O ‘zbekiston tarixi (xvi—xix asrning birinchi yarmi)


Qoraqalpoq va Xiva munosabatlari



Download 0,85 Mb.
bet64/86
Sana09.06.2022
Hajmi0,85 Mb.
#645834
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   86
Bog'liq
Ўзбекистон тарихи 8 2014

Qoraqalpoq va Xiva munosabatlari




Asta-sekin qoraqalpoqlarning Orolbo‘yi o‘zbeklari bilan yaqinlashuvi yuz bera boshlagan.
Orolbo‘yi o‘zbeklari Xiva xonligi hokimiyatiga bo‘ysunishni istamas edi. Xon hukumati o‘z oldiga Orolbo‘yi o‘zbeklarini hamda qoraqalpoqlami bo‘ysundirish maqsadini qo‘ygan. Nihoyat, uzoq kurashlardan so‘ng, 1735- yildagina Orolbo‘yi o‘zbeklari va qoraqalpoqlar Xiva xonligi hokimiyatini tan olishga majbur etildilar.
Muhammad Amin inoq davrida esa ayrim qoraqalpoq qabila- lari ixtiyoriy ravishda Xiva xonligi fuqaroligiga o‘ta boshlagan.
1809-yilda Amudaryo, Quvondaryo va Orol dengizi atrofida yashovchi qoraqalpoqlar xonlikka bo‘ysundirildi. 1811- yilda esa Yangidaryo (Janadaryo) atrofida yashovchi qoraqalpoqlar ham tobe etildi. Shu tariqa qoraqalpoqlarni Xiva xonligiga bo‘ysundirish nihoyasiga yetkazildi.
Yakunlami chiqaramiz

  • Qoraqalpoqlar Orol va Quyi Sirdaryo bo‘ylarida yashab kelgan qadimgi xalqlardan biri.

  • Bijanaklar negizida VIII—XVI asrlarda qoraqalpoq xalqi shakllandi.

  • XVIII asr birinchi choragida Eshimxon yetakchiligida qoraqalpoq xonligi tashkil topdi.

  1. Qoraqalpoq xalqining shakllanishi haqida so‘zlab bering.

2. Nima sababdan qoraqalpoqlar Volga va Yoyiq daryolari bo‘yla-
ridan Orol va Sirdaryo bo‘ylariga qaytib ko‘chib keldilar?

  1. Qoraqalpoq xonligining tashkil topishi haqida nimalami bilib oldingiz?

  2. Xiva xonlari qachon va qanday yo‘l bilan qoraqalpoqlami o‘zlariga bo‘ysundirdilar?


  1. §. Qoraqalpoqlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti

Qoraqalpoqlar ijtimoiy hayotida urug‘- Ijtimoiy ahvol chilik, qabilacliilik munosabatlari, aho-
lining tabaqalarga bo‘linishi ancha kuclili edi. Har bir urug‘ yoki qabilaga biylar boshchilik qilardi. Harbiy qismlami botirlar boshqarardi. Alioli orasida mhoniylar, shayxlar, xo‘jalaming o‘mi ham katta edi. Ovul boshlang‘ich ma’muriy bo‘g‘in bo‘lib, ulaming butun hayotiga Oqsoqollar kengashi rahbarlik qilardi.


105




Shuningdek, qoraqalpoqlarda yuzboshi, mirobboshi, qozi, rais kabi ma’muriy mansablar ham bor edi. Mirob suv taqsim- lovchi hisoblangan.
Biylik lavozimiga ilgarilari urug‘ yig‘inlarida saylangan bo‘lsa, qoraqalpoqlar Xiva xonligiga bo‘ysundirilgach, xon tomonidan tayinlanadigan bo‘ldi. Xon tomonidan tayinlangan biyga boshqa biylar bo‘ysungan. Amudaryoning so‘l tomonidagi Qo‘ng‘irot, o‘ng sohilidagi Chimboy qoraqalpoqlarning bosh ma’muriy markaziga aylanadi.
Ahob orasida mulkiy tabaqalanish ham kuchayib bordi. Yerga jamoa bo‘lib egalik qilish asta-sekin barham topib, katta yer egalari tabaqasi vujudga keldi. Chorvachilikda minglab qoramol, qo‘y-echki, yilqi, tuyalarga ega tabaqalar shakllandi. Juda ko‘p baliq ovlanadigan suv havzalari ham alohida kishilar tomonidan egallanib bordi. Natijada yersiz, chorva mollarisiz kambag‘allar soni ko‘payib bordi. Ular boylardan yemi ijaraga olib ishlashga, chorva mollarini boqib kun kechirishga majbur bo‘ldilar. Dehqonchilik va Qoraqalpoqlar qadimdan dehqonchibk va
chorvachilik chorvachibk bban shug‘ubanib kelganlar.
„Qirqqiz“ dostonida qoraqalpoqlaming yerlar o‘zlashtirib, suv inshootlari qurib, yer haydab g‘alla yetishtirganbgi, bog‘lar yaratganbgi haqida mabumotlar berilgan.
Qoraqalpoqlar Orol bo‘ylarida, Sirdaryo va Amudaryo orab- g‘idagi yerlarda dehqonchibk bilan shug‘ullanganlar. Bug‘doy, arpa, tariq va boshqa ekinlar ekib, mo‘l hosil olganlar. Yangi (Jana)daryo va Quvondaryo havzalarida qoraqalpoqlar tomo- nidan barpo etilgan kanal va sug‘orish inshootlari xo‘jabkda dehqonchilik tarmog‘ining yetakchi o‘rinda turganligidan gu- vohbk beradi. XVIII asr oxirlarida Amudaryo quyi tarmoqlarida Qalbko‘1, Kegayli, XIX asr o‘rtalarida Chimboy, Qo‘ng‘irot dehqonchibk vohalari vujudga keldi. Dehqonchibkda omoch, mola, ketmon, belkurak, o‘roq kabi mehnat qurollaridan foydalanilgan.
Qoraqalpoqlar iqtisodiy hayotida chorvachibk ham muhim o‘rin tutgan. Chorvadorlar ho‘kiz va tuya qo‘shilgan aravalarda poda va otarlari bilan yil davomida sero‘t yaylovlarga ko‘chib yurganlar. Pichan, xashak, ayniqsa, qamishzorlar chorva mollari uchun to‘yimli oziqa bo‘bb xizmat qilgan.
Qoraqalpoqlar iqtisodiy hayotida babqchibk ham rivojlangan. Babqchibk, ovchibk ahob uchun qo‘shimcha tirikchibk manbayi hisoblanardi.


106


Hunarmandchilik va Qoraqalpoqlar hayotida temirchilik,


savdo duradgorhk, kigiz bosuvchilik, to‘quv-
chilik, bo‘yoqchilik, kulolchilik, zar- garlik kabi hunarmandchilik tarmoqlari rivojlanib boradi. Hunarmandlar uy-ro‘zg‘or buyumlari, idish-tovoqlar, matolar, kiyim-kechaklar tayyorlaganlar. Yog‘ochdan o‘tov tayyorlab, kigizlar bilan yon va tom qismini o‘rab, turar joylar yasaganlar. Olacha, gilam, tuya junidan movut tayyorlash ancha rivojlangan.
Yog‘ochdan omoch, mola, arava, kema va qayiqlar yasaganlar. Asosiy transport vositasi bo‘lgan otlar uchun yugan, egar-jabduq buyumlari tayyorlangan. Jun va terini qayta ishlab, turli xil kiyim va boshqa buyumlar tayyorlangan.
Qoraqalpoqlar amaliy san’atida o‘tovlar uchun o‘ymakor eshiklar, kashtachilik, zargarlik buyumlari yasash rivojlangan.
Savdo-sotiq ishlari ham rivojlanib bordi. Shaharlarda do‘konlar, karvonsaroylar qurildi. Dehqon va chorvadorlar shaharlarda g‘alla, chorva mollari, baliq sotardi. Hunarmandlardan uy-ro‘zg‘or buyumlari, kiyim, gilam, zargarlik buyumlari sotib olinardi. Xo‘jayli, Qo‘ng‘irot, Mang‘it, Chimboy shaharlari Sharq va G‘arb mamlakatlari bilan muloqotda yirik savdo markazlariga aylanadi. Sharqdan G‘arbga boruvchi savdogarlar uchun qoraqalpoqlar tayyorlagan tuzlangan baliq mahsulotlari xaridorgir edi.
Soliq va majburiyatlar Dehqonlardan salg'ut (yer) solig‘i,
chorvadorlardan zakot sohg‘i, aholidan ruhoniylar uchun ushur solig‘i olinardi. Soliq miqdorini xon amaldorlari belgilardi. Yer solig‘i butun qabila yoki urug‘ga bir yo‘la solinardi. Oqibatda, soliqning ko‘p qismi kambag‘allar bo‘yniga tushardi. Bunday tartibdan boy tabaqalar foydalanar edi. Biy va amaldorlar ham go‘yo o‘z xarajatlarini qoplash uchun xalqdan qo‘shimcha soliqlar undirardilar. Harbiy xavf yuz berganda xalqdan „qozon“ (xo‘jalik) solig‘i undirilar edi, yigitlar majburiy harbiy xizmatga chaqirilardi.
Soliqlardan tashqari, kambag‘allar kanal va ariqlar qazish, sug‘orish inshootlarini tozalash ishlariga majburiy safarbar etilardi.



Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish