni oching, tilingizni chiqaring. Yaxshi, og‘zingizni yoping, – deb shifokor tomir va yurak urishimni eshitib, qon bosimimni o‘lchab ko‘rdilar.

–Tomog‘ingizda yallig‘lanish bor, shu sababdan issig‘ingiz chiqqan. Harorat baland bo‘lgani hisobiga boshingiz og‘riyapti. Shunday deb, shifokor tomoq va bosh og‘rig‘ini qoldiruvchi dorilar yozib berdilar. Bundan tashqari, tomoqni chayib turish, ko‘proq suyuqlik ichish va dam olishni maslahat berdilar. Men rahmat aytib, chiqib ketdim.
Tarjima mashqi

Правильное питание

Здоровое питание - один из важнейших компонентов красоты и здоровья. Правильное питание поможет не только оставаться в прекрасной форме, но и позволит чувствовать себя более энергичным, легким и работоспособным.

Здоровое питание - это питание, обеспечивающее рост, нормальное развитие и жизнедеятельность человека, способствующее укреплению его здоровья и профилактике заболеваний. Соблюдение правил здорового питания в сочетании с регулярными физическими упражнениями сокращают риск хронических заболеваний и расстройств, таких как ожирение, сердечно-сосудистые заболевания, диабет, повышенное давление.

Для предотвращения этих заболеваний мы должны использовать в своем рационе разнообразную пищу. В дневном меню должны присутствовать компоненты из разных пищевых продуктов: фрукты, овощи, ягоды, грибы, зерновые и бобовые культуры, мясо, рыба, птица, молочные продукты, яйца, жиры, масла, зелень.

Правильное питание – главное условие здорового образа жизни человека. Здоровье человека имеет большую роль не только для самого человека, но и для общества.


Grammatik ma’lumot. Reportaj tayyorlash.

Reportaj - OAV sodir bo‘layotgan voqea –hodisalardan olib beriladigan mahalliy mavzulardagi xabar, maqola.

Reportaj (ing. report—yetkazmoq, xabar qilmoq)— jurnalistikaning informatsion janr turi. Bu janrda jurnalist (reportyor) bevosita oʻzi ishtirok etgan, shohidi boʻlgan, koʻrgan voqea hodisalar haqida zudlik bilan yorqin, atroflicha xabar beradi. Bunda, odatda, muallif voqealarni oʻz tilidan bayon etadi.

Reportajda barcha informatsion janrlar (lavha, hisobot, suhbat va sh.k.) unsurlari qoʻshilib ketadi, badiiy obrazlar, tarixiy dalillardan keng foydalaniladi.

Ommaviy axborot vositalari turiga (matbuot, radioeshittirish, telekoʻrsatuv) qarab materiallarni reportaj orqali yoritishning ayrim oʻziga xos xususiyatlari bor.

Matbuotda (asosan, gazetada) reportaj voqeaband va mavzuli (turli vaqtda boʻlgan voqealar bir mavzuga birlashtirilib bayon etiladi) boʻlishi mumkin. Bunday reportajlar, odatda, voqealar boʻlib oʻtgan joylardan

olingan fotosuratlar bilan bezatiladi. Matbuotda fotoreportajlar ham keng tarqalgan. Radio orqali beriladigan reportajda voqealar obrazli, jonli soʻzlar bilan tavsiflanib, hamma vaqt xronologik izchillik saqlanadi. Telekoʻrsatuvlardagi reportajda ekranda namoyish etilayotgan voqealar sharhlab beriladi.
Tarjima mashqi

Репортаж – информационный жанр журналистики, оперативно, с необходимыми подробностями, в яркой форме сообщающий о каком либо событии, журналистский материал о событии – так определяет понятие репортажа словарь русского языка. Важнейшая черта репортажа как информационного жанра– оперативность.


Topshiriq. “Shifobaxsh o‘simliklar” mavzusini “BBB” (Bilaman, Bilib oldim, Bilmoqchiman) texnologiyasi asosida ko‘rib chiqing.


    • Test topshiriqlari

  1. “Tib qonunlari” asaridan nechanchi asrgacha Yevropada tibbiyot qo‘llanmasi sifatida foydalanib kelindi?

a) XV asrgacha b) XX asrgacha

s) XVI asrgacha d) XVII asrgacha



  1. Mashhur “Kitob al-qonun fit-tib” (“Tib qonunlari”) nechta mustaqil asardan iborat?

a) 3ta b) 5ta s) 4ta d) 6ta

  1. To‘g‘ri ovqatlanish nima?

a) ovqatni vaqtida tanavvul qilish b) sog‘lom turmush tarzi

s) sport bilan shug‘llanish d) ovqatni me’yorida iste’mol qilish



  1. Reportaj bu –

  1. ommaviy axborotning aloqa vositasi

  2. jurnalistikaning informatsion janr turi

s) voqea-hodisalar haqidagi yorqin xabar

d) maqola, lavha, xabar



  1. Reportaj so‘zi qanday ma’noni anglatadi?

  1. nemischa so‘z bo‘lib “report” — “maqola”, “lavha”

  2. inglizcha so‘z bo‘lib “report” — “yetkazmoq”, “xabar qilmoq”

s) fransuzcha so‘z bo‘lib “report” — “muloqot”, “munosabat”

d) inglizcha so‘z bo‘lib “report” — “suhbat”, “hisobot”

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:


  1. Siz sog‘lom turmush tarziga amal qilasizmi?

  2. Qanday dorivor o‘simliklarni bilasiz?

  3. Inson salomatligida sportning o‘rni qay darajada?

  4. Reportaj tayyorlashning ayrim oʻziga xos xususiyatlari haqida ma’lumot bering.

  5. Radio orqali beriladigan reportaj bilan telekoʻrsatuvlardagi reportaj o‘rtasidagi farq haqida so‘zlang.


Uyga vazifa. “Jahon meditsinasi yutuqlari” mavzusida reportaj tayyorlang.


Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish