Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 0,55 Mb.
bet34/103
Sana26.07.2021
Hajmi0,55 Mb.
#129400
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   103
Bog'liq
O'zbek tili nashrga-конвертирован

18-mavzu. Tabiat va inson


Bahor tanga davo havosi shirin, Chaman ichra bulbul navosi shirin.

O‘qish uchun material

Tabiat va inson

Insonlar qadim zamonlardan beri tabiatni sevib ardoqlashga, o‘zlarini yashab turgan muhitning bir bo‘lagi sifatida his qilishga odatlanganlar. Ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan zardushtiylikning muqaddas kitobi bo‘lmish “Avesto”da ham yer, suv va unum ma’budalari, tabiat bilan bog‘liq kultlar haqida ma’lumot berilar ekan, ularning negizida tabiat va uning ne’matlariga ehtirom his-lari mavjudligi e’tirof etiladi. O‘zbek xalqining og‘zaki ijod namunalarida, buyuk allomalarimizning asarlarida, har bir oilaning madaniy va ma’naviy merosi zamirida ham ona tabiatga bo‘lgan mehr yotadi.

Ajdodlarimiz o‘zi yashab turgan hududni “ona yurt”, muhitni “ona tabiat” deb e’zozlab kelganlar. Ular qanday iqlim, qanday tabiiy sharoitda yashamasinlar, shu joyga moslashib, tabiiy resurslar bo‘lmish – suv, havo, tuproq, quyosh nuri va haroratini, hayvonot olamini, tabiat in’omlarini qadrlab kelganlar. Inson doimo tabiat bilan uyg‘unlikda yashagan.

Tabiat bilan inson o‘rtasidagi uygunlikni ta’minlashda ekologik tarbiyaning roli nihoyatda katta. Ekologik ta’lim va tarbiya XXI asr shaxsini shakllantirish jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi. So‘nggi yillarda atrof-muhit, hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish, tabiiy boyliklarimizni saqlash va asrab-avaylash muammolariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buni qabul qilingan “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida” (1992), “O‘simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida” (1997), “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida” (1993), “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”(1997), “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”(1996) va boshqa qonunlar asosida yaqqol ko‘rishimiz mumkin.

Vatanni sevish tabiatni sevishdan boshlanadi, yoshlarda ona tabiatga nisbatan haqiqiy muhabbat tuyg‘ysini hosil qilmay turib, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash mumkin emas.

O‘zbеkistonning o‘simlik dunyosi

Mamlakatimiz hududida to‘rt mingdan ortiq o‘simlik turi mavjud. Ularning ko‘pchiligi yovvoyi, ayrimlari madaniy holda va ba’zilari madaniy o‘simliklar orasida bеgona o‘t sifatida o‘sadi.

O‘zbеkiston tabiati nihoyatda xilma-xil va go‘zaldir. Baland tog‘lar, lalmikor qir-adirlar, qumloq cho‘llar, suv omborlari, daryolar, sеrhosil dalalar, ko‘m-ko‘k o‘rmon va mеvazor bog‘lar O‘zbеkistonning ko‘rkidir.

Cho‘llarda suvsizlikka chidamli tikanli o‘simliklar bilan bir qatorda, namni kam bug‘lantiruvchi saksovul daraxtlari o‘sadi.

Insoniyat hayoti o‘simliklar olami bilan uzviy bog‘liq, chunki o‘simliklar insonni to‘ydiradi, kiyintiradi, havoni tozalaydi, xo‘jalik va qurilish matеriali sifatida foydalaniladi, tuproqni eroziyadan saqlaydi, namlikni ushlab turadi, tuproqni oziqlantiradi. O‘simliklarning eng ajoyib xislatlaridan biri – ularning shifobaxshligidir. O‘simliklar bo‘lmasa, hayotning o‘zi ham bo‘lmaydi. Shuning uchun ularni asrab- avaylash, o‘sib, ko‘payishiga yordam bеrishimiz lozim. Yashil olam insoniyatning eng yaqin do‘sti ekanligini unutmaylik.

Lug‘at

zardushtiylik – зараостризм ma’buda – икона

iqlim – климат

lalmikor – богарный, неполивной uzviy bog‘liq – тесно связано

Berilgan so‘z va iboralarning ma’nosini bilib oling

zardushtiylik, e’zozlamoq, tabiat bilan uyg‘unlik, ekologik ta’lim va tarbiya, tabiat in’omlari, shifobaxshlik, tuproqni oziqlantirmoq

Tarjima mashqi

Проблема Аральского моря

На глазах одного поколения происходит постепенное исчезновение второго по величине (после Каспийского моря) внутреннего водоёма страны.

Аральское море – саморегулирующаяся система, которая зависит от прихода и расхода воды. При уменьшении притока воды падает её уровень, уменьшается площадь акватории.

За последние двадцать лет из-за увеличения площади орошаемых земель и потерь при испарении уровень Аральского моря понизился почти вдвое.

В результате Арал разделяется на две самостоятельные акватории: глубоководную западную и значительно меньшую по площади мелководную северо-восточную – Большое и Малое море. Возможно, снижение уровня в Малом море прекратится примерно через пять лет.

Аральская катастрофа – тяжёлый урок нашим потомкам. Нужны срочные меры по спасению моря, по возвращению людям нормальной среды обитания.

Человек и природа

Человеческий организм во многом связан со всеми компонентами биосферы – растениями, насекомыми, микроорганизмами. Он входит в великий круговорот природы и следует её законам.

Конечно, человек отличается от всех животных, являясь составной частью особой, социальной среды – общества. А это означает, что он может не только приспосабливаться к природе за счёт своего биологического совершенства, но и изменять природу, занимаясь трудом.

На заре человеческого общества воздействия человека на биосферу были незначительны. Теперь это вмешательство приобретает огромные масштабы.

“Tabiat va inson” mavzusi bo‘yicha tuzilgan “Muammo” texnologiyasi

Tabiatda mavjud muammolardan birini tanlab, uni yechishga qaratilgan



Мuammoning turi

Мuammoning кеlib chiqish sabablari

Мuammoni yechishda sizning

harakatlaringiz



Muammoni yechishdagi to‘siqlar

Тоza ichimlik suvining kamligi

Suvni toza saqlashga e’tibor ning kamligi..

Suvni saqlashga oid tadbirlarlar o‘tkazish

Targ‘ibotchi

va tashviqotchi kadrlar mahoratining

pastligi














She’rni ifodali o‘qing
Qon yig‘latdi qaysi bag‘ritosh,
JAYRON

Ey beozor, ey mo‘min jonzot,



Jayron, nega ko‘zing to‘la yosh? Oyog‘ingga qo‘yib yotay bosh, Jayron, nega ko‘zing to‘la yosh? Yurak qoning to‘kilgan so‘qmoq

Bag‘ri alvon lolaqizg‘aldoq, Senga toshlar otdi qay gumroh, Jayron, nega ko‘zing to‘la yosh? Zor yig‘lading buncha ham hayhot,



Menda ham bor sendagi sayyod,

Lug‘at

Jayron, nega ko‘zing to‘la yosh? Bu dunyoning nokaslari bor, Ezgulikni ko‘rolmaydilar.

Meni ham qon qildilar ular, Jayron, nega ko‘zing to‘la yosh? Labim bilan yarang silayman, Senga dardi shifo tilayman,

Kel, tug‘ishgan og‘ang bo‘lay man,

Jayron, nega ko‘zing to‘la yosh?

(Muhammad Yusuf)


jayron – ohularning Suriya, Eron, Afg‘oniston, Zakavkazye va O‘rta Osiyoda tarqalgan bir turi

sayyod – ovchi

nokas – vijdoni, insofi yo‘q, yaramas, qabih, pastkash tug‘ishgan – bir ota-onadan tug‘ilgan, yaqin qarindosh.
Diqqatingizni jamlang!


  1. She’rni o‘qing. Odam, Tabiat, Olam o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushuntirishga harakat qiling.

  2. «Yurak qoning to‘kilgan so‘qmoq, Bag‘ri alvon lolaqizg‘aldoq» misralari mazmunini qanday tushunasiz?

  3. Shoir «Menda ham bor sendagi sayyod» deganda nimani nazarda tutgan bo‘lishi mumkin?

  4. Shoirning jayronga mehri jo‘shqin ifodalangan o‘rinlarni qayta o‘qing, she’rni hayot bilan bog‘lab bahs o‘tkazing.

Grammatik ma’lumot. Intervyu olish va intervyu berish qoidalari.

Intervyu (ing. interview — uchrashuv) — publitsistika janri. Jurnalistning bir yoki bir necha shaxs bilan dolzarb masalalar yuzasidan suhbati. Intervyu ikki turga boʻlinadi:

Intervyu -xabar, asosan, axborot yetkazish maqsadida oʻtkaziladi;



Intervyu tahlilda — muhim voqea, hodisa va hujjatlar sharhlab beriladi. Intervyuda, suhbat tabiiy, samimiy, mazmunli, maroqli, muammoband chiqishi uchun har ikki tomonning bir-birini yaxshi bilishi, faolligi, topqirligi muhim. Odatda, tashabbus savol beruvchidan chiqadi. Dolzarb mavzuni belgilash, tagdor savollar berish, ko‘pchilikni qiziqtiradigan, o‘ylantiradigan og‘riqli masalalarga e’tiborni qaratish ko‘p jihatdan unga bog‘liq. Intervyu hajmi nisbatan kichik, imkoniyati torroq bo‘lgani bois savol-javobda, publitsistik tadqiqotda juda uzoqqa, juda chuqur ketish bo‘lmasligi ayon, muhim masala qo‘yish, muammoning uchini chiqarish, muhim dalil, misollar keltirishning o‘zi katta gap.

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish