Shaharlar
109
qal’a kabi qal’a shaklida qurilgan shahariar qoraqalpoq xalqi tomo- nidan yaratilgan me’morchilik madaniyati yodgorliklari hisoblanadi.
Shaharlarda XIX asr boshlarida 318 maktab, Qoraqum eshon, Qalila oxun, Egambergan oxun, Oyimbet eshon mavzelarida, EshonqaFada madrasalar mavjud bo‘lgan. Hunarmandlar 12— 13 yoshli bolalami shogirdlikka qabul qilib, ularga hunar sirlarini o‘rgatganlar. Qoraqalpoq yoshlari Xiva va Buxoro madrasalarida ham ta’lim olganlar.
Qoraqalpoqlaming xalq og‘zaki ijodi 0 or juda boy. Qoraqalpoq folklor namu-
nalari 20 jildligining nashr etilgani fikrimizning dalilidir. Ular so‘z ustalari bo‘lgan chechanlami, baxshi (jirov)lami sevadilar. E1 oqsoqollari, rahbarlari yonidan qissaxonlar arimagan.
0‘zbeklaming Afandisi kabi qoraqalpoqlaming qiziqchisi — 0‘mirbek laqqisi bor. 0‘mirbek laqqi o‘z og‘zaki latifalarida ayrim shaxslar va jamiyatdagi kamchiliklar ustidan kuluvchi xalq qahramoni sifatida gavdalangan. U adolatsiz amaldorlar, qozilar, so‘zi bilan ishi mos kelmaydigan mhoniylar kirdikor- larini fosh qilib, mardlik, to‘g‘rilik, haqiqat, adolatni kuylagan. U o‘z latifalarini yengil mutoyiba, achchiq hajv bilan ixcham ifodalab, tinglovchilami xursand qilgan.
Qoraqalpoqlaming qahramonhk dostonlari qadimdan malum. Ulardan „Qirqqiz“, „Alpomis“, „Qublon“, „Mastposhsho“, „Edigey“ dostonlarida qoraqalpoqlaming voqealarga boy tarixi kuylanadi. Masalan, „Edigey“ dostonida Amir Temur, To‘xtamish faoliyati bilan bog‘liq voqealar bayon etilsa, „Qirq- qiz“da qoraqalpoq xalqining ozodlik kurashi, Xorazm xalqining Eron shohi Nodirshohga qarshi kurashi o‘z badiiy ifodasini topgan.
Qoraqalpoqlaming xalq qo‘shiqlarida el-yurt yo‘lboshchi- lari, qahramonlari — Maman botir, Esangeldi mahram, Oy- do‘stbiy, Emazarbiylar ulug‘lanadi.
Qozoq ma’rifatparvar olimi Cho‘qon Valixonovning: „Qora- qalpoqlar sahrodagi ham birinchi shoir, ham qo‘shiqchilar- dir“, degan so‘zlari bejiz aytilmagan.
„Qirqqiz“ dostoni haqida. Qoraqalpoq adabiyotida XVII— XVIII asrlardagi tarixiy voqealami badiiy shaklda aks ettirgan „Qirqqiz“ dostoni alohida o‘rin tutadi. Bu asar qoraqalpoq xalq qahramonligi eposidir. Asar erksevarlik, vatanparvarlik va
110
insonparvarlik g‘oyalari bilan sug‘orilgan. Asaming bosh qahramoni Guloyim o‘zining qirq nafar dugonasi va o‘z sevgilisi Arslon bilan birga Eron shohi Nodirshoh hamda jung‘or xoni Surtoyshi hujumidan yurtini himoya qilishga otlanadi. Guloyim Xorazmni ozod qilib, u yerda qoraqalpoq, turkman, o‘zbek va qozoq xalqlari vakillarini birlashtirgan davlat tuzadi. Asarda Guloyim bilan bir safda turib jang qilgan Oltinoy, 0‘tbosgan, Arslon, Sarvinoz kabilar timsolida mardlik, jasurlik, vatanparvarlik, insoniylik, ayni paytda, dushmanga nisbatan shafqatsizhk g‘oyalari o‘z ifodasini topgan.
Qoraqalpoqlar tasviriy san’atidagi o‘ziga Tasviriy san at xoslik ayniqsa ular to‘qigan gilam va
va musiqa kashta buyumlarda o‘zining yorqin ifo-
dasini topgan. Ularga tushirilgan naqshli bezaklar suv ramzini aks ettiruvchi to‘lqin ko‘rinisliiga ega bo‘lgan. Bu bejiz emas edi. Chunki qoraqalpoqlar qadimdan daryo va ko‘l bo‘ylarida yashab kelganlar. Bundan tashqari, qoraqalpoq tasviriy san’atining yana bir o‘ziga xosligi uning qadama naqshli yog‘och o‘ymakorligida yaqqol namoyon bo‘ladi.
Qoraqalpoqlar qo‘shiqchiligi mazmuniga ko‘ra xalq, tarixiy va marosim qo‘shiqlariga bo‘lingan. Ular qo‘biz, dutor, g‘ijjak, sumay, nog‘ora kabi musiqiy cholg‘u asboblari yordamida ijro etilgan. Doston ijrochilari jirovlar, baxshilar va qissaxonlar deb ataluvchi uch gumhga bo‘linganlar. Ular bir-biridan aytadigan dostonlarining mazmuni, ijro etish uslublari, kuy va musiqiy cholg‘u asboblari bilan farq qilganlar. Masalan, jirovlar qahra- monlik dostonlarini qo‘biz jo‘rligida, baxshilar esa dutor va g‘ijjak jo‘rligida ijro etganlar. Qissaxonlar esa doston qo‘lyozma- larini zo‘r mahorat bilan o‘qib yoki yoddan aytib berganlar.
Yakunlami chiqaramiz
Qoraqalpoqlar folklor (xalq og‘zaki ijodijga boy xalq.
Ulaming „Darbadar el“, „Qirqqiz“, „Qublon“, „Edigey“ dostonlari mashhurdir.
Qoraqalpoqlarning turmush tarzi haqida so‘zlab bering.
Qoraqalpoqlar qanday shaharlarni barpo etganlar?
Folklor nima va qoraqalpoq xalqi folklori haqida nimalami bilib oldingiz?
„Qirqqiz“ dostonida qanday g‘oyalar kuylanadi?
111
Do'stlaringiz bilan baham: |