Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 0,55 Mb.
bet42/103
Sana26.07.2021
Hajmi0,55 Mb.
#129400
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   103
Bog'liq
O'zbek tili nashrga-конвертирован

23-mavzu. Bo‘lajak kasbim


O‘qish uchun material



Zakiy bo‘l, bilimni tanlay bil, toki Xom ish ham bilimdan pishdi hattoki .

Kasb tanlash

Buyuk yozuvchilardan biri shunday degan edi: «Hayotda siz uchun eng sevimli boʻlgan kasbni tanlang, shunda bir umr ishga bormaysiz, unda yashaysiz». Agar kishi oʻz sevgan kasbida ishlayotgan boʻlsa, u hech qachon har kun ertalab oʻzini ishga ketayapman, deb hisoblamaydi. Oʻz sevgan kasbi bilan shugʻullanish kishiga zavq, xursandchilik, shijoat, ragʻbat hamda ma’naviy ozuqa beradi. Oʻzi yoqtirgan ishni qilayotgan kishi vaqt qanchalar tez oʻtib ketganligini sezmay qoladi, u

hech qachon bajarayotgan ishidan charchamaydi.

Bugun dunyo boʻylab qanchadan-qancha kishilar zavod- fabrikalarda, idoralarda, avtomobillarda, ish maydonlarida ish vaqtining tezroq tugashini intizorlik bilan kutishadi. Bu toifadagi kishilarning hatti- harakatlaridan ma’lumki, oʻzlari yoqtirgan mashgʻulotni oʻz kasblari sifatida tanlashmagan. Ya’ni, ular oʻzlariga yoqmaydigan kasb bilan shugʻullanuvchi kishilardir. Ammo hech bir kishi kasbidan zavqlana olmas ekan, o‘zidan, oʻzi bajarayotgan faoliyatidan qanoat olmaydi.

Shundan kelib chiqqan holda, hayotda o‘z kasbidan zavq olayotgan va muvaffaqiyat qozonagan insonlardan ibrat olish lozim. Oʻz kasbini sevgan, qilayotgan ishidan zavqlana olgan oddiy poyafzal ta’mirlovchisi bir tashkilotda yetuk mutaxassis sifatida ishlovchi, ammo oʻz kasbini yomon koʻradigan, qilayotgan ishidan zavq topa olmaydigan insondan baxtlidir.

Bajarayotgan ishingizdan zavqlanishni oʻrganing. Agar buning iloji boʻlmasa, kasbingizni imkon qadar oʻzingiz zavqlanib ishlaydigan faoliyat turiga oʻzgartirishga harakat qiling.

Unutmang, siz kasbingizda jon saqlashingiz emas, balki yashashingiz kerak. Shundagina qilayotgan ishingiz sizning haqiqiy sevimli kasbingizga aylanadi!

Berilgan so‘z va iboralarning ma’nosini bilib oling



yetuk mutaxassis, zavqlanish, sevimli kasbni tanlash, xursandchilik, shijoat, ragʻbat, ma’naviy ozuqa, qanoat qilmoq, yoqtirgan mashgʻulot

Suhbat matni

Men tanlagan kasb


Men maktabda o‘qib yurganimdayoq tarix faniga juda qiziqardim. Qadimiy davlatlar, shaharlar, xalqlar haqidagi mavzularni ishtiyoq bilan o‘qir edim. Mana hozir O‘zbekiston Milliy universitetining tarix fakultetida o‘qiyapman. Biz o‘rganayotgan fanlar juda qiziqarli: arxeologiya, etnografiya, qadimgi dunyo tarixi va boshqalar. Kelajakda men yaxshi mutaxassis bo‘lishni istayman. O‘lkamiz tarixining ochilmagan sahifalarini o‘rganishni orzu qilaman. Toshkent, Buxoro, Samarqand shaharlaridagi obidalarni o‘rganishni, yer ostidagi madaniyat qoldiqlarini izlab topishni istayman.

Biz yaqinda qadimiy shaharlar: Samarqand, Buxoro, Xivada bo‘ldik. Qadimiy obidalar, ularning tarixi bilan tanishdik. Samarqanddagi Go‘ri Amir maqbarasi, Registondagi madrasalar, Imom Buxoroiy majmuasi, Buxorodagi masjid-madrasalar, Buxoro amiri saroyi, Xivadagi ajoyib tarixiy obidalar bizda katta taassurot qoldirdi. Men tarixchi bo‘lmoqchi ekanligimdan xursandman, mana shunday go‘zal, maftunkor obidalar bilan tanishib, yangi-yangi obidalar qazilmalarida ishtirok etishni orzu qilaman.


Lug‘at

ваша будущая профессия – sizning bo‘lajak kasbingiz

профессия (основной род занятий, трудовой деятельности) – kasb (mashg‘ulotlarning, mehnat faoliyatining asosiy turi)

выбирать (выбрать) профессию – kasbni tanlamoq (tanlab olish) профессиональные качества – kasbiy fazilatlar, xislatlar

вы начинаете трудовую деятельность Siz mehnat faoliyatini boshlayapsiz

деятельность (работа, занятие, труд) – faoliyat (ish, mashg‘ulot,


Maqollarni yod oling.

Tikkan chevar emas, Bichgan — chevar.

Yuz tuman oltindan hunar yaxshi.

Yuz hunarni chala bilgandan, bir hunarni to‘la bil. Yamoqchining ishini suvoqchi bilmas.

Yaxshi bilsang ishingni,yaxshilar silar boshingni.

Tarjima mashqi

Есть много профессий в мире, и все они являются по-своему интересными. Так что это очень трудно найти свое призвание в жизни. Выбор профессии зависит от способностей и целей в жизни. Мне очень нравится работать с детьми. Мои мама и бабушка тоже педагоги. Я с детства ежедневно наблюдаю за работой моей мамы. Вижу эту работу не только с внешней стороны, как другие ученики, но и изнутри. Да, это трудно. Да, это ежедневный кропотливый труд. Подготовка к урокам, проведение праздников… Но при всем этом моя мама ни разу не пожалела о выборе профессии.
Grammatik ma’lumot. Matn va uning ko‘rinishlari

Ma’lum bir shaxs tomonidan ayrim voqea-hodisa, narsa- buyumning izchil tasviri va tavsifi uchun tuzilgan gaplar sirasi matn deyiladi. Matnda ifodalangan axborotning hajm belgisiga ko‘ra 2 xil bo‘lib, ular: mikromatn va makromatndir.

Bir necha gaplarning o‘zaro grammatik va mazmuniy bog‘lanishidan tashkil topgan, mazmuniy yaxlitlikka ega bo‘lgan qo‘shma gaplarga nisbatan yirikroq yozma va og‘zaki nutq parchasi mikromatn deyiladi. Bir umumiy mavzu ostida birlashgan bir necha mikromatnlardan tashkil topuvchi yaxlit asarga makromatn deyiladi. Matn mazmun jihatidan 2 turga bo‘linadi: ma’lumotnoma matni va ijodiy-tavsifiy matn.

Ma’lumotnoma matnida bo‘lib o‘tgan voqea-hodisa yoki mavjud holat haqida oddiy axborot beriladi.

Ijodiy-tavsifiy matn so‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan ijodiy ravishda bayon etilgan voqea-hodisa, narsa yoki shaxsning tasviri yoki xabar, ma’lumotning ijodiy-tavsifiy bayonidir. Ilmiy, publitistik va badiiy uslublar, shuningdek, insho ham ijodiy-tavsifiy matnning ko‘rinishlaridir.

Matn turlari





Turlari

Tuzilishi

Qo‘llanilishi

Dialogli matn

Dialogli matn ikki va undan ortiq suhbatdoshning turli mazmundagi fikr-axborot almashinuvini ifodalay di. Bunday matnda so‘roq olmoshlari, yuklama, undov va kirish so‘zlar; sodda, to‘liqsiz va so‘z- gaplar keng qo‘llaniladi

Bunday matnlar so‘zlashuv va badiiy uslubga xos bo‘lib, savol-javob, taklif, xabar- ma’lumot, da’vat, iltimos kabi muloqot mazmunini ifodalashga xizmat qiladi

Tavsifiy (monologli) matn

Tavsifiy matnda so‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan ifodalangan voqea-hodisa, narsa-shaxs tasviri, tavsifi yoki xabar, ma’lumot bayoni beriladi. Matnda belgi-xusisiyat ifodalovchi so‘zlar, atama va modal so‘zlar, fe’lning xoslangan shakllari, uyushiq hamda ajratilgan gap bo‘laklari faol ishlatiladi

Tavsifiy matnlar ilmiy, publitsistik, badiiy, rasmiy- idoraviy uslubda qo‘llanila di. Ma’lum voqea-hodisa, narsa-shaxslarga oid fikr- mulohaza bildirish, ularni dalillar bilan ta’riflash, izohlash, asoslashga xizmat qiladi



Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish