Gossipolning erishiga aralashmadagi atseton miqdorining ta’siri
Atsetonning
% miqdori
|
Gossipolning 40 0S dagi eruvchanligi, gG’ml da
|
60
70
80
90
|
1,165
9,505
12,155
97,62
|
|
|
Markman va Shamsutdinovlar [9] gossipolni ba’zi aralash erituvchilarga – benzin-benzolga, benzin-dixloretanga, benzin-atsetonga munosabatini o’rgandilar. Bu erda binar erituvchilardan eng samaralisi bo’lib benzinning atseton bilan aralashmasi ekanligi ma’lum bo’ldi. Paxta momig’ini 85 % li benzin va 15 % li atseton aralashmasi bilan ekstraktsiya qilingan vaqtda, gossipolning shrotdagi qoldig’i 0,02 % ni tashkil etdi, uni mistselladagi miqdori 2,04 % ga teng bo’ldi. Benzin – benzol aralashmasi bilan ekstraktsiya qilingan vaqtda gossipolning shrotdagi va yog’dagi miqdori 0,39 va 0,73 % ni tashkil etdi.
Gossipolning suyuqlanish xarorati bo’yicha turli mualliflar 180 dan 214 oS atrofida yotuvchi turlicha ko’rsatkichlar keltiradilar. Olib borilgan tekshirishlar bu ko’rsatkichlardan ba’zilari toza bo’lmagan eritmalarga xos ekanligini ko’rsatdi. Gossipol – beqaror birikma, reaksion qobiliyati yuqori, juda tez oksidlanadi. Ba’zi hollarda suyuqlanish temperaturasidagi farqlarni uni ajratib olish jarayonidagi o’zgarishlar bilan bog’liq deb qarash mumkin. Dietil efiri tarkibida peroksid hosilalari bo’ladi, shuning uchun unda erigan gossipol turli o’zgarishlarga uchrashi mumkin.
Lekin gossipol turli erituvchilardan kristallga tushirilgan vaqtda barcha oksidlanishni oldini oluvchi yoki boshqa o’zgarishlarni oldini oluvchi xavfsizlik choralari ko’rilsa-da, suyuqlanish temperaturasi turlicha bo’lgan shakllari olingan. Shuning uchun Kempbell, Morris va Adams 1937 yildayoq gossipolning suyuqlanish temperaturalari 184, 199 va 214 ga teng bo’lgan bir nechta polimorf modifikatsiyasi mavjud deb aytib o’tishgan [4].
Bu faraz (taxmin) gossipolni turli erituvchilardan qayta kristallga tushirish natijasida qaytar jarayonlar ketganligi bilan izohlanadi. Masalan, toza gossipol suyuqlanish temperaturasi 184oS ga teng, xloroformda qayta kristallga tushirilsa, suyuqlanish temperaturasi 199 oS ga teng bo’lgan modifikatsiyasi hosil bo’ladi. Bu oxirgi modifikatsiya dietilefirida qayta kristallga tushirilsa, tsuyuq -184oC modifikatsiyasi hosil bo’ladi. Petroley efirida qayta kristallga tushirilganda tsuyuq -214oC li kristallar hosil bo’ladi. Ko’rsatilgan shakllarning kimyoviy tabiati haqiqatan ham bir-biriga o’xshashligini inobatga olgan holda, gossipol polimorfizmi bilan to’qnash kelinganligi aniq..
I.2. Gossipolning kimyoviy xossalari
Gossipolning birlamchi aminlar yoki ammiak bilan reaktsiyasi:
Bu reaktsiya birinchi marta Klark tomonidan ochilgan bulib, xozirgi vaqtgacha xam keng ishlatiladi. Xuddi anilin singari tarkibda turli xil birlamchi amino gurux tutgan turli tabiatli moddalar xam reaktsiyaga kirishishi mumkin. Ammiak moddasi xam anilin singari gossipol bilan aldegid gruppasi xisobiga diaminogossipol xosilasini berishi mumkin. Reaktsiyada diamin yoki dianilin gossipollarning xosil bulishni, reaktsiya natijasida Shiff asoslari xosil bulishi bilan tushintirish mumkin.
2.Angidrogossipolning xosil bo’lishi:
Angidrogossipol moddasi gossipolni yuqori xaroratda qizdrish yoki gossipol moddasining piridin gidroxlorid bilan toluolli eritmada ta’sirlashishi natijasida ham xosil bo’lishi mumkin. Angidrogossipol moddasi kislotalar ishtirokida katalitik ravishda shuningdek suv moddasini biriktirib yana qaytadan gossipolni xosil qilish xususiyatiga ega, angidrogossipol moddasi dien moddalari bilan divinil ko’rinishdagi reaksiya maxsulotlarini xosil qilishi mumkin. Masalan: dimetilbutadien bilan. Bu reaksiyani tushintirish maqsadida gossipol-7 ko’rinishda tasvirlash mumkin. Bu modda toutomeriya natijasida 8-moddaga aylanadi. U esa o’z navbatida bir malekula suvni yo’qotish natijasida 9-modda ya’ni andigrossipol moddasiga aylanadi [25]
+
Angidrogossipol bilan dimetilbutadien reaktsiyasi quyidagi sxema yordamida boradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |