Majburiy samaradorlik qonuni
Diqqatingiz bir ishga qarating. Ishni birinchi darajadagi muhim vazifalardan boshlab, tartib bilan davom eting. Ishni tashlab qoʻyib, uni qayta-qayta boshlayverish esa samaradorlikni foizga kamaytiradi.
Motsart ayni paytning oʻzida uchta musiqa ustida ishlab, oʻlmas asarlar yaratgan. Lekin u istisno edi. Bax, Gaydn yoki Verdi ma’lum vaqt davomida faqatgina bir asar ustida ishlashgan, birini tamomlamay turib, ikkinchisini boshlashmagan.
Majburiy samaradorlik qonunidan foydalaning: vaqt hamma ishga emas, eng muhim ishlarga etadi. Shuning uchun diqqatingizni jamlab, birinchi navbatda eng katta foyda keltiradigan ish bilan shugʻullaning.
Barcha ishlarni toʻrt guruhga boʻlish mumkin:
shoshilinch va muhimlar;
muhimlar, lekin shoshilinch boʻlmaganlar;
shoshilinch, lekin muhim boʻlmaganlar;
shoshilinch ham, muhim ham boʻlmaganlar. Bu Eyzenxauer usuli deb ataladi.
Birlamchi vazifalar – shoshilinch va muhimlar. Ularni kechiktirish sizga ortiqcha muammolarni tugʻdiradi, shuning uchun oʻz vaqtida hal qilishga kirishing.
Ikkinchi oʻrinda – muhimlar, lekin shoshilinch boʻlmaganlar. Ularni kechiktirish mumkin, lekin istiqbolda kuchli ta’sirga ega boʻlishi mumkin. Buning oldini olish uchun bunday vazifalarni hadeb kechiktiishning oʻrniga ularga vaqt ajrating.
Muhim, lekin shoshilinch boʻlmagan ishlar muvaffaqiyatingizga unchalik ta’sir koʻrsatmaydi. Shuningdek, bunday ishlar samardorlikni orttirmaydi ham, biroq vaqt zaxirangizning kattagina qismini olib ketadi. Bunday ishlar sonini qisqartirgan ma’qul.
Shoshilinch ham, muhim ham boʻlmagan ishlarning hech qanday ahamiyati yoʻq, ularni bajarmasangiz, hech qanday salbiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi. Shunday ekan, ularni qoʻrqmasdan roʻyxatdan oʻchirib tashlayvering.
Muvozanat tamoyili
Ish hajmi ortib ketgan paytda vahimaga berilmaslikning eng oson yoʻli – chuqur nafas oling va «Qoʻlimdan kelganini uddalayman» degancha xotirjamlik bilan roʻyxat tuzishga kirishing. Oldingizda turgan ishlarni tahlil qilar ekansiz, eng muhimlarini amalga oshirishga vaqtingiz etishiga ishonch hosil qilasiz.
Hayotingizda muvozanat saqlanib qolishiga e’tibor qarating. Ishga qattiq berilib ketgan bilan organizmingizni alday olmaysiz, oʻz vaqtida toʻxtamasangiz, u payt poylab qasdini oladi. Bu esa rejalaringizga kiritilmagan.
Albatta, samarador boʻlish uchun taym-menejementning oʻzi kamlik qiladi. Salomatlikni asrashga majbursiz. Ishingiz juda koʻp boʻlishi mumkindir, lekin oilangiz va dam olishga har doim vaqt ajrata biling.
Muvozanatning asosiy tamoyili: uyda va ishda oʻtkazadigan vaqtingizni belgilab oling.
Do'stlaringiz bilan baham: |