Toshkent — Rossiya munosabatlari
XVIII asr oxiri — XIX asr boshlarida
Toshkent bilan Rossiya o‘rtasidagi savdo
munosabatlari rivojlandi. Masalan,
1786-yili toshkentlik savdogarlar B. Ismoilov va Azizxo‘jalar
Irbit yarmarkasiga borishgan. 1787- yili Troitskdan Toshkentga
27773 so‘mlik ms va chet el mollari keltirilgan. Ular ms va nemis
movuti, qizil charm, gazmol, mis, baxmal va boshqa mollardan
iborat boTgan.
1795-yilning sentabr oyida 24 kishidan iborat Toshkent savdo karvoni Semipalatinsk shahriga kelgani hujjatlarda qayd etilgan. XVIII asrning 90-yillarida Rahmatulla karvonboshi rahbarligidagi bir gumh Toshkent savdogarlari o‘z karvonlari bilan doimo Petropavlovskka qatnab turgan.
Toshkentning qulay geografik holati Toshkent — Rossiya elchilik munosabatlarining ham rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘r- satmay qolmagan. Xususan, 1792-yili Muhammadxo‘ja va Aziz- xo‘ja boshliq Toshkent savdo karvoni Sibirga jo‘naganida Yu- nusxo‘ja ular orqali Sibir ma’muriyati nomiga maktub jo‘natgan. Yunusxo‘ja bu savdogarlarga Sibir ma’muriyati bilan har ikki tomonni qiziqtiradigan masalalar yuzasidan muzokara olib borish vakolatini ham bergan edi. Yunusxo‘janing elchilariga javoban, Sibir ma’muriyati 1794- yilda o‘z elchilari A. T. Beznosikov va T. S. Burnashevlarni Toshkentga jo‘natadi. Biroq ular Tosh- kentga kela olmay Buxorodan qaytishga majbur boTadilar. Sibir ma’muriyatining 1796-yilda ikkinchi bor yuborgan elchilari
119
nilioyat Toshkentga yetib keladi. Ulami 0‘rta qozoq juzi Qorakesak bo‘lisi sultoni Bukeyning o‘g‘li Eshim Sulton kuzatib keladi. Bu faktlar Toshkent ijtimoiy-siyosiy nufuzining o‘sib borganligini anglatar edi. Toshkent elchilari 1803-yilda Sankt-Peterburgga borib, imperator Aleksandr I qabubda bo‘ladilar.
Toshkentning mustaqilligi uzoq davom Toshkent mustaqilligi- etmadj Bunga Tosllkent _ Qo.qon mu.
mng uga 1 is 1 nosabatlari sabab bo'lgan. Ular o'rtasida
muntazam davom etgan qarama-qarsliilik, kurash muhiti hukm surgan. Yunusxo‘ja Qo‘qon xonligida markaziy hokimiyatga bo‘ysunishni istamagan bekliklar, viloyatlar bilan ittifoq tuzishga harakat qilgan. Qolaversa, u isyonchi hokimlarning markaziy hukumatga qarshi kurashidan ham foydalanishga uringan. Ayni paytda, Qo‘qon xonligi Toshkentni butunlay egallash yoTini tutgan. Ikki tomon qo‘shinlari o‘rtasidagi asosiy jang 1800-yilning kuzida Sirdaryo bo‘yidagi G‘urumsaroy (Namangan viloyatiga qaraydi) yaqinida boTgan. Bujangda Toshkent qo‘shini yengilgan.
Muvaffaqiyatsizlikka uchrab, Toshkentga qaytib kelgan Yunus- xo‘ja kasallanib, 1803-yilda vafot etadi. Hokimiyatga uning o‘g‘li Sultonxo‘ja o‘tirdi. Yunusxo‘janing vafot etganini eshitgan Qo‘qon xoni Olimxon Toshkentga o‘z qo‘shinini yuboradi. 1810-yilda Toslikent Qo‘qon xonligiga qo‘sliib olinadi. Shu tariqa, Toshkent mustaqilligi butunlay barham topdi.
Yakunlarni chiqaramiz
1784-yilda yagona mustaqil T oshkent hokimligi tashkil topdi.
1810-yilda Toshkent Qo‘qon xonligi tomonidan bosib olindi.
1. To‘rt hokimlik haqida nimalarni bildingiz?
• 2. Toshkent — Rossiya munosabatlari haqida so‘zlab bering.
3. Toshkent — Qo‘qon munosabatlari haqida nimalami bilib oldingiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |