Uyatsiz kimsadan andisha yiroq, Uyatsizdan yiroq yurgan yaxshiroq.
O‘qish uchun material
Internet
Internet – [lot-. Inter – aro va net (work) – tarmoq] – katta (global) va kichik (lokal) kompyuter tarmoqlarini o‘zaro bog‘lovchi butunjahon kompyuter tizimi. Unda geografik o‘rni, zamon va makondan qat’iy nazar, ayrim kompyuter va mayda tarmoqlar o‘zaro hamkorlikda global informatsiya infratuzilmasini tashkil etadi. Qaydnomalar tizimi bilan boshqariladigan barcha hosila tarmoqlar hamkorlikda iste’molchilarga ma’lumotni saqlash, e’lon qilish, jo‘natish, qabul qilish, izlash va ma’lum bo‘lgan barcha variantlar (matn, tovush, videotasvir, fotosurat, grafika, musiqa tarzida va boshqa ko‘rinishlar)da ma’lumotlar almashinishga imkon yaratadi.
Internet tizimi XX asrning 60-yillarida paydo bo‘ldi. 80-yillar o‘rtalarida internetni jamoat va tijorat tarmoqlariga ulash natijasida internet tizimi ham kengaydi, ham sifat jihatidan rivojlandi. 90-yillarda internet tizimini boshqarish borasida tub o‘zgarishlar yuz berdi.
Internet standartlar tizimi hisoblanadi. U o‘z faoliyatida o‘zini - o‘zi boshqarish falsafasiga rioya qilib faoliyat yuritadi. Hozirgacha uni boshqarib turadigan yagona tashkilot yo‘q.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Intrnet” ning xalqaro axborot tizimlariga kirib borishini ta’minlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (2001) O‘zbekistonning bu borada xalqaro miqyosda o‘z mavqeiga ega bo‘lishiga xizmat qiladi. O‘zbekistonda ma’lumotlarni uzatish milliy tarmog‘i O‘zPAK Davlat kompaniyasi va O‘zNET tarmog‘idan iborat.
O‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida xalqaro internet tarmog‘iga ulanish O‘z PAK Davlat kompaniyasining xalqaro kanallari orqali ta’minlanadi. O‘zbekistonda internetdan foydalanuvchilar soni kundan-kunga ortib bormoqda. Internet tizimida O‘zbekistonning yuzlab saytlari faoliyat yuritmoqda.
Lug‘at
tarmoq – сеть, отрасль haqiqat – правда, истина
kashfiyot – открытие, изобретение
axborot texnologiyalari – информационные технологии ilm – наука, знание
Kompyuterlar
Kompyuterlar avlodlari dastlab XVIII asrda kashf etilgan. Uning asosini elektron lampalar tashkil qilgan. Uning hajmi juda katta bo‘lgan. U faqat qo‘shish va ayirish amallarini bajargan.
Keyingi hisoblash mashinalari tranzistorlar asosida qurilgan bo‘lib, hajmi birmuncha kichraytirilgan, tezkorligi birinchi avlodga nisbatan bir necha marta oshgan. Bu avlod mashinalarida qo‘shish va ayirish amallaridan tashqari, bo‘lish amali ham bajarilgan. Tranzistorga asoslangan hisoblash mashinalari qattiq disklar asosida ishlagan.
Uchinchi avlod kompyuterlari 50–60-yillarda paydo bo‘lib, ular integral sxemalarga asoslanib qurilgan.
To‘rtinchi avlod kompyuterlari KISlarga asoslangan va nihoyatda tezkor va katta xotira hajmiga ega bo‘lgan.
Hozirgi zamonaviy beshinchi avlod kompyuterlari fototoklarga asoslangan bo‘lib, nihoyatda katta imkoniyatlarga ega.
Tarjima mashqi
Компьютер
На сегодняшний день самой популярной техникой для дома и офиса является персональный компьютер. Его можно использо-вать и для отдыха, и для работы. С его помощью можно просмат-ривать видео, работать с документами, обрабатывать фото и видео-файлы, играть в игры и использовать в качестве развлекательного центра. Но самый главный плюс техники даже не в этом.
Компьютер – это всегда престижно, удобно и без него многие просто не могут обходиться. А уж о том, какое значение имеют компьютеры на производстве, в научной отрасли и быту, и говорить не приходится.
С чем бы мы не сталкивались в повседневной жизни, все работает на базе компьютера. Банковские системы, торговые сети, сфера образования, науки и развития технологий, медицина, промышленность, да и любая другая сфера, так или иначе касающаяся нашей жизни, для обеспечения своей работоспособности использует компьютер.
Grammatik ma’lumot. Og‘zaki-yozma uslub va uning xususiyatlari. Og‘zaki so‘zlashuv uslubi grammatik qurilishi sodda, qisqa, mazmunan ta’sirchan bo‘ladi. Bunda xalq maqollari, masallar, rivoyat va ertaklar, latifa va qo‘shiqlar, so‘z o‘yinlari-pichinglar, hazil-
mutoyibalar, askiya va qochirimlar muhim manba sanaladi.
So‘zlashuv nutqida ona tilidagi bor imkoniyatlardan foydalanilsa
ham, har bir soha, kasb, guruh kishilarining nutqida o‘ziga xoslik seziladi: olimlarning suhbati bilan ishchi, xizmatchi, dehqonning so‘zlashuvida farq bo‘ladi. Hatto erkag-u ayollar so‘zlashuvi o‘rtasida ham ba’zi farqli jihatlar kuzatiladi. Ayollar suhbatiga: voy o‘lay, voy sho‘rim, voy o‘lmasam, girgitton bo‘lay, aylanay, o‘rgilay kabi iboralar xos bo‘ladi.
Jonli nutq jarayonida uslubiy bo‘yoq iboralaridan keng foydalaniladi, bu nutqda ,,xom” ibora va gaplar, behayo so‘zlar ham uchraydi. Ba’zan bunday qatlamlar badiiy asarlardan ham o‘rin oladi. So‘zlashuv uslubi yozma nutqqa ko‘chganda ma’lum bir fonetik, leksik, grammatik qonuniyatlarga asoslanadi. Yozma nutq adabiy til me’yorlari asosida tuzilgan nutqdir.
Bugungi kunda kundalik hayotimizda nutq uslubining yana bir shakli namoyon bo‘lmoqda. Bu uslub og‘zaki-yozma uslub deb yuritiladi. Bu uslub asosan yoshlarning telefon, smartfonlardagi sms yozishmalari, telegramm, feysbuk, chat kabi tarmoqlar orqali amalga oshiriladigan muloqotlari tilida uchraydi. Og‘zaki-yozma uslubning yoshlar orasida ommalashuviga bu uslubdagi so‘z va jumlalarning nihoyatda qisqartirib berilishi, turli xil shakllar va belgilarning keng ko‘lamda ishlatilishi va, asosiysi, adabiy til me’yorlariga amal qilinmasligi hamda imlo qoidalaridan holi ekanligi sabab bo‘lmoqda. Bundan tashqari, bu uslubda sheva unsurlari, tilning noodatiy qatlamiga kiruvchi varvar so‘zlar, vulgar so‘zlar, jargon hamda argoga taalluqli so‘zlardan keng ko‘lamda foydalaniladi. Masalan: qaley, ok.misan, che gap, man ok.man
Topshiriq. O‘qing. Matnning qaysi uslubga mansubligini ayting.
Olimlar kompyuterni inson miyasidan andoza olib yaratgan. O‘ylaydi. Hisob-kitob qiladi. Muammoni yechadi. Xulosa chiqaradi. Eslab qoladi. Faqat kompyuterning insondan bitta ustunliga bor: keraksiz axborotni xohlagan paytda xotirasidan o‘chirib tashlashi mumkin. Odam esa yomon xotiralarni miyasidan o‘chirib tashlolmay aziyat chekadi... ( O‘. Hoshimov)
Topshiriq. O‘qing. Quyidagi hikmatli fikrlarning ma’nosini izohlang.
Ilm maskanlarida faqatgina fikr erkinligi, chinakam ijod va izlanish hukmron bo‘lmog‘i zarur.
Ilmga intilish yo‘qolsa, fan taraqqiy etmaydi, ilm - fan rivojlanmasa, jamiyatning kelajagini tasavvur etib bo‘lmaydi.
Ilm-ma’rifatga qiziqishi sust millatning kelajagi ham bo‘lmaydi.
Ba’zan bittagina ilmiy kashfiyot mamlakatni butun dunyoga mashhur qiladi.
Berilgan gap nutq uslublarining qaysi biriga xos? Adabiy nutqning muayyan sohadagi muloqot uchun moslashtirilgan, bir qator o‘ziga xos xususiyatlari bilan farqlanib turadigan ko‘rinishlari — uslublari mavjud.
a) badiiy b) ilmiy s) publitsistik d) rasmiy
Berilgan gap nutq uslublarining qaysi biriga xos?
Bugun O‘zMUning Madaniyat saroyida “Yoshlik bahori” festivalining yakunlovchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
a) badiiy b) ilmiy s) publitsistik d) rasmiy
Voqea -hodisalar haqida aniq, dalillarga asoslangan, tezkor ma’lumotlar beruvchi nutq uslubi –
a) rasmiy-idoraviy uslub b) badiiy uslub
s) ilmiy uslub d) publitsistik uslub
Qaysi qatorda adabiy tilga to‘g‘ri ta’rif berilganini aniqlang
Qadimgi turkiy til adabiy til deb ataladi
Ilmiy asar tili adabiy til hisoblanadi
s) Badiiy asar tilini adabiy til deb ataymiz
d) Umumxalq tilining sayqallangan, ma’lum me’yorga solingan shaklidir.
Berilgan gap nutq uslublarining qaysi biriga xos?
Xalq ertangi kuni yaxshiroq bo‘lishini istasa, birlashmog‘i, uyushmog‘i va haqiqat uchun kurashmog‘i kerak.
a) badiiy b) ilmiy s) publitsistik d) rasmiy
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Internetdan foydalanish madaniyatiga egamisiz?
Ham og‘zaki, ham yozma savodxonlikka erishish uchun nimalar qilish kerak?
XXI asr axborot tezligi asri tushunchasini siz qanday izohlaysiz?
Obrazlilik va estetik ta’sir etish qaysi nutq uslubining muhim belgisi?
Hozirda internetni boshqaruvchi tashkilot bormi?
Uyga vazifa. Ta’lim jarayonida eng ko‘p foydalaniladigan internet saytlari ro‘yxatini tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: |