Qoraqalpoq xonligining tashkil topishi
XVII asming boshlarida no‘g‘aylar Volga
va Yoyiq daryolari bo‘ylariga bostirib kelgan
jung‘orlar (qalmoqlar) tomonidan tor-
mor etiladi. Oqibatda, ular Qrimga ko‘chib ketishga majbur
bo‘lganlar. Qoraqalpoqlar esa Orol va Sirdaryo bo‘ylariga kelib
o‘mashadilar.
Qoraqalpoqlar ijtimoiy hayotida biylar va botirlar (harbiylar boshlig‘i) muhim o‘rin tutgan. Biylar qoraqalpoq urug‘lariga boshchilik qilganlar, shuningdek, qo‘shni xalqlar bilan muno- sabatlarda o‘z urug‘i yoki qabilasi nomidan vakil sifatida qatnash- ganlar. XVI—XVII asrlarda qoraqalpoqlar goh Buxoro xonligiga, goh qozoq xonlariga tobe bo‘lganlar.
asr boshlariga kelib Sirdaryo bo‘yida yashovchi qora- qalpoqlaming birlashish jarayonida Sig‘noq va Jonkent singari qadimiy qo‘rg‘onshaharlar tayanch bo‘lgan. Qoraqalpoqlaming birlashuvida Kuchukxon, Taburchak va G‘oyib Sultonlar muhim rol o‘ynaganlar. Buning natijasida 1714-yilda Sirdaryobo‘yi qora-
103
qalpoqlari o‘z yetakchilari Eshmuhammad (Eshimxon) bosh-
chiligida qoraqalpoq xonligiga birlashtirilgan. Bu davlat Sirdar-
yoning quyi oqimi, Volga bo‘ylari jung‘orlari, Boshqird ulusi
va Kichik juz qozoq xonliklari bilan chegaradosh edi.
1723-yilda jung‘orlar bostirib kelib, Sirdaryoning o‘rta qismini
egallagach, qoraqalpoqlar yana ko‘chishga majbur bo‘ladi.
Ko‘chish oqibatida qoraqalpoqlar ikkiga bo‘linib ket-
di, bir guruhi Sirdaryoning yuqori oqimi — Toshkent tomonga,
ikkinchi guruhi Sirdaryoning quyi oqimiga borib joylashdi. Shu
tariqa qoraqalpoqlar shartli ravishda „yuqori qoraqalpoqlar“ va
„quyi qoraqalpoqlar“ga bo‘linib ketdi. Quyi qoraqalpoqlar Sir-
daryo bilan Amudaryo o‘rtasidagi bo‘sh yotgan yerlarga ham
o‘mashib, bu yerlarga Quvondaryodan suv chiqarib, dehqon-
chilik bilan shug‘ullandilar.
Qoraqalpoq va Rossiya Qoraqalpoqlar Rossiya bilan munosa-
, ,, . batlar o‘matishga harakat qilgan. Bun-
day yaqmlashishga bir qator omillar
sabab bo‘lgan edi. Birinchidan, Rossiya bilan savdo-tijorat ish-
larini yo‘lga qo‘yishdan manfaatdorlik, ikkinchidan, jung‘or-
laming tinimsiz hujumlaridan himoyalanish zamrati sabab bo‘ldi.
1726-yilda qozoq xoni Abulxayrxon Peterburgga o‘z el-
chilarini jo‘natgan. Uning tarkibida qoraqalpoq vakillari ham bor
edi.
Bunga javoban, 1731-yilda Rossiya o‘z elchisi M. Tevkelevni
Abulxayrxon huzuriga jo‘natadi. Muzokaralar natijasida ham
Kichik juz, ham Quyi qoraqalpoqlar Rossiya fuqaroligiga qabul
qilinadi. Ayni paytda, qoraqalpoqlaming Rossiyaga emas, Kichik
juz xonligiga yasoq to‘lashi tan olindi. Qoraqalpoqlaming Rossiya
imperiyasi fuqaroligiga qabul qilinishi — ulami Eron hukmdori
Nodirshoh hujumidan saqlab qoldi.
Qoraqalpoqlaming asosiy qismi no-
tinch, og‘ir yillarda Amu va Sirdaryo
oralig‘idagi bo‘sh yotgan yerlarga,
Yangidaryo va Quvondaryo bo‘ylariga ko‘chib kelib yashardilar.
Bu yerlar Xiva xonligiga chegara hududlar edi.
Bu yangi yerlar qoraqalpoq xalqining o‘ta mashaqqatli
mehnati evaziga o‘zlashtirilgan. Tarixchi olimlar Yangidaryoda
yaratilgan ajoyib sug‘orish inshootlari tizimiga — bu qoraqalpoq
xalqi qahramonona mehnatining ulug‘vorligi xotirasidir, deb
baho bergan.
104
Do'stlaringiz bilan baham: |