8 -ma’ruza
O‘ZBEK SHEVALARINING GRAMMATIK XUSUSIYATLARI
Reja:
O‘zbek shevalarida grammatik son kategoriyasi.
O‘zbek shevalarida va egalik kategoriyasi.
O‘zbek shevalarida kelishik kategotiyasi.
TAYANCH SO’ZLAR: O'zbek shevalarida otga xos belgilar. Grammatik son, kelishik, egalik shakllari. So'z shakllaridagi affikslarning variantlari va ularning morfonologik xususiyatlari.
O‘zbek shevalari adabiy tildan o‘ziga xos morfologik xususiyatlari bilan ham farq qiladi. Bu xususiyatlar ayniqsa turlanish, tuslanish va (yangi) so‘z yasalishida yaqqol ko‘rinadi.
Turlanish
O‘zbek xalq shevalaridagi turlanishga xos xususiyatlar kelishik, egalik va ko‘plik qo‘shimchalarining shevalararo qo‘llanishida ko‘rinadi.
Kelishik kategoriyasi
Ma’lumki kelishik ot yoki otlashgan so‘zning fe’lga, otga bo‘lgan munosabatini, tobeligini ifodalaydigan formadir.
O‘zbek adabiy tilida kelishiklar 6 ta bo‘lib, ularning shakli va ma’no xususiyatlari prof. A. G‘ulomovning «O‘zbek tilida kelishiklar» asarida mufassal yoritilgan. O‘zbek shevalarida kelishiklar turlicha: ba’zilarida oltita, ba’zilarida beshta, ba’zilarida to‘rtta. Besh yoki to‘rt kelishikli shevalarda ikki kelishik funksiyasini birgina affiks bajaradi. Masalan, Toshkent shevasida tushum va qaratqich kelishiklari unlidan so‘ng -n’ affiksi, undoshdan so‘ng assimilyativ formalari bilan 19 xil shakl orqali ifodalanadi. Shuningdek, Qarshi shevasida tushum va qaratqich kelishiklari -n’, -d’//-t’ affiksi orqali, o‘rin-payt va jo‘nalish kelishiklari -ya, -ga//, -ka//, -qa affaksi orqali ifodalanadi.
O‘zbek shevalarida kelishiklar bilan turlanish paradigmasi quyidagicha:
Qiyos qiling: dj-lovchi shevalarda:
Kelishiklar
|
Unlidan so‘ng
|
Undoshdan so‘ng
|
B.k.
|
–
|
–
|
Q.k.
|
-nыng//-ning
|
-dыng//-tыng-ding//-ting
|
T.k.
|
-nы//-ni
|
-dы//-tы -di//-ti
|
J.k.
|
-g’а//-gә
|
-qа//-g’а ~-gә//~-kә~ -а//-ә
-nа//-nә
|
O‘-p.k.
|
-dа// -dә
|
-dа//-tа ~ -dә//-tә
|
Ch.k.
|
-dаn//-dәn
|
-dаn//-tаn~-dәn//-tәn ~-nаn//-nәn
|
Y-lovchi shevalarda (masalan, Toshkent):
|
Kelishiklar
|
Unlidan so‘ng
|
Undoshdan so‘ng
|
B.k.
|
–
|
–
|
Q.k.
|
-nъ
|
ng, v, y undоshlаridаn so’g spоrаdik ravishdа -nъ, qоlgan hоllardа o’zak-nеgiz охiridаgi undоshgа moslashadi: -mъ, -lъ, -shъ, -zъ, -gъ
|
J.k.
|
-ge
|
-gә//-kә ~ -kә
|
O’-p.k.
|
-dә
|
-dә//-tә
|
Ch.k.
|
-dәn
|
-dәn//-tәn
|
Farg‘ona shevalarida:
|
Kelishiklar
|
Unlidan so‘ng
|
Undoshdan so‘ng
|
B.k.
|
-
|
-
|
Q.k.
|
-nъ
|
-dъ//-tъ
|
J.k.
|
-gә
|
-gә//-kә//-kа
|
O’-p.k.
|
-dә
|
-dә//-tә
|
Ch.k.
|
-dәn
|
-dәn//-tәn
|
O‘g‘uz guruh shevalarida (masalan, Xiva-Urganch)
|
Kelishiklar
|
Unlidan so‘ng
|
Undoshdan so‘ng
|
B.k.
|
-
|
-
|
Q.k.
|
-nы//ni
|
-nы//-ni
|
J.k.
|
-gа//-gә//-yә
|
-а//-әnа//-nә
|
O’-p.k.
|
-dа//-dә
|
-tа//-dә
|
Ch.k.
|
-dаn-dәn
|
-tаn//-dаn
|
Qarshi shevasida:
|
Kelishiklar
|
Unlidan so‘ng
|
Undoshdan so‘ng
|
B.k.
|
-
|
-
|
Q.k.
|
-nъ
|
-nъ// ~ -dъ//-tъ
|
J. va u-p.k.
|
-yа
|
-gа//-kа//-kа
|
Ch.k.
|
-dan
-dan//-tan//nan
|
|
Bosh kelishik. Bu kelishikning o‘zbek shevalarida ham adabiy tildagi kabi grammatik jihatdan shakllanmagan bo‘ladi.
Qaratqich kelishigi. O‘zbek shevalaridagi qaratqich kelishigi ifodalanish jihatidan y-lovchi va j-lovchi shevalarda farq qiladi. J-lovchi shevalarda qaratqich kelishigi affiksi quyidagi shakllarda ifodalanadi. Unlilardan so‘ng: a) qattiq o‘zak-negizlarda -ning: bɔlaning oyinchɔg‘i; b) yumshoq o‘zak-negizlarda -ning: Hәmә nersәning gөshidәn tɔtip koripti.
Undoshlardan so‘ng. a) jarangli undosh bilan tugagan qattiq o‘zak- negizlarda -ding: tɔvding bɔshi, tumambop djɔtir. Yumshoq o‘zak-negiz larda -ding (uyding); b) jarangsiz undosh bilan tugagan qattiq o‘zak- negizlarda -ting (chiraqting), yumshoq o‘zak-negizlarda -ting (itting).
Qaratqich kelishigi affiksi o‘zak-negizda lablangan tovushlarning bo‘lishiga qarab, -nung, -nүng; -dung, -dүng; -tung, -tүng shaklida bo‘lishi ham mumkin: qozunung, үrүshtүng, djoldung, burүnүng, koktung.
Y-lovchi shevalarda esa qaratqich kelishigi -n’, -d’//-t’ affikslari orqali ifodalanadi (bu affikslar ayni vaqtda tushum kelishigini ham ifodalaydi). -n’ affiksining qaratqich kelishigi vazifasida yoki tushum kelishigi vazifasida kelganligi kontekstdan anglashiladi: agar bu affiks ot bilan otning munosabatini bildirsa, qaratqich kelishigi bo‘ladi, ot bilan fe’lning munosabatini bildirsa, tushum kelishigi bo‘ladi: p’chaqt’ sɔp’. CHɔyy’ quy, s’zn’ өz’i’zgә munәs’p, ulard’ uch og‘l’ bɔr.
Toshkent shevasida qaratqich kelishigi affiksi -n’ o‘zi qo‘shiladigan o‘zak-negizning qanday undosh bilan tugashiga qarab bir necha xil assimilyativ formaga ega bo‘ladi. ng, v, y, undoshlardan so‘ng kelganda esa sporadik ravishda (umumiy qonunga buysunmaydigan) -n’ ham saqlanadi: suvv’// suvn’, toyy’//toyn’.
Ba’zi o‘zbek shevalarida (masalan, Iqon, Qorabuloq va Hazorasp) qaratqich kelishigi unlilardan so‘ng: -ning -ning, undoshlardan so‘ng: -ing, -ing tarzida ifodalanadi: Qorabuloq, ating, iting, Hazorasp, dashing, koping: Kөping risqi kөl. Gүngәlәkning dilinәәnәsi chushinәr. (Gungalak (soqov) ning tiliga onasi tushunadi). Gәrәk dashing ag‘rami yoq. Si: nәmәgәn ating sirtinnәn өtmә.
Tushum kelishigi. O‘zbek shevalaridagi tushum kelishigi ifodalanish jihatidan y-lovchi va j-lovchi shevalarda unlidan so‘ng qattiq o‘zak-negizlarda -ni (boboni) yumshoq o‘zak-negizlarda -ni (әkәni) kabi. Saparbay әkәni chaqirip ke// ad. -orf. Safarboy akani chaqirib kel.
Tushum kelishigi affiksi o‘zak-negizda lablangan tovushlarning bo‘lishiga qarab -nu,-nү shaklida bo‘ladi: qozunu, tүlkүnү. Borү tүlkүnү aldap, qozunu djep ketti.
Undoshlardan so‘ng: a) jarangli undosh bilan tugagan qattiq o‘zak negizlarda -di (bizɔvdi), yumshoq o‘zak-negizlarda -di (uydi): Suvdi meh mannardi ɔldig‘a qoydi//ad.-orf. Suvni mehmonlarning oldiga qo‘ydi; Dji gitlәrdi uygә votqazdi// ad.-orf. Yigitlarni uyga o‘tqazdi.
Yumshoq o‘zak-negizlarda -di: eldi: b) jarangsiz undosh bilan tugagan o‘zak-negizlarda -ti: atti; yumshoq o‘zak-negizlarda -ti: itti; Aqqiz ɔtti ushlap turuptu//ad.-orf. Oqqiz otni ushlab turibdi. Miynәtkәshti tuvra djolg‘a solg‘on//ad.-orf. mehnatkashni to‘g‘ri yo‘lga solgan.
Bunday pozitsiyada tushum kelishigi affiksi o‘zak-negizda lablangan tovushlarning bo‘lishiga qarab, -du, -dү; -tu, -tү shaklida keladi: djoldu, qoshuqtu:
Tuvra joldu kөrgәn әvәzqan attin djүrүshүnү tezlәtti//ad.-orf. To‘g‘ri yo‘lni ko‘rgan Avazxon otning yurishini tezlatdi.
Y-lovchi shevalarda tushum kelishigi -n’,~-d’//-t’ affikslari orqali ifodalanadi. Andijonda. Sen bash’yn’ tartәsәn//ad.-orf. sen boshingni tortasan. Devaldan tush atti m’nәsәn// devordan otni minasan.
Toshkent shevasida tushum kelishigi affiksi -n’ o‘zi qo‘shiladigan o‘zak-negizning qanday undosh bilan tugashiga qarab, bir necha xil assimilyativ formaga ega bo‘ladi: p(p + -p’: qɔpp’, k’tɔpp’// ad.-orf. qopni, kitobni. Bogәn gәpp’ yet’p ber’pt’// bo‘lgan gapni aytib beribdi. Kәmp’rr’ tuyәgә mind’r’p yubәrd’// kampirni tuyaga mindirib yubordi.
Toshkent shevasida -n’ affiksi ng, v, y undoshlaridan so‘ng kelganda sporadik ravishda saqlanishi ham mumkin: tɔyy’//toyn’ m’n’p kett’// ad. -orf. toyni minib ketdi. ɔshpәz zәkk’//zәngn’ chәld’// ad.-orf. oshpaz zangni chaldi. Bu xususiyat Namangan shevasida ham uchraydi. Toshkent shevasida -n’ affiksi ng, v, y undoshlaridan so‘ng kelganda soradik ravishda saqlanishi ham mumkin: tɔngng’, suvv’, chɔyy’//ad.-orf.tongni, suvni, choyni.
Jo‘nalish kelishigi. j-lovchi shevalarda quyidagicha shakllanadi: qattiq o‘zak-negizlarda: unli va jarangli undoshlardan so‘ng -ga (qimizga) jarangsiz undoshdan so‘ng -ka (qishka).
Yumshoq o‘zak-negizlarda: unli va jarangli undoshlardan so‘ng -gә (djergә), jarangsiz undoshlardan so‘ng -kә (ishkә).
I-II shaxs egalik affikslardan so‘ng bu shevalarda jo‘nalish kelishigi affiksi qattiq o‘zak-negizlarda –a (atama, atang‘a) yumoq o‘zak-negizlarda -ә (ishimә, ishingә) formasida bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, III shaxs egalik affikslaridan so‘ng qattiq o‘zak-negizlarda –na(bolasina), yumshoq o‘zak-negizlarda -nә formasida bo‘lishi mumkin: matyaqip dukәnnәn өzinә, ukәsinә dәptәr, qalam apkeldi// ad.-orf. Matyoqub do‘kondan o‘ziga, ukasiga daftar, qalam olib keldi.
J-lovchi shevalarda shaxs va ko‘rsatish olmoshlari jo‘nalish kelishigi bilan turlanganda mag‘an// sag‘an// seg‘an, og‘an, shog‘an kabi formalarni oladi.
F.T. Ishoqov o‘zining “Olmosh” (sravnitelnaya grammatika tyurkskix yazikov, II. Morfologiya) maqolasida shaxs olmoshlarining birlikda jo‘nalish kelishigi bilan turlangan mag‘an, sag‘an, ug‘an; og‘an kabi formalarida uchraydigan -gan affiksi oxirida n ning paydo bo‘lishi hozircha noma’lum ekanini qayd etsa-da, uning paydo bo‘lishini quyidagicha uch xil variantda taxmin qiladi. 1) -g‘an < g‘ar; 2) og‘anBu qarashlardan ikkinchisi to‘g‘riroq bo‘lib, bunda Ishoqov aytganidek, -gan affiksidagi n va g‘ almashgan emas, balki o‘zak oxiridagi n va g‘a affiksi o‘rin almashtirgandir; n+g‘a n+g‘a ma+g‘a+n
san+ga > sa+ga+n
un+ ga > u+ga+n
So‘ng bo‘g‘inlar haqida qayta bo‘lingan deydi.
man + g‘a > ma+g‘an
san + g‘a > sa+ g‘an
un + ga > u + g‘an
Y -lovchi shevalarda jo‘nalish kelishigi affiksi bir necha xildir: Masalan, Toshk., Farg‘.-gә(Toshk. oygә~ Farg‘.үygә, -kә, -qa (boqqә) -ga (qurvaqaga - Xorazmda), -yә (tәngәyә), -a (dosa), -ә (өkizә), -na (yanina), -nә (әrkinә), dos dosә mәdәt// ad.-orf. do‘st do‘stga madad. Qorabuloq shevasida ham Xorazm shevasidagidek holdir.
Samarqand-Buxoro shevaalarida, shuningdek Qashqadaryo vodiysi, Surxondaryo shevalarida jo‘nalish va o‘rin-payt kelishiklarining affikslari almashtirib qo‘llash holdati uchraydi. Bu hodisa Jizzax shevasida ham uchrab turadi6 oz’ngge yoq olamga yoq //ad.-orf. o‘zingda yo‘q, olamda yo‘q.
O‘rin – payt kelishigi. O‘rin-payt kelishigi ifodalanish jihatdan y-lovchi va j-lovchi shevalarda ma’lum darajada farq qiladi. Qattiq o‘zak-negizlarda a) unli va jarangli undoshlardan so‘ng –da (qo‘luda) b) jarangsiz undoshlardan so‘ng –ta (qishlaqta), yumshoq, o‘zak-negizlarda –dә, -tә (үydә, bүrgәttә).
Samarqand – Buxoro shevalarida o‘rin-payt va jo‘nalish kelishiklarini almashtirib, -da o‘rniga -ga; -ga o‘rniga -da va aksincha almashtirib qo‘llash uchraydi. Bu ɔdamlar san’ ɔld’ngga n’ma q’lad’. Man үygә yed’m. uydә bɔraman.
Shuni ham aytish kerakki, bu shevalarda jo‘nalish va o‘rin-payt kelishigi funksiyasini asosan -ga affiksi bajaradi. Ammo -ga affiksi ning -da affiksiga almashinishi yo‘nalish ma’nosini bildirmagandagina sodir bo‘ladi. Bu odamlәr sәn’ eld’ngdә n’mә q’lad’. Maktab shu q’shloqqa.
Bu hol Qashqadaryo vodiysi shevalarida ham mavjud. Lekin bu shevalarda o‘rin-payt kelishigi vazifasini ham faqat jo‘nalish kelishigi affiksi bajaradi. Masalan, Qarshi shevasida u katta akas’ya xurmaya qat’x ɔl’p bɔrgan chɔqqa yolga yɔg‘m’r yɔqqan (u katta akasiga xurmada qatiq olib borayotgan chog‘da yo‘lda yomg‘ir yoqqan).
Ko‘rinadiki, bu shevalarda o‘rin-payt kelishigi o‘rnida jo‘nalish kelishigi affkisini qo‘llash ustun bo‘lib, bu kelishikning o‘z affiksi asosan qo‘llanmaydi: yl. Qarshi: Yolga ravɔna bolgan: yolga chopɔn uchragan. Samarqandga bɔruvduk. Samarqandga yashayd’.
Chiqish kelishigi. Chiqish kelishigi ifodalanish jihatidan y-lovchi va j-lovchi shevalarda ma’lum darajada farq qiladi. Adabiy-orfografik –dan affiksi o‘zbek shevalarida bir necha fonetik variantlarga ega.
J-lovchi shevalarda chiqish kelishigi quyidagi shakllarda ifodalanadi. Qattiq o‘zak-negizlarda: a) unli va jarangli undoshlardan so‘ng -dan (tavdan), b) jarangsiz undoshlardan so‘ng -tan (ottan). Yumshoq o‘zak-negizlarda: a) unli va jarangli undoshlardan so‘ng -dәn, (tebәdәn), jarangsiz undoshlardan so‘ng -tәn (ishtәn); qattiq o‘zak-negizlarda sonor m, n, ng tovushlaridan va egalik affikslaridan keyin -nan, (tamnan, qaddingnan), yumshoq o‘zak-negizlarda sonor m, n, ng tovushlaridan va egalik affikslaridan so‘ng -nәn (djүzүmnәn, sүygәnnәn).
Y-lovchi shevalarda ham chiqish kelishigi affiksi o‘zi qo‘shilib kelgan o‘zak-negizning qanday tovush bilan tugashiga qarab, bir necha xil fonetik variantlarda bo‘ladi. Masalan, Toshk. -dәn//tәn (yerdәn, dәrәxtәn): Farg‘ona shevalarida: -dan//-den, - tan//-tәn (Farg‘. qoldan, Nam. kөpruktәn); Xorazm shevalarida -dan//-dәn//-tan, -tәn//-nan//-nәn (Urg. yɔpraqidәn, dәmirdәn, pa:chasinan).
O‘zbek tilining Turkiston, Iqon va Qorabuloq shevalarida chiqish kelishigi affiksi –din, din//-tin, -tin (tamdin, betidin, ziya:pattin, Chimgәttin) kabilar. Chimgәttin kelәdugɔn a:dam ba:ma? (Chimkentdan keladigan odam bormi?).
Ko‘plik kategoriyasi
Otlarning birdan ortiq ekanligining grammatik jihatdan ifodalanishi ko‘plik kategoriyasi deb yuritiladi.
SHevalarda ko‘plik asosan morfologik va sintaktik usul bilan ifodalanadi. Adabiy tilda ko‘plikni ifodalovchi affikslar bo‘lib, shevalarda uning turli variantlari qo‘llanadi: -lәr, -lar, -lә,-la, - dәr -dar, -nar, -nәr, -әr, -aq va boshqalar.
Edәmlә, ellә (yellar) kәlxochch’lә (Toshkent) bizәr (Park). sizәr.
Maldar, attar//ad.-orf. mollar, otlar: ukәmnәr, bɔrgannar//ad.-orf. ukamlar, borganlar; uәzingәr, boringar (Surxon)// o‘zinglar, boringlar.
J-lovchi shevalarda ko‘plik affiksining qo‘llanilishi o‘zak-negizning qattiq – yumshoqligiga bog‘liq.
Agar o‘zak-negizda til orqa unlilar bo‘lsa -lar, -nar, -ar, -aq, -dar affikslari qo‘llaniladi.Masalan, qishlaqlarO‘zak-negizda til oldi unlilari bo‘lganda esa -lәr, -nәr, -әr affikslari ishlatiladi. nersәlәr, gүllәr, ellәr//ad.-orf. narsalar, gullar, ellar.
Toshkent, Farg‘ona tip ylovchi shevalarda ko‘plikni ifodalovchi affikslar, asosan -la (~ -lә), -lar ( ~-lәr), janubiy Xorazm shevalarida esa-la (~ -lә), -lar ( ~-lәr), sporadik ravishda -a ( ~-ә), dir.Misollar: yl. Toshk. Yelgә bersәng ɔsh’yn’ yellә: s’lәr bɔsh’yni; Xor. Sizni өyө meymәllә gәldilә.
J-lovchi shevalarda ko‘plik affiksi hurmatni ifodalaydi. Men, sen olmoshlari ham ko‘plik formasini olishi mumkin, lekin bunda ko‘plik ma’nosi emas, balki mensimaslik, pisand qilmaslik, o‘zini yuqori qo‘yish ma’nolarini bildiradi. Sәllәyәm boresәmmi?//ad.-orf. senlar ham borasan mi? (ko‘plik).
O‘zbek shevalarida ko‘plik affiksi ot, olmoshlarga qo‘shilib kelganidek, fe’llarga ham qo‘shilib keladi. Bunda ular bajaruvchi yoki bajartiruvchi shaxsning ko‘p ekanligini ifodalaydi.
Fe’ldagi -lar affiksi birdaniga o‘zakka qo‘shilmaydi, balki shaxs-son, zamon affikslaridan keyin qo‘shilib keladi. Adabiy tilda -lar fe’llarning uchinchi shaxsida uchrasa, shevalarda esa, ikkinchi va uchinchi shaxslarda ham uchraydi. Bunda -lar affiksi -z (-iz) o‘rnida keladi.
Fe’llarda -lar affiksidan tashqari -k (keldik), -q (dj.bardq) affikslari birinchi shaxs ko‘plikni ifodalaydi. J-lovchi ɔldiq//ad.-orf. olinglar kabi.
Toshkent shevasida – m’z – vuz affikslari I shaxs (old’m’z – ɔlduvuz – ɔldu:z) ko‘plikni ifodalaydi -z (-iz) affiksi esa jl. shevalarda ikkinchi shaxs ko‘plikni ifodalaydi. Keldingiz.
Toshkent shevasida -lug affiksi ham hurmat, ham ko‘plikni ifoda laydi.
Toshk. ozlug’, Farg‘. өzler’, Toshk. qөylug’n’ bɔq’shvɔtt’//ad.-orf. qo‘ylarini boqishayapti.
J-lovchi shevalarda ko‘plik qo‘shimchasi tartib jihatdan adabiy tildagidek, asosan, boshqa turlovchilardan oldin keladi. Ammo bu bir qator y-lovchi shevalarda ko‘plik qushimchasi egalik affiksidan so‘ng keladi.
Toshk. bɔlәylә-bɔlәnglә, uzum’ylә. Jiz. uylәr’ng Farg‘. uzumlәr’ng p’sht’m’?
Surxondaryo qipchoq shevalarida ko‘plikning o‘ziga xos -aq1 formasi mavjud bo‘lib, u Angor, Termiz, Jarqo‘rg‘on, Muzrabod, SHerobod tumanlarining qishloqlarida yashovchi aholi nutqida qo‘llanadi. Masalan, bizaqtiqqa kiringizaq, vөzinizaq kengizaq. Sizaqti kelәttep qimillamay votiripti// ad.-orf. Sizlarni keladi deb qimirlamay o‘tiribdi.
(Bu haqda akad. A. P. Kononov, A. M. Shcherbaklarning ijobiy fikr lari e’lon qilingan).
Egalik kategoriyasi
Predmetning uch shaxsdan biriga qarashli ekanini ko‘rsatuvchi affikslar y-lovchi Farg‘ona va Xorazm shevalarida, asosan, adabiy tildagiga mos kelsa-da, boshqa y-lovchi (Toshkent, Jizzax: Parkent) shevalarida shuningdek, j-lovchi shevalarda o‘ziga xos xususiyatga egadir.
J-lovchi shevalarda egalik affikslari o‘zak-negizning qattiq va yumshoqligiga ko‘ra bir necha variantlarga ega:
Unli bilan tugagan o‘zak-negizda:
Shaxs
|
O‘zak-negiz
|
Birlik
|
Ko‘plik
|
I
II
III
|
lablanmagan
unlili
|
|
-m (аtаm)
-ng (аtаng)
-sы (аtаsы
|
-mыz (аtаmыz)
-ngыz (аtаngыz)
-lары (аtаlары)
|
I
II
III
|
lablanmagan
unlili
|
|
-m (әkәm)
-ng (әkәm)
-si (әkәsi)
|
-miz (әkәmiz)
-ngiz (әkәngiz)
- lәрi (әkәlәрi)
|
I
II
III
|
lablangan
unlili
|
|
-m (tоqlum)
-ng (tоqlung)
-sу (tоqlusu
|
-muz (tоqlumuz)
-nguz (tоqlunguz)
-lары(tоqlulаrы)
|
I
II
III
|
lablangan
unlili
|
|
-m (tүlkүm)
-ng (tүlkүng)
-sү(tүlkүsү)
|
-mүz(tүlkүmүz)
-ngүz(tүlkүngүz)
-lәri (tүlkүlәri)
|
Undosh bilan tugagan o‘zak-negizda
Shaxs
|
O‘zak-negiz
|
Birlik
|
Ko‘plik
|
I
II
III
|
lablanmagan
unlili
|
-ыm (qыshlаg’ыm)
-ng(qыshlаg’ыng)
-ы (qыshlаg’ы)
|
-ыmыz(qыshlаg’ыmыz)
-ыngыz (qыshlаg’ыngыz)
-lаrы//-nаrы//-dаrы//- tары(qыshlаqlаrы)
|
I
II
III
|
lablanmagan
unlili
|
-im (elim)
-ing (eling)
-i (eli)
|
-imiz (elimiz)
-ingiz (elingiz)
-lәri//-nәri//-dәri//- tәri (ellәri)
|
I
II
III
|
lablangan
unlili
|
-um (qushum)
-ung (qushum)
-u (qushu)
|
-umuz (qushumuz)
-уngуz (qushunguz)
-lаrы//-nаrы//-dаrы//- tаrы(qushlаrы)
|
I
II
III
|
lablangan
unlili
|
-үm (djүzүmүm)
-үng (djүzүmүng)
-ү(djүzүmү)
|
-үmүz(djүzүmүmүz)
-үngүz(djүzүmүngүz)
-lәri//-nәri//-dәri//- tәri (djүzүmlәri)
|
Y-lovchi Xor. atam, atang, atasi, atamiz, atangiz, atasi (atalari). Jiz. b’lәy’m, b’lәy’ng, b’lәy, b’lәy’m’z, b’lәy’z, b’lәy’; Tosh. bɔg‘m, bɔg‘ng, bɔg‘, bɔg‘uvuz//bɔg‘uz, bɔg‘y’z// bɔg‘z, bɔg‘.
Y-lovchi shevalardan Toshkent shevasida egalik affikslarining ishlatilishi va ularning variantlari quyidagicha:
Shaxs
|
Unlidan so‘ng
|
Undoshdan so‘ng
|
|
Birlik
|
Ko‘plik
|
Birlik
|
Ko‘plik
|
I
|
-m
|
-vuz//-vuzә//-uzә
|
-ъm
|
-uvuz//-u:z//-uz//uvuzә//- uvzә//-u:zә//- uzә
|
II
|
-ng
|
-uъz//-ulә
|
-ъng
|
-ъuъz//-ъ:z//-ъz//-ъulә
|
III
|
-sъ
|
-sъ//-lәrъ
|
-ъ
|
-ъ//-lәrъ
|
Hunәr’ yo: k’sh’n’, mәzәs’ yo: ’sh’n’ (Maqol): bɔlәu’z//bɔlәulә keld’ m’? //ad. -orf. bolalaringiz keldimi?
Toshkent tip shevalarida oxiri, (ɔ) bilan tugagan so‘zlarga egalik af fiksi qo‘shilganda I va II shaxsda(birlik ham,ko‘plik ham) turlangan shu so‘z bilan egalik orasida (y) tovushi orttiriladi.
Birlik Ko‘plik
I sh. pәrvɔy’m pәrvɔyuz//
ɔyuvuz
II sh. pәrvɔy’ng pәrvɔy’z
III sh. pәrvɔs’ pәrvɔs’
Ayrim so‘zlarning III shaxsida egalik affiksi ketma-ket qo‘shilishi mumkin: s’yn’s’, yәrm’s’, un’s’ kabi.
Toshkent shevasida qaratqich-qaralmish munosabatida birinchi shaxs ko‘pligida (bizin ul, b’zz’ og‘l). Jizzax shevasida esa ikkinchi shaxsda egalik affiksi tushishi mumkin: b’zd’ mәktәp, s’zd’ q’shlɔg‘ kabi.
Abstrakt egalik shevalarda -n’k’, -d’k’ -’k’ vositasida hosil qilinadi. Jizzax shevasida esa ikkinchi shaxsida egalik affiksi tushishi mumkin: mәn’k’, b’zd’k’// ad.-orf. meniki, bizniki. Bu abstrakt egalik Qorabuloq shevasida o‘zining kelib chiqish formasi (-ning~-nini + ki) ni saqlagan ya’ni qaratqich kelishigi affiksi va -ki affiksi bilan ifodalanadi. balaningki, itingki, meningki Qorabuloq bu chapak meningki, bu qag‘az unungki.
Konkret egalik affiksidagi so‘z gapla qaralmish bo‘lib kelsa, abstrakt egalik affiksi olgan so‘z gapda kesim bo‘lib keladi: Toshk. Bu yyellә (< yyerlәr) – kәlxɔss’k’, qәlәmlә mәn’k’; Jizzax. әnɔv kor’n’p turgәn mәkkәy’ әxmәtt’k’; Qorabuloq. Bu chapan meningki, bu qag‘az unungki.
Adabiyotlar:
Аbdullayev F. O‘zbеk tilining qipchоq shеvаsi (o’zbek diаlеktоlоgiysidаn mаtеriаllаr, Tоshkеnt 1957).
Аliyеv А.Y. O‘zbеk tili Uychi shеvаsining ba’zi lеksik vа mоrfоlоgik хususiyatlаri hаqidа (Nаmаngаn, 1957).
Takrorlashuchunsavollar:
1.O‘zbek shevalaridagi morfologik xususiyatlar qaysi turkum va kategoriyalarda namoyon bo‘ladi?
2.Ko‘plik affiksining adabiy tildan farq qiladigan o‘rinlarni aytib bera olasizmi?
3.Egalik affikslaridagi adabiy tildan farq qiladigan o‘rinlarni aytib bera olasizmi?
4.Turlovchi affikslarning qo‘llanish doirasini ko‘rsatib bera olasizmi?
5.Qaysi shevalar besh kelishikli, qaysilari turt kelishikli?
Do'stlaringiz bilan baham: |