Dirijërlik setka (sxemasi) – taktning metrik tuzilishini dirijyor qo’l harakati orqali ko’rsatadigan tsikli (tutashtirilgan kompleksi). Q.-taktlash.
Kamerton (nem. kammerton, kammer – uy, xona, ton–tovush) – muayyan balandlikka ega bqlgan va aniq tovush beruvchi maxsus asbob. K. ijrochilik amaliyotida cholg’u asboblar, orkestrlar va xor jamoalarini sozlashda balandlik etaloni. Odatda birinchi oktava «lya» tovushiga moslanadi. Bahzan xonandalar va xor dirijyorlari ikkinchi oktava «do»ga moslangan K.dan ham foydalanishadi. Gammadagi barcha tovushlarni, shuningdek uchtovushliklarni ifodalaydigan K. ham bor. K. 1711 y.da ingliz J.SHor tomonidan ixtiro qilingan. 1936 y.dan 440 gts (1858 y.dagi 435 gtsli Parij K.idan 1/10 tonidan yuqori bo’lgan)ga teng K. qabul qilingan.
Metronom (yunon. metron – o’lchov, nomos – qonun) – musiqa asari surhatini aniqlaydigan asbob; 1816 y.da Vena mexanigi I.N.Melg’tselg’ tomonidan ixtiro qilingan (shundan M.M. – yahni Melg’tselg’ M.i deb belgilanadi). Taktdagi hissalar sanog’i, siljuvchan moslama (yuki) va bir daqiqadagi tebranishlar sonini ko’rsatuvchi shkalasiga ega mayatnik yordamida belgilanadi. M.ning son belgilari nota yozuvi tepasida muayyan cho’zimdagi nota va unga taalluqli raqamlar b-n qo’rsatiladi.
Metronomlash (surhatni o’lchash, taktlash, vaznlashtirish) – taktlash, takt sxemasida qo’l harakatini bildiradigan atama «Xor va uni boshqarish» kitobida, P.CHesnokov tomonidan qo’llanilgan. M.yoki o’lchamli taktlashtirish bu hali dirijyorlik emas, chunki badiiylik xususiyatlaridan holi, biroq dirijyorlikda tayanadigan asosning o’zi M.ning vazifasi – ritmik ijroni tashkil qilish, taktlar sxemasini aniq bera olish, taktdagi kuchli va kuchsiz hissalarni ko’rsatish. (q. taktlash)
Partitura (ital. ‘artitura, lot. ‘artio – bo’laman, taqsimlayman) – xor, ansamblg’ yoki orkestrga mo’ljallangan musiqa asarining to’liq nota yozuvi. Unda alohida ovozlar, barcha cholg’u asboblar partiyalari bir butun birlashtiriladi. P.-da partiyalar mahlum tartibda har biri alohida nota yo’llarida yoziladi. Odatda xor P.sida yuqorida baland ovozlar, tartibida yoziladi - soprano, alg’t, tenor, bas. Orkestr P.da partiyalar turdosh sozlar guruhi bo’yicha joylashtiriladi.
Repertuar (lot.re’ertorium, fr.re’ertoir – ro’yxat) – turli kontsertlarda ijro etiladigan yoki musiqiy tahlim jarayonida o’rganiladigan asarlar majmui. Tug’ri tanlangan R. – har bir ijrochi, ansamblg’, orkestr, xususan xor jamoasining muvaffaqiyatli faoliyatida o’ta muhimdir. R. – badiiy jihatdan barkamol, xorning yo’nalishiga mos, rang-barang va qiziqarli bo’lishi, pedagogik jihatdan esa mantiqan o’rinli tuzilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |