Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 0,55 Mb.
bet32/103
Sana26.07.2021
Hajmi0,55 Mb.
#129400
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   103
Bog'liq
O'zbek tili nashrga-конвертирован

16-mavzu. XXI asrda innovatsiyalar


Qaysi ishda ustun esa zakovat,

Begumon, o‘sha ish gurkirar faqat.

O‘qish uchun material

XXI asrda innovatsiyalar

Inson yaralibdiki, hayotiga qandaydir yangilik kiritishga intiladi. Innovatsiya (ing. innovation) – yangilik kiritish, yangilanish, nimanidir o‘zgartirish demakdir.

Bugungi global taraqqiyot sharoitida axborot texnologiyalari ahamiyatini oshirishning yanada zamonaviy, innovatsion usullarini izlab topish, axborotlashtirish jarayoniga har tomonlama ko‘maklashish, ularni hayotga keng joriy etish davlat faoliyatining muhim strategik yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda. Barcha sohalarda, xususan, ta’lim sohasida ham axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal qo‘llash, mazkur tarmoqni zamon talablariga mos ravishda, xorij tajribalaridan foydalangan holda rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda.

Biz uchun g‘oyat quvonchli tomoni shundaki, ta’lim sohasidagi innovatsiyalar ko‘rsatkichi bo‘yicha O‘zbekiston innovatsiyalar reytingi ro‘yxatida 75,38 ball bilan dunyoda ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Birinchi o‘rinni 75,70 ball bilan Irlandiya band etgan. Daniya, Yangi Zelandiya, Islandiya, Belgiya singari bir guruh rivojlangan Yevropa va boshqa qit’a mamlakatlari ushbu ro‘yxatning keyingi o‘rinlaridan joy olgan.

Xulosa qilib aytganda, XX asrga qadar turli kashfiyotlar, yangiliklar yillar, ba’zan asrlar davomida amalga oshirilgan bo‘lsa, XXI asrga kelib ma’lum sohalardagi yangiliklar qisqa muddatlarda hayotga tatbiq etilayotganligi asrimizning tom ma’noda, innovatsiyalar asri ekanligini tasdiqlaydi.

Yurtimizning yetuk mutaxassislari bilan bir qatorda yosh olimlar tomonidan ta’lim va boshqa sohalarni bir pog‘ona yuqoriga ko‘tarish yo‘lida qilinayotgan ishlar O‘zbekiston yoshlari jahon yoshlari bilan bemalol bellashishga tayyor ekanliklariga ishora qiladi.


Berilgan so‘z va iboralarning ma’nosini bilib oling

hayotiy zarurat, global taraqqiyot, ta’lim tizimini takomillashtirish, ta’lim samaradorligini oshirish, zamon talablari

Suhbat matni

Fotografiyaning ixtiro qilinishi


  1. asrda amalga oshirilgan ko‘plab ajoyib ixtirolar ichida, shubhasiz, fotografiya eng asosiylaridan biri hisoblanadi. O‘sha davrlarda odamlarni «lahzani to‘xtatish» degan nom bilan hayratga solgan ushbu ixtiro haqiqatan ham tarixdagi eng buyuk ixtirolar sirasiga kiradi.Biz hozir smartfonimiz, yoki, mashhur brendning yuqori sifatli raqamli foto-videokameralari yordamida istagan narsamizni osonlik bilan suratga tushira olamiz. Ijtimoiy tarmoqlardagi eng bo‘lmag‘ur selfimaniyalardan tortib, ilm-fan uchun beqiyos ahamiyatga ega fotosuratlargacha – hamma-hammasi birgina tugmachani yengil bosish orqali juda osongina amalga oshirilmoqda. Hozirda fotosurat olish uchun maxsus o‘quv kurslaridan o‘tish va uyda bir qancha maxsus jihozlardan iborat fotolaboratoriyaga ega bo‘lish shart emas. Smartfon tugmasini yengil bosasiz va tamom! Fotosurat tayyor. Uni istasangiz internetga joylaysiz, istasangiz qog‘ozga chop etib, albomga yopishtirasiz... xullas, hozirgi avlod uchun fotosurat olish – bir daqiqalaik ishga aylanganligi chin haqiqat.

Lug‘at



jamiyat – общество zarurat – необходимость
Tarjima mashqi

bellashmoq – созтезаться tasdiqlamoq – утверждать



Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur, zamona ilmi fanidan bebahra millat boshqalarga poymol bo‘lur. (Mahmudxo‘ja Behbudiy)

Aql kirishi uchun aql tishi chiqishini kutib o‘tirish shart emas. (O‘tkir Hoshimov)


Grammatik ma’lumot. Ilmiy uslub va uning xususiyatlari.

Ilmiy uslub ilmiy asarlar uslubidir. Til birliklarining fan sohasida, ilmiy bayon jarayonida ishlatilishi mazkur uslubning shakllanishiga asos bo‘ladi. Ilmiy tafakkur fikrlashning o‘ziga xos usuli ekanligi, obyektiv borliqni idrok etishda faqatgina dalil va faktlarga tayanish, fikriy izchilik kabi ekstralingvistik omillar ham nutqning ushbu turining shakllanishida, binobarin, nutqiy me’yorning o‘ziga xos turining yuzaga kelishida muhim omil sanaladi.

Ilmiy uslubning janr xususiyatlari ham keng. Monografiya, risola, darslik, o‘quv qo‘llanmasi, o‘quv-metodik qo‘llanma, dastur, ma'ruza matnlari, taqriz va referat singarilar uning ana shu janr ko‘rinishlari


hisoblanadi. Garchi ularning har birining bayon usuli va uslubi ma’lum darajada bir-birlaridan farq qilsa-da, til birliklaridan foydalanish me’yoriga ko‘ra umumiylikni tashkil etadi.

Ilmiy uslub tabiat va ijtimoiy hayotdagi barcha narsa hamda hodisalar to‘g‘risida aniq, asoslangan, izchil ma’lumot berishda qo‘llanadi. Unda narsa-hodisa mohiyatini ta’riflash, tahlil qilish, sababini aniqlab, dalillar bilan isbotlash va asosli natijalarni bayon etish muhim hisoblanadi. Maxsus atamalar bu uslubning leksikasini tashkil qiladi, unda adabiy me’yorga qat’iy rioya etilgani holda majhul nisbatdagi fe’llar va murakkab qurilishli gaplar keng ishlatiladi. Ilmiy uslub bilimning turli sohalariga qarab, kimga mo‘ljallanganligiga nisbatan o‘zaro farqlanadi. Ilmiy uslubdagi kitoblar ilm-fanga oid ma’lumotlar berish bilan mutaxassislargagina mo‘ljallanishi yoki bunday ilmiy ma’lumotlar keng ommaga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Keng jamoatchilikka tushunarli bo‘lgan, tasvir bayonida emotsionallik, obrazlilik mavjud bo‘lgan uslub ilmiy-ommabop uslub sanaladi. Ko‘pchilikka mo‘ljallangan ma’ruzalar, risola va darsliklar shu uslubning ko‘rinishlaridir.

Ilmiy-ommabop uslubda maxsus atamalar kam ishlatiladi (ishlatilganda esa izohi beriladi), fikrlar qiziqarli tilda tushuntiriladi, bayonda obrazlilikni ta’minlovchi badiiy tasvir usullaridan foydalaniladi.
Topshiriq. Berilgan atamalarni soha bo‘yicha guruhlarga ajratib yozing. Nutq uslubi, zulzila, kasr sonlar, qimmatli qog‘ozlar, turg‘un birikmalar, hujayra, epitet, xarita, televideniye, inqiroz, fotosintez, molekula, inflyatsiya, tovush, fonema, optika, organika, ekologiya, matritsa, metafora, umurtqalilar, oqsil, tasviriy ifoda, tenglama, kontur chizig‘i, urg‘u, ildizpoya, diagramma, urug‘chilik, mezolit, hujayra, kasr,

to‘pgullar, fotosintez, konus, silindr.



Topshiriq. “So‘z ustasi” o‘yini asosida o‘z sohangizga oid ilmiy atamalar zanjirini tuzing.

Namuna: fonetika – affiks – sintaksis – sinekdoxa – atama –

..............





  • Test topshiriqlari

  1. Axborot berish va ta’sir qilish qaysi uslubning muhim xususiyati hisoblanadi?

    1. so‘zlashuv uslubi b) publitsistik uslub

s) rasmiy uslub d) ilmiy uslub

  1. Ichi qora, haqqi yo‘q, mazza kabi birliklar asosan qaysi uslubga xos?

a) so‘zlashuv uslubga b) publitsistik uslubga

s) badiiy uslubga d) rasmiy uslubga



  1. Har bir fan sohasining o‘ziga xos atamalariga tayanuvchi, fikrni aniq va ixcham shaklda bayon qiluvchi uslub qanday nomlanadi?

a) publitsistik uslub b) badiiy uslub

s) ilmiy uslub d) rasmiy uslub

  1. Adabiy til uslublarining qaysi biri inson amaliy hayotining barcha tomonlarini qamrab oladi?

a) publitsistik uslub b) ilmiy uslub

s) badiiy uslub d) so‘zlashuv uslubi



  1. Innovatsiya so‘zining lug‘aviy ma’nosini toping.

a) topqirlik b) yangilik s) yaratuvchilik d) bilimdonlik
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:

  1. XXI asrning eng muhim innovatsiyalari haqida nimalarni bilasiz?

  2. Ta’lim sohasidagi innovatsiyalarning amaliy ahamiyati nimalarda aks etadi?

  3. Innovatsiya so‘zining lug‘aviy ma’nosi nima?

  4. Ilmiy uslubning qanday o‘ziga xos jihatlari mavjud?

  5. Ilmiy uslubning qanday turlari bor?


Uyga vazifa. Tanlagan sohangizga oid yangi innovatsiyalar xususida ma’lumot tayyorlang.

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish