Xulosa va takliflarning qisqacha umumlashtirilgan ifodasi; Ushbu mavzu yuzasidan umumta’lim yo’nalishlari musiqa o’qitish tizimiga xos disertatsiyasini tayyorlash, san’at kollejlari va Konservatoriyalardagi yo’nalishlarda maxsus kasbiy mutaxassislik fanlarida “Sharq xalqlari musiqa madaniyati” fani joriy etilganidek, bir-birovidan farqi va o’xshashligiga xos popuri notasiyalarni solishtirish va birlashtirish tasniflarini ijod qilishga oid yangicha talqindagi kompozisiyalar yaratish tizimini uslubiy ishlab chiqish va ushbu fanni yanada boshqa zamonaviy qirralarini ochish va tadbiq etish.
I BOB
1. DIRIJYORLIK FANINI O'QITISHNING NAZARIY ASOSLARI
1.1.Dirijyorlik ijodiyotining shakllanish tarixi va taraqiyotining ustuvor yo’nalishlari
“Dirijor ко ‘rish va eshitish san’atiga ega bo‘Imogi lozim, и yengil va ayni paytda kuchli bo‘lishi darkor, и sozlar kompozitsiyasini, ulaming tabiati va qamrovini his qilishi, partiturani о‘qiy olishi, shular barobarida alohida iste’dod egasi bo'lishi muhim... U yana o'zi va orkestr o'rtasida ко'zga ко‘rinmas aloqa о’rnatilishi uchun kerak bo'Igan yana boshqa, deyarli noaniq xususiyatlarga ham ega bo'lishi shart. Agar dirijor orkestrga o'z hissiyotlarini yetkazish xususiyatiga ega bo'lmasa, unda и orkestr ustidan “hukmronlik” qila olmaydi, unga о'z ta’sirini о'tkazishdan mahrum bo'ladi. Bu holda и orkestming dirijori emas, balki oddiygina “takt uruvchi”ga aylanib qoladi, shunda ham agar umuman taktni to'g'ri belgilash va ajratishni uddalay olsa!” Gektor Berlioz.
Dirijorlik san’ati alohida ijod turi sifatida 19 asrning ikkinchi yarmida Shakllandi. Biroq, qadimgi Misr va Ossiriya bareleflarida qo‘lida jezl tutib, ijrochilar ansamblini boShqarayotgan inson qiyofasi tasvirlangani ma’lum. Qadimgi yunon teatrida esa, daho (korifey) xorni boShqarayotgani, bu jarayonda poyafzaliga temir qoqilgan bo‘lib, usulni oyoqlari yordamida ko‘rsatib bergan. Shu bilan birga, Qadimgi Yunonistonda qo‘l va barmoqlar vositasida ijrochilarga asarning metr, temp, usulini namoyiSh etuvchi ilk dirijyor paydo bo‘lgani haqida ma’lumotlar mavjud. Bu harakatlar yuqoriga va pastga yo‘naltirilgan va kelgusida o‘rta asrlarda Evropa cherkovlaridagi xorlarni boshqarish ham shu yo‘sinda amalga oshirilgan.
1432 yilga talluqli tasvirlarda cherkov ansamblini battut (tayyoqcha) yordamida boShqarayotgan inson gavdalantirilgan. Battut (tayyoqcha) –turli materiallardan, Shu jumladan, tilladan ham yasalgan. Undan takt boShini ko‘rsatiSh maqsadida foydalanilgan. Avvaliga battut muhtaSham qamiShdan bo‘lib, orkestr rahbari uni erga urib takt boShini ko‘rsatgan. Dirijerlik Shovqinli, hattoki havfli bo‘lgan. J.B.Lyulli dirijerlik qiliSh chog‘ida qamiSh uchi bilan o‘zini yarador etib, oqibatda olamdan ko‘z yumgan.
Orkestrlar kengaygan sari (O‘rta asrlarda va Uyg‘onish davrida ular hali kapella deb atalgan), orkestr ijrosi amaliyoti qiyinlashgan sari boshqaruvchi shaxsga bo‘lgan zarurat oshib boraverdi — u marom berib turib, barcha tartib bilan o‘z vaqtida ijroga kirishishini nazorat qilar edi. Ilgari bu ish “battuta” deb atalgan salmoqli “Hasso” yordamida amalga oshirilgan, uni yerga urib, marom berib turilgan - bu jarayon aks etgan eng eski tasvirlar XV asrga oid. Bu ish ancha og‘ir va xavfli edi- buyuk fransuz bastakori Jan-Batist Lyulli (1632–1687) mana shunday “Hasso” uchi bilan oyog‘ini jarohatlab olib, qorason tufayli olamdan o‘tgan.
XVII asrga kelib, dirijerlik qilish takomillashib, ijrochilar ansamblini ko‘pincha skripkachi boshqara olgan. U boSh harakatlari va kamon yordamida taktlarni qolgan ijrochilarga ko‘rsatib turgan. Dirijerlik qiliSh endilikda turli Shovqinlardan holi bo‘lgan.
Kapellalar bilan o‘z musiqasini ijro etgan bastakorlar birinchi dirijorlar bo‘ldi. Ular oyoq bilan yer tepishi yoki, Bax singari, qo‘lidagi qog‘oz o‘ramini silkitishi mumkin edi. Ba’zan bu funksiyani klavesinistlar yoki skripkachilar bajarar, ular kamoncha yordamida ishora berib turar edi. Dirijorlar bir nechta bo‘lishi ham mumkin edi -operada xormeyster qo‘shiqchilarni, konsertmeyster orkestrni boshqarardi. Dirijor musiqachi bo‘lib, u ham yo soz chalar, yo kuylardi. Konsertmeysterlar birinchi skripka partiyasini ijro etib, boshqa musiqachilarga ko‘zlari bilan yoki bosh silkitib ishora berar, ba’zan ijroni to‘xtatib, kamoncha bilan marom berib turar edi.
XVII asrda general-bas tizimi shakllanishi bilan dirijer vazifasi klavisin yoki organda general-bas partiyasini ijro etayotgan musiqachi zimmasiga yuklatilgan. U tempni belgilashi, ko‘zlari, boShi yordamida Shuningdek turli harakatlar orqali ijrochilarga ta’sir etiShi mumkin bo‘lgan. I.S.Bax kabi kuylab oyog‘i bilan usulni ko‘rsatgan. XVIII asrda general-basga birinchi skripkachi–jo‘rnavoz yordam bergan. U cholg‘usi yordamida asar ruhini ko‘rsatiShi, ijroni to‘xtatib, kamonni battut sifatida ishlatishi mumkin bo‘lgan. XVIII asrga kelib, murakkab vokal – cholg‘u asarlarni ijro etish amaliyotida juft va hatto uchlangan dirijerlik qiliSh keng tarqaldi. Masalan, opera ijrosi vaqtida klavisinchi - xonandalarga, jo‘rnavoz - orkestrga, violonchel ijrochisi - uchinchi rahbar vazifasini o‘tagan. Bas ovozni va rechitativlarni ijro etuvchilarga–xormeyster rahbarlik qilgan. Ayrim hollarda dirijyor soni beShtagacha bo‘lgan. XIX asrda skripkachi-konsertmeyster ahamiyati yanada yuksalib, general- bas tizimi chetga chiqarilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |