Oydo‘stbiy boshchiligidagi qo‘zg‘olon
1827-yili Xiva xonligi zulmiga qarshi
qoraqalpoqlar qo‘zg‘olon ko‘taradi.
Qo‘zg‘olonga qoraqalpoqlar biyi Oy-
107
do‘stbiy boshchilik qiladi. 1827-yil 25-iyul kuni Xiva xoni Olloqulixon Oydo‘stbiy boshchiligidagi qo‘zg‘olonni bostirish uchun Muhammad Nazarbiy inoq qo‘mondonligidagi qo‘shinni Xo‘jayli shahriga jo‘natadi.
Oydo‘stbiy qoraqalpoq biylarini to‘plab, Orol dengizi bo‘yida maslahat uyushtiradi. Yig‘ilganlar maslahati bilan qoraqalpoq ovullariga otliq choparlar jo‘natilib, shunday buyruq beriladi: „Hamma bola-chaqasi bilan qo‘zg‘olonga yighlsin. Kimda-kim bosh tortsa — u dushman hisoblanadi“. Qoraqalpoqlar yig‘ilib, qulay yerda xandaq qazib, shox-shabbalar va aravalar bilan mudofaa to‘sig‘i qurishgan. 29-iyulda Oydo‘stbiy o‘zining ikki o‘g‘li Rizo va To‘rani 300 botirga bosh qihb, Qo‘ng‘irot qo‘rg‘oniga chopovulga yuboradi. Qo‘ng‘irot hokimi Muhammad Yaqub mushrif qo‘rg‘on mudofaasini uyushtiradi. Urush peshingacha davom etgan. Oydo‘stbiy askarlarining bir qanchasi urushda nobud boMgan. Ba’zilari dengiz tomon qochgan. Rizo ham, To‘ra ham bor imkoniyatni ishga solsalar ham yengiladilar.
Muhammad Nazarbiy inoq Oydo‘stbiyga qarshi sara qo‘shin jo‘natadi. Kuchlar noteng bo‘lgan jangda qo‘zg‘oloncliilar tor- mor qilinadi, Oydo‘stbiyning esa boshi tanasidan judo etiladi. Xiva tarixchisi va shoiri Munis Oydo‘stbiy oMimiga bag‘ishlab marsiya yozgan. Qo‘zg‘olon bostirilsa-da, xalqning zulmga qarshi nafrati kuchayib bordi.
Marsiya — bir shaxsning vafoti munosabati bilan uning
xotirasiga bag‘ishlab yozilgan motam she’ri.
Yakunlarni chiqaramiz
Qoraqalpoqlar dehqonchilik, chorvachilik, baliqchilik, hunarmandcliilik bilan shug‘ullanib tirikchilik qilganlar.
1827-yilda Xiva xonlari zulmiga qarshi Oydo‘stbiy bosh- cliiligida qo‘zg‘olon ko‘tarildi.
Qoraqalpoqlaming ijtimoiy hayoti haqida ni malami bilib oldingiz?
Qoraqalpoqlar xo‘jalikning qanday tarmoqlari bilan shug‘ul- langanlar?
Ahob qanday soliq va majburiyatlarga tortilgan?
Oydo‘stbiy boshchiligidagi qo‘zg‘olon haqida so‘zlab bering.
108
V'
|
T !
|
1
|
|
i®'* - ■Tjl
|
|
s
|
|
|
|
|
kj
|
0‘tov.
Qoraqalpoqlar uzoq yillar davomida
ko‘chmanchilik turmush tarzidan o‘t-
roqlikka o‘tish jarayonini boshidan kechirdilar. Aliolining asosiy
qismi o‘tov va paxsa uylardan iborat ovullarda yashardi. Keyinchalik
qo‘rg‘on (qal’a) va shaharlar vujudga keladi. Qo‘rg‘onlaming to‘rt
tomoni devor yoki baland tepalar bilan o‘rab olinardi.
Qoraqalpoqlar bir necha
urug‘lardan shakllangan bo‘lib,
har urug‘ a’zosi o‘z urug‘ining
mustahkamligini ta’minlashga
intilardi. Bir urug‘ ichida qiz olish,
qiz berish taqiqlangan edi. Shu
boisdan boshqa urug‘dan qiz olib
qochish odatiy hodisa hisoblanardi.
Ma’lum vaqt o‘tgach qiz olib ke-
tilgan joy ma’lum qilinib, qiz to-
monning ota-onasi, yaqin qa-
rindoshlari va urug‘ oqsoqoli turli sarpolar bilan siylanib, to‘yga
rozilik olinardi. To‘yda baxshilar dostonlardan qo‘shiqlar kuy-
lashardi, aytishuvlar avjiga chiqardi. Polvonlar va botirlar kurash-
ga tushardi.
Qoraqalpoqlar qishlovni ko‘pincha dengiz va daryo bo‘ylarida
o‘tkazganlar. Arava, qayiq, sol va ot asosiy transport vositasi
bo‘lgan. Qoraqalpoqlar kiyim-kechagida milliylikka alohida e’tibor
berganlar. Bu narsa ayniqsa ayollar va qiz bolalar savkeli (qalin
bo‘zdan tikilib, kumush va matjonlar bilan bezatilgan bosh
kiyimjda yaqqol namoyon bo‘lgan.
Qoraqalpoqlar Qo‘ng‘irot, Chimboy,
Xo‘jayli kabi yirik shaharlami bunyod
etganlar. Shulardan Qo‘ng‘irot va Chimboy qoraqalpoqlaming
ma’muriy markazlari bo‘lgan. Bu shaharlar XVII asr oxiri —
XVIII asr boshlarida barpo etilgan.
Xo‘jayli shahri Orol va Xiva oralig‘idagi savdo markazi bo‘lib, bojxona shu shaharda joylashgan. Shaharlar og‘ir mehnat evaziga baland devorlar bilan o‘rab olingan, shahar ichkarisida ko‘rkam binolar, saroylar barpo etilgan.
Janaqaka, Oydo‘stqal’a, Emazarqal’a, Ko‘ko‘zakqal’a, Eshon-
Do'stlaringiz bilan baham: |