Navoiy viloyati pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti kimyo va ekologiya kafedrasi



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/117
Sana18.07.2021
Hajmi1,07 Mb.
#122742
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   117
Bog'liq
kimyo oqitish nazariyasi va metodikasi fanidan maruzalar matni

Nazorat savollari: 
 
1.   Ishlab chiqarishni tanlashda qanday prinsiplar ishlatiladi? 
 
2.   O’rta maktab kimyo kursida qishloq  xo’jaligini kimyolashtirishning 
asosiy masalalari nimalardan iborat? 
 
3.   Respublikamizning fosfaritlarga boyligini qanday izohlaysiz? 
 
4.  Ammiakli  selitra    hamda  superfosfat  ishlab  chiqarishning  reaksiya 
tenglamalarini yozing. 
 
33-34-ma’ruza 
Mavzu: Anorganik  birikmalarning  asosiy  sinflari  haqidagi tushunchalarni 
shakllantirish.  
 
Ma’ruza rejasi: 
1.  Anorganik  birikmalarning  asosiy  sinflari haqida tushuncha 
2.  Oksidlar, asosli, kislotali, amfoter oksidlar haqida tushuncha berish 
3.  Kislotalar, kislorodli va kislorodsiz kislotalar 
4.   Asoslar va ularning turlari 
5.   Tuzlar haqida tushuncha 
O’rganiladigan  asosiy  tushunchalar:  Oksidlar,  asosli,  kislotali,  amfoter 
oksidlar,  kislotalar, kislorodli  va  kislorodsiz  kislotalar, asoslar, ishqorlar, suvda 
eriydigan,  kam eriydigan asoslar,  tuzlar, nordon, normal, qo’sg,  asosli tuzlar  
 
Anorganik  birikmalarning  eng  muhim  sinflariga  doir  bilimlar  bilan 
o’qituvchi  kislorod,  oksidlar  yonish  kimyoviy  reaksiyalar,  vodorod,  kislotalar, 
tuzlar,  suv,  eritmalar,  asoslar  mavzularini  o’rganish  jarayonida  dastlab 
tanishadilar. Ayniqsa o’quvchilar anorganik birikmalarning eng muhim sinflariga 
doir bilimlarni umumlashtirish mavzusida oksidlar, kislotalar, asoslar, tuzlar kabi 
tushunchalar  mohiyatini  ularning  asosiy  farq  qiluvchi  belgilari  orqali 
umumlashtiruvchi 
mavzularda 
aniq 
yorqin 
shakllana 
boradi. 
Avvalo 
tushunchalarning  mohiyati  shu  bilan  birikmalar  tarkibini  aniq  belgilab  olish, 
tushinish orqali  amalga oshadi.  


 
92 
 
 
Kimyoviy  tushunchalarni  hosil  qilish  jarayoni  o’quvchilarning  jonli 
mushohadadan  abstrakt  tafakkurga  va  undan  amaliyotga  izchillik  bilan 
o’tishlaridan iborat deb qaraladi.  
 
Tushunchalar  mohiyati  oldin  o’rganilgan  bilimlar;  tayanch  tushunchalar 
mohiyati  yangi  mavzuni  o’rganish  jarayonida  oldin  egallangan  bilimlarni  yangi 
sharoitda  amaliyotda  tadbiq  etish  katta  samara  beradi.  O’quvchi  tushunchalar 
mohiyatini  yoki  qoidasini  yod  olish  bilan  chegaralanib  qolsa-yu,  nima  sababdan 
oksid  kislota,  asos,  tuz  deb  aytamiz  degan  savolga  javob  berolmasa  demak  bu 
tushunchalar mohiyatining shakllanishi talabga javob bermaydi. Tushunchalarning 
mohiyatini  bir-biridan  farqlash  uchun  ular  orasidagi  o’zaro  bog’liqlik  va  farq 
qilish  tomonlari  mohiyatini  o’zlashtirib  olish  zarur.  Anorganik  birikmalarning 
sinflari  orasidagi  farqni  ajratib  olish  uchun  ularning  bir-biri  bilan  ta`siriga  yoki 
kimyoviy    xossalariga  katta  ahamiyat  berishni  amalga  oshirish  kerak. 
Tushunchalar  orasidagi  aloqalarni  anglab  yetish,  farqlarini  ajrata  bilish 
tushunchalar  tizimining  shakllanishiga  olib  keladi.  O’rganilgan,  mohiyati 
anglangan  tushunchalar  asosida  anorganik  birikmalarning  ma`lum  sinflari 
sxemasini tuzish tushunchalarning shakllanishini yanada tartibga soladi. 
 
Anorganik  birikmalarning  eng  muhim  sinflari  haqidagi  olti  turda  namoyon 
bo’ladi.  Ikkita oddiy moddalar sinfi, to’rtta murakkab moddalar sinfi.  
1.  Kimyoviy elementlar yoki oddiy moddalar; a) metallar, b) metallmaslar
2.  Murakkab moddalar; a) oksidlar; b) kislotalar; v) asoslar; g) tuzlar 
 

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish