Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 0,55 Mb.
bet31/103
Sana26.07.2021
Hajmi0,55 Mb.
#129400
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   103
Bog'liq
O'zbek tili nashrga-конвертирован

Topshiriq. Yuqorida berilgan ro‘yxatni davom ettiring. O‘z tanlagan mutaxassisligingiz doirasidagi muhim sanalar va voqealarga e’tibor qarating.

Berilgan so‘z va iboralarning ma’nosini bilib oling



hamkorlik, bozor munosabatlari, bunyodkorlik, jahon hamjamiyati, elchixona, taraqqiyot bosqichlari, vakolatxona mustamlakachilik, hurriyat

Tarjima mashqi

Узбекистан

Республика Узбекистан расположена в Центральной Азии. На территории современного Узбекистана цивилизация развивалась с древных времён. Этот край имеет богатую историю, уходящую своими корнями в глубь тысячелетий.

Народы Узбекистана дали миру крупных учёных, знаменитых поэтов и писателей, которые оставили великое наследие человечеству. В мире нет человека, который бы не слышал о великом писателе, поэте и учёном Алишере Навои. Огромно наследие великого философа, врача и поэта Абу Али Ибн Сины, получившего широкую известность в Европе под именем Авиценны.

***


Узбекистан с самым большим населением среди стран Центральной Азии обладает богатыми природными ресурсами. Страна находится на третьем месте в мире по экспорту хлопка, добывает большое количество газа и золота, а также является признанным в своём регионе производителем в химической промышленности и машиностроении.

Узбекистан первым среди республик бывшего Союза, ввёл пост президента. 29 декабря 1991 года впервые в истории Узбекистана состоялись всенародные выборы Президента республики на альтернативной основе. На этот пост подавляющим большинством голосов был избран Ислам Абдуганиевич Каримов.

2 марта 1992 года Узбекистан был принят в ООН в качестве полноправного субъекта международного права. Высшим государственным представительным органом является Олий Мажлис Республики Узбекистан, осуществляющий законодательную власть. Олий Мажлис Республики Узбекистан состоит из двух палат — законодательная палата (нижняя палата) и Сенат (верхняя палата).
Lug‘at

Davlat – oʻz fuqarolarining ijtimoiy siyosiy huquqlarini himoya qiluvchi, bunga qarshi turuvchi kuchlarning qarshligini sindiruvchi hokimiyat organlari va siyosiy tashilotlar tizimiga ega boʻlgan mustaqil mamlakat. Konstitutsiya – davlatning yuksak yuridik kuchga ega boʻlgan asosiy qonuni; barcha joriy qonunlarning asosi.

Prezident – respublika boshqaruvi shaklidagi koʻpchilik mamlakatlarda maʼlum muddatga saylab qoʻyiladigan davlat boshligʻi.

Parlament – demokratik mamlakatlarda butunlay yoki asosan saylov asosida tuziladigan oliy vakillik va qonunchilik organi.

Grammatik ma’lumot. Rasmiy diplomatik uslub va uning xususiyatlari.

Rasmiy diplomatik uslub jamiyatdagi ijtimoiy, huquqiy munosabatlar, davlat va davlatlararo rasmiy, siyosiy-iqtisodiy, madaniy aloqalar uchun xizmat qiluvchi nutq uslubidir.

Bu uslub adabiy tilning yozma shakliga xos bo‘lib, muayyan nutqiy qolip, qat’iy odat tusiga kirib qolgan shakllarga ega bo‘lgan nutq uslubi sanaladi. Barcha qonunlar, Prezident farmonlari va hukumat qarorlari, turli qolipdagi muhim hujjatlar, xalqaro bitim va shartnomalar, ish qog‘ozlari, idoralararo yozishmalar va shu kabilar shu uslubda yoziladi. Bu uslub davlat arboblari o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarda, idora, korxona, muassasa larning rasmiy ish yuritish jarayonlarida, jamiyatdagi ijtimoiy, huquqiy munosabatlarda o‘z aksini topadi.

Rasmiy uslub yozma shaklda ro‘yobga chiqadi, bunda adabiy til me’yorlariga rioya qilinadi. U har qanday tasviriy vositalar, obrazlilikdan xoli bo‘lgani holda, har qaysi hujjat turining o‘ziga xos leksik, grammatik xususiyatlari mavjud bo‘lib, ularining sintaktik tuzilishi qat’iy qoliplarga bo‘ysunadi.

Rasmiy uslub tilining asosiy xususiyati aniqlik va ixchamlikdir, unda muayyan nutqiy qoliplar, kasbga oid so‘zlar, atamalar, tayyor sintaktik qurilmalar keng qo‘llanib, nutqning aniq va ravshan ifodalanishini ta’minlaydi.

Hujjatlar matnining darak-axborot xarakterida bo‘lishini, so‘zlarning bir ma’noda ishlatilishini, badiiy-tasviriy vositalarning bo‘lmasligini, fe’lning majhullik va buyruq-istak shakllarining, qo‘shma gap turlarining keng qo‘llanilishini talab qiladi. Til materiali hujjatning turi va xarakteriga qarab tanlanadi.

Topshiriq. Hujjat namunalaridan birini tanlab olib, unda aks etgan hujjat mazmunining bayon etilish usuliga e’tibor bering. Asosiy so‘z va iboralar, tayyor nutq qoliplarini izohlang.

Topshiriq. Quyidagi nutqiy qoliplar ishtirokida gaplar tuzing.

Qabul qilishingizni so‘rayman, ozod etishingizni so‘rayman, sizga ma’lum qilamanki, buyruqqa asosan, betobligim tufayli, ruxsat berishingizni so‘rayman.




  • Test topshiriqlari

  1. Rasmiy uslubda gaplar qanday shaklda bo‘ladi?

a) murakkab, majhul shaklda b) aniq, ixcham va sodda shaklda

s) kengaytirilgan shaklda d) qoliplanmagan shaklda



  1. Rasmiy-idoraviy uslubda tilning qanday vazifasi amalga oshiriladi?

  1. axborot uzatish va da’vat etish, buyurish vazifasi

  2. axborot qabul qilish va targ‘ibot qilish vazifasi

s) tilning kommunikativ vazifasi

d) axborot uzatish va targ‘ib qilish vazifasi



  1. Qaysi hujjatda ma’lum bir davr mobaynidagi faoliyat natijalari aks ettiriladi?

a) ma’lumotnoma b) hisobot

s) bildirgi d) majlis bayoni.



  1. Muayyan nutqiy qolip, qat’iy odat tusiga kirib qolgan shakllarga ega bo‘lgan nutq uslubi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?

a) so‘zlashuv uslubi b) ilmiy uslub

s) publitsistik uslub d) rasmiy uslub



  1. Adabiy til uslublarining qaysi biri inson amaliy hayotining barcha tomonlarini qamrab oladi?

a) publitsistik uslub b) ilmiy uslub

s) badiiy uslub d) so‘zlashuv uslubi

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:


  1. O‘zbekiston a’zolik qilayotgan xalqaro tashkilotlardan qaysilarini bilasiz?

  2. Jamiyatda huquqiy madaniyatga ega bo‘lish va unga amal qilish insonlarga nima beradi?

  3. Rasmiy diplomatik nutq uslubining o‘ziga xos tomonlari nimada?

  4. Rasmiy uslubda tilning qanday vazifasi amalga oshiriladi?

  5. O‘zbekiston Respublikasi tarixiga oid yana qaysi muhim sanalarni bilasiz?

Uyga vazifa: O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayitgan xalqaro tashkilotlarning qisqartma nomlari ro‘yxatini tuzing.


Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish