Nizomiy “Xusrav va Shirin” dostonida “ Barbadning 30 ta kuyi” bo’limida Barbadning mahorati, so’ng 30 baytda qo’shiqlarining nomlari sanalgan. Bular quyidagicha:
Turkmanistonda Barbad bilan Nakiso orasidagi ijodiy raqobat ko’rsatilgan. Nakiso Shirin nomidan 27 baytli, Barbad esa 26 baytli qo’shiq ijro etadi29. Dostonning oxirida Barbad Xusrav II o’limidan so’ng barmoqlarini kesishi haqida parchalar bor.
Amir Xusrav Dehlaviy esa “Shirin va Xusrav” dostonida Barbadni ikki asosiy ko’rinishda tilga oladi:
1-ko’rinish. Xusrav ovda Shirinni ko’rib sevib qoladi. Quvonchidan Xusrav tantanali kecha o’tqazadi. Bu yerda Barbad va uning san’ati yuqori darajada tasvirlanadi. “Ganji bodovard” kuylanadi. Barbad qo’shig’i Xusravni mast qilib qo’yadi, u dunyodagi hamma narsalarni unga bahshida etishini aytadi. Xusrav Barbadning har bitta musiqa tovushini marvaridga qiyoslaydi va Barbadga ko’p sovg’alar beradi. Barbad qimmatbaho sovg’alar bilan uyga qaytib “Shodurvoni Marvarid” qo’shig’ini yozadi va buni Xusravga ko’rsatadi. Bu qo’shiq Xusravga kuchli ta’sir qilib, sevgi his - tuyg’ulariga berilib ketadi.
2 - ko’rinish. Xusrav saroyida tantanali bazm o’tkaziladi. Bu bazmda Barbad va Nakiso qatnashadi. So’ng Nizomiy dostonidek Barbad va Nakiso sevishganlar nomidan duet kuylaydilar. Parchalarda ayriliq va uchrashuv, yoshlik va qarilik, sevgi, do’stlik to’g’risida falsafiy qarashlar tasvirlangan.30 Firdavsiyning “Shohnoma” asarida ham Barbad haqida fikr yuritilgan. Uning yozishicha, Barbadning mashhur bo’lganligi Sarkashgacha yetib boradi, Sarkash raqobatchilikdan qo’rqib uni saroyga kiritmaslikni buyuradi.
Barbad saroyga kirmoqchi bo’lganida uni soqchilar qo’ymaydi. U Xusrav shohning Navro’z bayramini bog’da o’tqazishini eshitib qoladi. Mardo’y nomli bog’bon orqali u yashil kiyimlarda bog’ga kirib barglar orasida yashirinadi. Quyosh botgandan so’ng Barbad o’zining musiqa asbobida “Dodofarid” 31qo’shig’ini kuylaydi. Hamma bu kuydan hayron qolib, podshoh musiqachini topishini buyuradi. Lekin hech kim topolmaydi. Shoh ikkinchi qadahni ko’targanda Barbad “Paykargurd” qo’shig’ini kuylaydi. Yana podshoh uni izlashni buyuradi, yana hech kim topolmaydi. Shoh uchinchi qadahni endi ichmoqchi bo’lgan vaqtida u “Sabz andar sabz” qo’shig’ini kuylaydi va Barbad daraxtdan tushadi. Shunda Xusrav uni musiqachilar boshlig’i etib tayinlaydi.
“Shohnoma”da Barbadning Xusrav uchun achinib yig’lagani ham tasvirlangan. Shohning o’g’li otasidan taxtni tortib olganligini eshitib Barbad yig’lab yuboradi.
Manbalarda Barbad ayniqsa turkumli, xususan marosimlar bilan bog’liq bo’lgan asarlarga mehr qo’yganligi ta’kidlanadi. Har bir o’tqazilgan xalq sayllarida, shohning tantonavar kunlarida yangi asarlar yaratib, shohga hadya etgan. “Xusravoniy” yoki “Shohona” pardalarni takomillashtiradi. Har bir yaratilgan asari saroy muhiti, shohning ruhiyati bilan bog’liqdir.
Manbalarda qo’shiqlarning ba’zi bir nomlari saqlangan: “Yazdan ofrid”, “Ganji bod ovar”, “Bog’i Shahriyor”, “Nimro’z”, “Sabr dar sabz”, “Qini Eradj”, “Qini Siyavush”, “Xaft ganz”, “Rohi Shabdiz”, “Bog’i Shirin”. 32 Shuningdek, u Navro’z bayramiga atab marosim qo’shiqlari yozgan. “Vostariyushan”, “Vangix”, “Sozi Navro’z” kabi qo’shiqlarda Navro’zni kutib olish, aholining mehnati kuylanadi.
Al-Johiz va Saolibiylarning ta’kidlashlaricha, bu qo’shiqlar “dehqon qo’shiqlari” deb yuritilgan. Bular: “Bodi Navro’z”, Nozi Navro’z”, “Sozi Navro’z”, “Navro’zi Xurdak.” Barbad bir necha asarlarini xalq qahramoni Siyovushga bag’ishlaydi. Bular: “Bog’i Siyovush”, “Qini Siyovush”, “Siyovushon”,”Сарьезор”, Яздонофарин”, ”Сурушгоh”, harbiy qo’shiqlaridan “Ho zam-zam”, “Mozandaron”32va boshqalar.
Xulosa qilib aytish mumkinki, Barbad O’rta Sharqda mumtoz musiqa san’tining ilk professional namoyondasi darajasiga ko’tarilgan va aynan shu soha asoschisi sifatida tarixdan o’rin olgan.Shuningdek, Sharq o’lchovlarining shakllanishi va rivojlanishiga ham asossolgan ilk bastakorlardan biridir.