Mavzu: Sheva vakillari nutqida tovushlarning tushishi, orttirilishi hamda “Bir sheva lug‘ati’’ loyihasini sheva so‘zlari bilan to‘ldirish Tayyorladi



Download 155,95 Kb.
bet1/7
Sana20.06.2022
Hajmi155,95 Kb.
#678885
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Abdubakilova Farzona 101-guruh FSH (1)



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI O‘ZBEK FILOLOGIYASI FAKULTETI FOLKLORSHUNOSLIK VA SHEVASHUNOSLIK YO‘NALISHI I-BOSQICH TALABASI ABDUBAKILOVA FARZONANING O‘ZBEK DIALEKTOLOGIYASI FANIDAN
KURS ISHI


MAVZU: Sheva vakillari nutqida tovushlarning tushishi, orttirilishi hamda “Bir sheva lug‘ati’’ loyihasini sheva so‘zlari bilan to‘ldirish
Tayyorladi: Abdubakilova Farzona
Ilmiy rahbar: Ernazarov Tolib

Mundarija
Kirish………………………………………………………………..……….3
Asosiy qism
I bob ………………………………………………………………………….
1.1 Sheva vakillari nutqida tovushlarning tushishi…………………………….
1.2 Sheva vakillari nutqida tovushlarning orttirilishi…………………………..
1.3 “Bir sheva lug’ati”loyihasini sheva so’zlari bilan to’ldirish…………………………
II bob…………………………………………………………………………..
2.1 O‘z shevangiz haqida ma’lumot bering.(Toshkent viloyati, Oqqo‘rg‘on tumani)……………………………………………………………………………….
2.2 O‘z shevangizdan o‘nta maqol yozib, ulardagi dialektal so‘zlarning tagiga chizib, transkribsiya qiling………………………………………………………………………………...
Xulosa…………………………………………………………………….………
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…………………………………………….


Kirish

Dialektologiya- fani tilshunoslikning alohida bo‘limi bo‘lib, u birorta milliy til tarkibidagi mahalliy lahja va shevalarning o‘ziga xos muhim xususiyatlarini o‘rganadi. Dialektologiya yunoncha (dialektos) so‘zidan olingan bo‘lib, sheva ma’nosini bildiradi. Dialektologiyani shevashunoslik deb ham yuritiladi. Sheva forschada so‘zlashish, ovoz, odat; shunos esa bilish, o‘rganish demakdir. Sheva- biror tilning o‘ziga xos fonetik, leksik va grammatik xususiyatlariga ega bo‘lgan eng kichik qismi; lahja esa shu xususiyatlarni o‘zida birlashtiruvchi shevalar yig‘indisidir. Dialekt atamasi dialektologik adabiyotlarda ko‘pincha lahja ma’nosida, ba’zan sheva ma’nosida ham qo‘llanadi. Ammo ko‘proq lahja ma’nosida qo‘llangani ma’lum. Masalan qirq, saroy, g‘allaorol, baxmal, ming, nayman kabi shevalar birlashib, o‘zbek tilining qipchoq dialektini yoki lahjasini tashkil qiladi.


Ob’ektni o‘rganish jihatidan dialektologiya ikki turlidir:
1. Tasviriy dialektologiya yoki dialektografiya.
2. Tarixiy dialektologiya
Tasviriy dialektologiya mahalliy lahja va shevalarga xos fonetik va leksik-grammatik xususiyatlarni qayd qilish bilan chegaralanadi. Tarixiy dialektologiya esa tilning dialektal xususiyatlari bilan birga, shu xususiyatlarning kelib chiqishi, rivojlanishi, turli davrlarda o‘zgarishi, qardosh tillar bilan munosabati va shu shevalarning tashkil topishida boshqa tillarning ishtirokini aniqlash kabilarni ham o‘rganadi. Shevalarni o‘rganish til tarixi uchun ham, xalq tarixi uchun ham boy va qimmatli materiallar beradi. Adabiy tilda allaqachon yo‘q bo‘lib ketgan yoki ma’lum darajada o‘zgarib ketgan leksik elementlar va ayrim grammatik formalar mahalliy shevalarda saqlanib qolgan bo‘lishi mumkin. Bu jihatdan dialektologiya til tarixini o‘rganish uchun juda ahamiyatlidir.Shuningdek, o‘zbek dialektologiyasi ham o‘zbek tili tarixini o‘rganish, uning ayrim noaniq masalalarini yoritish uchun asosiy manbadir. Qadimiy o‘zbek yozma yodgorliklarining biz uchun noaniq bo‘lgan ayrim xususiyatlarini hozirgi zamon o‘zbek shevalarining xususiyatlarini o‘rganish bilan (shu sheva materiallari yordamida) aniqlashimiz, to‘ldirishimiz mumkin. Dialektlarni o‘rganish ham ilmiy, ham amaliy ahamiyatga ega. Shevalarni o‘rganish, o‘zbek adabiy tilining fonetik, leksik-grammatik me’yorlarini belgilash uchun, shuningdek, o‘zbek orfografiyasi va orfoepiyasini stabillashtirish uchun ham katta yordam beradi.Shevalarni o‘rganish xalq tarixi, etnografiya uchun ham muhimdir. Masalan, shevalarni o‘rganish orqali o‘tmishdagi urug‘-qabilalarning joylashish hududlarini aniqlash, toponimlar, gidronimlar va shu kabi nomlar vositasida xalq tarixining ayrim ko‘rinishlarini yaratmoq mumkin bo‘ladi.
O‘zbek xalq shevalari leksikasi materiallarini o‘rganish va tahlil qilishda uch tomon alohida olib tekshiriladi.
1.Faqat u yoki bu o‘zbek xalq shevalari uchun xos bo‘lib, adabiy tilda uchramaydigan so‘z va atamani aniqlab chiqish va tahlil qilish. Masalan, qipchoq shevalarida qыlamыq-yupqa, qыchap- tez, tallы- shirinlik, bavыr (bag`ir)- jigar, urt- ourt- lunj, dolcha-sarximcha- krujka, mechkәy- yeb to‘ymas kabi. Bunga o‘g‘uz shevalarida yashullы- oqsoqol, qыsыnma- xafa bo`lma, әjәk- buzoq, labыr- tez so‘zlaydigan kishi kabilarni keltirish ham mumkin.
Malax- chigirtka, inak- sigir kabilar esa Samarqand-Buxoro guruhi shevalarida uchraydi.
2. Adabiy tillardagi so‘z va atamalarning shevalararo boshqa ma’nolarga ega bo‘lishini belgilab chiqish. Masalan, chorsu-belbog‘, pochcha-aka, amaki (Qarnob), opa- apa-ona (qipchoq) kabi.
3. Shevalardagi so‘z va atamalarning adabiy til holatidan fonetik jihatdan farqlanish holatlarini isbotlab bayon etish. Masalan כkә- aka, sh’g`’r – she’r (Toshkent); kepqa- kelib qol, enә- ona (qipchoq): diz- tizza, loqqы- lo‘ppi (o‘g‘uz) kabi.
Umuman olganda, dialektologiya fanining maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
1.Ayrim sheva va lahjalarning fonetik, morfologik, sintaktik va leksik xususiyatlarini har tomonlama tavsif qilish.
2.Milliy tilning paydo bo‘lishi va taraqqiyotida shevalarning tutgan o‘rnini va shu milliy tilga asos bo‘lgan shevalarni aniqlash.
3.Shevalarning o‘zaro munosabatini, shuningdek, ularning adabiy til va qardosh tillarga bo‘lgan munosabatlarini belgilash.
4.O‘xshash xususiyatlariga ko‘ra shevalarning tarqalish chegarasini aniqlash.
5.Umumiy o‘xshash lingvistik xususiyatlarini belgilash asosida shevalarning ma’lum hududda tarqalish xaritalarini tuzish va shevalarni tasnif qilish.
6.Maktab o‘quvchilari nutqida, turli xil yozma ishlarda uchraydigan mahalliy sheva xususiyatlari va ularni bartaraf qilish yo‘llarini ishlab chiqish, uni amalga oshirish.O‘zbek xalq shevalarini o‘rganishda qo‘llaniladigan usullarning eng muhimi quyidagilardir:
1.Yakka holda o‘rganish.
2.Tajriba o‘tkazish usuli.
3.Savol-javob usuli.
Lahjalar va shevalarni yakka holda o‘rganishni istagan har bir shaxs o‘zini qiziqtirgan shevani tekshirish asosini tanlab olishi mumkin.Shevashunos tekshiriladigan joyga borib, mahalliy sharoit va aholi bilan tanishadi hamda sheva ustida kuzatish ishlari olib boradi.Shevalarni tekshiruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan sohalarga qiziqadilar.Men kurs ishi yozish davomida tovushlarning tushishi, ortishi kabi hodisalarni qanday qilib yuzaga kelganini o‘rgandim.Bundan tashqari bir qancha olimlarning sheva haqidagi tadqiqotlari bilan tanishib chiqdim.
Kurs ishi maqsadi: Sheva vakillari nutqida tovushlarning tushishi, orttirilishi hamda “Bir sheva lug‘ati” loyihasini sheva so‘zlari bilan to‘ldirish haqida ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish.

Download 155,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish