Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
‘‘TABIATSHUNOSLIK’’ FAKULTETI
‘’Kimyo va kimyo
texnalogiyasi’’ kafedrasi
SHARIFOVA NAFISA GALIYEVNA
BITIRUV MALAKAVIY IShI
GOSSIPOL MODDASINING AYRIM
METALLAR BILAN RANGLI REAKSIYALARI
Kafedra mudiri: k.f.d. dots. Abdurahmonova O’
Ilmiy raxbar: k.f.n. dots. G’ofurov M
Guliston-2014
MUNDARIJA
Kirish
I Bob. Adabiyotlar sharxi
I.1.Gossipolning olinishi va fizik xossalari
I.2.Gossipolning kimyoviy xossalari
I.3. Gossipol moddasining biologic ahamiyati
II Bob. Olingan natijalar taxlili
III Bob. Tajribalar bo’limi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Ilova
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi:
Shu jihatdan ishning maqsadi
Ishning ilmiy yangiligi
Ishning amaliy axamiyati
I Bob
ADABIYOTLAR SHARXI
I.1. Gossipolning moddasining olinish va fizik xossalari
Ko’pgina o’simliklar tarkibida fenolli birikmalar uchraydi, ularning miqdorini oshib borishi o’simliklarni biologik faollik xususiyatiga ham ta’sir etadi [10].
Gossipol spetsifik polifenol birikma bo’lib, u paxta yog’idan ajratib olingan va birinchi marta Marxlevskiy 1899-yilda Gossipium G’substribe Hibisceae Maluaceae nomli paxta o’simligi tarkibidan ajratib olgan va o’rganilgan [11].
Gossipol paxta o’simligining asosiy polifenolli birikmasi hisoblanadi [12].
Gossipol moddasi triterpen aldegidlar guruhiga mansub bo’lib, gossipum deb ataluvchi o’simliklar tarkibida uchraydi. Bunday o’simliklar sinfiga shuningdek paxta kirib uning tarkibida (paxtaning naviga bog’lik ravishda 0,56-3% gacha gossipol moddasi uchrashi mumkin) u paxtaning barglarida, ildizida, xamda boshqa tana qismlarida keng mikdorda uchraydi. Gossipol eng ko’p miqdorda paxtaning ildizi hamda, chigiti tarkibda tarqalgan [13]. Paxtaning naviga bog’lik; ravishda gossipolning miqdori 0,02- 6.64% gacha uchrashi mumkin [14] lekin ko’pchilik tekshirish natijalar shuni ko’rsatadiki turli paxta navlari tarkibdagi gossipolning miqdori asosan 0,39-1,7% gacha bo’lishi aniqlandi [15].
Olimlar tomonidan olib borilgan ishlar natijasida shu narsa ma’lum bo’lganki kasallikka chalinmagan Toshkent-1 paxta navi tarkibda gossipolning miqdori 0,33% ni tashkil etsa, vilt kasalligiga chalingan xuddi shunday o’simlik tarkibda u atiga 0.26% ni tashkil etadi [16].
Amerikalik olim R.Adams gossipolning strukturasini C30H30O8 ko’rinishda belgilab, uni quyidagicha nomladi.
2,2-di-8-farmil,1,6,7- trigidroksi, 5-izopropil, 3-metilnaftalin [17].
Gossipol moddasining boshqa moddalar bilan qanday reaktsiyaga kirishishini tekshirish maqsadida uning tautomer holatlari o’rganilgan. Gossipol moddasi eritmada 3 xil tautomer shaklga ega bo’lib, 1-naftalin aldegid shakli, 2-naftalin laktol shakli, 3-naftalin karbinol shakllari hisoblanadi:
Olingan ma’lumotlarga asoslanib amerikalik olim Adams gossipolning tuzilishi 2,2-di-(8-formil-1,6,7-trioksi-5-izopropil-3-metilnaftil) (1) bo’lishini taklif etadi [1]. Gossipol o’simlik to’qimalarining boshqa pigmentlaridan kimyoviy tuzilishining o’ziga xosligi va o’simlikda lokallanish (to’planish) shakliga qarab farq qiladi. Boshqa ko’pgina pigmentlar o’simliklarning turli a’zolari to’qimalarida bir tekis taqsimlangan bir vaqtda (flavonlar – po’stloqda, barglarda, gullarda, urug’ pardalarida; suvda eriydigan antotsianlar – xujayra sokida; karotinoidlar va xlorofillar – hujayra ichidagi plastidalarda), gossipol smolasimon gossipolli mahsulotlar, yoki pigment bezchalar deb nomlanadigan maxsus morfologik mahsulotlar tarkibida bo’ladi. Bu mahsulotlar faqat paxtaga xos bo’ib, tuxumsimon-sferik shaklga ega, urug’palla qatlamida notekis taqsimlangan bo’ladi [2].
Gossipol ham paxta hayot faoliyatida muhim o’rin tutadi. U nimalardan iboratligi, afsuski ma’lum emas.
Bezchalar tarkibidagi moddalar bilan atrofdagi to’qimalar suvi bilan almashinuv borligi shuni ko’rsatadiki, ekilgan paxta chigiti uzoq vaqt saqlangan vaqtda bezchalardagi gossipol miqdori kamayib boradi, gossipurpurin miqdori esa ortadi. Gossipol tarkibida azotning yo’qligi, gossipurpurin tarkibida esa 3% azot borligi, chetdan bezchalar ichiga azot tutgan modda kirganligini bildiradi [3].
Paxta yog’ini sariq pigmenti bo’lgan gossipol birinchi marta Longmor tomonidan 1886 yilda [4], ohak bilan ishlov berilgan qora paxta yog’idan ajratib olingan edi. U gossipoldan shoyi va jun matolarni bo’yashda foydalanishni maslahat bergan edi. Lekin bu pigmentdan bunday maqsadda qo’llanilmadi, sababi ko’pgina aralashmalar bilan ifloslangan edi.
1899 yilda Marxlevskiy [5] gossipolni xuddi shu manbadan ajratib oldi va texnik gossipolni efirli eritmasini sirka kislotasi yordamida qayta ishlab, tozalab oldi. Natijada ularning o’zaro ta’sir mahsuli – gossipolsirka kislotasi cho’kmaga tushdi. Gossipolni tozalashning bu usuli hanuzgacha preparativ maqsadlarda qo’llanilib kelinadi.
Marxlevskiy gossipolni polifenolli xususiyatlarini aniqladi, shuning uchun unga gossip (ium phen) ol – gossipol deya nom berdi.
Gossipolni o’rganishda Karrut ishlari katta ahamiyatga ega [6], u gossipolni ba’zi kimyoviy xossalarini o’rgandi va ajratib olishning uch xil usulini ishlab chiqdi. Bu usullardan gossipol olishda hanuzgacha keng foydalanib kelinmoqda.
Karrutning birinchi usuli – gossipolni gossipolsirka kislotasi ko’rinishida cho’ktirish. Buning uchun paxta chigitining kontsentrlangan efirli ekstrakti ekstrakt hajmining 1|3 -1|2 qismigacha 80%li sirka kislotasi bilan qayta ishlanadi. Aralashma biroz qizdirilgach va tindirilgach qiyin eruvchan cho’kma hosil bo’ladi. U petroley efiri bilan ajratib olinadi va yuviladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |