Klarnet – Klarnet yog’och-damli sozlar guruhiga mansub cholg’u. U tsilindr trubali, bir tilcha va klapanlar tizimiga ega asbobbo’lib, 4 turi mavjud: katta, kichik, bas, bassetgorn (alg’t klarnet). Klarnetda tovush mundshtukka bog’langan qamish naycha orqali chiqariladi. Klarnet bir necha yil maxsus saqlangan yog’ochdan hamda ebonit va plastmassadan tayyorlanadi. Klarnet tovushi toza, yorqin, muloyim va juda ifodali eshitiladi.
Soprano klarnet (katta) hozir ikki sozlanishida qullaniladi - Si- bemolg’ va Lya. U transpozitsiyali cholg’ubo’lib, yozilgan notadan alg’t va soprano registrlarida bir yoki bir yarim ton pastroq eshitiladi. Sadolanish hajmi - kichik oktava Do-diez- 3-oktava fp-diez-Solg’.
Kichik klarnet (pikkolo) - katta klarnet tuzilishida bo’lib, biroz kichikroqo’lchamga ega va yuqori registrda eshitiladi. Kichik klarnet transpozitsiyali asbob bo’lib, Mi-bemolg’ sozlanishida yozilganidan yarim ton yuqori eshitiladi. Sadolanish hajmi - kichik oktava Solg’ - 3-oktava Si. Uning tembri keskin, o’tkir. Ahyon-ahyonda ishlatiladi.
Bas-klarnet - soprano klarnetdan o’lchami biroz kattaroq. Uning cheti keng, tepaga qayrnlgan metall truba bilan tugallanib, unga mundshtuk biriktiriladi. Bu asbob transpozitsiyali bo’lib, Si-bemolg’-Lya sozida ishlatiladi. Sadolanish hajmi - katta oktava Re yoki kontroktava Si-bemolg’2-oktava Re. Notalar real sadolanishdan tona tepada yoziladi.
Fagot - Fagot damli sozlar guruhidagi eng yug’on tovushli cholg’udir. U maxsus ishlov berilgan va bir—biriga mahkam bog’langan ikki qamish plastinka va klapanli tuzilma, juft tilga ega bukilgan trubkadan nborat. Til metall trubaga lotincha sharfi shaklida kiydiriladi. Tarixda fagotlarning juda ko’p turlari mavjud bo’lgan: diskant fagot, alg’t, tenor fagot, xorist fagot, juft fagot, kvartfagot, kvintfagot, kontrfagot va v.k. Bugunga kunda ulardan faqat ikki turi — fagot va kontrfagot saqlanib dolgan. Fagot bas, tenor va qisman, alg’t registrlarini qamrab oladi. Diapazonq - kontroktava Si- bemolg’, 2-oktava Mi. Uning notalari bas va tenor, bahzan skripka kalitlarida yoziladi. Fagot ijrosi xilma-xil va erkin texnikaviyligi bilan ajralib turadi.
Mis damli asboblar guruhi valtorna - Mis damli asboblar ichida valtorna o’zinnig kuychan, mayin va aniq tembri, uychan-lirik tovushi bilan alohida ajralib turadi. U aslida ov burg’usiga borib taqaladi. Qadimda natural tovush qatordagi bir necha tovushlarni chalishga moslangan natural valtorna ishlatilgan. Hozir ventil valtorna qo’llaniladi, U fa yoki Mi—bemolga sozlanadi. Fa sozlanio’ida uch ventnlli valtorna ishlatiladi. Uning diapazoni - kontroktava Si - 2- oktava Fa. Notalar skripka kalitida, tovushdan kvinta balandroq, bas kalitida esa tovushdan kvarta pastroqda yoziladi.
Truba - trubaning jarangdor va davhatkor ovozi qadimdan mag’lum bo’lib, dastlab bu asbob ventilsiz ko’rinishga ega bo’lgan va natural truba deb atalgan. Unda jami 5-8 tovush chiqarilgan. 33—35 tovushli xromatik tovush qatordagi xromatik truba XIX asrning oxirida paydo bo’ldi. Hozir amaliyotda trubaning 3 turi ishlatiladi: soprano-alg’t registrli truba, alg’t va bas trubalar.
Trombon- Trombon mis damli sozlar guruhidagi trubaning bas ko’rinishiga ega. Unga mis naycha kiydirilgan bo’lib, uni harakatlantirish vositasida havo hajmi kengaytiriladi. Bu asbob uch qismdan i borat: truba, harakatlantiruvchi mexanizm va mundshtuk. Uning uch turi mavjud: tenor, alg’t va bas.
Tenor trombon- asosiy tur bo’lib, bas-tenor registrlarinn qamrab olgan. Diapazoni - kontroktava Solg’ — 2—oktava Fa. Bunda kontroktava Si- bemolg’ va 2-oktava Mi tushirib qoldirilgan. Bu tovushlar kvart-ventil yordamida hosil qilinadi. Bu asbob yorqin va jarangdor tembrlibo’lib, kuchli va salobatli tovushga ega. Uning ovozi surdina yordamida yumshatiladi, glissando effekta mis naychaning sirg’anishi orqali erishiladi.
Alg’t trombon- tenor trombondan kvarta balandroq eshitiladi.
Bas trombon- kontroktava Fa - birinch oktava Fa diapazonida bo’lib, juda kam qo’llaniladi. Partiturada truba partiyasidan quyida yoziladi.
Tuba - Mis damli sozlar guruhidan eng yo’g’on ovozli cholg’u asbobidir. Bu cholg’u uning tovushlari yarim toy, bir yarim ton va ikki yarim ton (kvartventil) pasaytiruvchi 4 ta ventil bilan tahminlangan. Bahzan 3-4 tonga qadar pasaytiruvchi beshiichi ventil ham qo’llaniladi. Uning diapazoni - kontroktava Do - 1-oktava Fa. Subkontroktavadagi Si-bemolg’ ham bahzan hosil qilinadi. Uning notalari real sadolanishga mos bo’lib, bas kalitida yoziladi.
CHelesta — shaklan kichik pianinoga o’hshash bo’lib, simlarn o’rnida bahzan shisha yoki metall plastinalar ishlatiladi. Klaviaturasi ham fortepianogao’xshash: metall plastinkalar taxta qutichalar ustiga joylashtirilgan, uning tovushi filg’ts bilan uradigan bolg’acha yordamida hosil qilinadi. Diapazoni 1—oktava Do - 5—oktava Do. Notalari skripka va bas kalitlarida, real tovushdan bir oktava tepada yoziladi. Tembri juda go’zal, muloyim va sokin. CHelesta kam qo’llaniladi, partiyasi ksilofondan pastda, arfadan tepada yoziladi.
Katta baraban – Bahzan turk barabani deyiladi. Pastki registrda nomahlum balandlikdagi tovush beruvchi yirik zarbli cholg’u bo’lib, ikki tomonidan charm bilan qoplangan metal yoki yog’och tsilindr shakliga ega. Juda kuchli ovozi bir tomondan yumshoq jun bilan qoplangan yog’och bolg’acha yordamida hosil qilinadi. Partiturada tarelkadan pastda, tam-tam partiyasidan tepada yoziladi.
Tam-tam – SHarqda ixtiro qilingan asbob, katta o’lchamli metaldan quyilgan bo’rttirilgan disk. CHangning bir turi bo’lib, chang tovushi mahlum balandlikda, tam –tam tovushi esa nomahlum balandlikda eshitiladi.Tam-tam katta bolg’acha yordamida chalinib, vahimali, dahshatli tovushga ega.
Fortepiano-klavishli - zarbli asbob - Fortepiano quticha ko’rinishidagi bolg’ali-klavishli-torli asbob bo’lib, uniig ichida joylashgan cho’yan andoza ustiga torlar tortiladi. Fortepianoda tovush simlarni yog’och bolg’achalar bilan urilishn orqali hosil qilinadi. Simlarga taqalib o’rnatilgan filg’ts yordamida tovushlar cho’zib- qisqarishi va past-baland (forte yoki piano) chalinishi mumkin. Asbobning nomi ham uning ushbu hususiyatidan kelib chiqadi. Musiqa amaliyotida fortepiano boshqa klavishli cholg’ular - klavesin va klavikordlarni siqib chiqardi. Fortepianoda chapdan o’ngga ko’tarilib boruvchi xromatik tovush qatorining 90 va undan ko’proq tovushlarini beruvchi simlarn mavjud. Pastki registrdagi tovushlar bir simda, o’rta registr tovushlari - ikki va yuqori registr tovushlari uchta simda chiqariladi. Bolg’achalarning har biri mahsus mexanik qurilma yordamida klavishlarning bosilishi bilan simlarga uriladi, klavish ko’tarilgan payti maxsus yostiqchalar simlarning sadolanishini to’xtatadi. Pedallar esa tovush jarangini cho’zishi, qisqartirishi, kuchaytirishi va boyitishi mumkin. Bahzi asboblarga nisbatan kamroq kuychan bo’lgan fortepiano ayni paytda akkordli va ko’p ovozli faktura imkoniyatlariga ega bo’lib, orkestr sadolanishiga o’xshab ketadi. Uning diapazoni 7 oktavadan kattaroqdir (Subkontroktava Fa-lya va Beshinch oktava Do). Ushbu fazilatlari bilan fortepiano universal ahamiyat kasb etadi hamda solo (yakkanavoz) asbob sifatida ishlatiladi. Simfonik partiturada fortepiano partiyasi torli- kamonli cholg’ular guruhi tepasida yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |