Navoiy viloyati pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti kimyo va ekologiya kafedrasi



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/117
Sana18.07.2021
Hajmi1,07 Mb.
#122742
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   117
Bog'liq
kimyo oqitish nazariyasi va metodikasi fanidan maruzalar matni

Nazorat savollari: 
1. Kimyoviy bog’lanish nima va u qanday hosil bo’ladi? 
2. Kimyoviy bog’lanish qanday tavsiflarga ega? 
3. Kimyoviy bog’lanishning  qanday turlari mavjud? 
4. Vodorod  bog’lanish nima va uning hosil bo’lishini tushuntiring? 
5. Kristall va amorf moddalar mavzusiga  reja tuzing.     
 
28-ma’ruza 
Mavzu: O’rta maktab kimyo kursida elektrolitik dissosiasiya  nazariyasi. 
Elektrolitik dissosiasiya nazariyasi mavzusining  o`rni va ahamiyati 
 
Ma’ruza rejasi: 
1.  O’rta maktab kimyo kursida elektrolit  va   elektrolitik dissosiasiya  nazariyasi 
2.  Elektrolitik dissosiasiya nazariyasi mavzusining  o`rni va ahamiyati 
3.  Dissosilsnish darajasi  va uning ahamiyati 
4.  Kuchli va kuchsiz elektrolitlar 
 
O’rganiladigan  asosiy  tushunchalar:    Elektrolit    va      elektrolitik  dissosi-
lanish, kation, anion, dissosilanish darajasi, kuchli va kuchsiz elektrolitlar, tuzlar 
gidrolizi.  
 
O’rta  maktab  kimyo  kursida  elektrolitik  dissosiasiya  nazariyasi    9-sinfda 
o’tiladi. 
 
Kimyoviy bog’lar qonuniyatiga asoslanib, u davriylik bilimini rivojlantiradi, 
moddalar tuzilishi bilimlariga yangi tushunchalar kiritadi. 
Elektrolitik  dissosiasiya  nazariyasi  maktab  kimyo  kursining  eng  muhim 
nazariy  konsepsiyasining  birini    tashkil  etadi.  Bu  mavzuni  o’tishda 
o’quvchilarning  oldingi  kimyoviy  muvozanat  bilimlari  asos  qilib  olinadi.  
Moddaning  tuzilishi,  kimyoviy    bog`lanish  mavzularida  olingan  bilimlar  yanada 
sistemaga  kiradi  va  rivojlantiradi.  Natijada  o`quvchilar  qanday  sabablar  ta`sirida 
kimyoviy bog`lanishlar uzilishi sodir bo`lishi hamda elektrolitlar  suvli eritmalarda 
qanday    xossalar  namoyon  qiladi.  Nima  uchun?    kabi  savollar  o`z  yechimini 
topadi.  Kurs  yakunida  kimyoviy  muvozanat  hosil  bo`lishi  haqidagi  ma`lumotlar 
bilan  tanishiladi.  Elektrolitik  dissosiasiya  nazariyasi  bo`yicha  o`quvchilar 
egallashi  lozim  bo`lgan  bilimlar,    ko`nikma,  malakalar    tizimida  maktab    kimyo  
ta`limi davlat ta`lim standartlarida o`z ifodasini topgan. 
Mavzuning  ta`limiy  maqsadida  -  dissosiasiya  jarayoni    tushunchalarining 
mohiyati,  mexanizmi,  shartlari,  moddalar,  eritmadagi  ionlarning  holati  va  ular 
orasida boradigan reaksiyalar haqida tushuncha beriladi. 


 
80 
 
Elektrolitik  dissosiasiya  nazariyasini  o`rganish  jarayonida  eng    muhim 
tarbiyaviy  maqsadlar  qo’yiladi.  Boshqa  nazariy  mavzular  kabi    bu  mavzu  ham 
dialektik  materialistik  dunyoqarashni  shakllantirish  uchun  boy  material  manbaga 
ega.  Ichki  elektrolitik  qarama  -  qarshiliklar,  har  xil  zaryadli  zaryadlangan  ionlar 
orqali  aniq  misollarda  falsafiy  kategoriya  va  qonunlarning  mohiyatini  ochib 
beradi.  Natijada  o`quvchida  modda  haqidagi  dialektik  tushunchalarning  ichki 
aloqadorligi ochiladi. 
Mavzuni  o’rganish  jarayonida  o`quvchilarni  rivojlantirivchi  maqsadi.  
Modda  haqidagi  tushunchalarning  kengayishi  bilan,  kimyoviy  reaksiyalarning 
mohiyati chuqurlashadi. Bu mavzuni tarkibi quyidagicha: 
Avval    elektrolit  va  elektrolitmaslar  farqlanadi,  keyin  dissosasiya  hodisasi 
tushuntiriladi. Elektrolit dissosasiya gidratlangan ionlar jarayoni kimyoviy jarayon 
ekanligi  aytiladi,  eritma  ichidagi  ion  almashinish  hamda  oksidlanish  -  qaytarilish 
misolida kimyoviy reaksiyalar tushintiriladi. Bunda 3 muhim yo’nalish: 
1.  Ionlar bog’lanishi  yo’nalishidagi almashinish reaksiyasi boradi 
2.  Elektrolit tuzining suv bilan ta’siri 
3.  Oksidlanish - qaytarilish  reaksiyalari eritmalarda boradi, tarkibi  va ion 
zaryadlari o’zgarishiga olib keladi.   
O`quvchilarning bilimi yangi  sifat  bosqichiga  ko`tariladi. 

  Mavzu  kursning  qolgan  mavzularini  o`rganish  uchun  yuqori  nazariy  bazani  
vujudga keltiradi. 
O`quvchilar  oldingi  tushunchalarni  yangicha  fikrlaydilar,  o`zlarining 
tushunchalar mohiyatini rivojlantiradilar. 
Elektrolitik dissosiasiya mavzusi mazmunining tizimi. 
 O`quvchilar  kislota,  ishqor,  tuzlarning  dissosiasiyasini  tuza  bilish, 
dissosiasiya  tushunchasining  mohiyatini  bilishi  hamda,  ion  almashish  reaksiya 
tenglamalarini  tuza  olish  kabi  bilim    ko`nikma,    malakalarni  egallashlari  o`z 
ifodasini  topgan.  Mavzu  mohiyatini  ochishda  modda  haqidagi    tushunchalarning  
to`rtta  muhim  tomoniga  e`tiborni  qaratish  lozim.  Ular:  elektrolitlar,  eritmada 
ionlar,  dissosiasiya  jarayoni  mohiyati,  eritmada    ion  reaksiyalari    bo`lib 
hisoblanadi.  
Elektrolitik  dissosiasiya  nazariyasi    mavzusidagi  tushunchalar  mohiyati 
quyidagicha ketma - ketlikda ochib beriladi: 
1)   - elektrolit moddalar: 
      - elektrolitlar tuzilishi. 
      - dissosiasiyalanishining alohida xususiyatlari; 
      - elektrolitlarning klassifikasiyasi. 
2)   - eritmada ionlar reaksiyasi. 
3)   -  Ion almashinish reaksiyalari. 
      - Tuzlar  gidrolizi. 
      - Oksidlanish- qaytarilish reaksiyalari. 
4)   - Dissosiacsya jarayoni mohiyati. 
      - dissosiasiya sharoiti. 
      - dissosiasiyaning mexanizmi. 
 
 
Bu  o`rinda  kimyoviy  reaksiya  tushunchasining  sifat  jihatdan  sakrashi 
alohida ahamiyatga  ega. 


 
81 
 
1.  Almashinish  reaksiyalarining ionlar bog`lanishi tomonga siljishi
2.  Elektrolit tuzlarining suv  bilan  birikishi (gidroliz). 
3.  Eritmada  oksidlanish-qaytarilish  reaksiyalarining  tarkibini    va    ionlar 
zaryadining  o`zgarishga  olib  kelishi.  Natijada  oksidlanish-qaytarilish 
reaksiyalari  hamda  elektrolitik  dissosiasiya  nazariyalarining  o`zaro  bog`liqligi 
tarkib topadi. 
 
Mavzuni  o`rganishning  metodlari.  Ta`lim  mazmuni  va  uning  maqsadi 
asosida    metod  tanlanadi.  Shu  tanlangan  metod  asosida  o`quvchilarda  bilim  va 
ko`nikmalar shakllanadi. Elektrolitik dissosiasiya nazariyasi muammoli metodlar 
tanlanganda sifat jihatdan samarali  bo`ladi.  
Asosiy  muammo-elektrolitlar  xossalarining  eritmada  parchalangan  ionlar 
xossalariga bog`liqligi masalasini o`quvchiga yetkaza bilish bo`lib hisoblanadi. Bu 
muammoni  yechish  uchun  quyidagi  savollarga  javob  berish  muhim  bo`lib 
hisoblanadi. 
1.  Nega elektrolitlar elektr tokini o`tkazadi-yu, noelektrolitlar o`tkazmaydi?  
2.  Nima  uchun  ion  va  qutbli  bog`lanishli  birikmalar  ionlarga  dissosilanadi, 
kovalent bog`lanishli birikmalar ionlarga dissosilanmaydi;  
3.  Dissosiasiyaga nima ta`sir  etadi – erituvchi-mi yoki elektr toki; 
4.  Atom va ion orasida farq mavjudmi va hokazo. 
 
Mazkur  mavzuni  samarali  o`rganish  uchun    demonstrasiya,  laboratoriya, 
eksperiment kabi tajribalarni bajarish kerak. 
Tuzlar  gidrolizi  mavzusini  o’rganishning  ahamiyati.  Gidroliz  tushunchasi 
o`quvchilarga  alohida  qiyinchiliklarni  vujudga  keltiradi.  Bu  qiyinchiliklarni  
bartaraf  etish  va  gidroliz  tushunchalari  mohiyatini  rivojlantirish    ion  almashinish 
reaksiyalari,  qaytar  reaksiyalar,  kimyoviy  muvozanat,  kuchli  va  kuchsiz 
elektrolitlar kabi holatlarda o`z yechimini topadi. Gidroliz - nazariy tushunchadir. 
U elektrolitik dissosiasiya  nazariyasining asosini tashkil etadi. 
Tuzlar  gidrolizini  faqat  ion  reaksiyalari  asosida  tasavvur  etish    kerak. 
Mavzuni  o`rganish,  muammoli  metodda  olib  boriladi.  Avvalo  o`quvchilar 
faollashtiriladi.  Indukatorlarga    tuzlarning  munosabati  ochib  beriladi.  O`qituvchi 
bu holatni laboratoriya tajribalari orqali namoyish etadi. O`qituvchi aniq misollar 
yordamida tuzlar gidrolizining nazariy mohiyatini ochib beradi. 

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish