Navoiy viloyati pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti kimyo va ekologiya kafedrasi



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/117
Sana18.07.2021
Hajmi1,07 Mb.
#122742
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   117
Bog'liq
kimyo oqitish nazariyasi va metodikasi fanidan maruzalar matni

 
 Nazorat savollari 
1. Organik kimyoning paydo bo’lish tarixi haqida nimalarni bilasiz? 
2. A.M.Butlerovning tuzilish nazariyasi haqida ma’lumot  bering. 
3. Izomeriya nima? 
4. Quyidagi o’zgarishlarning kimyoviy reaksiyalarining tenglamalarini tuzing. 
 
      C - CH

- CH
3
CI - C
2
H

- C
2
H
5
CI 
5. Fenoplastlar nima? 
 
 
31-ma’ruza 
Mavzu:  Kimyoviy ihlab chiqarish. 
 
Ma’ruza rejasi: 
1.  Maktabda kimyoviy ishlab chiqarishning ahamiyati 
 
2.  O’quvchilarni kimyoviy ishlab- chiqarishlar bilan tanishtirish 
 
3. «Kimyo fanining xalq xo’jaligidagi ahamiyati» mavzusida o’rganilishi 
 
 
O’rganiladigan  asosiy  tushunchalar:    Maktabda  kimyoviy  ishlab 
chiqarishning  ahamiyati,  o’quvchilarni  kimyoviy  ishlab-  chiqarishlar  bilan 
tanishtirish,  «Kimyo  fanining  xalq  xo’jaligidagi  ahamiyati»  mavzusida 
o’rganilishi. 
Maktabda  kimyoviy  ishlab  chiqarishning  ilmiy  asoslarini  o’rganish- 
o’quvchilarga    politexnik  tayyorgarlik  berish  vazifasini  hal  qilish  uchun  eng 
mugim  vositalardan  biridir.  Kimyo  ishlab  chiqarishni  o’rganish  nazariyasi  bilan 
amaliyotni bog’laydi, bilimlarni konkretlashtiradi, chuqurlashtiradi va puxtalaydi, 
yoshlarimizni  maktabni  tugatgandan  keyin  erkin  ravishda  kasb  tanlab  olishlariga 
va mustaqil davlatimizning aktiv ishtiroklari bo’lib, erishishlariga yordam beradi. 
Kimyo  o’qituvchilari  kimyo  darslarida  kimyoning  amaliy  turmushda 
qo’llanilishiga  e’tiborni  jalb  qiladilar,  o’quvchilarni  eng  muhim  kimyoviy  ishlab 
chiqarish  bilan  tanishtiradilar,  mahalliy  sanoatga  ekskursiya  o’tkazadilar, 
texnologik  sxemalar,  jadvallar,  modellar,  diapozitivlar,  kinofilmlar  va  boshqa 
ko’rgazmali qo’llanmalardan foydalanadilar. 
O’quvchilarni  kimyoviy  ishlab-  chiqarishlar  bilan  tanishtirish  jarayonida 
o’qituvchi  oldida  bir  qancha  masalalar  turadi:  jumladan,    kimyoviy    ishlab 
chiqarishni  tanlash,  kimyoviy  ishlab-chiqarish  to’g’risidagi  beriladigan  bilimlar 


 
86 
 
me’yori, kimyoviy ishlab chiqarishlar bilan tanishtirishning   metodik prinsiplari, 
ishlab chiqarishlarini o’rganish  rejasi va boshqalar. 
 
Umumiy  o’rta  ta’lim    maktabi    kimyo  darslarida  xalq  xo’jaligi  jihatdan 
muhum  ahamiyatga  ega  bo’lgan,  o’quvchilar  yaxshi  tushunadigan  va  eng  tipik, 
kimyoviy  nazariya  hamda  qonuniyatlarini  amaliy  hayotda  qo’llanishini  aks 
ettiruvchi kimyoviy ishlab chiqarishlargina o’rganilishi lozim.  
 
 O’rta maktablarning quyidagi siniflarda ishlab chiqarish mavzulari alohida 
o’rganib boriladi. Masalan:  8-sinfda suvni tozalash, ohak ishlab chiqarish,  xlorid 
kislotani sentiz usulda olish, sulfat kislotasi ishlab chiqarish , (kontakt usulda ) . 
 
9-sinfda  ammiak  va  nitrat  kislota  ishlab  chiqarish,  azotli  o’g’itlar  ishlab 
chiqarish, superfosfat  ishlab  chiqarish . 
10-sinfda  alyuminiy    ishlab  chiqarish,  chuyan  va  po’lat  ishlab  chiqarish, 
neftni qayta ishlash, toshko’mirni  koksga aylantirish va boshqalar . 
 
11-sinfda organik moddalarni sentiz qilib olish va boshqalar . 
 
Maktab atrofida joylashgan mahalliy ishlab chiqarishlardan o’quv dasturida 
nazarda tutilgan talablar  me’yoridagina  o’quv maqsadlari uchun foydalaniladi.  
Eng  muhum  ishlab  chiqarishlar  misolida  o’quvchilar  hozirgi  zamon 
kimyoviy  ishlab  chiqarishlari  uchun  umumiy,    tipik    bo’lgan  ilmiy  prinsiplar  va 
ishlab chiqarish asboblari bilan tanishadilar. 
Hozigi  zamon    kimyoviy  ishlab  chiqarishlarining  umumiy  o’rta  ta’lim 
maktablarida  o’rganilishi  lozim  bo’lgan  umumiy    ilmiy  prinsiplarga  quydagilar 
kiradi.  
1.  Reaksiyaga kirishuvchi moddalarning sifatini  oshirish . 
2.  Issiq,  almashinish. 
3.  Qarshi  oqim; 
4.  Reaksiyaga kirishuvchi moddalarning sirkulyasiyasi; 
5.  Kimyoviy  reaksiya  tezligini  va  yunalishini  o’zgartirish  (katalizator, 
optimal temperatura, bosim va konsentrasiyadan foydalanish). 
 
Kimyoviy 
ishlab 
chiqarishlarni  ratsional  uyushtirish  prinsiplariga 
quydagilar kiradi: 
 
1.   Ishlab chiqarish jarayonining  uzluksizligi va fazalarga bo’linishi: 
           2.  Mexanizasiya va avtomatizasiya. 
           3.  Elektrdan foydalanish; 
           4.  Ishlab chiqarishni kombinirlash; 
           5.  Mehnatni muhofaza qilish; 
           6.  Ishchilarning mehnat unumdorligini  oshirish metodlari; 
 
O’rta  maktab  kimyo  kursiga  kiritilgan  ishlab  chiqarish  materiali  kimyo 
nazariy  asoslarining  normal    o’zlashtirilishi  jarayoniga  xalaqit  bermasdan, 
aksincha, bunga yordam berishi kerak. 
 
Ishlab  chqarishning  ilmiy  prinsiplari    bilan  o’quvchilarni  asta-sekin  va 
ma’lum tartibda tanishtirish zarur. 
 
O’qituvchi kimyoviy ishlab- chiqarish texnologiyasini yetarli darajada to’liq 
va  ravshan  bilmasa,  o’quvchilarga  beriladigan  politexnik  tayyorgarlik,  albatta, 
abstrakt, yuzaki bo’lib qoladi. 


 
87 
 
     
Kimyoviy ishlab chiqarishni muvaffaqiyatli chiqishi uchun o’qituvchi bilan 
birgalikda o’quvchi ham tayyorgalik  ko’rishi  kerak. 
Bularninig  hammasi  ishlab  chiqarishning  o’rganish  rejasi  asosida  olib 
boriladi.            
Mustaqil  taraqqiyot  yo’lini  bosib  o’tayotgan  mamlakatimizning  kelajak 
vorislari-  yosh  avlodning  bilim  darajasini  oshirishda  umumiy  o’rta  ta’lim 
maktablari,  kasb-hunar  kollejlari  va  akademik  litsiylarda  o’tiladigan  fanlar 
qatorida kimyo fanining ham munosib o’rni bor albatta. Kimyoviy bilimlar berish 
jarayonida  o’quv  dasturlarida  ko’rsatilgan  mavzularni  turmush  bilan  bog’lab 
o’rganish,  mahalliy    materiallardan  kengroq  foydalanish,    O’zbekiston  zaminida 
mavjud bo’lgan elementlarva ularning birikmalari to’g’risidagi ma’lumotlar bilan 
boyitgan  holda  bayon  etish-  yosh  avlodni  milliy  mafkura  talablariga  mos  tarzda 
vatanparvarlik  ruhida  tarbiyalash  uchun  samarali  xizmat  qiladi.  Bu  vazifalarni 
amalga  oshirishda,  bizning fikrimizcha, O’zbekiston Respublikasining Prezidenti 
I.A.Karimovning  «O’zbekiston  buyuk  kelajak  sari»  nomli  kitobida  yoritilgan 
ma’lumotlardan foydalanish yaxshi samara beradi.  Kimyo darslarida O’zbekiston 
zamini  ega  bo’lgan  tabiiy  boyliklar  to’g’risidagi  ma’lumotlardan  foydalanishga 
oid misollar keltiramiz. 
 
«Kimyo  fanining  xalq  xo’jaligidagi  ahamiyati»  mavzusida  quyidagi 
ma’lumotlardan  foydalanish  lozim  bo’ladi:  “O’zbekiston  o’z  yer  osti  boyliklari 
bilan  haqli  suratda  faxrlanadi.  Bu    hududda  Mendeleev  davriy  sistemasidagi 
deyarli barcha elementlar uchraydi. Hozirga qadar 2,7  mingdan ziyod turli foydali 
qazilma konlari va ma’dan suvlari bor  bo’lgan” istiqbolli  joylar aniqlangan. 
Ular  yuzga  yaqin  mineral  xom-ashyo  turlarini  o’z  ichiga  oladi.  Shundan 
oltmishdan  ortig’I    ishlab  chiqarishga  jalb  etilgan.  900  dan  ortiq  kon  qidirib 
topilgan  bo’lib,  ularning  tasdiqlangan  zahiralari    970  milliard  AQSH  dollarini 
tashkil  etadi.  Bu  xom  ashyolarni    qayta  ishlab  xalq  xo’jaligi  uchun  zarur 
mahsulotlor  tayyorlashda  kimyo  fani  va  sanoatining  katta  hissasi  borligi  
ta’kiqlanadi. 
 
Metallarning  umumiy  tavsifiga  oid  ma’lumotlar  berilganda,  metallarning 
tabiatda tarqalishi mavzusi asosida quyidagi materiallardan foydalanish mumkin.  
O’zbekiston  dunyodagi  juda  katta  oltin,  kumush  va  boshqa  qimmatbaho 
hamda yer bag’rida kam uchraydigan metallar  zahiralariga ega bo’lgan davlatlar 
qatoriga  kiradi.    Hozirgi  vaqtda  40  ta    qimmatbaho  metall  konlari  mavjud. 
Oltinning  asosiy  zahiralari  oltin  konlarining  o’zida-  Markaziy  Qizilqumda 
joylashgan  bo’lib,  tasdiqlangan  zahiralar  bo’yicha  Respublikamizni  dunyoda 
to’rtinchi  o’ringa  olib  chiqadi.  Oltinni  tozalash  uchun  O’zbekiston-  Amerika 
qo’shma  korxonasi  tashkil  etilgan  va  unda  sof  metall  olish    jarayonining  
zamonaviy texnologiyasi joriy etildi. 
O’quvchilar  diqqatini  O’zbekiston  rangli  metallar  –mis,  qo’rg’oshin,  rux, 
volfram  va  shu  guruhga  kiruvchi  boshqa  metallarning  15  dan  ortiq  turi  mavjud 
ekanligi  va  ularning  qazib  olinishi  katta  ahamiyatga  ega.  Bu  rangli  metallar 
rudalarining zahiralari asosan Olmaliq ruda maydonida joylashganligini Qalmiqqir 
koni  noyob  konlardan  bo’lib,  bu  konning  rudasini  O’zbekistondagi  eng  yirik 
korxonalardan  biri  bo’lgan  Olmaliq  kon-metallurgiya      kombinatida  qayta  sof 
metallar olinayotganligini ko’rsatib o’tish lozim. 


 
88 
 
 
Ishqoriy  metallarning  tabiatda  uchrashi  o’rganilayotganda  respublikamiz 
tosh  tuzi  konlariga  boyligi,  aniqlangan  5  ta  tosh  tuzi  koni  –Xo’jaikon,  Tubakat, 
Borsakelmas,  Boybichakon  va  Oqalla  konlarida  taxminan  90  milliard  tonna 
xomashyo  borligi,  hozirgi  vaqtda    Borsakelmas  konining  tuzlaridan  kimyoviy 
usulda  soda  ishlab  chiqaradigan  korxona  Qo’ng’irotda  qurilayotganligi 
to’g’risidagi ma’lumotlar o’quvchilarga yetkaziladi. 
Barpo  etilayotgan  soda  ishlab  chiqarish  korxonasida  tabiiy  osh  tuzining 
konsentrlangan eritmasi sovitib turgan holda ammiak bilan to’yintiriladi, so’ngra 
bu  aralashma  orqali  bosim  ostida  karbonat  angidrid  o’tkaziladi.  Bunda,  ammiak, 
karbonat  angidrid  va  suvning  o’zaro  ta’sirlashuvidan  ammoniy  gidrokarbonat 
hosil bo’ladi:  
NH
3
 +CO
2
 +H
2
O = NH
4
HCO

Ammoniy  gidrokarbonat  osh  tuzi  bilan  almashinish  reaksiyasiga  kirishib, 
natriy gidrokarbonat va ammoniy xlorid hosil qiladi: 
NH
4
HCO
3
 + NaCI = NaHCO
3
 + NH
4
CI 
Reaksiyaning 
borishiga 
sovuq 
suvda 
qiyin 
eruvchan 
natriy 
gidrokarbonatning hosil bo’lishi va cho’kmaga tushishi imkon beradi, uni filtrlab 
ajratib  olish  mumkin.  Ajratib  olingan  natriy  gidrokarbonat  angidridga 
parchalanadi: 
2NaHCO
3
 = Na
2
CO
3
 +CO
2
 +H
2

 
Ajralib chiqayotgan CO
2
 ni  ishlab chiqarishda yana foydalaniladi. 
Ammoniy  xlorid  bor  bo’lgan  eritmani  Ca(OH)
2
  qo’shib  qizdirilsa,  ammiak  hosil 
bo’ladi  va uni ishlab chiqarishda qo’llash mumkin. 
        2NH
4
CI  + Ca(OH)
2
 = 2NH
3
 + CaCI
2
 + 2H
2

 
Ammiakli  usul    (Solve  usuli)  da  olingan  soda  tarkibida  kristallizasiya  suvi 
bo’lmaydi.  Soda  ishlab  chiqarish  uchun  kerak  bo’ladigan  ammiak  va  karbonat 
angidridni Respublikamiz korxonalarida ishlab chiqariladi. 
 
Yuqorida  keltirilgan  ma’lumotlar,  o’quvchilarni  O’zbekistonning  ulkan 
mineral  xom  ashyo  zahiralaridan  unumli    foydalanish    va  mamlakatimizni 
dunyodagi  eng  boy  mamlakatlar  qatoriga  olib  chiqadi,  degan  xulosa  chiqarishga 
asos bo’ladi. 

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish