Muammoning o’rganilganligi: Sharq milliy cholg’u ijrochiligining tarixiy, nazariy va amaliy masalalari O’zbekiston olimlari F.Karomatli, I.Rajabov, T.Vizgo, A.Nazarov, S.Saidiy, A.Malkeevalar, yevropalik musiqashunoslar G.Farmer, L.Pekkin, yaponiyalik S.Genichi va boshqa qator olimlar izlanishlarida keng tadqiq etilgan.
Sharq va O’zbekistonda mavjud bo’lgan nashrlardan tashqari olimning cholg’u san’atiga oid bo’lgan o’nlab ilmiy maqolalari xorijda ham nashrdan chiqqan.
F.Karomatli tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasi nafaqat o’zbek va tojik xalqlari musiqa madaniyati taraqqiyoti, balki O’rta va Yaqin sharq xalqlari musiqiy madaniyati tadqiqotchilari uchun ham ilmiy-metodologik asos bo’lib kelmoqda.
Zamonaviy musiqashunoslikda Sharq va O’zbekiston xalqlarining musiqiy cholg’ulari xususida shu choqqacha alohida va maxsus ilmiy tadqiqotlar yaratilmaganligini ta’kidlash joiz. Holbuki, ushbu mavzuning barcha milliy va mahalliy muammolarini o’rganish, musiqiy cholg’ular va qo’shiqchilik san’atining tuzilishi, uslubiy, nazariy va amaliy jihatdan yaxlit tadqiq etish mustaqillik mafkurasi va milliy-madaniy qadriyatlarni tiklash masalalari matnida dolzarb ahamiyat kasb etib, milliy an’analarni uyg’un rivojlanish vazifalari bilan ham bevosita bog’liqligini ta’kidlamoq kerak.
Binobarin, O’zbekiston birinchi prezidenti I.Karimov o’rinli ta’kidlaganidek, “Barchamiz yaxshi anglab olishimiz kerakki, hayotimizning boshqa sohalaridagi ahvol, amalga oshirilayotgan islohotlarimizning samaradorligi avvalo xalq ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning o’rganilishi, an’analarimizning saqlanishi, madaniyat va san’at, fan va ta’lim rivoji bilan uzviy bog’liqdir”.
Shu bilan birga milliy musiqa muammolarini ishlashda rus va g’arb musiqashunoslarining munosib ulushlari mavjudligini ta’kidlamoq kerak. Ammo, qator izlanishlar zamirida milliy musiqa an’analarini soxtalashtirish, milliy o’zlikdan uzoqlashtirish maqsadi ham ko’zlangan edi.
Tadqiqot metodlari. Tadqiqotning ilmiy-nazariy, ma’naviy asoslarini ishlashda O’zbekiston birinchi prezidenti I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida: “o’z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo’q”3, deb bekorga tahkidlamaganlar. O’zbekiston Prezidenti Shavqat Miramonovich Mirziyoyevning 2017-2021 yillardagi 5- ustuvor harakatlar strategiyasi hamda 2019 yildagi “Yoshlar ma’naviyatini yuqsaltirish va ularning bopsh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha 5-ta muhim tashabbus;[2.5.4-6]
Yoshlarning musiqa, rassomchilik, adabiuyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga keltirishda xizmat qiladi.
Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularni sport sohasida qobiliyatini namoyon qilish uchun zarur sharoitlar yaratishga yo’naltirilgan.
Aholi va yoshlar o’tasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.
Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish uchun ular o’tasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish uchun bo’yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo’naltirilgan.
Xotin qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini nazarga tutadi.[2.2.12-14]
O’zbekiston xalqining mahalliy uslublari xalq og’zaki ko’rinishida 3000 ming yillik an’analarini saqlab, avaylab bugungi kun madaniyati peshqadamining timsoli asnosida jahon musiqa olamini hayratga solib, mo’jizali ta’sirot qoldirmoqda. Mutaxassis tayyorlashning maqsadi, vazifalari ushbu fanning xususiyatlarini o’rganish, talablarni o’qitish hamda tarbiyalashning mazmuni, tamoyillari va usullarini topg’ri belgilash eng muhim shartlardan biridir.
Shuningdek, musiqashunos olimlar Markaziy Osiyo xalqlari musiqiy merosini o’rganish borasida musiqashunos-manbashunos olimlar F.Karomatli, R.Abdullaev, S,Saidiy, kabi olimlarning musiqashunoslik sohalariga tegishli asarlari, Z.Oripov qabilarning musiqa tarixi, madaniyatshunoslik va musiqashunoslik sohalariga tegishli asarlari ishning metodologik asosini tashkil qildi. SHuningdek, qiyosiy-tahliliy taqqoslash metodidan ham foydalanildi. Bevosita Markaziy Osiyo xalqlarining musiqiy merosi rus olimlari V.Belyayev, V.Uspenskiy, Ye.Romanovskaya, N.Mironov va boshqalarning ilmiy izlanishlarida ham o’z ifodasini topgan.
Ilmiy tadqiqotlar samarasida sharq va o’zbek milliy cholg’ulari A.Vamberi, M.Masson, L.Rempel, S.Tolstov, R.Sadokov, G.Pugachenkova, A.Arsixovskiy, S. Saidiy kabi san’atshunos olimlar va tarixchi hamda arxeolog olimlar tomonidan ham umumiy tarzda yoritiladi.
Yuqorida ko’rsatilgan olimlarning tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki, aynan sharq cholg’ularning paydo bo’lishi va rivojlanishi tarixi, xomashyolari, o’zgarish xususiyatlarining ohangga ta’siri, xalq orasida tarqalishi va turlanishi, ularning musiqa san’atidagi o’rni va boy imkoniyatlari maxsus ilmiy tadqiqot sifatida o’rganilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |