Muvaffaqiyatlilar siri
Muvaffaqiyatli odamlarning bari anchayin samaradorligi bilan ajralib turadi. Ular juda koʻp ishlashadi va koʻp narsaga ulgurishadi. Unutmangki, samardorlik deganda, birinchi navbatda natija koʻzda tutiladi, jarayon emas. Agar samaradorlikni oshirishni istasangiz, bunga qat’iy qaror qiling. Koʻpchilik aynan qarori qat’iy boʻlmagani uchun ham vaqtini behuda sarflab qoʻyadi.
Xullas, ahdingiz jiddiy boʻlsa, muvaffaqiyatlilar siri bilan tanishing: vaqtni toʻgʻri taqsimlash samaradorlikning asosiy garovidir. Taym-menejment biznes yoki karerangizni yutuqlar sari etaklaydigan eng muhim omillardan biri sanaladi.
10/90 qoidasi
Hayotida muvaffaqiyatga erishganlar koʻp vaqtini rejalashtirishga sarflaydi. Kunlik rejalashtirish samaradorlikni orttirish va vaqtdan unumli foydalanish uchun zarur.
Esingizda boʻlsin: toʻgʻri rejalashtirish salbiy koʻrsatkichlarning oldini oladi. Eng yaxshisi, rejalarni qogʻozga tushiring. Bu sizga yoʻldan adashmaslik uchun oʻziga xos xarita vazifasini oʻtab beradi.
Qoʻlingizdagi roʻyxat bilan birinchi kundanoq samaradorlik 2 foizga oshadi. Ertangi qiladigan ishlaringiz roʻyxatini bugun kechqurun tuzib qoʻying. Ishga kelganingizda, nimadan boshlashni bilasiz.
Kun davomida ishni rejaga muvofiq olib boring: yangi ish chiqib qolsa, muhimligiga qarab rejaga kiritib qoʻyaverasiz. Amalga oshgan vazifalarni albatta roʻyxatdan oʻchirib tashlang. Bu sizga qoniqish hissini beradi, sizga kuch va gʻayrat bagʻishlaydi.
Rejani ishlarning mushkulidan osoniga, uzoq muddatlisidan qisqa muddatlisiga qarab tuzing. Har bir vazifaga muayyan vaqt belgilang.
Biror narsaga kirishishdan oldin 10/90 qoidasini yodda tuting: rejalashtirishga sarflangan 10 foiz vaqt vazifani bajarishda 90 foiz vaqtni iqtisod qilishga yordam beradi.
Eng asosiysi – asosiyni belgilash
Taym-menejmentning vazifasi oʻz vaqtida eng asosiy ishni aniqlab olishdir. Roʻyxatingizda eng muhim ish eng boshda, undan keyin ahamiyati kamroqlari tartib bilan kiritilgan boʻlishi lozim.
45 www.tib.uz
Eng asosiy ishni belgilab olgandan keyin uni bajarish yoki bajarmaslikning oqibati qanday boʻlishini baholang. Oʻz vaqtida bajarilmagan muhim vazifa jiddiy oqibatlarga sabab boʻladi.
Ishlarni muhimligi jihatidan roʻyxatga kiritishda ABVGD usuli yordam beradi: A harfining roʻparasiga eng muhim ishni yozasiz, Bning qarshisiga ahamiyati undan sal kamroq boʻlganini va hokazo. D – muhimligi jihatidan eng oxirida turadigan ish.
Do'stlaringiz bilan baham: |