. Ishni bajarishga jon-jahdingiz bilan kirishing
Vazifani oʻzingiz uchun bajarayotgandek amalga oshirishga harakat qiling. Sizdan kutayotganlaridan koʻra koʻproq, 110 foizga bajaring. Vazifaning chegaralarini oʻrganib, unga yangilik kiriting. Balki uni kechikibroq bajararsiz, biroq oʻzgalarni oʻz yondashuvingiz va natijangiz bilan lol qoldirasiz!
Yodda tuting, hamma narsa sizga bogʻliq emas, biroq bor kuchingizni sarflashga majbursiz. Ushbu xususiyatingiz oʻzgalar tomonidan qadrlanadi.
Odamlarni ruhlantiring
Odamlarga ular koʻproq narsalarga erishishlari mumkinligi, xatolar esa vaqtinchalik ekanligini ayting. Ular bilan suhbatda haqgoʻylik, mehnatsevarlik, shaxsiy rivojlanish, javobgarlik mavzularini muhokama qiling. Ularga pul doim ham eng muhim narsa emasligi, undan boshqa qadriyatlar ham borligi toʻgʻrisidagi fikrni etkazishga harakat qiling. Hech
nimaga qaramay, odamlarni olgʻa intilishga ragʻbatlantiring, ana shunda siz qoʻllab-quvvatlanasiz.
Barcha narsada mas’uliyat
Javobgarlikni oʻz boʻyningizga oling, uning yukini koʻtaring, hech qachon engilmang. Albatta, siz charchashingiz mumkin, dav oling va yana olgʻa yuring. Odamlarga barcha ishda mas’ul shaxs yonida boʻlish yoqadi: u oʻz vaqtida ishga keladi, ishlarni yakuniga etkazadi, koʻrinishi yaxshi, oʻz hissiyotlarini nazorat qiladi, unga ishonganlarni tashlab ketmaydi.
Jamoadagi ishonch kafolatiga aylaning.
Asosiysi – oʻz soʻzingiz va ishingiz uchun oʻzingiz javob bering.
Oʻzingizga ustoz toping
Mansab pillapoyalaridan sifatli odimlash uchun oʻzingizga ustoz toping. Bu sizning rahbaringiz, qoʻshni boʻlim rahbari yoki doʻstingiz boʻlishi mumkin. Undan oʻrganing, unga xatolaringizni koʻrsatishini ayting. Unga boshqaruv texnologiyalari toʻgʻrisida savollar bering – unda siznikiga qaraganda tajriba koʻproq.
Rahbarning yoʻli - oson yoʻl emas, doimiy ravishda oʻzingiz uchun qulay boʻlgan zonadan chiqishingiz, murakkab qarorlar qabul qilish va ular uchun javobgarlikni oʻz boʻyningizga olishga toʻgʻri keladi.
Rahbar yoʻlining yaxshi tomoni - oʻzingizni shaxs sifatida rivojlantirishingiz, shu bilan birga mansab pillapoyasidan odimlashingiz kerak boʻladi. Yodda tuting, rahbar boʻlib tugʻilishmaydi, rahbar boʻlib etishiladi.
TAYM-MENEJMENT: VAQTNI BOSHQARISHNING ODDIYGINA USULLARI45
Shiddatli zamonda yashayapmiz. Kimga qarama ishining koʻpligidan, vaqt etmayotganidan shikoyat qiladi. Turgan gapki, vaqt etmasligi samaradorlikka ta’sir etmay qolmaydi. Hamma ishga ulgurish uchun oʻzingizni oʻqqa-choʻqqa uraverish esa sogʻligingiz bilan bogʻliq muammolarga sabab boʻlishi tayin. Xoʻsh, nima qilmoq kerak? Buning chorasi juda oddiy: taym-menejmentni, ya’ni vaqtni boshqarishni oʻrganing.
Do'stlaringiz bilan baham: |