Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti “milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi



Download 2,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/167
Sana22.04.2022
Hajmi2,56 Mb.
#575065
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   167
Bog'liq
Туплам конф. Маънавий тахдид (2)

Фойдаланилган адабиётлар. 
1.Иномова М.О. Оилада болаларни маънавий-ахлоқий тарбиялашда миллий 
қадриятлардан фойдаланишнинг педагогик асослари: Пед. фанл. докт. ... дисс. - Т., 
1998. - 270 б. 


172 
2. Иноятов У.И., Муслимов Н.А., Усмонбоева М., Иноғомова Д. Педагогика: 1000 та 
саволга 1000 та жавоб / Мет. қўлл. – Т.: Низомий номидаги ТДПУ, 2012. – 102 б. 
3.Абдуллаева Ш.А., Рўзиева Д.И. Педагогик диагностика ва коррекция. - Тошкент: 
Университет, 2019. - 288 б. 
 
KIYINISH MADANIYATI 
Raxmatova Nilufar Mustaqimovna 
NavDPI tayanch doktoranti
Yangi asr insoniyatning tafakkur tarzi, dunyoqarashi mezonlarini o`zgartiriash bilan birga 
yana ko`p narsalarni o`zgartirib yubordi. Shulardan biri oliy mavjudod sanalgan insonning 
o`z-o`ziga bo`lgan munosabatidir. Taraqqiyot sari odimlab qadam tashlab borayotgan 
ekanmiz, avvalo shuni unutmaslik kerakki, bugungi integratsiyalashuv davrida o`z-o`zimizga 
bo`lgan haqiqiy munosabatni saqlab qoluvchi o`zgarmas narsalar ham bor. 
Kiyinish madaniyatiga bo‘lgan qarash insonning go‘zallik, nafosat, odob borasidagi ko‘z 
qarashlarini ifoda etadigan muhim omildir. Madaniyatli odam eng avvalo, fahmu-farosat 
bilan ish tutadi. Tashqi qiyofa ya’ni kiyinish siz haqingizda ilk ma’lumot beradigan dastlabki 
vositadir. Shunday ekan, go`zal kiyinish uslubi bilan tabiiy go`zalligingizga yanada chiroy 
qo`shishingiz ham mumkin yoki aksincha o`z qadringizni past baholab qo`yishingiz 
mumkin.
Hali salomlashib, hol-ahvol so’rashishdan avval el-yurt ustboshingizga qarab muayyan 
xulosaga keladi. Kiyinishingiz yo havas uyg’otadi, yoki kulgiga sabab bo`ladi. Achinish 
o`zga narsa, chunki yo`qlikdan kiyinolmaslik mumkin. Aqlu hushi joyida bo`lgan odam o’z 
yoshi, kasb-kori va mavjud vaziyat taqozosiga ko’ra kiyinadi. Tabiiyki, namunalardagi 
mavsumiy kiyim-kechaklar va eng so’nggi modadagi sarpolariga egalik qilish o’z-o’zidan 
bo’lavermaydi. Buning uchun juda katta moddiy va ma’naviy asosga ega bo’lish kerak. 
Bunday imkoniyat esa ma’lumki, hammaga hamisha nasib etavermaydi. Qolaversa, 
imkoniyat mavjud bo’lganida ham, yuqorida aytganimizdek, yuksak did bilan kiyinish har bir 
kishining madaniyati, tushuncha doirasiga bog’liq bo’lgan muhim masaladir.
Avvalo, eldan tashqari ko’rinishda kiyinmang. Kiyinishda musobaqa tarzida bahslashib 
kiyinmoq ko’rnamaklik bo’ladi. Har qanday sharoitda va vaziyatda yaxshi tarbiya egasi – 
yuksak madaniyatli kishi o’sha vaziyat va sharoitga mos libosda buladi. Binobarin, to’yu-
tomosha, bayram tantanalar va mehmondorchilik uchun kiyiladigan kiyim-kechaklar bo’lishi 
bilan bir qatorda qayg’uli damlarda, ko’ngil so’rash paytlarida, motam marosimlarida 
kiyiladigan lozim liboslar ham bo’ladiki, ulardan befarq foydalanish farosatsizlik bo’ladi. 
Kiyinish madaniyati haqida gap ketganda, yoshga qarab kiyinish zarurligi xususida 
bahslashmoq ayni muddaodir. Negaki, 14 yashar bolaga shlyapa kiydirib bo’lmaganidek, 70 
dan oshayotgan mo`ysafidga ham jinsi shim kiydirib qo’yish masxarabozlikdan o’zga narsa 
emas. Ayollarning shim kiyib yurishi keyingi paytlarda o’ziga xos modaga aylanib 
bormoqda. Bu esa tabiiyki, o’z navbatida o’ziga xos nafosat, nazokatu ibo-hayoga salbiy 
ta’sir etmay qolmaydi.
Islom dinida ham libos kiyishda o‘ng tomondan kiyish sunnat ekanligi ta`kidlangan. Oisha 
onamiz (raziyallohu anho) aytadilar: “Nabiy alayhissalomga poklanishda (ya'ni, tahorat va 
yuvinishlarda), soch tarashda va oyoq kiyim kiyishda o‘ng tomondan boshlash yoqar ed” 
(Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati). Bu hadisda faqat poyabzal kiyish zikr qilingan 
bo‘lsada, hadisda tilga olingan sunnat bo‘lmish o‘ng tomondan boshlash boshqa turdagi 
liboslarni kiyishga ham taalluqli hisoblanadi.
Aslida insonning madaniyatga xos kiyinish uslubi uning ma’naviy olami qanchalik boy 
ekanligini namoyon etuvchi muhim omil hisoblanadi. Shu o‘rinda bir haqiqatni aytish o‘rinli 


173 
deb bilaman. Yigit qizlarimizning kiyinish madaniyatida ota-onalarning alohida o‘rni bor. 
Tanasiga yopishib turuvchi yoki kalta va ochiq kiyimlarni o‘z qizlariga olib berayotgan ayrim 
ota-onalar buning salbiy oqibatlarga olib kelishini bilisharmikan. Afsuski ota-onalar orasida 
qizlarining kiyinishiga befarq qaraydiganlar talaygina.
 
Xullas, to’g’ri kiyina bilish, odamdagi muayyan zavq-shavq, dunyoqarash va madaniyat 
natijasi bo’lib, ayni paytda u, meditsina va psixologiya nuqtai-nazaridan ham muhimdir. 
Shuning uchun unga amal qilish (kishining umumiy holati bilan bevosita bog’liq ekanligi 
uchun ham) zarurdir. Masalaning yana bir muhim tomonlaridan biri shundaki, ham tibbiyot 
talablariga ko’ra, ham ko’rinish jihatdan alohida go’zal matolarimiz: atlas, baxmal, shoyi kabi 
noyob mahsulotlarimiz bo’lgani holda, ularning o’rniga chet elda ishlab chiqarilayotgan bir 
qator ximiyaviy mahsulotlar, sun’iy tolalarga ruju’ qilinmoqda. Har kimning kelbatiga 
yarasha didi, fahm-farosati ham bor. Eng zaruri, ana shu didni, fahm-farosatni to‘g‘ri 
tarbiyalay bilish kishini bezaydi, yanada xushsurat qilib ko‘rsatadi. Tarbiyalaydigan esa
jamoatchilik, ya’ni sizu biz — barchamiz. 

Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish