1.3. Sharq xalqlari an’anaviy musiqasi va bir-biridan farqi
Sharq xalqlarining musiqa madaniyatini o’rganish, unga bo’lgan qiziqish doimo jahon musiqashunoslik ilmi namoyandalarining diqqat markazida bo’lib kelgan. Oxirgi yarim asr davomida bu masalani o’rganish musiqashunoslik ilmida mazmun jihatidan to’la shakllanib yetdi. Sharq xalqlarining mumtoz musiqa madaniyati, maqomot dunyosi atroflicha o’rganilib, Xalqaro forumlarda ilmiy tadqiqotlar shaklida tahlil etilib, olamshumul masalalar sifatida ehtirof etilib kelinmoqda. Qolaversa, jahonning aksariyat musiqiy oliy ta’lim muassasalarida maxsus fanlar sifatida dasturlariga kiritilgan. Jumladan, Respublikamizning OTMlari tizimidagi musiqiy ta’lim yo’nalishlarida maxsus fan sifatida talabalarga saboq berib kelinmoqda. - bo’lajak akademik lisey bitiruvchilari, san’at kollejlari va bakalavrlarning kasbiy, axloqiy, estetik va mafkuraviy tayyorlashda asosiy ixtisoslashtiruvchi fanlardan hisoblanadi.
Talabalarining xalq qo’shiqchiligiga xos o’quv malakalarini shakllantirish, ularga xalq qo’shiqlarini jamoa bo’lib kuylay olish va maqom guruhlarini tashkil qila olish psixologiyasi bo’yicha mukammal bilim berish va jamoaga rahbarlik qila olish xususiyatlarini singdirishdan iborat. Kursni maqsadidan kelib chiqqan holda, guruhli darslarda bir qator vazifalar amalga oshiriladi.
Fanni o’qitishdan maqsad: «sharq xalqlari musiqasini o’rganish va tahlil qilish», malakalarini egallash. Guruh bo’lib kuylashning tabiati, didaktik tamoyillari va boshqa qonuniyatlarni bilib olish.
Xalqlardagi badiiy san’atining o’zga xoslik jaraayonlarini, repertuarlari bilan bevosita tanishish va ularni tanlash bo’yicha Yuksak badiiy didga ega bo’lish.
I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida: “O’z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo’q”6, deb bekorga ta’kidlamaganlar. Musiqiy meros va uning tarixini o’rganishda maqom san’ati alohida o’rin tutadi. Markaziy Osiyo xalqlari musiqiy merosini o’rganish borasida musiqashunos-manbashunos olimlar I.Rajabov, F.Karomatli, O.Matyoqubov, A.Nazarov, R.Abdullaev, O.Ibrohimov, S.Saidiy, R.Yunusovlarning ajdodlarimiz musiqa merosini o’rganishga doir olib borgan tadqiqotlari diqqatga sazovordir.
Abu Rayhon Beruniy keltirgan ma’lumotlarga ko’ra, shu davrda Markaziy Osiyoda mahalliy aholi yil davomida 7 turdagi bayramni keng nishonlagan. Bayramlardan «Navro’z» go’yo podshohning tug’ilishi kuni sifatida tantana qilingan. Ayniqsa, xuddi shu bayram hamda shu tusdagi o’zga urf-odatlar, marosimlar o’z navbatida yangi an’analarning shakllanishiga olib kelgan. Bu davrda kifara, fleyta [nay], arfa [chang] eng qadimgi cholg’ulardan do’l-nog’ora, yirik rez nog’ora, harbiy nog’ora, kichik nog’ora, doyra [daff], tablak, hind tablagi, ko’s, tabira kabi urma cholg’ularning o’sha davr turlari yetakchilik qilgan.
Sharqda ham o’zimizdagidek “Navro’z” bayrami va unga bag’ishlangan bazm-tomosholar, ko’riklar hafta davomida aholi ichida tantana bilan nishonlanib kelinadi.
A.Rajabovning ma’lumotiga ko’ra, Buxoro musiqa madaniyatining o’ziga xosligi Darboriy [saroy] musiqa, ya’ni Buxoro mumtoz san’ati [keyinchalik Shashmaqom turkumi], diniy-marosimiy musiqa an’analari, harbiy musiqa turlari, pahlavonlar musiqasi, shahar hunarmandchilik musiqa yo’nalishi, Rustoy va Dehat, ya’ni folg’klor ijodiyoti namunalaridan tashkil topgan. Hatto xitoy, Mashriqdan- Mag’ribgacha bo’lgan donishmandlaru-ustoz-shogird tizimi uzoq vaqt davomida Buxoroda taxsil olingan. Buxoro maktabi yarim dunyoda yetakchilik qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |