Kirish Asosiy qism Tuproq hosil qiluvchi abiotik omillar



Download 1,19 Mb.
bet1/10
Sana03.07.2021
Hajmi1,19 Mb.
#108688
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
achchiqqq


Mavzu:Achchiq qalampir yetishtirish texnologiyasi

Reja:

  1. Kirish

  2. Asosiy qism

  1. Tuproq hosil qiluvchi abiotik omillar

  2. Ma’lum hudud ob-havosi va uning ko‘p yillik rejimi

  3. Achchiq qalampir yetishtirish texnologiyasi

  4. Achchiq qalampir yetishtirish boʻyicha tavsiyalar

  1. Xulosa

  2. Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish

O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin o‘z oldiga dunyo andozalari darajasidagi ta’lim va tarbiyaga erishishni maqsad qilib qo‘ydi. Bu muhim vazifani amalga oshirishda dastlabki qadam O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis IX sessiya- sida so‘zlagan nutqi (l997-yil 29-avgust) hamda «Ta’lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol av- lodni voyaga yetkazish to‘g‘risida»gi Farmoni bo‘ldi.«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun, «kadrlar tayyorlashning milliy dasturi» va Vazirlar Mahkamasining l998-yil 5-yanvardagi «Uzluksiz ta’lim tizimini darsliklar va o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlashni takomillashtirish to‘g‘risida»gi 4-sonli qarorida ilgari chop etilgan darsliklar va o‘quv adabiyotlarini har tomonlama taqrizdan o‘tkazish, millatimiz mafkurasi talablariga javob bermaydiganlari o‘rniga yangi ta’lim tizimiga mos keladiganlarini yaratishni dolzarb masala qilib qo‘ydi. Yuqorida keltirilgan talablarni hisobga olgan holda «O‘simlik mahsulotlari yetishtirish texnologiyasi» fani bo‘yicha darslik yaratish zarurati paydo bo‘ladi. Chunki, oziq-ovqat muammosini hal qilmay turib, xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarini rivojlantirib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash davlat ahamiyatiga molik vazifa sanaladi.

Oziq-ovqat muammosini hal qilish ko‘plab o‘simlik va chorva mahsulotlari yetishtirishni taqozo qiladi. Aholini o‘simlik va chorva mahsulotlariga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish uchun ekinlar- ning yuqori hosilli navlarini katta maydonlarda yetishtirish, chorva mollarining mahsuldor zotlarini ko‘paytirish hamda boqishni to‘g‘ri tashkil qilish lozim.

Buning uchun tuproqshunoslik, agrokimyo, melioratsiya, su- g‘orish, mexanizatsiya-avtomatizatsiyalash va boshqa qishloq xo‘jaligiga oid fanlar bilan bir qatorda, o‘simlik va chorva mollari mahsulotlari yetishtirish texnologiyasini yaxshi biladigan agronom va zootexniklarni tayyorlash lozim.

Chunki, faqat agronomiya va chorvachilik ilmini yaxshi bila- digan fidoyi mutaxassislargina o‘simliklarning serhosil navlari, mollarning mahsuldor zotlari, yer, suv, ishchi kuchi, mexanizatsiya, avtomatizatsiyadan samarali foydalanish yo‘li bilangina oziq-ovqat mahsulotlarini bugungi kun talablari asosida to‘la-to‘kis qondira oladigan darajada yetishtirish vazifasini bajara oladilar. Mutaxassislarni tayyorlashda muhim tadbiriy choralar bilan bir qatorda, o‘qitish jarayonlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, talabalarni darsliklar bilan ta’minlash ham muhim ahamiyatga ega.

«O‘simlik mahsulotlari yetishtirish texnologiyasi» darsligi o‘quvchilarga mashg‘ulotlarda va mustaqil o‘qish yo‘li bilan olgan bilimlarini amalda qo‘llashga imkon beradi.

Bo‘lajak mutaxassislar quyidagilarni yaxshi bilishlari lozim:



  • tuproq omillarining o‘simliklarga ta’siri (tuproqning tar- kibiy qismlari, xossalari), unumdorligi, tuproqning sho‘rlanishi va uning melioratsiyasini;

  • tuproqning suv, issiqlik, havo rejimlari, tuproq eroziyasi, defolatsiyasini;

  • iqlim omillarining o‘simliklarga ta’siri va ularni boshqarishni (issiqlik, havo, suv, yorug‘lik, oziqa rejimlari);

  • o‘simliklarning rivojlanish bosqichlariga tashqi muhitning ta’sirini;

  • qishloq xo‘jaligi ekologiyasini (tuproq, suv, havo, oziqa);

  • dehqonchilik tizimi va ularning o‘simliklar mahsuldorligiga ta’sirini (almashlab ekish, yerni ishlash tizimi, o‘g‘itlash, o‘simliklar zararkunandalari, hasharotlar, kasalliklar va begona o‘tlarga qarshi kurashishni, urug‘lar xususiyatlarini, ekish maromlari, ekish texnikasi va boshqa jarayonlarni);

  • «O‘simlik mahsulotlari yetishtirish texnologiyasi» fanining nazariy va amaliy asoslarini;

  • o‘simlik mahsulotlari yetishtirish texnologiyasini amalga oshirishda qo‘llaniladigan qishloq xo‘jaligi mashina va asboblarining ishlash tamoyillarini;

  • o‘simlik mahsulotlari yetishtirish texnologiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni boshqarishni;

  • o‘simlik mahsulotlarini saqlash va sifatini nazorat qilish masalalarini.

Yuqorida keltirilgan bilimlarni egallash uchun qishloq xo‘jaligi mutaxassislari yer, suv, o‘g‘it, texnika, ishchi kuchidan samarali foydalanishlari, o‘simliklarning yuqori hosilli navlarini tanlash, o‘simlik mahsulotlari yetishtirishning yangi, ilg‘or texnologiyalarini yaratishlari kerak bo‘ladi.

Ko‘plab o‘simlik mahsulotlari yetishtirish chorvachilikning rivojlanishiga ham bog‘liq. Chunki, chorva mollari o‘simliklarning ikkinchi darajali mahsulotlarini (somon, to‘pon va shunga o‘xshashlarni) go‘sht, sut kabi qimmatbaho mahsulotlarga aylan- tiradi, o‘simliklar uchun zarur bo‘lgan organik o‘g‘itlarni hosil qiladi. O‘simlik va chorva mahsulotlarini ko‘plab yetishtirish xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarini jadal rivojlanishiga imkon beradi. Ekin maydonlari cheklangan, uni boshqa vositalar bilan qo’llab bo‘lmaydi. Yerga o‘z vaqtida g‘amxo‘rlik qilinib, unumdorligi oshirib borilsa, uning ishlab chiqarish qobiliyati pasaymaydi, aksincha, tobora ortib boradi. Undan oqilona foydalanish vazifa- laridan biri ekiladigan ekinlarni to‘g‘ri tanlab, ularni me’yorida joylashtirishdir. Faqat shunday qilingandagina har gektar maydondan yuqori sifatli, mo‘l va arzon mahsulot olish mumkin.

O‘simliklar mahsuldorligi ularning yetishtirish texnologiyasiga, navlariga va hosilni o‘z vaqtida nobud qilmasdan yig‘ishtirib olishga bog‘liq. Hozirgi vaqtda ilm-fan o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi xususida yetarli ma’lumotlarga ega. Shuning uchun iqlim va tuproq sharoiti, o‘simlik navi, biologiyasi, yetishtirish texnologiyasi, ayniqsa, sug‘oriladigan yerlar hisobga olingan holda kutilgan hosilni oldindan rejalashtirish mumkin.

Ilg‘or texnologiya eng ko‘p, yuqori sifatli, arzon mahsulot olishni ta’minlamog‘i lozim. Buning uchun ishlab chiqarishni tobora jadallashtirish, mexanizatsiyalashtirish, kimyoviy modda- larni keng qo‘llash, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, o‘simlik mahsulotlari yetishtirishdagi texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish lozim.



O‘simlik mahsulotlarini yetishtirishda avtomatlashtirishni keng qo‘llash, mehnat unumdorligini keskin oshirish, xizmat qiladigan ishchilar sonini kamaytirish va yetishtiriladigan mahsulotning tannarxini arzonlashtirish zarur. O‘simlik mahsulotlarini yetishtirish texnologiyasini o‘rganish fizika, matematika, meteorologiya, biologiya, seleksiya, urug‘chilik, fiziologiya, tuproqshunoslik, dehqonchilik asoslari, melioratsiya, mexanizatsiya, avtomatizatsiya va boshqa fanlarning ma’lumotlaridan keng foydalanishni, shu bilan birga, ilg‘or tajriba asosida ish olib borishni taqozo qiladi.

Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish