KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: 1«Dirijyor» so’zi turli tillarda turlicha talaffuz qilinadi: nemislar «Dirident», italyanlar «Diridente», fransuzlar «Shef orkestre», inglizlar «Konduktor» deydilar.
Har qaysi tilda ham bu so’z rahbar, boshliq, direktor ma’nosini anglatadi. Shunday qilib, dirijyor bu- orkestr jamoasining rahbaridir. Uning asosiy vazifasi- bu jamoaning hayoti faol va yaxshi tashkillashtirilgan bo’lishini nazorat qilishdan iborat. Dirijyor sozandalar musiqiy asarni uyg’unlikda ijro etishlari, ular asarni birga boshlab, birga tugatishlari, o’z cholg’ularini bir maromda chalishlari, pauzalarni vaqtida ushlab, bir maromda kuy boshlashlarini tahminlaydi. Dirijyor sozandalar ijrosini yagona ritm va tempga moslashtirishni, ularni ijroga yo’naltirish uchun belgi berishi lozim.
Dirijyor 100 dan ortiq musiqachilar faoliyatining asosiy muvofiqlashtiruvchisidir. Uning roli qisman rejissyor roliga o’xshab ketadi. Rejissyor-teatrdagi saxna asarining badiiy rahbari, spektaklni tayyorlash borasidagi barcha ishlarning boshini birlashtirib turadi. Dirijyorning ham bevosita orkestrning rejissyori deya qarash mumkin.
Dirijyor - asar musiqasini ijodiy rivojlantiruvchi, uning ruhi bilan yashovchi, o’ta mehnat talab, mashaqqatli, sabr-bardosh talab qiluvchi mashuliyatli kasbdir. Bir qaraganda osondek ko’ringan dirijyorlik sanhatining naqadar mushkul ekanligini hamma ham tushunib yetavermaydi. Bu kasbning murakkabligi shundaki. orkestrdagi cholg’ularning nafaqat mukammal ijrosi, balki uning sirlarini ham bilishi kerak. Chunki ana shu cholg’ular uyg’un bo’lgandagina ajoyib kuylar dunyoga keladi.
Movoraunnaxr va yaqin Sharq mamlakatlarining aksariyati uzoq tarixga ega ekanliklari fanda ma’lum. Ularning har biri asrlar davomida o’z madaniy an’analarini shakllanishi va taraqqiyoti bilan bog’liq rivojlanish bosqichlariga egadir. Bizgacha yetib kelgan shakllarida esa har bir xalqning o’ziga xos musiqiy folklor janrlari, betakror mumtoz musiqiy namunalarini yuzaga kelganligini guvohi bo’lamiz. Ayniqsa, kasbiy musiqaning mukammal va murakkab tizimda tarkib topganligi maqomlar tizimining o’zida namoyon bo’lib turibdi.
Respublikada yaratilgan ko’plab asarlar orasida musiqiy meros bilan xarakterlanadigan, milliy tabiat, milliy o’zlikning mohiyatiga kirib boruvchi asarlar ajralib turadi. O’zbekistonda musiqa san’atining umumiy rivojlanishi bilan birgalikda dirijyorlik ijodiyotining faol o’sishi kuzatilmoqda. Bu jarayon musiqa san’atida turli janrlar va shakllar paydo bo’lishiga sabab bo’ldi. Musiqa yozuvi va dirijorligining turli uslublariga murojaat qilish, musiqa sadosi imkonmiyatlaridan maksimal darajada foydalanishga bo’lgan intilish yuksak badiiy qiymatga ega bo’lgan yangi qiziqarli asarlar tug’ilishiga asos bo’ladi.
Dirijorlik juda murakkab va mas’uliyatli fan bo’lib, bo’lajak musiqa o’qituvchilarini maktab ta’limiga tayyorlashda o’ziga xos pedagogik yondoshuv, malakaviy mahorat, ta’limni sinf va auditoriyadan tashqari mashg’ulotning uyg’unligida tizimli yo’lga qo’yish, ilg’or tajribalardan foydalangan holda uyushtirish, talabalarda bu fan ularni kelgusi faoliyatida “yetakchi” ahamiyat kasb etib, anglash ko’nikmalarini hosil qilish va fan sirlarini qunt bilan egallab borishlarini talab qiladi.
Movoraunnaxr musiqa san’ati, o’zimizning an’anamizda 7/8= (3+2+2)
8/8= (3+2+3), 10/8= (3+2+2+3) taqsimlanishidagi murakkab musiqa ijrochiligi uslublari harbiylarimiz tomonidan janglarda, hujum, tartib-qonunlarida, yurishlarda va tantanalarda keng qo’llanib kelingan.
Dissertatsiyada oddiy va murakkab o’lchovlarga dirijorlik qilish, ko’nikma va malakalarini hosil qilish yo’lida qo’llaniladigan ish uslublarini yoritib berish ko’zda tutildi. Disertatsiyada keltirilgan mashqlar dirijorlik sxemalarini qo’l harakatida ifodalash “taktlash” va “ko’rsatish” talabalarni har bir o’lchovga dirijorlik qilish qoidalarini puxta egallashlarida qo’l keladi. Mashqlarni tanlashda qo’llarning bir- biriga bog’liq bo’lgan va bo’lmagan harakatlarini bajarish uchun, ya’ni bir qo’lda dirijorlik sxemasini “ko’rsatish”, ikkinchi qo’lda ovoz partiyasi ijrosini ko’rsatish u yo bu malakasini hosil qilish nuqtai nazaridan yondoshiladi. Bunday Akadem–konseptual asarlarda dirijorlik qilishga erishish, talabalarga turli oddiydan boshlab “Nomurakkab va Murakkab” va “Aralash o’lchov” li asarlarga dirijorlik qilib bilish imkoniyatini yaratadi.
Binobarin, o’zbek musiqasining xorijiy Sharq xalqlari musiqa ijodiyoti bilan mushtarakligi, umumiy ildizlari, buyuk ajdodlarimiz Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abu Abdulloh al-Xorazmiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur kabi mutafakkirlar va ma’rifatparvar allomalar tomonidan chuqur e’tirof etilgan. Bu haqda jadidchilik harakatining yirik namoyondasi Abdurauf Fitrat o’zining “O’zbek klassik musiqasi va uning tarixi” asarida quyidagilarni yozadi: “Bizning adabiyotimiz Sharq-islom adabiyotiga qanday bog’langan, qanday munosabatli ersa musiqamiz ham Sharq-islom musiqasi bilan shunday munosabatdadir”.
O’rta va Yaqin Sharq xalqlarining tarixiy madaniy aloqalari, jozibador Sharq ohanglarining tarovati va ta’sir kuchi hamda o’zbek musiqasining xorijiy Sharq xalqlari musiqa an’analari bilan mushtarakligini nazarda tutgan holda O’zbekiston birinchi Prezidenti Islom Karimov quyidagilarni ta’kidlaydilar:
“Musiqa sadolari qaysi xalq yoki millat vakili tomonidan ijro etilmasin, eng ezgu, yuksak va nozik insoniy kechinmalarni ifoda etadi. Mashhur tarixchi Sharafiddin Ali Yazdiy o’zining “Zafarnoma” kitobida Amir Temur davrida o’tkazilgan musiqiy anjumanlar haqida to’xtalib, “Yaxshi ovozli xonandalar kuylashni boshlab, g’azalu naqsh aytur erdilar. Va turku mo’g’ul, xitoyu arab va ajamdir har kim o’z rasmi bilan nag’ma aytur erdi”, degan ma’lumotlarni keltiradi. Mustaqillik yillarida ulug’ bobolarimizning ana shunday an’analarini davom ettirgan holda, mamlakatimizda musiqa san’atini keng rivojlantirishga qaratilgan dastur va rejalar amalga oshirilmoqda. Jumladan mumtoz musiqiy merosimizni asrab-avaylash va o’rganish, uni yosh avlodlarga bezavol yetkazish maqsadida ko’plab ko’rik-tanlovlar, nufuzli xalqaro anjumanlari muntazam ravishda o’tkazib kelinmoqda”2.
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida” belgilangan ustivor ma’naviy-madaniy vazifalarga muvofiq “Jahon xalqlari musiqa tarixi” majmuasidagi “Sharq xalqlari musiqa tarixi” fanining asosiy maqsadi – talabalarda Yaqin va Uzoq xorijiy Sharq xalqlari musiqa an’analari haqida ilmiy asoslangan tizimli bilimlar doirasini hosil qilish, bo’lajak san’atkorlarning badiiy tafakkurini qo’shni xalqlar musiqa merosiga doir ma’lumotlar bilan kengaytirish va o’zbek musiqasining Sharq va jahon xalqlari musiqa madaniyatiga ko’rsatgan tarixiy ta’sirini o’rganish bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etayotgan “Sharq va G’arb madaniyatlari” kesimida idrok etishdir.
Sharq mamlakatlarining musiqa san’ati, madaniyatini o’rganish albatta, bu xalqlarning og’zaki va yozma manbalari, musiqiy dunyosini anglash bilan bog’liqdir. Musiqa dunyosi esa musiqachilar (xonanda va sozandalar), musiqiy cholg’ular, musiqiy janr va namunalar hamda ijrochilik an’analaridan iboratdir. Bu mezonlarni o’quvchi va talabalar e’tiboriga havola etish, jahon musiqashunoslik sohasida yaratilgan manbalar bilan tanishtirish eng muhim masalalardan ekanligini aytish joizdir. Shu bois, mazkur Dissertasiya ishida xalqiizning milliy an’analari, e’tiqodi, madaniyati va albatta musiqiy san’ati xususida dasturda belgilangan miqyosda alohida-alohida to’xtalib o’tiladi.
Qayd etish joizki, Ozbekiston va Sharq mamlakatlari musiqa madaniyatini anglash, idroklash albatta talabalardan ma’lum darajada tayyorgarlikni talab etadi. Talabalar o’z milliy musiqa merosini kerakli darajada o’rganib, muayyan bilimga ega bo’lishlari lozim. Xorijiy tillarni ham bilishlari ayni muddaodir. Zero, bu talabalarga turli tillarda yozilgan manbalar bilan tanishishlari uchun imkon yaratadi. Shu bois, qo’llanmaning adabiyotlar ro’yxatiga fors, tojik, turk, arab,hind, urdu, fransuz, ingliz tillarida yozilgan kitoblarning ham nomlari va tegishli ma’lumotlari keltiriladi. Jahon musiqa dunyosida mashhurlikka erishgan namoyandalardan saralab tanishtiriladi. Xalqlarning kasbiy musiqasi, ya’ni mumtoz kuy va ashulalariga alohida e’tibor qaratilib, ularning madaniyatini musiqa orqali anglash va tasavvurni mustahkamlashga harakat qilingan.
Qomusiy olimlar Al-Forobiy, Ibn Sino, Safiuddin al-Urmaviy, Xoja Abdulqodir al-Marog’iy, Darvesh Ali Changiy va boshqa mutafakkirlarning asarlarida urma cholg’ularga oid ko’plab qimmatli ma’lumotlar keltirilib, nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan edi. Abdurauf Fitrat o’zining “O’zbek klassik musiqasi va uning tarixi” nomli tadqiqotida Sharq musiqasi bag’rida muhim o’rin tutgan o’zbek musiqasi, milliy cholg’ulari, maqomlar mazmuni, musiqa va aruz kabi dolzarb muammolarni yoritib bergan. U mazkur risolasida, jumladan musiqa cholg’ulari haqida ham qiziqarli ma’lumotlar beradi, ilmiy fikrlarni olg’a suradi. A.Fitrat o’zbek musiqa cholg’ularining yetakchisi - doyra xususida “juda usta hofizlar [ashulachilar] cholg’usiz o’qug’anda, usulni chirmanda [doyra] bilan saqlaganlar”, deb uqtirgan ilmiy ta’riflar ham, bu masalaning hamisha muhim va teran ahamiyatidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |