3- seminar mashg`ulot mavzusi
O'zbek tili me'yorlari va nutq madaniyati. Morfologik me'yor
Reja:
1. Adabiy me’yor - madaniy nutq asosi.
2. Noadabiy nutq me’yorlari.
3. Morfologik me'yor haqida umumiy ma’lumot.
Adabiy me’yor - madaniy nutq asosi. Nutq madaniyati haqida gap ketganda, qaysi so‘z va qo‘shimchalami qo‘llash to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi, nutqimizda uchraydigan xatoliklar haqida so‘z boradi. Bu holat ma’lum bir mezonlar asosida baholanadi. Bu o'lchov adabiy nutq me ’yorlari&r.
Me’yor haqida olimlar ko’plab fikrlami bayon etganlar. Masalan, S.I.Ojegov fikricha, “... me’yor - bu ijtimoiy taraqqiyot davomida shakllangan til birliklarining maqbulini tanlash natijasida vujudga kelgan, jamiyatga xizmat qiladigan foydali (to‘g‘ri, ma’qul) til vositalari yigMndisidir.” B.N.Golovin esa “me’yor - dining xalq tomonidan o‘zaro yaxshi tushunish zarurati tufayli yaratilgan amaliy jihati. Bu zarurat tilning yagona shakliga erishish yo'lida odamlarga biron variantni ma’qul ko‘rish, boshqasidan voz kechish istagini tug'diradi. Jamiyatning ana shunday yagonalikka erishish yo‘lidagi nntilishi bilan birgalikda til me’yori milliy adabiy tilda yuqori darajaga ko tanlib, mustahkamlanib boradi” deb yozadi.
Ko'rinadiki, adabiy nutq me’yori nutqda til unsurlarining ko‘pchilikka ma’qul bo'lgan va jamoatchilik tomonidan qabul qilingan variantidir. Adabiy me’yor kategoriyasi til qurilishi, umuman, til taraqqiyoti bilan bog‘liq, tilda nisbiy turg‘unlik kasb etib, yashovchanlikka ega bo‘ldi. Davr o'tishi bilan ijtimoiy taraqqiyot va madaniy saviya, milliy dunyoqarash o'sishi natijasida me’yor ham o‘zgarib boradi. Masalan, o‘tgan asrning birinchi choragida muxtoriyat, jumhuriyat, baynalmilal,yo‘qsil,firqa, kashshofkabi so‘zlami ishlatish me’yoriy bo‘lib, rus tilining ta’siri natijasida ular iste’moldan chiqib, o‘miga avtonomiya, respublika, international, proletar, partiya, pioner kabi ruscha-baynalmilal so’zlar qo’llanadigan bo‘ldi va me’yor tusini oldi. O'zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng, ulaming ayrimlari qo'llanishida o‘zgarishlar bo‘ldi. Proletar, kashshof so‘zlari eskirdi. International so‘zi o'rnida yana baynalmilal so'zi qo’llanadigan bo'ldi. Ilgari domla so‘zi inqilobdan oldin diniy maktab (madrasa)larda mudarrislik qiluvchi kishilarga nisbatan ishlatilgan. Keyinchalik esa bu so‘z butunlay boshqa ma’noda - oliy maktablaming o‘qituvchilariga, ustoz shoir, yozuvchilarga nisbatan ishlatiladigan bo‘ldi. Mustaqillik yillarida masjidlarda faoliyat ko‘rsatuvchi, diniy vazifadagi kishilarga nisbatan domla so‘zi qodlanishi odat tusiga kirdi. Oliy maktab o'qituvchilariga nisbatan murojaat uchun ustoz so‘zining qodlanishi ham faollashdi.
Mustaqillikning ilk yillarida jumhuriyat, nohiya, viloyat, shohbekat, jarida, ro ‘znotna so‘zlarini ishlatishga ruju qo‘yildi. Bu, albatta, til me’yorini belgilashga daxldor bo‘lgan ayrim ziyolilaming faoliyatida ko'zga tashlandi. Biroq jamiyat bu so'zlami qabul qilmadi. Bu til me’yorini belgilash ayrim kishilaming xohish-irodasiga bog'liq emasligini ko'rsatadi. “Me’yomi o‘rganishda shu narsani esda tutish kerakki, tilning taraqqiyot qonunlari obyektiv bo‘lib. ular ayrim kishilaming irodasiga bog‘liq boTmagan holda amal qiladi.”
Do'stlaringiz bilan baham: |