Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston milliy universiteti


-mavzu. Adabiyot – ma’naviyatni yuksaltiruvchi manba



Download 0,55 Mb.
bet25/103
Sana26.07.2021
Hajmi0,55 Mb.
#129400
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   103
Bog'liq
O'zbek tili nashrga-конвертирован

12-mavzu. Adabiyot – ma’naviyatni yuksaltiruvchi manba


So‘zni o‘ylab so‘zla, yasha qayg‘usiz, Bekor berma vaqtni, chekmaysan afsus.

O‘qish uchun material

Adabiyot – so‘z san’ati

Badiiy adabiyotning inson hayotida juda katta o‘rin tutishining muhim bir sababi undagi tasvir imkoniyatlarining g‘oyat keng ekanligidadir. Dunyodagi hech bir san’at turi badiiy adabiyotning o‘rnini bosa olmagani holda adabiyot bir qator san’atlarga xos xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtiradi. Ko‘plab san’at turlari hayotning, inson kechmishlarining muayyan bir turg‘un holatinigina aks ettira oladi, badiiy adabiyot esa ma’lum obraz hayotining hozirini qanday tasvirlay olsa, uning o‘tmishini ham, kelajagini ham shu taxlit batafsil va teran ifoda eta oladi. To‘g‘ri, kino, teatr singari san’at turlarida ham bunday imkoniyat bor. Lekin shuni unutmaslik kerakki, har qanday film yoki spektakl asosida badiiy so‘z turadi. Rassomlik, haykaltaroshlik, raqs va hokazo san’at turlarida timsolning birgina holati ifoda etiladi, xolos. Badiiy adabiyot esa timsolni har jihatdan keng ko‘lamda va teran tasvirlash imkoniyatiga ega.


Navoiy dahosiga ehtirom

Alisher Navoiy xalqimiz ma’naviy dunyosining shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan buyuk siymolardan biridir. Bugungi kunda yoshlar qalbida milliy g‘urur, o‘zlikni anglash, go‘zallik va nafosatga shaydolik tuyg‘ularini kamol toptirishda Navoiy asarlari muhim manba bo‘la oladi. Zero, ulug‘ san’atkor asarlari mohiyatiga singdirilgan insonparvarlik, xalqparvarlik, adolat, haqiqat, shukronalik, sabr-qanoat, kelajakka umidvorlik singari g‘oyalar barcha davrlarda ham insoniyat ma’naviy kamoloti uchun muhimdir.

Inson qalbining quvonchu qayg‘usini, ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan kam topiladi va bu yetuk mutafakkir bizning bobokalonimiz ekanligidan faxrlanishimiz zarur. Ona tiliga muhabbat, milliy g‘urur singari tuyg‘ular ham bizning ong-u shuurimizga dastavval Alisher Navoiy asarlari bilan kirib keladi.

Xalqimizni, ayniqsa, yoshlarni Navoiyning bebaho merosidan bahramand etsak, madaniy yuksalishimizda, jamiyatda ezgu insoniy fazilatlarni kamol toptirishda shunchalik kuchli ma’naviy qurolga ega bo‘lamiz.

Berilgan so‘z va iboralarning ma’nosini bilib oling

shaydolik tuyg‘ulari, insoniy fazilatlar, bebaho merosi, madaniy yuksalish, ma’naviy qurol, milliy g‘urur, shukronalik
Erkin Vohidov

Erkin Vohidov hozirgi zamon o‘zbеk shе’riyatining yirik vakilidir. Shoir 1936- yilda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi qishloqda o‘qituvchi oilasida dunyoga kеldi. Otasi tarix o‘qituvchisi, bilimdon, dilkash, onasi ham savodli, o‘tkir zеhnli ayol edi.

Erkin Vohidovda shе’riyatga havas-ishtiyoq juda erta uyg‘ondi. Yettinchi sinfda o‘qiyotgan vaqtidayoq “Mushtum”da birinchi shе’ri bosildi va 1961-yilda, 25 yoshida “Tong nafasi” nomli ilk to‘plami nashr etildi. Shu vaqtdan boshlab Oybеk, G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhor, Mirtеmir, Shayxzodalar e’tiboriga tushdi va nomi el orasida tobora kеng yoyila boshladi. “Yoshlik dеvoni”, “Muhabbat”, “Ruhlar isyoni” kabi shе’riy kitoblari, dostonlari va “Oltin dеvor”, “Istanbul fojiasi” kabi asarlari kitobxonlarning muhabbatiga sazovor bo‘ldi. Uning kitoblari Yoshlar mukofoti, Hamid Olimjon nomli mukofot, Xamza nomli O‘zbеkiston davlat mukofotlarini oldi, shoirga “Xalq shoiri” dеgan unvon bеrildi, qator ordеn va mеdallar bilan taqdirlandi. Erkin Vohidov ijodi bugungi o‘zbеk adabiyotida noyob hodisadir. Uning shе’riyati xalq qalbiga chuqur kirib bordi. Bunga sabab shoirning ijodga, shе’riyatga katta muhabbat va chuqur e’tiqod bilan yondashib, uni insonning baxt-saodati uchun kurash vositasiga aylantirishidir. Shoir shunday dеgan edi: “Xalqni maqtagan shoir ulug‘ emas, uning o‘zligini o‘ziga ko‘rsatib bеra olgan, ayovsiz gapni ayta olgan shoir ulug‘”. Erkin Vohidov 1999- yilda “O‘zbеkiston Qahramoni” degan yuksak unvonga sazovor bo‘ldi.
Lug‘at

ijod – творчество

asar – произведение taassurot – впечатление manba – источник

tasvirlamoq – изображать, описывать

Suhbat matni

Tasavvur qiling: siz tasviriy san’at muzeyiga kirdingiz. Polotnolardagi ranglarni, odamlarning qiyofasini ko‘zingiz bilan ko‘rib, hayajonga tushasiz.

Tasavvur qiling: siz magnitofonda musiqa tinglayapsiz. Cholg‘u ohanglari, xonandaning ovozini qulog‘ingiz bilan eshitib, hayajonga tushasiz…

Endi tasavvur qiling: siz kitob o‘qiyapsiz. Oq qog‘ozda qora chiziqlar – harflardan bo‘lak hech qanaqa rang yo‘q. Hech kim kuy ham chalmaydi. Ammo asarni o‘qishga kirishishingiz bilan ko‘z o‘ngingizda rangin manzaralar paydo bo‘ladi. Qulog‘ingiz ostida ajib ohanglar jaranglay boshlaydi. O‘zingiz bilmagan holda qattiq hayajonga tushasiz… Hech shubhasiz, badiiy adabiyot – dunyodagi sakkizinchi mo‘jiza! (O‘.Hoshimov)

***

Istiqlol epkinlari iste’dod chashmalarining ko‘zini ochayotir. Vatanning kun sayin obod bo‘layotgani, yangi yo‘llar, muhtasham inshootlar barpo etilayotgani yurtdoshlarimiz qalbiga faxr-iftixor baxsh etmoqda. Iste’dodli shoirlar: Suvon Soqiy, Ismoil To‘xtamishev, Rustam Musurmon, Sharofat Ashurova, Rustam Ochil va boshqa ijodkorlar yangi-yangi she’rlari bilan kitobxonlar qalbiga kirib bormoqdalar. (U.Normatov)


Tarjima mashqi

Алишер Навои

Основатель узбекской поэзии, великий поэт, мыслитель, государственный деятель Алишер Навои родился 9 февраля 1441 года в городе Герате. Литературное и научное наследие поэта можно разделить на 4 цикла:


  1. Диваны.

  2. Дастаны.

  3. Поэтическое наследие на персидском языке.

  4. Научно-филологические, прозаические и исторические произведения.

Созданные на узбекском языке поэтическое наследие Алишера Навои в основном представлено в диване «Хазойин ул-маоний» .

Шедевр творчества поэта - «Хамса» состоит из пяти дастанов. Это «Хайрат ул-аброр» («Смятение праведных»),

«Фархад и Ширин», «Лейли и Меджнун», «Сабъаи сайёр» («Семь планет»), «Садди Искандари» («Стена Искандера»). Его произведения на персидском языке собраны в «Девони Фоний». Алишер Навои написал научно-филологическое произведение

«Мухокамат ул-лугатайн», посвящённое сравнительной грамматике узбекского и персидского языков. Этим он показал красоту и богатство узбекского языка.


Захириддин Мухаммад Бабур

Известный узбекский поэт, большой ценитель и покровитель науки, искусства и литературы Захириддин Мухаммад Бабур за свою короткую жизнь оставил богатое литературное и научное наследие. Его перу принадлежат знаменитое «Бабурнаме», снискавшее мировую признательность, оригинальные и прекрасные лирические произведения, содержательные трактаты по музыке, военному искусству.

Поэтическое наследие Бабура многогранно и богато. В его стихотворениях реалистически отражены исторические события эпохи, его личная жизнь, окружающая среда, отношения к человеку, к религии, к обычаям и нравам времени. Можно сказать, что стихи Бабура - автобиография поэта, в которых поэтическим языком, трогательно излагаются глубокие чувства, мастерски рассказывается о переживаниях, порожденных в результате столкновения с жизненными обстоятельствами.
Grammatik ma’lumot. Nutq uslublari. Badiiy nutq uslubi, uning xususiyatlari.

Til birliklari va materialidan fikrni ifodalash maqsadida foydalanish jarayoni nutq sanaladi. Hayotning turli sohalari, jarayonlarida turlicha nutq vaziyatlarida tildagi leksik, frazeologik, fonetik va grammatik vositalarni tanlash va ulardan foydalanish usullari ham har xil bo‘ladi. Shunga ko‘ra, nutqning quyidagi uslublari o‘zaro farqlanadi: so‘zlashuv uslubi, rasmiy uslub, ilmiy uslub, publitsistik uslub va badiiy uslub.




Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish