174
oshirishda mahalla qoshidagi komissiyalar hamda keksa avlod vakillari tajribasidan samarali
foydalanilmoqda. “Oila-mahalla-ta`lim muassasasi” hamkorlik mexanizmi, ayniqsa, yoshlar
tarbiyasida ot-onalarning mas`uliyatini oshirish, yoshlarni turli yot g`oya va illatlardan
himoyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Darhaqiqat yosh avlodga zamonaviy ta`lim-tarbiya berish bilan birga,
ularni milliy va
umuminsoniy qadriyatlar ruhida, yuksak fazilat sohibi etib tarbiyalash katta mas`uliyat talab
etadi. Ochig`ini aytish kerak, ayrim ota-onalarning nikoh va oila to`g`risidagi eskicha
qarashlari tufayli hali hayotda o`rin topmagan, ruhan va jismonan oila qurishga tayyor
bo`lmagan qizlarning turmushga berilishi ayanchli oqibatlarga olib kelmoqda.
Tarbiya jarayoni ishtirokchilari say harakatlarini birlashtirish maqsadida 1993 yilda
ishlab chiqilgan oila.mahalla, maktab hamkorligi Konsepsiyasi yoshlarni istiqlol g`oyalriga
sadoqatli, ma`naviy barkamol, vatanparvar etib tarbiyalashda keng jamoatcholik faoliyatini
muvofiqlashtirish borasida muhim dastur bo`ldi. Mamlakatimizda
keyingi yillarda qabul
qilingan ta`lim va tarbiya to`g`risidagi qator me`yoriy hujjatlar, jumladan O`zbekiston
Respublikasi Ta`lim to`g`risidagi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi bozor
iqtisodiyoti sharoitlarida muvaffaqiyatli ishlay oladigan,mustaqil fikrlovchi kadrlarni
tayyorlashda oila, mahalla va maktab nufuzini yanada yuqori pog`onaga ko`tarishni taqozo
etadi.
Mamlakatimizda oilalarni har tamonlama qo`llab-quvvatlash, ayniqsa, yosh oilalar
uchun qulay turmush sharoitini yaratish borasida amalga oshirilayotgan keng ko`lamli ishlar
ana shu ezgu maqsadga hizmat qilmoqda.
Bolalarni go`zal tarbiya etish uchun ota-onalarning o`zlari go`zal axloqli , tartibli
bo`lishlari shartdir. Ota oila bosh tarbiyachi. Otaning namunasi katta.
Otaning salbiy
namunasi bolaga yomon ta`sir ko`rsatadi. Oilaviy tarbiyada bolalarning bir-biriga bo0`lgan
munosabati xam katta rol o`ynaydi.
Bola tarbiyasida oilaning barcha a`zolari qatnashadi. Bolalar tarbiyasiga yordam
beradigan o`zbek udumlari tavallud beshik, oila, ismu sharif, quloq tishlatishlar, o`yinlar,
chillak, lapar, hashar, quvnoq, to`y, to`yona, dasturxon, e`tiqod, taom, fotixa, shajara 1993
yil “Mahalla, maktab va oila hamkorligi” Oilaning bola tarbiyasidagi vazifalari
1. Oilada sog`lom muhit bo`lishi, milliy ruh va o`zbekona turmush tarzini hisobga olish,
farzandlar uchun ota-ona har tomonlama o`rnak bo`la olishi, farzandga ota`onasiga, Vataniga
muhabbat tuyg`usini shakllantirish
2. Oilada tarbiyani
yaxshilash, oila a`zolarining huquq va burchlarini anglab yetishlarini va
ularga rioya qilishlarini shakllantirish
3. Farzandlariga chuqur dunyoviy bilim asoslarini berish ma`rifiy va ma`naviy madaniyatli
bo`lib yetishlarinin ta`minlash.
4. Bozor munosabatlariga xos bo`lgan, kasb-hunar va iqtisodiy tushunchalarni farzandlar
ongiga singdirish.
5. Bolalar aqlan va jismonan sog`lom bo`lishlari uchun iqtisodiy va ijtimoiy muhit yaratish
6. Bolalar mustaqil fikrlash va o`zini dunyoqarashiga ega bo`lishi bilan bir qatorda, ularda
istiqlol g`oyalari va milliy mafkuraga sadoqat ruhida tarbiyalash
7. Bolalar bo`sh vaqtlarini pedagogic nuqai nazardan kelib chiqib unumli tashkil qilish,
ularga qo`shimcha ta`lim berish , kasb-hunar o`rgatish
8. Farzandlar mkaktab, mahalla , jamoatchilik oldidagi vazifalarni to`la ado etishga
qonuniy javobgar ekanligini his qilish kabilarni o`z ichiga oladi.
Oila kabi mahalla ham jamiyatni shakllantirishning ajralmas qismidir. Vatanimiz tarixi
guvohlik
beradiki, o`zbek jamiyatida jamoa bo`lib yashashning sinalgan shakli mahalladir.
Mahalla so`zi arabcha “Mahallun so`zidan kelib chiqqan bo`lib ” aholi yashaydigan joy,
175
guzar, uy-joy mavzeylari degan manoni anglatadi.
Bir bolaga yeti mahalla ota-ona degan naqldan kelib chiqib kelajak avlodni tarbiyalash
va unga ta`lim berish jarayonini amalga oshirish borasida kichik vatan bo`lmish mahallaning
oldida quydagi vazifalar turadi :
Mahalla faollari tomonidan tarbiya muassasalari bilan birgalikda ta`lim-tarbiya
jarayonida amalga oshirilishi kerak bo`lgan masalalarni muhokama qilishda qatnashish;
Mahalla o`z hududidagi ijtimoiy iqtisodiy yordamga muhtoj oilalarni aniqlab, ularni qo`llab
quvvatlab va farzandlarini bilim va tarbiya olishga bosh-qosh bo`lishi; mahalla hududidagi
o`quv-tarbiya muassasalariga iqtisodiy va ijtimoiy yordam ko`rsatish.Mahalla hududida
o`quv tarbiya muassasalari bilan birgalikda turli ko`rik-tanlovlar, sport musobaqalari,
anjumanlar, bellashuvlar tashkil qilish; turli yunalishda iqtidorli bo`lgan o`quvchi bolalarni
maktab tavsiyasiga ko`ra ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan qo`llab-quvvatlash; farzandlariga
ta`lim va tarbiya berishda ijobiy natijalarga erishayotgan, namunali oilalar hayot tajribasini
ommalashtirib, mahalla hududida -Oila saboqlari mashg`ulotlarini tashkil qilish.
Berilayotgan yoki bola tomonidan qabul qilinayotgan tarbiya orqali bolada yangi
fazilatlar
hosil
bo`ladi
va
tug`ma
ravishdagi
kamchiliklarni
bartaraf
etsa
bo`ladi.Tarbiya,dunyoqarash doim kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi.Harbir
shaxs
oilada tug`ilib, ijtimoiy hayotga mana shu o`z koshonasi orqali kirib boradi hamma tarbiya
shu oilada boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: